O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


shuning uchun o‗zoqlashgan hamkorlar bilan tezkor aloqalar o‗rnatish muhim  hisoblanadi.  Turistik talab deganda -



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

 
shuning uchun o‗zoqlashgan hamkorlar bilan tezkor aloqalar o‗rnatish muhim 
hisoblanadi. 
Turistik talab deganda - 
to‗lash imkoniyatiga ega bo‗lgan axolining 
turmahsulotga bo‗lgan talabi tushiniladi. Turistik talab amaldagi narx-navolarda axoli 
tomonidan aniq bir turistik -ekskursiya xizmatlarini sotib olishi bilan belgilanadi. 
Bozordagi talabga muvofiq 
turizmda takliflar
vujudga keladi, ya‘ni turist uchun 
uning dam olishi va sayohati jarayonida lozim bo‗lgan turli xildagi xizmatlar shular 
jumlasiga kiradi. Takliflar-bu mahsulot ishlab chiqaruvchining bozorga talab qilinadigan 
aniq mahsulotni yetkazib berish uchun ideal tayyorgarlik va aniq imkoniyatga ega 
bo‗lishi tushuniladi. Bu holatda takliflar ishlab chiqarish bilan bir xil bo‗lmagan xolda 
undan soni jixatidan farq qiladi. Aniq bir turistik mahsulot (marshrut)ning taklif 
qilinadigan soni bozordagidan yuqori bo‗lishi mumkin. Turistik mahsulotga bo‗lgan 
taklif - ishlab chiqarilgan mahsulot soni, turistik industriyaning rivojlanish darajasiga va 
turistik resurslar xajmiga bog‗liq (shakllanadi) bo‗ladi. 
Talab va taklif o‗rtasida o‗zaro bog‗liqlik bo‗ladi: talab faqatgina taklifni yuzaga 
keltirmaydi, bundan tashqari taklif aniq bir tarzda talabga ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan: 
turistik xizmatga bog‗liq bo‗lgan talab xajmi unga bo‗lgan narx ko‗tarilganda ortib 
boradi, narx tushsa takliflar soni ham kamayadi. 
Turistik bozorda turistning xizmatga bo‗lgan talabi uchun pul vositasining 
almashinuvi sodir bo‗ladi. Muvofiqlashtirilgan xolatdagi almashinuvda bir tomondan 
turistik mahsulot ikkinchi tomondan esa turistik industriyaning kirib kelishi uchun sharoit 
yaratiladi.


18 
 
2- chizma.Turistik bozordagi talab va takliflar 
Turistik bozor o‗zining qabul qila olish chegarasi (sig‗imdorligi) bilan 
tavsiflanadi, ya‘ni aniq bir belgilangan davrda (mavsum) bir yilda) belgilangan turistik 
mahsulotni amaldagi narxlar va takliflarga muvofiq sota olishidir. Bozorning 
sig‗imdorligi axolining talab doirasida to‗lov qobiliyatiga egaligi, narx darajasi va
turistik takliflarning tavsifiga bog‗liq bo‗ladi. Turistik mahsulotga bo‗lgan talab va narx 
darajasiga qarab qisqarishi yoki bo‗lmasa aksincha oshib borishi mumkin. Bozorning 
sig‗imi va uning o‗zgarishi tendensiyasini biladigan korxona ushbu bozordan ravnaqi 
darajasi uchun foydalanish imkoniyatiga ega bo‗ladi keladi. 
Turistik bozorda bir-biriga qarama-qarshi harakatlanadigan hamda turistik 
aylanma harakat yaratuvchi pul oqimi yo‗nalishi va turistik mahsulotning muntazam 
harakatlanishini yaratib beruvchi omil vujudga keltiradi. 
Turistik aylanma harakat 

iqtisodiy aloqalar tarkibiga kiruvchi xizmatni pulga 
yoki bo‗lmasa pulni xizmatga almashtiruvchi jarayon kiradi.Ushbu jarayon turistik 
mahsulot oqimining harakatlanish yo‗nalishi, investitsiyalarning turizm soxasini 
rivojlantirish va turistik faoliyatdan keladigan daromadning byudjetga kelib tushishini 
ko‗rsatib beradi. 
Turistik aylanma harakat quyidagi sxema bo‗yicha amalga oshiriladi: 
1.Turist yo‗llanmani sotib oladi va turistik kompaniyaga pul to‗laydi. 
2.Oqibatda turist o‗zining istak-talabini qondiradi. 
3.Turistik korxona sotilgan turistik mahsulot uchun pulni oladi, turistik 
industriyaning rivoji uchun investitsiya o‗tkazadi yoki bo‗lmasa yangi turdagi turistik 
mahsulotni sotib oladi. 
4
 
.Turistik korxona sotilgan turistik mahsulot uchun boj to‗laydi, turli shakldagi 
to‗lovlarni bajaradi, o‗z ishchi xodimlariga oylik to‗laydi. 
Turistik korxona doimiy o‗zgarib turuvchi raqobatchilik muxitida barqaror tarzda 
qattiq tartib vaziyatida ish olib borishi lozim. Ushbu muxit elementlari bo‗lib bir nechta 
bozorlar hisoblanadi. Ular turistik mahsulot konyukturasini aniqlab beruvchi va turistik 
korxonaning iqtisodiyotiga tasir o‗tkazuvchi hisoblanadi: 

Mexnat bozori; 

Moliyaviy bozor; 

Investitsiyalar bozori;

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə