O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   167
 
 


276
XIII BOB 
________________________________________________________ 
SHAXS PSIXOLOGIYASI METODOLOGIYASI VA METODLARI
__________________________________________________________ 
1.Psixologiyada shaxs fenomeni.
2.Shaxsni izohlashdagi o‗ziga xosliklar.
3.Shaxs metodologiyasining nazariy yondashuvlari va uni 
o‗rganish metodlari.
Inson tabiataining o‗ziga xos tomonlaridan biri uning jamiyat hayoti 
bilan bog‗langan tomoni bo‗lib, bu shaxs muammosini o‗rganishni taqozo 
etuvchi jihati hisoblanadi. Inson mavjudligining turli jabhalardan o‗rganish 
uzoq tarixiy davrli an‘analarga ega. Bu esa insonning shaxslilik aspektidagi 
ko‗p o‗lchamlilik, ko‗pqirralilik va xilma xillik uning o‗ziga xosligini 
belgilaydi. Ular quyidagi jihatlar bilan xarakterlanadi:

shaxs fenomenining tushunish asosida qarashlar, e‘tiqod, 
tafakkurlash uslublari bilan bog‗liqligi.

shaxs tushunchasining fanlararo statusga egaligi.

shaxsning tavsiflashning imkoniyatlari keng va boy ekanligi.

individ, 
individuallik, 
faoliyat 
sub‘ekti 
va 
shaxs 
tushunchalarining o‗zaro o‗xshashligi va o‗zaro aloqadorligi.

shaxs tushunchasi etimologiyasining xilma xilligi.
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ 
ajralmas, alohida zot degan ma‘no anglatadi), shaxs, individuallik 
(yakkahollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy 
sog‗lom (esi-hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‗q, oddiy 
malakalarni o‗zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. 
Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb atash an‘ana tusiga kirib qolgan, 
chunki o‗sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, 
ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo‗la oladi. Individ sifatida yorug‗ 
dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta‘sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, 
shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik 
chog‗idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga 
tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo‗lib, u 
yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, 
muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a‘zolari, mahalla 
ahli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida 
(kishilarning og‗ushida, ularning qalb to‗risida) odamning bundan keyingi 
rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining 
xususiyatlariga mutlaqo bog‗liq bo‗lmagan har xil xususiyatli munosabatlar 
majmuasini vujudga keltiradi.


277
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish 
hamda har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Hayotda 
biron bir tanbeh berishning o‗zi kimgadir ruhiy hisni uyg‗osa, boshqa 
birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta‘sir 
qiluvchi 
barcha 
tashqi 
qo‗zg‗atuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, 
faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari (tomonlari, jihatlari, jabhalari, 
tarkiblari) tuzilishi yig‗indisi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha 
hosil bo‗ladi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning 
individualligidir, ya‘ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning 
shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. 
Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, 
hodisalar, hukmron xususiyatlar yig‗indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson 
maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va 
shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o‗xshash tarzda 
aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilganligi 
qayg‗u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo‗lmovchi va boshqalarda 
takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning mangulikka yo‗nalishi bilan 
izohlash mumkin. Shaxs o‗zining qadr-qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy 
turmushda faol ishtirok qilishi, ta‘lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan 
o‗zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.
Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog‗liq degan nazariyaning 
namoyandalari bo‗lmish hozirgi zamon uzoq chet el (AQSh, Angliya, 
Fransiya, Germaniya, Shvesariya va boshqalar) psixologlari oqibat natijasida 
shaxsning tuzilishini o‗sha ikkita asosiy omillarga, ya‘ni biologik va ijtimoiy 
(sotsial) voqeliklarning ta‘siriga bog‗liq bo‗lgan tuzilishining mavjudligidan 
manfaatdordirlar.
Har bir shaxsning hayotda erishgan yutuqlari, baxtini xarakterlovchi 
ma‘lum mezonlar borki, uni o‗rganishda alohida fan yo‗nalishiga zarurat 
tug‗iladi. Bu esa insonning ijtimoiy faolligini ta‘minlovchi shaxs tushunchasi 
bilan xarakterlanadi. Shaxs faol faoliyat sub‘ekti bo‗lib, u hayotining barcha 
bosqichlarida shakllanib, rivojlanib boradi.
Shaxsning qanday tarkib topishi uning yaxshi oila a‘zosi yoki ota-ona 
bo‗lishi, uning salomatligi ham hayotda egallaydigan karerasiga ham o‗z 
ta‘sirini o‗tkazadi.
Shaxs hayotda o‗zining imkoniyati va tanlovlarini cheklashi yoki 
kengaytirishi mumkin. U shaxsning boshqa insonlar bilan ma‘lum tajribalar 
almashuviga xalaqit berishi yoki boshqalar uchun ko‗proq xizmat qilishiga 
olib keladi.
Hayotda shunday toifa insonlar uchraydiki, ular boshqalarni o‗ziga jalb 
eta oladigan yoqimli va xushmuomala bo‗ladilar. Bunday insonlar bilan 


278
do‗stlashishi, ular bilan do‗st, qo‗shni yoki hamkab bo‗lish xohishi paydo 
bo‗ladi.
Agar siz boshqaruvchi bo‗lsangiz, u holda uni xodim sifatda tanlagan 
bo‗lardingiz. Agar siz biror bir hayotiy qarorni qabul qilishga harakat 
qilsangiz munosabat o‗rnatayotgan kishingizni idrok etishingizga ko‗ra 
muomala o‗rnatasiz. Siz biladigan shunday mashhur insonlar borki, ular 
bilan munosabat o‗rnatish ba‘zan og‗ir kechadi. Bunday qiyofali insonlar 
dushmonona, tajovvuzkor, nodo‗stona, yoqimsiz yoki qiyin munosabat
o‗rnatuvchilardir. Siz ular bilan muomala qilishda, xodim sifatida tanlashda 
o‗zingizni chetga olasiz.
Bunday sharoitda siz shaxs haqida qanday xulosaga kelganingiz singari, 
boshqalar ham sizga xuddi shunday xulosalarga kelishlari shubhasiz.
Bunday o‗zaro o‗rinalmashuvchi mulohazalarga doimiy ravishda yangi 
insonlar bilan tanishish zarurat tug‗ilgan sotsial vaziyatlarda duch kelinadi. 
Bu esa shaxsning o‗ziga bo‗lgan xos xislatlarini aniqlashga olib keladi, 
masalan, tanishingiz kirishimli yoki tortinchoq. Bu faktorlarni tahlil eta olish 
shaxs haqidagi umumiy tasavvurlarga ega bo‗lishga yetarlicha imkon beradi.
Shaxsni izohlash. Shaxs psixologiyasining predmeti uni izohlashga 
nisbatan anchagina murakkab xarakterga ega, chunki insonlar xilma xil 
bo‗lganligi bois har xil vaziyatlarga qarab, o‗zgarib turadilar. Shu sababli 
shaxsni tushunarli tilda izohlash uchun mos aniqlik va izohga ega bo‗lish 
lozim. O‗z navbatida shaxsni mos tarzda izohlashga mos keladigan tilga ham 
ega bo‗lish kerak. Oqibatda shaxsni o‗rganishning o‗ziga xos prinsiplari va 
baholash vositalari-testlarni shakllantirishga olib keldi.
Psixologiyada shaxsni tushunishda uning xarakterlovchi bir qator 
tushunchalarni qo‗llashga olib keldi:


279
1

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə