4-ma’ruza vilgelm fon gumboldt ta’limoti. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik va boshqa ta‘limotlar reja



Yüklə 18,01 Kb.
səhifə1/4
tarix20.10.2023
ölçüsü18,01 Kb.
#128695
  1   2   3   4
4 маърузаVILGELM FON GUMBOLDT TA’LIMOTI. QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK VA (2)


4-MA’RUZA
VILGELM FON GUMBOLDT TA’LIMOTI. QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK VA BOSHQA TA‘LIMOTLAR
REJA:

  1. Vilgelm fon Gumboldt - umumiy tilshunoslik fanining asoschisi.

  2. Tilshunoslikda yuzaga kelgan turli ta’limotlar:

  • Tilshunoslikda naturalizm ta'limoti.

  • Tilshunoslikda psixologizm ta'limoti.

  • Yosh grammatikachilar maktabi qarashlari.

VILGELM FON GUMBOLDT - UMUMIY TILSHUNOSLIKNING
ASOSCHISI

Vilgelm fon Gumboldt (1767-1835) - buyuk nemis filosofi, Berlin universiteti asoschisi, siyosatchi va davlat arbobi. U juda ko‘p tillar (bask tilidan tortib, polineziya va indeeslarning tillarigacha) haqida ma’lumotga ega edi. U o‘z asarlari va g‘oyalari bilan tilning ilmiy nazariyasini yaratdi va umumiy nazariy tilshunoslikka asos soldi. 1820 yilda «Tillar taraqqiyotining turli davrlarida ularni qiyosiy-tarixiy o‘rganish haqida» Berlin akademiyasida qilgan ma’ruzasida til haqida alohida mustaqil fan yaratish zarurligi g‘oyasini o‘rtaga tashlaydi va uni asoslab beradi. U tillarning mustaqilligini tan olmaydigan, dunyo tillarini mantiqiy jadvallarga majburan kiritishga qaratilgan umumiy grammatika - Por-Royal grammatikasini inkor qiladi.
Gumboldt hayotining so‘nggi yillarida yaratgan 3 tomli “Yava orolidagi kavi tili haqida”(1836-1840) asarining “Inson tili tuzilishining har xilligi va uning inson naslining ma’naviy taraqqiyotiga ta’siri” deb atalgan kirish qismida o‘zining nazariy-falsafiy qarashlarini mukammal bayon etadi. U har bir xalqning tilida o‘sha xalqning tarixi, madaniyati va butun ruhiy dunyosi namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi. “Til millatning ruhidir”, deydi u. Olim til va tilga yondosh hodisalar, til bilan bog‘liq jarayonlarni dialektik birlikda o‘rganish zarurligi, til hodisalari dialektik zidlik asosida qurilganligini bayon etadi va til antinomiyasi haqidagi g‘oyasini ilgari suradi. U yaratgan umumiy tilshunoslikni til falsafasi deb atash mumkin.

Yüklə 18,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə