O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   73

xususiyatlari nerv sistemasining takomillashuvi bilan bog`liq tarzda ro`yobga 
chiqa boradi va mazkur jarayon temperament rivojini uzil-kesil hal qiladi. 
Shuni ta’kidlash o`rinliki, temperamentni faoliyat talablariga moslashtirish 
imkoniyati mavjuddir. Chunki har qanday faoliyat psixik jarayonlari 
dinamikasiga muayyan talablar tizimini qo`yadi. Chunonchi: 1)kasb-hunarlarning 
insonlar temperamentiga mos turini tanlash kerak, chunki ularning psixik 
xususiyatlariga mutanosib kasbni tanlash professional tanlash deyiladi; 
2)shaxslarning individual xususiyatlarinihisobga olish joiz; 
  3) temperamentga xos kamchiliklarni yaьni salbiy illatlarni bartaraf etish lozim; 
 4) insonlarda individual uslubni shakllantirish zarur. Shaxsning faoliyatiga ongli, 
faol va ijodiy bo`lishidir. 
       Faoliyatning  individual uslubi insonda o`zidan o`zi vujudga kelmaydi, u 
shaxs kamolotining barcha bosqichlarida yaьni bog`cha yoshidan e’tiboran to 
kasbiy mahorat egallangunga qadar shakllanib boradi. Insonning 
temperamentini faoliyatning zarur talablariga moslashtirish orqali unda 
individual uslub tarkib toptiriladi. Xuddi shu boisdan, faoliyatning individual 
uslubi deyilganda shaxs uchun o`ziga xos va muvaffaqiyatga erishishning 
maqsadga muvofiq yo`llari individual tizimi tushuniladi. 
 
Mavzu yuzsidan savollar 
1.Temperament turlari va ularining tasnifi. 
2.Temperamentning ilmiy psixologik asoslari va uning fizioligik mexanizimi. 
3.Nerv sistemasi tiplari va temperament. 
4. Temperament va uni faoliyat talablariga muvofiqlashtirish. 
 
 
Tayanch iboralar 
Temperament, sangvinik, xolerik,  flegmatik, melanxolik, emotsionallik, 
matorika, dinamiklik, labillik, faollik, inert va sust   
 
 
15 Mavzu: Qobiliyat 
 
Reja; 
1Qobiliyat tushunchasi va turlari 
2.Qobiliyatlarning miqdor va sifat xaraktikasi. 
3.Qobiliyat va talantlarning tabiy shartlari.  
4.Qobiliyatlarining rivojlanishi. 
 
Qobiliyat,  birinchidan  odamning  individual  xususiyatlari, ikkinchidan  
odamning  biror  bir faoliyatga  loyiqligini  aniqlaydi,  uchunchidan  shu 
faoliyatni  muvafoqiyatli   bajarishdir. Qobiliyat  to`g`risida  umumiy  
 
139


tushunchani  vujudga keltirish  uchun  ularga  aloqadar  omillar, tarkiblar  
bo`yicha ayrim  maьlumotlar  keltirish  maqsadga  muvofiq: a) qobiliyatlar 
shaxsning  psixologik  xususiyatlar  ekanligi; b) mazkur  xususiyatlarga  bilim, 
ko`nikma malaka  ortirish  bog`liq; v) ushbu xususiyatlarning  o`zi  bilim,  
ko`nikma va  malakalarga  taaulliqli  emasdir. Taьlim  va  ijtimoiy  turmushda  
uquvsiz  deb  baholangan  insonlar  keyinchalik  biron  bir  sohaning yetakchi  
mutaxassisi  sifatida   elga  tanilinishi, yuqori  lavozim egallashi, tadbirkor  
shaxs  sifatida  kamol topishi  hodisasi  tajribada  ko`p uchraydi.  Shuning  
uchun  bilim, ko`nikma    va   malakalarni  egallash  jarayonida  qobiliyatlar  
namoyon  bo`lsa-da, lekin  ular  bilim  ko`nikma,  malakalarga  bevosita 
taalluqli  emasdir. malakalarga  bevosita taalluqli  emasdir.   Ushbu  psixologik  
hodisa   obrazliroq  qilib  tushuntirilganida, bilim  ko`nikma,  malaka  
mashqlanish  tufayli  egallaniladigan  aniq voqelik  deb  tasavvur  qilinsa  
qobiliyatlar  shaxsning  ruxiy  olamidagi  hali  ro`yobga  chiqmagan  
imkoniyatidir.  Masalan, talabaning  o`qishga  kirishi  u mutaxassis sifatida  
kasbiy  kamolat uchun  imkoniyat  tariqasida  namoyon  bo`ladi.  Psixologining  
metodologik  asosining  ko`rsatishicha  qobiliyatlar-imkoniyatlar  tizimidan  
tashkil  topgan  bo`ladi. Insonda  namoyon  bo`layotgan  tasviriy  sanьat  
qobiliyati  uning   rassom  sifatida  shakillanishiga  kafolat  bera  olmaydi.  
Rassomlikni  egallash  uchun  maxsus  taьlim  berilishi, tabiatga  o`zgacha  
munosabat,  idrok  qilish  xususiyati,  shaxsiy  fazilati va  shart-sharoitlar   
muhayyo   bo`lishi  lozim.  Taьkidlab  o`tilgan  vositalar,  shart-sharoitlarsiz  
tasviriy  sanьat  qobiliyatlari  taraqqiy  etmay  turiboq,  ilk   ko`rinishidayoq   
so`na  borishi  mumkin. 
Psixologiya  fani qobiliyatlar  bilan  faoliyatning  muxim jabhalari  bo`lmish  
bilim, ko`nikma  va  malakalarning  aynan bir  narsa   ekanligini  rad  etar ekan,  
ularning  birligini  eьtirof  qiladi. Shuning  uchun  qobiliyatlar  faqat  faoliyatda  
ro`yobga  chiqadi,  shunda  ham  aynan  shu  qobiliyatlarsiz  amalga 
oshirilmaydi.  Agar   shaxs  rasm  solishga  hali  o`rganmagan  bo`lsa, maboda 
u tasviriy  sanьatga  nisbatan  qobiliyatlari  yuzasidan  mulohaza  yuritishga  
o`rin  ham   yo`q.  Bolalik  davrida  u  yoki  bu  qobiliyatlarning  atrof   
muhitdagi  odamlar  tomonidan  tan  olinmaganligi,  keyinchalik   ana   shu  
qobiliyatlari  tufayli  jahonda  munosib  mavqiyga  ega  bo`lgan  allomalarni  
aytib  o`tish   mumkin.  Masalan, A.Eynshteyn,  N.Lobachevskiy  va  boshqalar  
o`qishda  genial  olim  bo`lib  voyaga yetishishi    takidlab  o`tilmagan.      
Demak,   shaxsning  faoliyatini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  sharti  
hisoblangan,  bilim  ko`nikma  va  malakalarni  egallash  dinamikasida  
yuzagachiqadigan   farqlarda   namoyon  bo`ladigan  individual  psixologik  
xususiyati   qobiliyatlar  deyiladi. 
 Psixologiyada  qobiliyatlar  individual psixologik xususiyat sifatida 
tavsiflanadi va buning asosida bir insonning boshqa insondan tafovutlanadigan 
xislatlari, fazilatlari yotadi. Shuning uchun har bir shaxsdan bir xil natija, bir xil 
sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o`z qobiliyatlari bo`yicha bir-
birlaridan muayyan darajada farq qiladilar, binobarin, ular o`rtasida farqlar sifat 
va miqdor jihatidan bir talay bo`lish mumkin. Qobiliyatlarning sifat tavsifi 
 
140


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə