O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti qo‘lyozma huquqida



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix27.04.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#107206
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
bux. bmi.

 
 
II BOB. BUXORO AMIRLIGIDA TARIXNAVISLIK VA TARIXIY 


31 
ASARLARNING YARATILISHI 
II.1. O`rta Osiyo xonliklarida tarixiy bilimlarning rivojlanishi 
Mamlakat tarixshunosligi O`rta Osiyoning o`rta asr tarixini o`rganish 
bo`yicha oz ish qilgani yo`q. Lekin, shunga qaramay, biz shu kunga qadar O`rta 
Osiyoning qadimiy hayotini manbalar asosida o`rganish bo`yicha maxsus 
tadqiqotlarga ega emasmiz, tarixshunoslik tadqiqotchiligi to`g’risida esa gapirmasa 
ham bo`ladi
1

O`rta Osiyo tarixining tarixshunoslik jihatidan to`la o`rga-nilmaganligiga 
sabab tarixiy manbalarning yo`qligi emas, balki, aksincha, ularning xilma-xilligidir. 
Nima bo`lganda ham O`rta Osiyo xalqlarining XVI asrdan XIX asr o`rtalarigacha 
bo`lgan hayoti tariximizning eng kam o`rganilgan davrlaridir. Oktyabr 
to`ntarishigacha bo`lgan davrda bu masalaga juda kam e`tibor berilgan. Rossiya 
sharqshunoslari asosiy e`tiborni Temurgacha va temuriylar davrini o`rganishga 
qaratishgan. Sovet davrida esa, keyingi 30 yilda bir qator qimmatli tadqiqotlar 
paydo bo`ldi. Biroq, XVI-XIX asrlardagi O`rta Osiyo xalqlari tarixining mufassal, 
ko`p sonli tarixiy manbalarga asoslangan tahlili juda kam. Ular jumlasiga B. A. 
Ahmedov, B. G’. G’afurov, Ye. A. Davidovich, X. 3. Ziyoyev, R. B. Muqminova, 
A. M. Muxtorov, O. D. Chexovich va boshqalarning bir qator asarlarini kiritish 
mumkin. O`rta Osiyo xalqlari tarixini o`rganuvchilar uchun «O`zbekiston tarixiy 
manbalarda» seriyasida chiqarilayotgan kitoblar yaxshi ko`makchi bo`la oladi. 
Ulardan birinchisi – O`rta Osiyo qadimgi tarixiga doir ma`lumotlar to`plangan 
kitob 1984 yilda nashr etilgan edi
2
. 1988 yilda esa «O`zbekiston tarixiy 
manbalarda» degan navbatdagi kitob bosmadan chiqdi. Undan O`rta Osiyo tarixi 
bilimdoni sharqshunos B. V. Lunin to`plagan, XVI-XIX asrlarning sayohatchilari 
jo`g’rofiya olimlari aytgan ma`lumotlar o`rin olgan. Muallif «Kirish» da 
Samarqand va Buxoro barcha asrlarda dunyoga ma`lum va mashhur bo`lganini 
1
Ахмедов Б. XVI-XVIII асрларда Ўрта Осиёнинг тарихий-жўғрофий адабиёти (ёзма ёдгорликлар). – Т., 
1985. – Б. . 
2
Ўзбекистон тарихий манбаларда. – Т., 1984. 


32 
ta`kidlaydi. Qadimda aynan shu O`rta Osiyo orqali Uzoq Sharq mamlakatlari, 
Osiyo va Ovrupoga boradigan asosiy savdo yo`llari o`tgan edi. Biroq dengizda 
suzuvchilarning XV asrda Amerikaga, Ovrupodan Hindistonga boradigan dengiz 
yo`lini ochganlari bois, O`rta Osiyo da asta-sekin yirik savdo-sotiq ishlari va 
xalqaro madaniy aloqalar susaya boshladi
1

Xullas, nima bo`lganda ham XVI-XVIII asrlarda va hatto keyinroq ham yuz 
bergan ahvol oqibatida,- deb yozadi B. V. Lunin,- g’arbiy Ovrupo va Rossiyadagi 
O`rta Osiyo to`g’risidagi bilimlar, O`rta Osiyoda esa g’arbiy Ovrupo va Rossiya 
to`g’risidagi bilimlar chala edi. Biroq bir-biri to`g’risida bilishga qiziqish tobora 
kuchaymoqda edi. Bu masala xususidagi o`z fikrlarimizni keyingi bobda 
keltiramiz. Hozir esa XVI-XIX asrdagi O`rta Osiyo xalqlarining tarixiy manbalari 
xususida gaplashsak. Ular juda ko`p va xilma-xil. Ishimizni o`z asarida XVI-XX 
asrlar orasida yozilgan ellikdan oshiqroq qimmatli tarixiy-jo`g’rofiy, falakiyotga 
oid, memuar va biografik mazmunli, O`rta Osiyoning XVI-XVIII asrlar orasidagi 
hayoti xususida boy ma`lumotlar beruvchi Sharq qo`lyozmalarini tahlil etib 
chiqqan sharqshunos B. A. Ahmedov ancha yengillashtirdi. B. A. Ahmedov 
asarining ikkinchi bo`limida rus va chet el elchilari – Antoniy Jekinson, I. D. 
Xoxlov, aka-uka Pazuxinlar, Floriya Beneveni va Novopat-ros mitropoliti 
Xrisanfning XVI-XIX asrlardagi O`rta Osiyo to`g’risidagi, uning o`sha davrdagi 
Rossiya bilan aloqalari haqidagi ma`lumotlari keltiriladi. Bu ma`lumotlar fors-turk, 
arab tillaridagi manbalarning ma`lumotlari bilan taqqoslanib, ancha tarixiy faktlar 
aniqlashtirildi.
Eng muhimi, B. A. Ahmedov ilk manbalar bilan shug’ullanuvchi 
tadqiqotchilar ishini yengillatadigan ish qildi - voqea va faktlarni aniqlashga intildi. 
Bu juda og’ir, mas`uliyatli, uning manbashunoslik mehnati qadrini ikki baravar 
oshiradigan, O`rta Osiyo XVI-XIX asr tarixini o`rganishni osonlashtiradigan 
asardir. Bundan tashqari u tarixshunoslikning muhim sharti – qiyoslash va bor 
ma`lumotlarni jiddiy, tubdan qayta tekshirish qoidasiga amal qilgan. Buning uchun 
1
Ўзбекистон тарихий манбаларда. – Т., 1988. – Б. 123. 


33 
B. Ahmedov o`z tahliliga muayyan bir davr bo`yicha bir necha asarlarni kiritgan. 
Bular «Tavorixi guzida» («Nusratnoma»), «Fatxnoma», «Shayboniynoma», 
«Mehmonnomai Buxoro», «Zubdat-ut-tavorix», «Badoe` ul-vaqoe» dir. 
Shu bilan bir vaqtda muallif bu asariga ilgari bosilgan manbalarga oid 
tarixshunoslik lavhalarini ham kiritib to`g’ri qilgan. «Tavorixi guzida»-
«Nusratnoma», 
«Mehmonnomai 
Buxoro», 
«Dastur-ul-muluk», 
«Tarixi 
Muqimxoniy», 
«Ubaydullanoma» 
va 
«Tarixi 
Abdulfayzxoniy» 
shular 
jumlasidandir. Bu yerda muallif bir voqea to`g’risidagi turli manbalar 
ma`lumotlarini solishtirmoqchi emas. Bu alohida izlanish, shug’ullanishni talab 
etadi. Buning ustiga muallif bu asarida O`rta Osiyoning ko`rilayotgan davriga oid 
barcha yozma yodgorliklarni qamrab olgan emas. Shuning uchun muallif mumkin 
qadar to`la, ishonchli va qimmatliroq, O`rta Osiyo xalqlari tarixining yorqin 
davrlarini tasvirlovchi asarlarga murojaat etgan. O`rta Osiyo hayotining boshqa 
davrlari to`g’risida ham shunga o`xshash tadqiqotlar o`tkazish masalan, arablar 
hukmronligi (VIII-IX asrlar) davri yoki yangi va eng yangi, (XIX-XX asrning 
boshi) davrni o`rganish fanga katta hissa bo`lib, SSSR va chet ellarda 
saqlanayotgan qo`lyozmalarning, yozma yodgorliklarning tezroq ilmiy sohaga 
kiritilishiga yordam bergan bo`lardi. 
Misol sifatida bu asarlarning keng o`quvchilar ommasiga har holda tanish 
bo`lgani – «Tavorixi guzida» («Nusratnoma») ni qisqacha tahlil qilamiz. 
XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoqda ko`chmanchi feodal boylar 
va oliy hokimiyat o`rtasida keskin kurash bordi. Abulxayrxonning (1428-1468) 
o`limidan so`ng ayniqsa, bu qonli o`zaro urush yanada kuchaydi. Hokimiyat 
tepasiga uning
nabirasi – Abulxayr Shayboniy (1488-1510) kelganidan so`ng 
o`zbek feodallarining nizolari barham topdi. U ko`pchilik o`zbek urug’larini 
birlashtirib. temuriylarga qarshi chiqdi. XV asr oxiri, XVI asr boshlarida 
ko`chmanchi o`zbeklarning O`rta Osiyoning madaniy rayonlariga tomon 
harakatlanishi avj oldi. Biz «Nusratnoma» da o`sha davr tarixiy sharoitning 


34 
qanchalik murakkabligi, Movarounnahr xalqining noroziligi kuchayishining, 
Samarqand, Buxoro, O`sh, Axsi, Andijon, Qarshi, Qorako`l va O`rta Osiyoning 
boshqa ko`plab shahar va mintaqalaridagi qo`zg’olonlarning sabablarini tushunish 
uchun ko`plab qiziqarli ma`lumotlar topamiz. Muallif Qorako`l qo`zg’oloni 
to`g’risida ayniqsa muhim ma`lumotlarni keltiradiki, ularni XVI asrning boshqa 
birorta manbasida uchratmaymiz. 
O`zbek xalqi etnogenezi, XV-XVI asrlardagi O`rta Osiyo aholisining etnik 
tarkibi bilan shug’ullanayotgan etnograf ham bu kitobdan juda qiziqarli 
ma`lumotlar olishlari mumkin. 
Shunday qilib, barcha turk va mo`g’ullarning afsonaviy bobosi hisoblangan 
O`g’izxon sulolasi tarixi «Tavorixi guzida»ning birinchi qismini egallaydi. Ikkinchi 
qism esa Chingizxon va uning avlodlari tarixini, Shayboniyxonning tug’ilishidan, 
to Samarqand taxtiga o`tirgunicha o`tgan davrni o`z ichiga oladi. Uning 909 (1503-
1504) yilgacha butun Movarounnahr hududini egallagani tarixi kitobning uchinchi 
qismidan joy olgan. 
Kirish qismidan ko`rinadiki, kitob 1502-1505 yillar orasida yozilgan. U eski 
o`zbek tilida bo`lgan, biroq, muallifi aytilmagan, bu ko`p tadqiqotchilarning 
bahsiga sabab bo`lgan. Masalan, P. I. Lerx Jaloliddin Rumiyning o`g’li Sulton 
Valadni asar muallifi deydi. Bu ehtimoldan uzoq. R. Muqminova, A. Semyonov, V. 
P. Yuding taxminicha muallif Shayboniyxonning o`zi.
Tanqidiy matn tuzgan, 
so`zboshi yozgan, 1967 yili Toshkentda «Tavorixi guzida» - «Nusratnoma» asarini 
nashr ettirgan tadqiqotchi A. 
M. Akramovning fikricha esa, kitob muallifi 
Muhammad Solihdir. B. Ahmedov esa A. Akramovning bu fikrini ishonarli 
emas, deb hisoblaydi. 
«Tavorixi guzida» - «Nusratnoma» asari dunyo miqyosida ikki nusxada 
topilgan. Birinchi qo`lyozma mamlakatimiz FA Sharqshunoslik ilmgohining 
Leningrad bo`limida (V -745: 147 l) va ikkinchi qo`lyozma Britaniya muzeyida 
(OR. 32226; 148 l.) saqlanmoqda. Qo`lyozmaning ikkala nusxasi ham qoniqarsiz 


35 
ahvolda – mazmunda chalkashliklar, xatolar bor. A. Akramov o`z asarida bu 
kamchiliklarni tuzatishga urinsada, hanuz, ba`zi varaqlar o`rni chalkashgan, ba`zi 
voqealarning qaytarilishi uchraydi
1

«Nusratnoma» hanuzgacha to`liq tarjima qilinmagan. S.K. Ibrohimov va 
V.P. Yudin bu asarning ba`zi parchalarini o`zbekchaga o`girishgan. «Tavorixi 
guzida» - «Nusratnoma» dan tadqiqotchilar 
B.V. Bartol’d, A.A. Semyonov, S.K. Ibrohimov, R.G. Muqminova, S.A. 
Azimjonova, K.E. Petrov, B.A. Ahmedov va A.M. Akramovlar o`z ilmiy 
izlanishlarida ancha keng foydalanishgan. 
Kelgusida bu asarni keng o`quvchilar ommasiga tushunarli tilda, izohlar 
bilan nashr etish muhim ishlardan biridir.
“Shayboniynoma” asari Shayboniyxon tarixiga bag’ishlangan. XVI asrning 
mashhur shoiri va tarixchisi Kamoliddin Binoiyni uning muallifi deyishadi. Bu 
qo`lyozmaning qimmatli nusxasi O`zbekiston jumhuriyati FA Sharqshunoslik 
ilmgohida saqlanmoqda. 
Sharqshunos A. Mirzaevning aytishicha, Binoiy (uning to`liq ismi Ali ibn al-
Muhammad al-Hiraviy) 857 (1453) yilda me`mor Muhammadxon Sabza oilasida 
tug’ilgan. Binoiyning bolalik yillari haqida hech qanday ma`lumot yo`q. 1495 yilda 
Binoiylar Samarqandga ko`chishadi. Uning zamondoshlari Navoiy, Bobur, 
Xondamir va boshqalar Binoiy iste`dodi xususida juda yaxshi fikr aytgan edilar. 
Balxlik olim (XVII asr) Muhammad Toxirning yozishicha, Binoiy 866 (1481 
yilda otasi bilan birga Balxda to`rtinchi xalifa Ali ibn Tolibning qabri ustida 
gumbaz qurishda qatnashadi. O`z hikoyasini davom ettirar ekan, muallif zavq-
shavq bilan ayniqsa, binolar qurilishi va ilm-fanda mashhur me`morlar ustozi 
mavlono Binoiy rahbarligida bu muqaddas qabr ustida ishlaganini zavq-shavq bilan 
yozadi: «O`shandan beri 170 yil o`tibdiki, bu binoda bironta darz yo`q». 
1
Ўзбекистон тарихий манбаларда. – Т., 1988. – Б. 129. 


36 
Binoiy Samarqandda yashayotganida beixtiyor 1496-1500 yilgi tarixiy 
voqealar guvohi bo`ladi. Bobur va Shayboniyxon o`rtasidagi hokimiyat uchun 
kurash o`z davrining ilg’or tafakkur va bilim egalari uchun kurash bilan 
uyg’unlashib ketgan edi. Ular jumlasiga Mahdumi A`zam Kosoniyni, Xoja Ahror 
vafotidan so`ng O`rta Osiyo musulmon dindorlarining bosh vakillaridan biriga 
aylangan uning o`g’li Yahyoxonni, Binoiy, Xondamir va boshqalarni kiritish 
mumkin. Samarqandga kelgach, Binoiy dastlab Shayboniyxonga, so`ng Bobur 
Samarqandni boshqargan yuz kun davomida temuriylarga xizmat qiladi. 903 
yilning rajab (1498 yilning fevral’-marti) oyida Bobur Samarqandni tashlab 
chiqqanida Binoiy ham uning qo`shini bilan ketadi. Biroq Samarqandda hokimiyat 
uchun kurash davom etardi. Shu orada Binoiy yana Boburning ittifoqchisiga 
aylanadi. 907 yilning boshida (1501 yilning o`rtalarida) yuz bergan jang Binoiy va 
Mahdumi A`zam Dahbediyning taqdirini hal qildi. Ular to umrlarining oxirigacha 
o`z vatanlarida yashab qoldilar. Shundan so`ng Binoiyning yozishicha, u 
Shayboniyxon saroyi solnomachisiga aylanadi va xonning hukmdorligi va 
g’olibona yurishlari tarixini yozish to`g’risida maxsus topshiriq oladi. Binoiy bu 
vazifani a`lo uddaladi. Biroq, o`zaro feodal urushlar Shayboniyxonning ham, 
Binoiyning ham o`limiga sabab bo`ldi.
Binoiyning yozishicha, hatto 1494-1500 yillarda ham Ko`hak etagida, 
Obirahmat arig’i bo`yida Ulug’bek rasadxonasi buzilmagan holda qad ko`tarib 
turgan. Bu ma`lumot Boburning Ko`hak tepaligi joyida Mirzo Ulug’bekning 
yulduzlar jadvalini tuzish uchun zarur asboblar joylashgan rasadxonani ko`rgani 
haqidagi gaplarga mos keladi. Demak, Ulug’bek rasadxonasi asboblari XVI asrda 
ham saqlangan. Shu bois rasadxonaning Ulug’bek o`limidan so`ng (853 yil) 
ramazon oyining 8 kuni (1449 yilning 25 oktyabri) talon-toroj qilinib, buzib 
tashlang’ani haqidagi fikr tarixiy manbalarga to`g’ri kelmaydi. 
Shu yerda boshqa «Shayboniynoma» muallifi Muhammad Solih haqida ham 
to`xtalib o`tish kerak. Tarixiy manbalarga qaraganda Muhammad Solih oldin Amir 
Temur, keyin Shohruh Mirzoning eng kuchli amirlaridan bo`lgan Mirzo 


37 
Ulug’bekning ustozi Shoh Malikning nabirasi edi. Boshqa chig’atoy beklari kabi 
uzoq yillar Mirzo Ulug’bek xizmatida bo`lgan Muhammad Solihning otasi Hyp 
Saidbek ham padarkush Abdullatifga, keyin temuriy Sulton Abu Saidga 1451 
(1468-69 y.) bo`ysunishdan bosh tortib, Hyp tog’lariga chiqib ketdi. U Samarqand 
va Buxoro agroflariga muntazam hujum qilib turdi. Abdurazzoq Samarqandiyning 
yozishicha katta siyosiy mavqega ega Xoja Ahror, bir necha bor Nur Saidbekni, 
keyin uning ittifoqchisi, Ulug’bekning nabirasi Muhammad Jo`qini qurolni tashlab, 
kelishuvga undagan. qurolni topshirgach 1462 yil 5 oktyabrda Muhammad Jo`qi 
zindonga tashlangan, Saidbek esa ilgari otasi hukmdor bo`lgan Xorazmga hukmdor 
etib tayinlangan, lekin bu ko`pga cho`zilmadi. To`rt yildan so`ng, 1466-67 yillarda 
Sulton Husayn Xorazmga bostirib kirdi. Hyp Saidbek esa Hirotga chaqirib olinib, 
«qo`rqoqlik qilgani uchun» qatl etildi. 
«Qomus al olam» lug’ati muallifi Shamsiddin Somiyning yozishicha, 
Muhammad Solih Abdurahmon Jomiyning eng iqtidorli shogirdlaridan biri edi. 
B.A. Ahmedovning yozishicha, Binoiyning «Shayboniynoma» siga nisbatan 
Muhammad Solih asaridagi yangi o`rinlar quyidagicha: 
1.
XX-XXIII boblar Qorako`l, Qarshi, G’uzordagi Shayboniyxonga qarshi 
qo`zg’olonlarga bag’ishlangan. 
2.
Shayboniylarning Shohruhiya, O`ratepa, Farg’ona, Buxoro, Termiz va 
boshqa joylarga yurishlari bor. 
3.
Shayboniylarning Xorazmga qarshi 1503-1505 yillardagi yurishlari bor. 
4.
Yana bu asardan ko`chmanchi o`zbek feodallari, ular lashkarining O`rta 
Osiyoda qilgan beboshliklari va Shayboniylar bosib olgan hududlardagi aholining 
og’ir ahvoli haqida muhim ma`lumotlar o`rin olgan. 
Ashtarxoniylar 
sulolasi davridagi Buxoro xonligi tarixi «Tarixi 
Muqimxoniy» va «Ubaydullanoma» asarlarida bayon qilinadi. Birinchisining 
muallifi Muhammad Yusuf Xo`jabek o`g’lidir. Muallif maqsadiga ko`ra «Tazkirai 
Muqimxoniy» ikki qismdan iborat bo`lishi zarur edi. Asarning birinchi qismida 


38 
Ashtarxoniylardan Muhammad Muqimxonning Balx taxtiga o`tirishi 1109 yil 
(1697 yil 15 noyabr’) dan boshlab, 1704 yil bilan tugagan
1
.
«Tarixi Muqimxoniy» asarining birinchi qismi kirish va uch bobdan iborat. 
Kirish qismida muallif mavzuning kisqacha mazmunini keltirgan. Birinchi bobda 
O`rta Osiyoning XVI asr siyosiy tarixi bayon qilingan. Ikkinchi va uchinchi boblar 
tarixiy voqealarning asosiy mazmunini qamrab olgan, ularda Balx va Buxoroning 
XVIII asrgacha bo`lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy va madaniy tarixi 
mufassal va asosli bayon etilgan. Uchinchi bobda 1702-1704 yillardagi siyosiy 
voqealar, Balx va Buxoro xonligining qo`shni va chegaradosh mamlakatlar bilan 
o`zaro munosabatlari, ularning Termiz, Hisor va Amudaryoning o`ng qirg’og’idagi 
hududlarda ta`siri kuchayishi o`z aksini topgan. 
Bu asar XIX acr boshlaridayoq Ovrupoga ma`lum edi. Undan olingan 
parchalar Senkovskiyning asarida 1824 yili e`lon qilingan.
Ko`pchilik tadqiqotchilar «Muqimxon tarixi» ni XVI asr oxiri – XVII asr 
boshidagi O`rta Osiyo tarixchiligining muhim manbalari qatoriga kiritadilar. 
Shuning uchun hozirda asarning mamlakatimiz, Angliya, Fransiya qo`lyozma 
xazinalarida (ular 60 dan ortiq) saqlanayotgan nusxalari XIX asrda ko`chirilgan. 
1860-1861 yillarda ular o`zbek tiliga, I. I. Senkovskiy tomonidan qisman frantsuz 
tiliga, A. A. Semyonov, N. G. Mallitskiylar tomonidan rus tiliga tarjima qilingan. 
«Tarixi Muqimxoniy» Sil’vestr da-Sasi, Karl Ritler, German Vamberi kabi 
ovrupolik tarixshunoslarning diqqat markazida bo`lgan. V.V. Bartol’dning 
aytishicha,- u «uzoq vaqtlar ovrupoliklar uchun Buxoro xonligi tarixi bo`yicha 
yagona manba bo`lib koldi». Bu asar rus tiliga to`la tarjima qilingan va A.A. 
Semyonovning so`z boshi va izohlari bilan nashr etilgan.
O`rta Osiyo xalqlarining XVIII asrning ikkinchi yarmi - XIX asr birinchi 
yarmidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli juda murakkab edi. Bu davrda 
1
Саидқулов Т. Ўзбекистон тарихининг тарихшунослигидан лавхалар. – Т.: “Ўқитувчи”, 1994. – Б.212. 


39 
Movarounnahr hududida O`rta Osiyodagi feodal tarqoqligini bartaraf etolmagan 
Buxoro, Xiva va Qo`qon xonliklari vujudga keldi. Hali Movarounnahrning ulkan 
ko`chmanchi turkman va qozoq urug’lari yashaydigan hududlari mustaqil uluslar 
sifatida yashamoqda edi. Buning ustiga Ob`yek, Kitob, Orolbo`yi, Jizzax, O`ratepa, 
Toshkent, Qorategin, Darvoz Vahon, Sho`g’non kabi uluslar mustaqil feodal 
hukmronligi yerlari sifatida mavjud edi. 
Bu uchalasidan Buxoro xonligi kuchli va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yaxshi 
rivojlangani edi. Buxoro xonligiiing iqtisodiy markazi Samarqand va xonlik 
poytaxti Buxoro bo`lgan Zarafshon vodiysi edi. 
Oxiri yo`q o`zaro feodal urushlar dehqonchilikning yomonlashuviga va 
Movarounnahrdagi ko`plab hosildor yerlarning qarovsiz qolishiga olib keldi. 
Ayniqsa ko`chmanchi qozoqlarning bosqinlari ko`p zarar keltirdi. XVIII asrning 
birinchi yarmida O`rta Osiyo xonliklaridagi feodal ekspluatatsiyasi o`ta shafqatsiz 
edi. Masalan, Samarqand hukmdori Farhodbiy (1711-1713) shundaylardan edi. 
1722 yili Kenagas Ibrohimbiy Samarqandni bosib oldi va o`z raqiblarini yo`q qildi. 
Ashtarxoniylar (Abulfayzxon) va mang’itlar {Muhammad Hakimbiy) bilan 
hokimiyat uchun dinastiyalar kurashida kenagaslar Rajab Sultonni xon etib 
ko`tardilar. Rajabxon 1723 yili Buxoroga qarshi talonchilik yurishi qildi. Uning 
taklifi bilan Samarqandga yetib, kelgan ko`chmanchi urug’lar bog’, tomorqa va 
ekinlarni toptab, mehnatkashlarni ayovsiz taladilarki, bu 1725 yilda Rajabxonning 
o`ldirilishiga sabab bo`ldi. Arxiv hujjatlari guvohlik berishicha, Rajabxon ikki 
marta urush ochib, ikki marta muqaddas Buxoro lashkaridan mag’lub bo`ldi va 
orqaga qaytdi. Bu orada qozoqlar qalmiqlar bilan dushman bo`lib qoldi. Qalmiq 
lashkari qozoqlarga hujum qildi. Qozoq urug’lari qarshilik ko`rsatolmay, chekinib 
Movarounnahrga kelishdi. Ikki mag’lubiyatdan keyin xam tinchimagan Rajabxon 
qozoq lashkarlarni yordamga chaqirib Buxoroni mag’lub etdi. Buning evaziga 
qozoqlar bir necha yil mobaynida Buxoro va Samarqand ekin maydonlarini talab, 
mollariga yedirib yubordilar. Buning oqibatida Samarqand va Buxoroda ulkan 
qiyinchiliklar yuzaga keldi. Samarqandda ochlik va qimmatchilik boshlandi. 


40 
Shunday ahvol yuzaga keldiki, jannatday Samarqand bo`shab, qalandarlardan o`zga 
erkak zoti qolmadi. Muqaddas masjidlar, madrasalar va go`zal binolar huvillab, 
buzilib yotardi. Bu haqda akademik Bartol’d bunday yozadi: «Temurning sobiq 
poytaxti (Samarqand) Nodirshoh yurish qilgan 1740 yillarda butunlay bo`shab 
qolgan edi. Samarqandda mingtacha oila yashayotgan qal`a-qo`rg’onni hisobga 
olmaganda, aholi qolmagandi. 1772 yili Muhammad Rahimxon (1756 yili xon 
unvonini olgan, mang’itlar sulolasi asoschisi. Bu sulola 1920 yilgacha Buxoroda 
hukmronlik qilgan) shaharni tiklash choralarini ko`rdi».
Mang’itlar sulolasi hukmronligi kuchayishi, markaziy feodal hokimiyatining 
birlashuvi jarayoni aholining iqtisodiy va siyosiy hayoti tiklanishi va rivojlanishiga 
sezilarli ta`sir ko`rsatdi. XVIII asr oxiridayoq shahar, qishloqning xo`jalik aloqalari 
kuchaygani sezilib turardi. Feodal yer egaligi kuchaydi. Turk va eron tilli dehqon 
aholi yerga ishlov berishar, sug’orish shoxobchalarini yaxshi saqlab, foydalanishar, 
hunarmandchilikni rivojlantirishardi.
Shuningdek, XVIII asr oxirida ijtimoiy mehnat taqsimoti, ko`chmanchi 
urug’larning o`troqlashuvi kuchaydi. Bu jarayon ayniqsa, Zarafshon vodiysida XIX 
asrda kuchaydi. Abdulkarimning (XIX asr boshi) ko`rsatishicha Miyonqol va 
Samarqandda ko`chmanchi va o`troq aholi teng bo`lgan. Boshqa asar muallifi esa 
Buxoro xonligidagi 2,5 million aholidan 1 millioni ko`chmanchi hayot kechirishini 
yozadi. Abu Tohir Xojaning yozishicha, 1748 yildan boshlab, Buxoro hukumati 
«bu ahvolni tartibga keltirish choralarini ko`ra boshladi». 
Shunday qilib, O`rta Osiyoning XVI asr - XIX asrning birinchi yarmidagi 
tarixini yoritgan tarixiy asarlarning barchasida o`xshash kamchilik bor. Mualliflar 
shohlar va ularning atroflaridagi amaldorlarga xushomad qilib, voqealarni bejab 
yozadilar, ko`z oldilarida yuz bergan voqealar mohiyatiga chuqur kirib bora 
olmaydilar. Oqibatda xalq noroziligi, ularning ko`tarilishlari sabablarini, siyosiy 
hayotning asl qiyofasini to`g’ri yorita olmaydilar. Ular ham feodalizm 
tarixchilariga xos bo`lgan o`ta an`anaviy madhiyabozlikdan qutila olmaganlar. 


41 
Shunga qaramay, yuqoridagi asarlar o`sha davrlar tarixiy voqealarini o`rganishda 
qimmatli ilmiy manbalar hisoblanadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə