O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


Keys 5 Pedagogik annotatsiya



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə124/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Keys 5
Pedagogik annotatsiya: Ilm sohibi mehr va hurmat ko‘radi, ilmdan benasib kishi esa umrini behalovat o‘tkazadi. Ilm, o‘z sohibi bilan oxiratga qadar boradi. Boylik bu dunyoda qoladi, egasi esa hisobini bera olmasa, jahannamga tushadi. Ilm insonning sharafini yuksaltiradi. Boylik insonni qo‘riqlamaydi. Mol-dunyoni egasi qo‘riqlaydi.
Ilm boylikdan ustundir
Bir vaqtlar Misrda aka-uka yashar edi. Biri ilm o‘rgandi, biri esa boylik orttirdi. Ilm o‘rgangani o‘z zamonasining eng buyuk olimi bo‘ldi. Uning ukasi esa Misrning eng badavlat kishisi bo‘ldi. Boy bo‘lgan uka faqir bo‘lib qolgan ilmli akasiga mensimay qarar, uni doim kamsitardi.
-Men boy bo‘ldim, buyuk saltanat egasi bo‘ldim. Sen esa faqir va yo‘qsil, miskin va nochor qolding,-der edi. Olim bo‘lgan akasi uning so‘zlariga hech e’tibor bermas va o‘zini mag‘rur tutar edi. U boy ukasiga shunday derdi: - Ey o‘zini bilmagan qardoshim ! Tushunmasdan og‘zingga kelgan so‘zni gapirma! Men Janobi Haqqa qanchalar shukronalar qilsam arziydi. CHunki meni o‘z payg‘ambarlariga voris qildi, ya’ni ilm davlatini berdi. Mening nazarimda ilmdan buyuk, ilmdan fazilatliroq boshqa narsa yo‘qdir. Sen esa Fir’avnning, Xomonning va Qorunning merosiga ega bo‘lding, sen umringni mol to‘plamoqqa bag‘ishlading. "Molimning boshida cho‘ponlik qilayin, qo‘riqlayin", deb umring besamar ketdi. Sen o‘lganingdan so‘ng eski sopolni ham olib ketolmaysan. SHuning uchun sen molingni boshqalar uchun to‘plagansan. Senga Allohning savol-javobidan va azobidan boshqa narsa qolmaydi. Men oyoq ostida chirqiragan bir qushcha kabi xokisorman. Sen esa ignang bilan hammani chaqadigan, ozor beradigan qizil qovoq ari kabisan. men insonlarga azob beradigan quvvat bermagani uchun Janobi Haqqa qanchalar shukrona qilsam ham kamdir.
Topshiriq:
1.Matndagi vaziyatni tahlil qiling
2. Vaziyat echimida xalq pedagogikasidagi ushbu rivoyatning tarbiyaviy ahamiyatini ko‘rsating.
VII.MUSTAQIL TA‘LIM MAVZULARI

Magistratura talabasining mustaqil ishi o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan kengaytirilgan ma'lumotlar yig‘ish, buning uchun axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalanish, olingan ma'lumotlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish va mahsus fanlarni o‘qitishda yangi zamonaviy pedagogic usullarini qo‘llay olishdan iborat bo‘lib, uning turlari va shakllari referat, slayd, mavzular bo‘yicha informatsion vositalardan olingan adabiyotlar ro‘yxati, me'yoriy xujjatlarning nusxalari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Mustaqil ishga mo‘ljallangan mavzular va topshiriqlar magistrantning mustaqil ishini tashkil etish bo‘yicha kafedrada ishlab chiqilgan va muntazam yangilanib boradigan uslubiy qo‘llanmalarda keng yoritilgan. Shuningdek, magistrlik dissertatsiyasining bajarilishi borasidagi faoliyat ham magistrantning mustaqil ishi hisoblanadi.





Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə