4-ma’ruza vilgelm fon gumboldt ta’limoti. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik va boshqa ta‘limotlar reja



Yüklə 18,01 Kb.
səhifə4/4
tarix20.10.2023
ölçüsü18,01 Kb.
#128695
1   2   3   4
4 маърузаVILGELM FON GUMBOLDT TA’LIMOTI. QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK VA (2)

Aleksandr Afanas‘yevich Potebnya (1835-1891)- rus va ukrain filologi, Rossiyada psixologizm oqimi vakili, Xarkov universiteti professori, Rossiya FA muxbir a’zosi. Asosiy asarlari: “Fikr va til” (1862), “Rus grammatikasidan lavhalar” (4 tom, 1874) . Potebnya tilshunoslikning umumfalsafiy masalalari, sintaksis, semantika, etimologiya, fonetika, dialektologiya, folklor, etnografiya bilan shug‘ullangan. U tilni xalq ijodi, mahsuli deb hisoblaydi. Til o‘z ob’ektiv qonuniyatlariga egaligini ta’kidlaydi, til hodisalarining sababini psixologiyadan emas, balki tilning o‘zidan qidiradi. Uning fikricha, til doimiy faoliyatdir, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi umumiylik har ikkovining bir xalqqa, millatga tegishliligi bilan belgilanadi. Har qanday so‘z 3 elementdan: tovush, tushuncha va ma’nodan tashkil topadi. Potebnya so‘zning haqiqiy hayoti nutqda amalga oshishini, so‘zning ma’nosi esa faqat nutqda reallashishini ta’kidlaydi va so‘zning nutqda har gal turlicha ma’no ifodalashini qayd etadi.
YOSH GRAMMATIKLAR MAKTABI QARASHLARI
XIX asrning oxirgi choragida qiyosiy-tarixiy tilshunoslikda bir guruh yosh tilshunoslarning “Yosh grammatiklar” deb atalgan yangi bir oqimi paydo bo‘ldi va ular keksa avlod tilshunoslarini tanqid qila boshladilar. Ular klassik va bobo tillarni o‘rganishni tanqid qilib, ya’ni til tarixini tan olmasdan, jonli tillarni o‘rganishga chaqirdilar. A.Leskin (1840-1915), K.Brugman (1849-1919), G.Ostgof (1842- 1907), G. Paul (1846-1921), B.Delbryuk (1842-1912) kabi Leypsig universiteti olimlari, shuningdek, F. de Sossyur (1857-1913), F.F.Fortunatov (1848-1914), V.Tomson (1842-1927) singari mashhur tilshunoslar ham yosh grammatiklarga biroz yondashganlar. Yosh grammatiklar fikricha, til individual psixofiziologik faoliyat, tildagi barcha o‘zgarishlar ayrim shaxslarning kundalik nutq faoliyatida vujudga keladi.
Yosh grammatikachilar tilning ikki xil faoliyati borligini uqtirar edilar. Bulardan biri tilning yakka (individual) faoliyati bo‘lib, u tilda paydo bo‘ladigan yangi hodisalarning analogiyaga asoslanishidan iboratdir. Analogiya (o‘xshashlik) esa assotsiatsiya (uyushma) orqali yuz beradigan psixik hodisalardan kelib chiqadi. Tilning ikkinchi tomoni - bu tilning fiziologik faoliyati va uni tildagi fonetik o‘zgarishlarda ko‘rinishidir. Shuning uchun yosh grammatikachilar tilshunoslikda yangi fonetik qonunlarni kashf qilish va tasvirlashga katta e’tibor berganlar. Yosh grammatikachilar til hodisalarini chuqur va mukammal o‘rganish uchun tildagi ayrim hodisalarni boshqa jarayonlardan ajralgan holda o‘rganishni tavsiya qilganlar. Shuning uchun ham ularning ta’limotida “atomizm” degan atama ishlatilgan.
Yosh grammatikachilar hind-yevropa tillari sohasida, ayniqsa, fonetika sohasida katta kashfiyotlar qilishdi. Ular aniq tillarning tarixiy fonetikasi va grammatikasida hamda dialektologik tadqiqotlarda o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelgan. Yosh grammatikachilarning fikricha, Hind-Yevropa tillarining naturalistik va mantiqiy tadqiqida juda ko‘p tillararo hodisalar o'rganilgan, ammo so'zlovchiga - inson omiliga e’tibor kam berilgan. Yosh grammatiklar to‘garagi faoliyati orqali qiyosiy-tarixiy tahlil metodlari, funksional-semantik grammatikaning
muammolari o‘rganildi. Tilni nafaqat individual psixologik, balki, madaniy-tarixiy jarayon ekanligiga aniqlik kiritildi.
Yüklə 18,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə