O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi


Muomala shaxs psixologiyasi muammosi sifatida



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   167
Muomala shaxs psixologiyasi muammosi sifatida 
Muomala jarayonini tashkil etishda o‗zaro ta‘sir ahamiyati. Muomala 
jarayoni shahslararo va guruhlararo munosabatlarning asosini tashkil etadi. 
Chunki, muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma‘lumot almashib, 
o‗zaro ta‘sir ko‗rsatadilar va bir-birlarini yanada aniqroq anglashga, 
tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Birgalikdagi faoliyat 
jarayonida shahslarning bir-birlarini tushunishlari va aniq idrok qilishlari 
muloqotning samarali kechishini ta‘minlashga xizmat qiladi. Birgalikdagi 
muomala jarayonida ta‘sir ko‗rsatish turlicha kechishi mumkin. Bu ta‘sir 
muloqotga 
kirishuvchi 
shahslarning 
muloqot 
tehnikasini qanchalik 
egallaganligi, ularda refleksiya darajasi qanchalik ifodalanganligi bilan 
belgilanadi. Bundan tashqari, muloqotga kirishuvchi shahslar bir-birlarini 
qanchalik darajada idrok eta olishlari ham muhim bo‗lib hisoblanadi. 
Undan tashqari, muloqotga kirishuvchilarning ijtimoiy mavqei, 
jamiyatda tutgan o‗rni, ularda ijtimoiylashuvning ifodalanishi darajasi, bilim 
saviyasi, dunyoqarashi, ma‘naviyati va madaniyatliligi ham muhim omillar 
sifatida ahamiyatlidir.Taniqli amerikalik olim Erik Bern (Leonard 
Bernshteyn) ning muloqotga kirishish tehnikasi borasidagi konsepsiyasi 
diqqatga sazovordir. U muloqot sub‘ektlarini uchta darajada, ya‘ni: ota-ona, 
katta kishi va bola rolida tasvirlaydi va tasavvur qiladi. Unga ko‗ra har bir 
shahs o‗z amaliy faoliyatida ushbu uchta muloqot shaklini boshidan 
kechirishi mumkin. Biroq, ularning qaysisini qay vaqtda qo‗llash uning 
o‗ziga bog‗liq va barcha munosabatlardagi ziddiyatlar ushbu muloqot 
shakllarining mevasidir, deydi. Ijtimoiy psixologiyada o‗zaro ta‘sir jarayoni 
ijtimoiy munosabatlarning o‗ziga hos tomonlaridan biri bo‗lib hisoblanadi.
Muloqotning yosh bilan bog‗liq, kasb bilan bog‗liq, hududiy 
xususiyatlar bilan bog‗liq va ijtimoiy nufo‗zi bilan bog‗liq bo‗lgan jihatlari 
mavjudki, ular o‗zaro ta‘sir psixologiyasining etik (ahloqiy) tomonlarini 
tashkil etadi. Ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish va ularning muvaffaqiyatli 
amalga oshirilishi aynan ushbu muloqot usullari va ularning maqbul 
qo‗llanishi 
shakllariga 
bog‗liqdir. 
Ushbu 
jihatlar 
muloqotning 
muvaffaqiyatini ta‘minlaydi, shahalararo va guruhlararo munosabatlar sifatini 
yuqori pog‗onada saqlab turishga imkon yaratadi.Muloqot jarayonini tashkil 


262
etishda o‗zaro ta‘sir yaratadi.Muloqot jarayonini tashkil etishda o‗zaro ta‘sir 
muhim ahamiyatga ega. Bu esa yuqorida ta‘kidlab o‗tilgan refleksiya, 
identifikasiya va stereotiplashish xususiyatlarining namoyon etilishi 
darajasiga qarab turlicha kechishi kuzatiladi. Shu bois, turli darajada 
shakllangan kichik guruhlarda guruhiy jipslikning asosiy omili bo‗lgan 
shahslararo munosabatlarning ijobiy tarzda namoyon etilishini ta‘minlash 
uchun o‗zaro ta‘sirning samarali yo‗laridan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. 
2. 

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə