O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti



Yüklə 412,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/45
tarix10.03.2022
ölçüsü412,61 Kb.
#84410
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45
boshlangich sinflarda ozlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar

"  bola  -  ota-ona"

  munosabatidan  tashqarida  yuzaga  keladi.  Chunki, 

o’qituvchi  bolaga,  ota-onaga  nisbatan  ko’proq  ravishda  normativ  talablar  qo’yadi. 

Birinchi  bor  maktabga  kelgan  bola  hali  o’zini  to’liq  anglashi  va  o’zi  xatti-




51 

 

harakatlarini  aniq  bilishi  qiyin.  Faqat  o’qituvchigina  bolaga  me’yorlar  qo’yishi, 



ularning  xatti-harakatlarini  baholashi  mumkin,  xatti-harakatlarini  boshqalar  bilan 

moslashtirishga  sharoit  yaratishi  mumkin.  Boshlangich  sinfda  o’quvchilar 

o’qituvchi  tomonidan  qo’yiladigan  yangi  shartlarni  qabul  qiladilar  va  ularning 

qoidalariga  to’la  amal  qilishga  harakat  qiladilar.  Bola  uchun  o’qituvchi  uning 

psixologik  holatini  belgilab  beruvchi  asosiy  figura  hisoblanib,  bu  holat  uning 

nafaqat  sinfdagi,  balki,  umuman  tengdoshlari  bilan  bo’ladigan  munosabatiga,  bu 

munosabat  esa  o’z-  o’zidan  oilasidagi  munosabatlariga  ham  ta’sir  ko’rsatadi. 

Shuningdek,  bu  munosabatlar  uning  o’quv  faoliyati  muvaffaqiyatini  ham  belgilab 

beradi. O’qituvchining o’quvchilarga ta’sir ko’rsatishi va munosabatiniig quyidagi 

uslublari mavjud. Avtoritar uslub: bu qattiqqo`llik bo’lib, bunda o’qituvchi so’zsiz 

o’ziga  bo’ysunishlarini talab  etadi.  Lekin,  nima  uchun  qattiqqo’llik o’quvchilarini 

qilayotganini  yoki  o’quvchilariga  nima  uchun  o’zlarini  shunday  tutishlari 

lozimligini  tushuntirib bermaydi,  shuningdek,  o’quvchilarni  o’z  xatti-harakatlarini 

mustaqil boshqarishga ham o’rgatmaydi. O’qituvchi dars davomida o’quvchilardan 

jim  o’tirishini,  savollarga  doimo  qo’l  ko’tarib,  o’qituvchining  ruxsati  bilan  javob 

berishini,  o’qituvchining  ko’rsatmalarini  so’zsiz  bajarishini  talab  etadi.



 

Bunday 


pedagoglar  o’quvchilarning  qiziqishlari  asosida  emas,  balki  asosan  o’quv  rejasi 

asosida dars o’tadilar. Dars davomida ham bahs-munozara uchun deyarli imkoniyat 

yaratilmagan  holda  asosan  o’qituvchining  fikri  singdiriladi.  O’quvchilari  bilan 

muomala munosabatda ham ularning individual psixologik xususiyatlari jumladan, 

nerv  tizimining  qo’zgaluvchanlik  darajasini  ham  e’tiborga  olmaydilar.  Bu  uslub 

o’qituvchini  sinfdan,  o’quvchidan  uzoqlashtiradi.  Emotsional  sovuqlik  sinfda 

intizomli  o’quvchida  yakkalanish,  xavotirlik,  himoya  qilinmaganlik  hissini  ham 

yuzaga keltiradi. Bu uslub sinfda yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichini




Yüklə 412,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə