O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73

ruhiy jarohat yetkazgan holda ongsizlik holatini mayllar energiyasini bostiradi, u 
esa nerv simpmtomlari, tush ko`rishlar, xato hatti – harakatlar, nohushlikni unutish 
kabi vositalarida yuzaga yorib chiqadi. Psixik jarayonlar freydizmda uchta nuqtai 
nazardan ko`rib chiqildi: topik, dinamik va iqtisodiy. Dastlab topik tizim Freydda 
uchta darajada taklif qilindi: ongsizlik, ong oldin va ong holatlari, ular o`rtasidagi 
munosabat tsenzura vositasi yordamida tartibga solinib turadi. 20 – yillarning 
boshidan Freyd tomonidan boshqa darajalar ajratib ko`rsatiladi: men (ego), u (id) 
va oliy – men (super – eto), keyingi ikki tizim ongsizlik qatlamida joylashgandir. 
Ruhiy jarayonlarni dinamik nuqtai – nazardan qarash maqsadga yo`naltirilgan 
mayllar va tendentsiyalarni bir kichik tizimdan ikkinchisiga o`tish sifatida qarar 
edi. 
Iqtisodiy nuqtai – nazardan qarash esa psixik jarayonlarga energetik 
ta’minlanish nuqtai – nazaridan qarashni ifoda etar edi (xususan, libido – 
energiyasi bilan) Freyd fikriga ko`ra, energetik manba u (id) dir. Id – ko`r – 
ko`rona instinktlar, yoki jinsiy, yoki agressiya instinktlari to`plangan joy bo`lib, 
sub’ektning tashqi reallikga munosabatlaridan qat’iy nazar, darhol qondirilishiga 
harakat qiladi. Ushbu reallikga moslashishni ego ta’minlaydi. Ego atrof-muhit va 
organizm holati to`g`risida axborotni qabul qiladi, uni xotirasiga saqlaydi, 
individning javob reaktsiyalarini, uning o`z-o`zini saqlash manfaatlari asosida 
tartibga soladi.  
Super-ego ahloqiy andozalar, ta’qiqlar va rag`batlantirishlarni o`z ichiga olgan 
bo`lib ularning barchasi individ tomonidan ongsiz holda tarbiya jarayonida, avvalo 
ota – onalaridan o`zlashtirilgandir. 
Egoga Id, super-ego va tashqi reallik tomonidan qo`yiladigan talablar bir-
biriga mos bo`lmaganligi sababli, u doimo nizoli holatda bo`ladi. Bu esa chidab 
bo`lmaydigan zo`riqish holatini yuzaga keltiradi, bundan esa individ “himoya 
mexanizmlari”, ya’ni siqib chiqarish, oqilonlashtirish, sublimatsiyalash, 
regressiyalar vositasida qutqariladi. 
Psixoterapiyaning vazifasi, jarohat yetkazgan kechinmalarni aniqlash va 
ulardan katarsis, siqib chiqarilgan mayllarni anglash, nerv simptomlari sabablarini 
aniqlash yo`llari bilan shaxsni ozod qilishdir. Buning uchun tush ko`rishlarini tahlil 
qilish, erkin assotsiatsiyalar usullaridan foydalaniladi.  
Zigmund Freyd psixologiyaga bir qator muhim muammolarni olib kirdi: 
ongsizlik holidagi motivlashtirish, psixikada normal va patologik hodisalarning 
munosabati, uning himoya mexanizmlari, seksual omilning roli, shaxsning 
murakkab tizimi, subxektiv psixik tuzulishidagi ziddiyatlar va nizolar va h.k. 
5.  Gumanizm psixologiyasi g`arb psixologiyasidagi oqim bo`lib, o`zining 
asosiy predmeti sifatida shaxsni noyob yaxlit tizim sifatida qaraydi, gumanizm 
psixologiyasi fikricha shaxs qandaydir oldindan berilgan holatda bo`lib, o`z – 
o`zini faollashtirishning “ochiq imkoniyatlari” faqat insonlar uchun xosdir. 
Gumanizm psixologiyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iboratdir: inson 
yaxlit holda o`rganilishi lozim; har bir inson noyob bir hodisalar, alohida hollarni 
tahlil etish o`zini oqlaydi, statistik umulashtirishlarga qaraganda, inson olam uchun 
ochiqdir, insonning olamdagi va o`zidagi kechinmalari asosiy psixologik 
reakllikdir; inson hayoti insonning shakllanishi va borligi sifatidagi yagona jarayon 
 
60


sifatida qaralishi lozim; inson rivojlanishi va o`z – o`zini namoyon etishning 
cheksiz imkoniyatlari bilan ta’minlangandir, bu esa uning tabiatining bir qismini 
tashkil etadi; ma’nolar va qadriyatlar vositasida tashqi determinantlardan muayyan 
darajadagi erkinlik xususiyatiga egadir, ulardan esa o`zining tanlashida 
foydalanadi; inson – bu faol va ijodkor mavjudot. 
Gumanizm psixologiyasi, o`zini “uchinchi kuch” sifatida bixeviorizm va 
freydizm qarama – qarshi qo`yadi, bu ta’limotlar asosan shaxsni o`tmishga 
bog`lab, qo`yadi, insondagi asosiy narsa esa kelajakka intilish, o`z imkoniyatlarini 
erkin amalga oshirishdir (G.Olport), ayniqsa ijodiy imkoniyatlarini (A.Maslou), 
o`ziga ishonchni mustahkamlash va “ideal men” ga erishish imkoniyati (K.Rojers) 
sifatida qaraydi. Bu yerda markaziy rol muhitga moslashishni ta’minlaydigan 
motivlar, konform xulq – atvorga emas, balki insoniy mendagi konstruktiv 
asosning o`sishiga qaratiladi, buning yaxlitligi boshdan yechirishdagi kuchi 
psixoterapiyaning alohida shaklini qo`llab quvvatlashga qaratilgandir. K.Rojers 
ushbu shaklni “mijozda markazlashgan terapiya” deb ataydi, bu esa 
psixoterapevtdan yordam so`rab murojaat etgan individga, “bemor” sifatida emas, 
balki mijoz sifatida qarashni taqozo etadi, bunda individ uni xavotirga solayotgan 
xayotiy muammolarni yechish uchun ma’suliyatni o`z zimmasiga oladi. 
Psixoterapevt faqat esa maslahatchi (konsultant) vazifasini bajaradi va ilik 
emotsional muhitni yaratib beradi, bunda mijozga o`z ichki dunyosini tashkil etish 
va o`z shaxsini yaxlitligiga erishish, o`zining mavjudligi moxiyatini 
(“ekzistentsiya”) tushunish osondir. Shaxsdagi o`ziga xos insoniylikni, inkor 
etuvchi ta’limotlarga e’tiroz bildirgan holda, gumanizm psixologiyasi o`ziga xos 
insoniylikni ijtimoiy – tarixiy omillarga bog`liq ekanligini tan olmaydi. 
 
Mavzu yuzasidan savollari: 
1.
 
Funktsional psixologiya oqimining mohiyati. 
2.
 
Bixeviorizm yo`nalishining psixologiya fanidagi o`rni. 
3.
 
Geshtalьtpsixologiya oqimining ayrim jihatlari. 
4.
 
Freydizm oqimining o`ziga xos jihatlari. 
 
 
Mavzu yuzasidan tayan iboralar: Funktsional psixologiya, funktsiyalar
operatsiyalar, bixeviorizm, xulq – atvor, geshtalьt psixologiyasi, insayt, freydizm, 
neofreydizm, shaxsning tarkibiy tuzilishi, gumanizm psixologiyasi. 
 
Mavzu yuzasidan tayan iboralar: Funktsional psixologiya, funktsiyalar, 
operatsiyalar, bixeviorizm, xulq-atvor, geshtalьt psixologiyasi, insayt, freydizm, 
neofreydizm, shaxsning tarkibiy tuzilishi, gumanizm psixologiyasi. 
 
 
 
 
 
 
 
61


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə