4-ma’ruza vilgelm fon gumboldt ta’limoti. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik va boshqa ta‘limotlar reja



Yüklə 18,01 Kb.
səhifə3/4
tarix20.10.2023
ölçüsü18,01 Kb.
#128695
1   2   3   4
4 маърузаVILGELM FON GUMBOLDT TA’LIMOTI. QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK VA (2)

Avgust Shleyxer (1821-1863) - nemis olimi, naturalizm ta’limoti asoschisi. U botanika va falsafa fanlarini ham o‘rgangan, 1858 yildan Rossiya fanlar akademiyasining muxbir a’zosi. Asarlari: “Nemis tili” (1860), “Hind-German tillari qiyosiy grammatikasining kompendiumi” (1861), “Darvin nazariyasi va til haqidagi fan”(1863), “Insonning tabiiy tarixi uchun tilning ahamiyati haqida”(1865). U Hind-Yevropa tillarining umumiy masalalari, german, slavyan, boltiq tillari bilan shug‘ullandi, litva tilini o‘rganib, jonli nutq bo‘yicha tadqiqot olib bordi. Eng mashhur asari “Hind-German tillari qiyosiy grammatikasining kompendiumi” bo'lib, unda qadimgi hind-yevropa tilini - bobo tilni qayta tiklab, uning har bir shahobchasi qanday rivojlanganini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi.
Shleyxer naturalizmining asosiy mohiyati shundaki, u tilni jonli, tabiiy organizm, deb hisoblaydi. Organizm terminini to‘g‘ri - biologik ma’noda talqin qiladi. Shleyxerning naturalistik qarashlari Darvinnig “Turlarning paydo bo‘lishi va tabiiy tanlash” (1859) asaridan so‘ng yanada kuchaydi. Uning fikricha, “Tillar insonning xohishidan tashqari paydo bo‘lgan, o‘sgan va ma’lum qonunlar asosida rivojlanadigan tabiiy organizmdir. Ular o‘z navbatida qariydi va o‘ladi.” “Tillar tovush materiyasidan tashkil topgan tabiiy organizmlardir”. Shleyxer tilning ijtimoiy mohiyatiga yetarli ahamiyat qaratmaydi. Shuningdek, Shleyxer tillar “hayoti” va taraqqiyotini 2 davrga: taraqqiyot davri va inqiroz davriga bo‘ladi va tilning taraqqiyoti uning tanazzulidir, degan g‘oyani ilgari suradi. Bu g‘oyalar, albatta, tilshunoslar tomonidan qattiq tanqid ostiga olindi. Biroq uning tilni bir butun sistema deb qarashi tilni sistema va struktura, deb tushunishga imkon berdi.
TILSHUNOSLIKDA PSIXOLOGIZM TA‘LIMOTI
Geyman Shteyntal (1823-1899) - Berlin universiteti professori,
V.Gumboldt va psixolog Iogann Gerbertning shogirdi, psixologizm ta’limotining asosiy namoyandasi. Asarlari: “Tillarning tasnifi til g‘oyasining taraqqiyoti sifatida” (1850), “Grammatika, mantiq va psixologiya” (1851), “Til qurilishining eng muhim tiplari xarakteristikasi”(1860), “Psixologiya va tilshunoslikka kirish”(1875), “Falsafa, tarix, psixologiya va ularning o‘zaro munosabati” (1863). Tilshunoslikdaga psixologizm oqimi naturalizmni qattiq tanqid ostiga oladi, ular tilning taraqqiyotini shaxs tafakkuri, ruhiyatidagi taraqqiyot bilan bog‘liq deb hisobladilar. Shteyntal ta’limotidagi eng muhim g‘oya nutq, tilni tafakkur quroli, fikr ifodalash vositasi, deb qaralganligi, biroq psixologizm tilning ijtimoiy hodisa ekanligini inkor qiladi.

Yüklə 18,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə