O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi


-jadval. Shaxsni baholash sifatlarining namunasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   167
-jadval. Shaxsni baholash sifatlarining namunasi
Yuqorida keltirilgan xususiyatlarni mavjudlik holati va sizga yoqimliligi, 
siz erishishingiz zarur bo‗lganlarini ro‗yxatini tuzish talab etiladi. Ushbu 
sifatlarni o‗qituvchi yoki ota-ona misolida va real baholashingiz mumkin 
bo‗ladi. Ushbu toifa sifatlarning kengaytirilgan varianti 300 ta sifatdan iborat
( Gough & Heilbrun , 1983 ) . Bu esa shaxsni yanada kengroq baholash 
imkoni beradi.
Shaxs psixologiyasida o‗rganiladigan asosiy muammolardan biri shaxs 
rivojlanishini tahlilidir. Shaxs psixologiyada tahlil qilishda uning hayotining 
barcha bosqichlari, ongsizlik ta‘sir ko‗rsatadimi yoki bolalikdan keyingi 
davrlarda shaxs sifatida o‗zgarish yuz beradimi? Ushbu tarzdagi savollarga 
javob izlash zarur bo‗ladi.
Mazkur masalalarni shaxs psixologiyasining metodologik masalalaridan 
hal etish uchun qator shaxs nazariyalarni ko‗rib chiqish zarur bo‗ladi.
Shaxsni o‗rganishga doir yondashuvlarning har bir muammoning o‗ziga 
xos boshqotirma sifatida uning hal etishga e‘tibor qaratganliklarini guvohi 
bo‗lamiz.


280
Hattoki, ayrim yondashuvlarni o‗rganish esa o‗nlab yillarni taqozo etadi.
Shaxs psixologiyasi esa mazkur masalalarga javob topishga intiladi.
Ongni o‗rganish. Shaxs muammosini o‗rganishga yondashuvning bir 
jihati uning ongini o‗rganishga yo‗nalganligidir. Psixologiya shaxsning ushbu 
jihatini o‗rganishda tabiiy fanlarning metodlarini modifikatsiya qilish 
asosida erishdi. V.Vund va boshqa psixologlar inson tabiatini o‗rganishda
tabiiy-ilmiy fanlar ta‘sirida uni insonning aqlini o‗rganishda foydalandilar. 
Ushbu tadqiqotlarda psixik jarayonlar eksperimental o‗rganilgan bo‗lsa-da, 
ammo ularda cheklanishlar bor edi.
Xulq-atvorni o„rganish. 
20-asrning dastlabki o„n yilligida amerikalik 
olim
Djon B. Uotson biologik masalalarni o‗rganishga e‘tibor qaratdi va bu 
esa shaxs xulq-atvorini o‗rganishga qaratilgan bo‗lib, Vilgelm Vundtning 
qarashlariga zid edi. Uotsonning bu harakatlari bixeviorizm deb nomlandi. U 
psixologiya inson tabiatining moddiy jabhalarini o‗rganishga qaratilgan 
bo‗lishi kerak degan g‗oyani ilgari surdi. Uning g‗oyasicha, tashqi xulq-
atvor psixologiyaning o‗rganish asosi bo‗la oladi. Bu esa xulq-atvorni 
o‗rganishga ehtiyoj tug‗diradi. Bixeviorizm esa inson tabiatini mexanik 
tasvirini o‗zida ifoda etdi. Keyinchalik bu g‗oyani Skinner boyitdi.
Shaxs psixologiyasining metodologik masalalarini boshlang‗ich bo‗g‗inidan 
biri sifatida Freyd faoliyatini qayd etish mumkin. Venalik vrach Freyd 
psixoanalizga asos soldi. Bu esa uning vrachlik faoliyatida emotsional 
buzilishlardan aziyat chekkan insonlarni o‗rganish orqali o‗zining ilmiy 
yondashuviga asos soldi. U o‗zining uzoq vaqtli seanslari asosida uning 
hayotiy to‗g‗risidagi ijodiy talqinlari taqdim etdi. Uning yondashuvi 
eksperimental o‗rganishdan keskin tafovut qildi. Freydning psixoanalitik 
yondashuvi inson tabiati haqidagi noyob qarashlarni ishlab chiqishga sabab
bo‗ldi.
G.Olportning xizmatlari hisobida o‗tgan asrning 30-yillariga qadar
Garvard universitetida shaxs psixologiyasi amerika psixologiyasida bir 
tizimga keltirishga erishildi. Buning uchun tadqiqot ishlari, o‗quv kurslari va 
ilmiy jurnallar nashr etishga erishildi.
Shaxsni baholash metodlari. Shaxsni nazariy o‗rganish oqibatda uni 
baholash metodlari shakllantrildi. Ushbu metodlar o‗zining ob‘ektivligi, 
ishonchliligi va aniqligi bilan farq qiladi. Metodlar o‗z navbatida shaxsni 
o‗rganish nazariyalariga muvofiqdir.
Bugungi kunda shaxsni baholashda asosiy yondashuvlar quyidagi 
tadqiqot metodlariga tayanadi:
O‗zi haqida hisob berish yoki ob‘ektiv materiallar orqali 
baholash;

proektiv metodlar;

klinik intervyu;


281

xulq-atvorni baholash vositalari;

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə