O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73

fikrlari, hissiyotlari va hatti - harakatlariga ta’sir ko`rsata olishdir. 
Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi. 
1. 
 
Verbal ta’sir - bu so`z va nutqimiz orqali ko`rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi 
asosiy vositalar so`zlardir. Ma’lumki, nutq - bu so`zlashuv, o`zaro muomala 
jarayoni bo`lib, uning vositasi - so`zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, 
dialogik nutqda ham odam o`zidagi barcha so`zlar zahirasidan foydalanib, eng 
ta’sirchan so`zlarni topib, sherigiga ta’sir ko`rsatishni xohlaydi. 
2. 
 
Noverbal ta’sirning ma’nosi «nutqsiz»dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir - 
birlariga nisbatan tutgan o`rinlari, xolatlari (yaqin, o`zoq, intim), qiliqlari, 
mimika, pantomimika, qarashlar, bir - birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, 
undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. 
3. 
 
Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni 
kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past 
tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to`xtashlar, duduqlanish, 
yo`tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi.  Ularning 
barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir - birlarini 
yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning 
dastlabki daqiqalarida o`rtog`ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab
«Ko`rganimdan biram xursandman», desa, ishonasizmi?  
Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir - birlariga 
ta’sir ko`rsatmoqchi bo`lishganda, dastavval nima deyish, qanday so`zlar 
vositasida ta’sir etishni o`ylar ekan. Aslida esa, o`sha so`zlar va ular atrofidagi 
harakatlar muhim rolь o`ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan 
formulasiga ko`ra, birinchi marta ko`rishib turgan suhbatdoshlardagi 
taassurotlarning ijobiy bo`lishiga  gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, 
va noverbal harakatlar 58% gacha ta’sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat 
o`zgarishi mumkin albatta, lekin xalq ichida yurgan bir maqol to`g`ri : «Ust - 
boshga qarab kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi». 
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko`proq ta’sirga ega bo`lishi 
sheriklarning rollariga ham bog`liq. Ta’sirning tashabbuskori - bu shunday 
sherikki, unda ataylab ta’sir ko`rsatish maqsadi bo`ladi va u bu maqsadni amalga 
oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydaladi. Agar boshliq 
ishi tushib, biror xodimni xonasiga taklif etsa, u o`rnidan turib kutib oladi, iltifot 
ko`rsatadi, xol - ahvolni ham quyuqroq so`raydi va so`ngra gapning asosiy qismiga 
o`tadi.  
Ta’sirning adresati - ta’sir yo`naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning 
suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo`lmasa, yoki adresat tajribaliroq sherik bo`lsa, u 
tashabbusni o`z qo`liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin 
bo`ladi. 
 Shu o`rinda   odamlarni samarali muloqotga o`rgatish muammosi haqida 
keltirmoqchimiz. Chunki bugungi kunda bu muammo ijtimoiy psixologiyaning 
muhim masalalaridandir. 
Ma’lumki, gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi, 
eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o`zaro 
mosligi, bir - birini to`ldirishiga bog`liq ekan. Noto`g`ri tasavvurlardan biri shuki, 
 
53


odamni muomala yoki muloqotga o`rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan 
asoslangan so`zlardan foydalanib, ta’sirchan gapirishga o`rgatishadi. Uning 
ikkinchi tomoni - tinglash qobiliyatiga deyarli e’tibor berilmaydi. Mashhur 
amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi «Yaxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni 
biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir» deganda aynan 
shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo`lishini nazarda tutgan edi. 
Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan odamlar vaqtining 45%i 
tinglash jarayoniga ketar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda bo`ladiganlar 35 - 
40 % oylik maoshlarini odamlarni «tinglaganlari» uchun olarkanlar. Bundan 
shunday xulosa kelib chiqadiki, kommunikatsiyaning eng qiyin sohalaridan 
hisoblangan tinglash qobiliyati odamga ko`proq foyda keltirarkan. 
Shuning uchun bo`lsa kerak, nemis faylasufi A. Shopengauer «Odamlarni 
o`zingiz to`g`ringizda yaxshi fikrga ega bo`lishlarini xohlasangiz, ularni tinglang» 
deb yozgan ekan. Darhaqiqat, agar siz kuyunib gapirsangizu, suhbatdoshingiz sizni 
tinglamasa, boshqa narsa bilan ovora bo`laversa, undan ranjiysiz, nafaqat ranjiysiz, 
balki u bilan aloqani ham uzasiz. O’qituvchi gapirayotgan paytda uni tinglamaslik 
odobsizlikning eng keng tarqalgan ko`rinishi deb baholanishini bilasizmi? 
Nima uchun biz ko`pincha yaxshi gapiruvchi, so`zlovchi bo`la olamiz-u, 
yaxshi tinglovchi bo`la olmaymiz? Psixologlarning fikricha, asosiy xalaqit 
beruvchi narsa - bu bizning o`z fikr - o`ylarimiz va xohishlarimiz og`ushida bo`lib 
qolishimizdir. Shuning uchun ham ba’zan rasman sherigimizni tinglayotganday 
bo`lamiz, lekin aslida xayolimiz boshqa yerda bo`ladi. Tinglashning ham xuddi 
gapirishga o`xshash texnikasi, usullari mavjud. Ularning turi ham ko`p , lekin 
asosan biz kundalik hayotda uning ikki usulini qo`llaymiz : so`zma - so`z qaytarish 
va  boshqacha talqin etish. Birinchisi, suhbatdosh so`zlarining bir qismini yoki 
yaxliticha qaytarish orqali, sherikni qo`llab - quvvatlashni bildiradi. Ikkinchi usul 
esa - sherigimiz so`zlarini tinglab, undagi asosiy g`oyani muxtasar, o`zimizning 
talqinimizda ifoda etish. Ikkala usul ham sherik uchun muhim, chunki u sizning 
tinglayotganingizni, xattoki, undagi g`oyalarga qarshi emasligingizni bildiradi. 
Bunday tashqari, biz yaxshi tinglayotgan bo`lib, «Yo`q-e?», «Nahotki?», «Qara-
ya?», «Yasha!» luqmalari bilan ham suhbatdoshimizni gapirishga, yanayam o`z 
fikrlarini oydinlashtirishga chaqirib turamiz. 
Demak, aslida bizdagi gapirayotgan shaxs yetakchi, u suhbatning mutloq 
xokimi, degan tasavvur unchalik to`g`ri emas. Yaxshi tinglashda ham shunday 
kuch borki, u suhbatdoshni Sizga juda yaqinlashtiradi, ishonchni tug`diradi. 
Chunki muloqot jarayonidagi eng qimmatli narsa - bu axborotning o`zi. 
Tinglayotgan odam ma’nili, yaxshi dialogdan faqat yaxshi, foydali ma’lumot oladi. 
Gapirgan esa aksincha, o`zidagi borini berib, gapirmaydigan suhbatdoshdan 
«teskari aloqani» olib ulgurmay, hech narsasiz qolishi ham mumkin. Shuning 
uchun muloqotga o`rgatishning muhim yo`nalishlaridan biri - odamlarni faol 
tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan o`rinli 
foydalanishga o`rgatishdir. Bu borada professional tinglash texnikasiga quyidagilar 
kiradi: 
 
aktiv xolat. Bu - agar kreslo yoki divan kabi mebelь bo`lsa, unga bemalol 
yastanib yoki yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga 
 
54


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə