O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti


etadilar.  Shu  bois  kichik  maktab



Yüklə 412,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/45
tarix10.03.2022
ölçüsü412,61 Kb.
#84410
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
boshlangich sinflarda ozlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar

 

etadilar.  Shu  bois  kichik  maktab



 

yoshidagi  bolalarni  realistlar  va  fantazyorlarga



 

ajratish  mumkin.  Bolalar  ko’pincha  o’zlariga  ma’lum  siymolar,  syujetlardan



 

foydalangan  holda  yangi  obrazlarni  tasavvur



 

qiladilar,  yaratadilar.



 

Bu  tasavvurlar 

zamirida  ularning  qo’rquvni  yengishi

,

 

do’st  topishi,  xursandchilik  hislari



 

yotadi. 


Bundan

 

tashqari  tasavvur  etish  natija  olib  keluvchi  faoliyat



 

sifatida  ham  namoyon 

bo’lishi mumkin. Bola real hayotda

 

qiyinchiliklarga



 

duch kelib, ulardan chiqib keta 

olmagan  holatda  ko’pincha  hayolga  beriladi.  Masalan,  mehribonlik  uyida 

tarbiyalanayotgan  bola  o’zining  hamma  havas  qiladigan  oilasi,  uyi  bo’lishini,  bu 

uyga  o’grilar  kelib  qolsa,  u  qahramonlik qilishini  tasavvur  qiladi.  O’z  tasavvurida 

yaxshi  yoki  yomon  holatlarni  boshidan  kechirgan  bola  o’zining  kelgusi  xatti- 

harakatlari  motivatsiyasi  uchun  zamin  tayyorlaydi.  Kattalarga  nisbatan 

tasavvurning  bolalar  hayotida  ahamiyati  juda  katta.  Bola  tasavvur  qilib  atrof-

hayotni  chuqurroq  bila  boshlaydi,  o’z-o’zining  shaxsiy  tajribasidan  tasavvur 

yordamida chetga chiqa oladi, ijodiy layoqati rivojlanadi, shaxsiy xususiyatlarining 

rivojlanishiga xizmat qiladi. 

    O’quv faoliyatiniyag xususiyatlari 

    Kichik  maktab  yoshidagi  bola  o’qituvchisi  bilan  yaxshi  emotsional 

munosabatda  bo`ladi.  Shu  davrgacha  bevosita  kattalar  rahbarligida  u  yoki  bu 

axborotlarni  o’zlashtirib  kelgan  bo’lsa,  endi  o’z  xohish  irodasi  bilan  zarur 

ma’lumotlar to’plashga, o’z oldiga aniq maqsad va vazifa qo’yishga harakat qiladi. 

Bolaning  ana  shu  faolligi  xotirasini  muayyan  darajada  rivojlanganligini  bildiradi. 

Oqilona  tashkil  qilingan  ta’lim  jarayoni  mazkur  yoshdagi  bolalarning  tafakkurini 

jadal  rivojlantiradi.  Bu  yoshdagi  bola  boshqa  davrlarga  nisbatan  ko’proq  narsani 

o’zlashtiradi. Maktab ta’limi o’quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeini, sinf 

jamoasi  va  oila  muhitidagi  o’rnini  o’zgartiradi.  Uning  vazifasi  o’qishdan,  bilim 

olish, ko’nikma va malakalarni egallash, o’zlashtirishdan iborat bo’lib qoladi. 

Kichik  maktab  yoshidagi  bolaning  muhim  xususiyatlaridan  biri,  unda  o’ziga 

xos  ehtiyojlarning  mavjudligidir.  Bu  ehtiyojlar  o’z  mohiyatiga  ko’ra  muayyan 

bilim,  ko’nikma  va  malakalarni  egallashga  qaratilmay,  balki  faqat  o’quvchilik 



49 

 

istagini aks ettirishdan ham iboratdir. Shu ehtiyojlar asosida o’z portfeliga, shaxsiy 



o’quv  qurollariga,  dars  tayyorlash  stoliga,  kitob  qo’yish  javoniga  ega  bo’lish, 

kattalardek  har  kuni  maktabga  borish  istagi  yotadi.  Kichik  maktab  yoshidagi  bola 

o’zining  tub  mohiyati  va  vazifasini  tushunib yetmaydi,  balki  hamma  maktabga 

borishi  kerak  deb  tushunadi.  Kattalarning  ko’rsatmalariga  amal  qilib  tirishqoqlik 

bilan  mashg`ulotlarga  kirishib  ketadi.  Oradan  ma’lum  vaqt  o’tgach,  shodiyona 

lahzalarning taassuroti kamayishi bilan maktabning tashqi belgilari o’z ahamiyatini 

yo’qota boradi va bola o`qishni kundalik aqliy mehnat ekanligini anglaydi. Shunda 

bola  aqliy  mehnat  ko’nikmasiga  ega  bo`lmasa  uning  o’qishdan  ko’ngli  soviydi, 

unda  umidsizlik  hissi  vujudga  keladi.  O’qituvchi  esa  bunday  holning  oldini  olish 

uchun bolaga ta’limning o’yindan farqi, qiziqarliligi haqida ma’lumotlar berishi va 

uni shu faoliyatga tayyorlashi kerak. Ta’limning mazmuni o’quvchining bilimlarni 

egallashga  qiziqishi,  aqliy  mehnati  natijasida  qanoatlanish  hissi




Yüklə 412,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə