O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   167
Shartli guruh
- faqatgina nom jihatdan mavjud bo‗lgan kishilarning 
uyushmasidir. Shartli guruhga kiruvchi kishilar bir-birlari bilan hech vaqt 
uchrashmasliklari ham mumkin, lekin shu bilan birga guruhga ajratish bo‗yicha 
umumiy, ijtimoiy va psixologik xususiyatlarga ega bo‗ladi. Masalan, o‗smirlar 
mamlakatimizning qaysi shahar va qishlog‗ida yashashidan, hech qachon bir 
erga to‗planmasliklaridan qat‘iy nazar, shartli guruhga birlashtirilishi mumkin. 
Real guruh
- haqiqatan mavjud bo‗lgan kishilarning uyushmasidir. Bu 
guruhdagi kishilar real aloqa va munosabatlar, maqsad va vazifalar bilan o‗zaro 
bog‗langan bo‗ladilar. Real guruh qisqa davomida yoki uzoq muddat davomida 
mavjud bo‗lishi, son jihatdan ko‗p yoki oz bo‗lishi ham mumkin. 
Rasmiy guruh
- rasmiy hujjatlar asosida to‗ziladigan guruh (ustav, shtat). 
Ishlab chiqarishdagi ta‘minot bo‗limi, oliy o‗quv yurtidagi talabalar guruhi 
rasmiy guruhlardir. Bunday guruh a‘zolari o‗rtasida ish yuzasidan bo‗ladigan 
aloqalar o‗rnatiladi, bu aloqalar ham hujjatda ko‗zda tutilgan bo‗ladi. Ular 
bo‗ysunish yoki teng huquqlikni, topshiriq bajarishdagi javobgarlikning ko‗p 
yoki kam bo‗lishini ko‗zda to‗tadi. 
Norasmiy guruh
- psixologik motivasiyaning yagona yo‗nalishi asosida 
simpatiya, qarashlarning yaqinligi, e‘tiqod asosida vujudga keladi. Bunda rasmiy 
hujjatlar hech qanday kuchga ega emas. Agar simpatiya va o‗zaro bog‗liqlik 
yo‗qolsa, guruh ham tarqab ketadi. Referent guruh (etalon guruh) - bu real yoki 
hayolan mavjud bo‗lgan guruh bo‗lib, uning qarashlari, qonun - qoidalari 
namuna bo‗lib hisoblanadi. Guruh normalarini tan oluvchi, ularni eng yahshi 
deb hisoblovchi va ularga qo‗shiluvchi shaxs shu guruhga kirishi mumkin. 
Bunda shaxs bu normalarga qo‗shilibgina qolmay, ularni himoya qiladi va zarur 
bo‗lsa, tashviqot qilishi mumkin. Guruhlarni rivojlanish darajasiga ko‗ra bir 
qancha turlarga ajratish mumkin. Bular: 
1. 
Tashkil etilmagan guruhlar: 
a) 
assosiasiyalar; 
b) 
diffuz guruhlar; 
2. 
Tashqaridan tashkil etilgan guruhlar: tashkilotlar, ishlab chiqarish, 
o‗quv, kasaba uyushma tashkilotlari, harbiy qism, turli hil jamiyatlar. 
3. 
Ichkaridan tashkil etilgan guruhlar: 
a) 
korporasiya; 
b) 
jamoadan iboratdir. 


268
Odamlar ijtimoiy birlashmasi rivojlanishining yuqori shakli - jamoadir. 
Jamoa
- bu kishilar faoliyatining umumiy maqsadga erishish yo‗lida 
psixologik jipsligi va umumiy foydali motivlar bilan tavsiflanuvchi guruhidir. 
Jamoaning muhim belgisi - maqsad va vazifalarning ijtimoiy ahamiyatga ega 
ekanligidir. Agar bu belgi bo‗lmasa, guruh jamoa deb atalishi mumkin emas. 
Faoliyat macsadiga ko‗ra: 
a) kasbiy jamoalar - ishlab chiqarish jamoalari, ijodiy, harbiy, o‗quv 
jamoalari; 
b) ijtimoiy tashkilotlar - kasaba uyushma, turli hil partiyalar, yoshlar 
tashkilotlari; 
v) ko‗ngilli jamiyatlar - ilmiy, ilmiy-tashviqot, harbiy sport tashkilotlari.
g) havaskorlik jamoalari - badiiy havaskorlik jamoalari, 
kollekcionerlar jamiyati kabilar farqlanadi. 
Boshqa jamoalar tizimida tutgan o‗rni va aloqalariga qarab, birlamchi va 
asosiy jamoalar ajratiladi. 
Guruhlar va jamoalarda shaxs ikki hil munosabatda - xizmat yuzasidan 
bo‗ladigan va shaxsiy munosabatlarda bo‗ladi. Xizmat yuzasidan bo‗ladigan 
munosabatlar guruh tarkibi bilan birga hujjatlarda qayd etiladi. Shaxsiy 
munosabatlar esa simpatiya, bog‗liqlik, do‗stlik, o‗rtoqlik, simpatiya asosida 
vujudga keladi. Xizmat yuzasidan bo‗ladigan va shaxsiy munosabatlar 
shaxslararo munosabatlar tizimini tashkil etadi. 
Guruh a‘zolari bir-birlariga nisbatan bir hil holatda bo‗la olmaydilar. 
Guruhning har bir a‘zosi o‗zining shaxsiy va ishga taalluqli bo‗lgan sifatlariga, 
o‗zining mavqeiga ko‗ra guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida muayyan 
holatni egallaydi. O‗tkazilgan tadqiqotlarning ko‗rsatishicha, ayrim kishilar 
boshqalariga nisbatan ko‗proq obro‗ga ega bo‗ladilar. Eksperiment 
ma‘lumotlariga ko‗ra, sinf jamoasida, ya‘ni 30-40 o‗quvchi ichida eng mashhur, 
obro‗lisi 3-4 o‗quvchi bo‗lishi mumkin. Ularning mashhurligi nimaga bog‗liq? 
Birinchidan, buning sababi o‗quvchilarning guruhning boshqa a‘zolari 
bilan aloca o‗rnata olish malakalaridir. 
Ikkinchidan, shaxs o‗zining bilim va malakalari tufayli, bu bilimlar bilan 
o‗rtoqlashish, boshqa kishilarga beg‗araz yordam ko‗rsatishga intilishi sababli 
mashhur bo‗lishi mumkin. 
Uchinchidan, tashqi ko‗rinish omili tufayli ham shaxs guruhda avtoritet 
qozonishi mumkin. Bu omilga jismoniy kuch ko‗rsatkichini ham kiritish 
mumkin. 
Guruh yoki jamoadagi ba‘zi a‘zolar shaxsiy o‗zaro munosabatlardan chetda 
qoladilar. Ular bunday aloqalar o‗rnatish uchun o‗zlariga sherik tanlaydilar. 
Biroq, bu ushbu shaxs jamoa tomonidan hohlanmaydi, degan so‗z emas, bu 
shaxs bilan ish yuzasidan bo‗ladigan munosabatlarga kirishadilar. Jamoadagi bu 
a‘zoning shaxsiy o‗zaro munosabatlari jamoadan tashqarida yahshi o‗rnatiladi. 


269
Guruhda shaxs yana shunday holatda ham bo‗lishi mumkin, bunda uni 
guruhdoshlari do‗stlikda, shaxsiy munosabatlarda rad etadilar. Guruhdagi 
yakkalab qo‗yish (izolyatsiya) va rad etish sabablari ham turlicha bo‗lishi 
mumkin: 
Birinchidan, rad etiluvchi o‗quvchilarning o‗cishga befarc munosabatda 
bo‗lishi. Ikkinchidan, ba‘zi o‗quvchilarning sinfdoshlari tomonidan rad etilishi 
ular bilan bo‗ladigan muloqotning qiziqarli emasligi bilan ham tushuntiriladi. 
Uchinchidan, ajralib qolganlik guruhdoshlari bilan aloqa o‗rnata olmaslikka 
ham bogliq bo‗lishi mumkin. 
Ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy rollar nazariyasi keng o‗rin egallagan. Unga 
ko‗ra har bir shaxs ijtimoiy munosabatlar sub‘ekti sifatida o‗z faoliyatida turli 
ijtimoiy rollarni bajaradi. Masalan, universitet talabasi ustozlari oldida talaba
ota-onasi oldida farzand, akasi oldida uka, ukasi oldida aka, bobo-buvisi oldida 
nevara va o‗rtoqlari oldida esa tengdosh rolida faoliyat ko‗rsatadi. Ijtimoiy rol - 
ijtimoiy faoliyatning zaruriy turi, ijtimoiy munosabatlar sistemasidagi shaxsning 
o‗rni bilan belgilab berilgan shaxs hatti-harakatining usulidir. Ijtimoiy rolni 
bajarishda turli usullarning "shaxsiy" bo‗lish imkoniyatlari mavjud. 
Guruhlar yoki jamoalarda o‗ziga boshchilik rolini oluvchi shaxs farqlanadi. 
Psixologiyada bunday shaxs lider deyiladi. Lider guruhni tashkil etish va 
boshqarish uchun tayinlanishi yoki belgilanishi mumkin. 
Lider 
quyidagi vazifalarni bajaradi: 
• guruhda maqsadga erishishning usul va yo‗llarini 
rejalashtirish; 
• guruh a‘zolari o‗rtasida javobgarlikni taqsimlash; 
• muayyan muhitni tashkil etish; 
• guruh a‘zolarining faolligini oshirish. 
O‗zaro munosabatlar sohasi bo‗yicha liderlarning ikki turi farqlanadi: 
• 

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə