O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Mehmonxonalarda turistlarga xizmat ko„rsatishning texnologik sxemasi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/123
tarix14.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#117271
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Mehmonxonalarda turistlarga xizmat ko„rsatishning texnologik sxemasi. 
Mehmonxonada turistlarga xizmat ko‗rsatishning yopiq texnologik sikli quyidagi asosiy 
xizmatlarni o‗z ichiga oladi: 
1. Qabul qilish va joylashtirish xizmati
2. Nomer fondidan foydalanish xizmati; 
3. Tijorat xizmati; 
4. Texnik muhandislik xizmati; 
5. Boshqaruv xizmati. 
Bu asosiy xizmatlarni yetkazib berish uchun zarur bo‗ladigan ta‘minlovchi 
xizmatlarning minimal to‗plamidir. 
1.Qabul qilish va joylashtirish xizmati: qabul qilish, ro‗yxatga olish, turistlarni 
nomerlarga joylashtirish, hisob-kitoblar, joylarni bron qilish va turistlarni uyiga yoki 
boshqa joyga jo‗natishni ta‘minlaydi. Qoida bo‗yicha, xizmatni joylashtirish ishlarini 
menejer boshqaradi va unga ro‗yxatga olish byurosi, porte, administratorlar, xizmat 
ko‗rsatish byurosi, shveysarlar, garderobchilar, yuk saqlash kamerasi xodimlari, bron 
qilish xizmatlari bo‗ysunadilar. 
2.Nomer fondidan foydalanish xizmati yashash va qo‗shimcha binolar ta‘miri 
hamda texnik xizmat ko‗rsatilishini, odam joylashtirishga tayyorlash, tozalash, kosmetik 
yoki rejali ta‘mirlash uchun nomerlarni foydalanishdan chiqarishni ta‘minlaydi. Ushbu 
xizmat menejeri nomer fondiga xizmat ko‗rsatish va ta‘minlash guruhini, qavat 
xizmatchilarini, farroshlarni, konferansiya boshqalarni boshqaradi. 
Bron qilish tizimi dunyoning turli shaharlari bilan aloqada bo‗lgan va tarmoqqa 
birlashtirgan EHM kompleksini o‗z ichiga oladi. Kompleksning asosiy vazifasi 
quyidagilar: 

shu mehmonxona buyurtmasi bo‗yicha nomerlarni bron qilish; 

boshqa mehmonxonalar buyurtmasi bo‗yicha nomerlarni bron qilish; 

turli transport turlariga chiptalarni bron qilish; 

boshqa vazifalar. 
Ba‘zi hollarda bunday tizim asosiy mehmonxonadagi mahalliy (ichki) masalalarni 
ham yechadi: 

mijozlar bilan avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar; 

nomer fondini rejalashtirish; 

xodimlar ish haqini hisoblash

moddiy ne‘matlarni hisoblash, buxgalteriya hisoboti va boshqalar.


44 
Yirik mehmonxona komplekslari yagona bron qilish tizimlariga ulanadilar. Ularga 
Sabre, Galileo, Amadeus, Vorldspan kabilar kiradi. Bu bron qilish tizimlari ikki asosiy 
vazifani bajaradi: 
- mehmonxonalarda nomerlarni band qilish; 
- chiptalarni poyezd, teploxod va boshqalar narxlarida bron qilish.
Qo‗shimcha va yordamchi xizmatlar bo‗limi ba‘zi hollarda o‗z ekskurssion 
byurosiga, o‗z xo‗jaligiga, ish, kongress va biznes turlarni ta‘minlash bo‗yicha maxsus 
byurolarga, gid-tarjimonlar, ta‘minlangan konferens-zal, kabinet, orgtexnika kabilarga 
ega bo‗lishi mumkin. Shuningdek bu xizmat tarkibiga quyidagilar ham kiradi: 
- sartaroshxona va kosmetik salonlar
- kir yuvish xizmati; 
- atele, tikish va oyoq kiyim ustaxonasi; 
- maishiy xizmatlar ustaxonalari; 
- bolalarga qarash xizmati; 
- tibbiy xizmatlar bo‗limi; 
- kimyoviy tozalash; 
-ijara xizmati; 
- boshqa xizmatlar. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə