O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   377
Moliyaviy tahlil

Investitsion tahlil.
 Investitsion tahlil
– bu investorlarning samarali qaror qabul 
qilishi uchun investitsiyalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini ishlab 
chiqish, asoslash va baholash uchun bajariladigan metodik va amaliy uslublar, usullar 
majmuidir. 
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar har bitta korxonaning asosiy maqsadi foyda 
olish va iqtisodiy salohiyatni o‘stirishga qaratilgan. Investitsiyalar ushbu maqsadga 
erishishning vositasidir. Ammo, har bir sarmoyadorning qarorlari muvaffaqiyatli 
bo‘lishi uchun investitsion tahlil natijalariga asoslangan bo‘lishi lozim. 
To‘g‘ri va o‘z vaqtida o‘tkazilgan 
investitsion tahlil
quyidagi vazifalarni hal qilish 
imkonini beradi: 
- investitsiyalarning real ehtiyojlarini va investitsiyalar uchun zarur shart-
sharoitlarning mavjudligini baholash; 
- korxonaning taktik va strategik maqsadlarini inobatga olgan holda sarmoyaviy 
yechimlarini tanlash; 
- investitsiyalarning haqiqiy natijalariga, rejalashtirilgan yoki rejadan chetga 
chiqishlarga ta’sir etuvchi barcha omillarni aniqlash; 
- investitsiyalarni amalga oshirishda investorlar uchun xavf-xatarlarni aniqlash; 
- korxonalarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan investitsion 
monitoringdan keyingi tavsiyalarni ishlab chiqish. 
Investitsion tahlilning 
turlari bo‘yicha
: kapital qo‘yilmalarga investitsiyalar va 
moliyaviy investitsiyalar tahliliga ajratiladi. 
Investitsiyalar 
obyekti bo‘yicha
: to‘liq korxona tahlili va alohida investitson 
jarayonlar tahliliga bo‘linadi. 
Davri bo‘yicha
: investitsiya oldi, joriy, operativ va investitsion faoliyatdan 
keyingi tahlilga ajratiladi. 
Analitik izlanishlar hajmi
bo‘yicha to‘liq va tematik tahlil turlariga bo‘linadi. 
Shakli bo‘yicha
investitsion tahlil: ichki va tashqi tahlil turlariga ajratiladi. 
Investitson tahlil quyidagi tizimli ketma-ketlikda o‘tkaziladi: 
- zarur axborotlarni tanlash va tayyorlash; 
- dastlabki axborotni qayta ishlash va tahliliy axborotni shakllantirish; 
- analitik axborotni talqin qilish; 


83 
- xulosa va tavsiyalarni tayyorlash. 
Investitsion tahlil ikkita muhim bosqichni o‘z ichiga oladi.Ularning har biri o‘z 
ichiga yana bir necha bosqichlarni oladi: 
1-investitsion loyihaning samaradorligini baholash; 
2-risklarni baholash. 
Investitsion tahlilda moliyaviy tahlilning gorizontal, vertikal, trend, qiyoslash, 
koeffitsiyent, integral usullaridan foydalaniladi. 

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə