O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


Topshiriq: 1.Rivoyatdagi vaziyatni tahlil qiling 2. Vaziyatda vazir javobining mazmuni nimada? Keys 4



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə123/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Topshiriq:
1.Rivoyatdagi vaziyatni tahlil qiling
2. Vaziyatda vazir javobining mazmuni nimada?
Keys 4
Pedagogik annotatsiya: O‘qituvchi va o‘quvchi... Bugungi kunda ularning qalbi qanchalar yaqin, ular bir-birlarini qanday tushunadilar? Bu savolga bir yosh shogird sifatida javob izlashga urinib ko‘rdim.
Xalqimizda "Ustoz otangdek ulug‘" degan gap bor. Bu gapni albatta barchamiz ko‘p bora eshitganmiz va nima uchun ustoz ulug‘ligini ham yaxshi tushunamiz. Birinchi navbatda ustoz shogirdidan yosh jihatdan katta, ikkinchi navbatda u ta’lim beradi va uchinchi navbatda o‘qituvchi ta’lim berish bilan bir qatorda yoshlar tarbiyasi bilan ham shug‘ullanadi. Bu jihatlar murabbiyning o‘quvchidan ustun ekanligini ifodalaydi.
Xo‘sh, bugun o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro munosabati qay ahvolda? Afsuski bu savolga to‘liq ijobiy javob berish qiyin. Ba’zi yosh o‘qituvchilarning o‘z o‘quvchisi oldida hurmati yo‘qligi kishini o‘ylantirmay qo‘ymaydi. Bunga kim aybdor? O‘qituvchimi yoki o‘quvchimi? Menimcha har bir ustoz o‘z o‘quvchilari bilan yaqin, do‘stona munosabatda bo‘lishni xohlaydi. Sinfda ko‘p o‘quvchi bo‘ladi, o‘qituvchi esa bitta. Lekin besh qo‘l barobar emas. Tabiiyki bolalarning biri zehnli, biri odobli, biri biroz shumtaka va yana biri yalqovroq. Ularning har biriga har xil munosabatda bo‘lish kerak. Mabodo odobli, bilimli o‘quvchiga qattiqroq gapirilsa, uni ustozdan ko‘ngli qoladi. Aksincha odobsiz bolaga muloyimroq gapiring, unga chivin chaqqancha ham ta’sir qilmaydi.
Ayrim o‘quvchilar ustozlari dakki berganda ularga gap qaytarib, boshqa o‘quvchilar oldida obro‘sizlantirishni, hattoki jahl qilib, darsni tashlab chiqib ketishni o‘zlariga odat qilib olganlar. Bunaqa mensimaslik avvalo o‘sha o‘g‘il yoki qizning o‘ziga zarar.
Rostini aytay, bir maktabda o‘z o‘quvchisidan "sigaret" so‘rab olib, bemalol shogirdlari bilan chekishib turgan muallimni ko‘rganman. Bu endi shogirdlari bilan yaqin aloqa o‘rnatishga kirmaydi, menimcha. O‘sha o‘qituvchi sinfda obro‘sini yo‘qotdi degan gap bu.
Tarixdan bizga ma’lumki, fotih Iskandar ustozi Aristotelni bir umr o‘ziga hamroh tutgan. YUrishlarda undan maslahat olgan.
Bir kuni Iskandardan:
–Sen ustozingni otangdan ko‘ra yaxshiroq hurmat qilarmushsan, rostmi?–deb so‘radilar.
–Ha–deb javob berdi Iskandar, – otam meni yo‘qlik osmonidan olib tushdi, ustozim esa erdan ko‘kka ko‘tardi. Haqiqatdan ham ustoz ilm berishi bilan kishining nomini ulug‘lab avlodlar og‘zida qoldiradi va ikkinchi hayot bag‘ishlaydi. Dunyo bilgan hazrat Navoiy ham yo‘lda ketayotib, ko‘chada o‘ynab yurgan ustozining nabirasini ko‘rib, otdan tushib bola bilan salomlashgan ekanlar. Mana, ustozni qanday hurmat qilish kerak. Bugun ayrim o‘quvchilar yo‘lda ustozini uchratib qolsa ham ko‘rmaslikka olib ketaveradilar.
Topshiriq:
1.Matndagi vaziyatni tahlil qiling
2. Vaziyat echimida xalq pedagogikasining qaysi manbalaridan foydalanish yo‘llarini ko‘rsating.
3. Avlodlar vorisiyligi deganda nimani tushunasiz?
4. Xalq pedagogikasi mazmunida ustoz-shogird munosobatlari bo‘yicha kichik esse tayyorlang.
Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldiring

Vaziyatdagi muammolar
turi

Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari

Vaziyatdan chiqib
ketish harakatlari











Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə