O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti qo‘lyozma huquqida



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/17
tarix27.04.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#107206
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
bux. bmi.

 
(1804 – 1865) 
keyinchalik yozgan “Buxoro, Qo‘qon va Qoshg‘arning ayrim voqea-hodisalari 
bayoni”
 
nomli asarida (bu asarning so‘nggi qismi 1861 yil sharqshunos V.Grigorev 
tomonidan Qozonda nashr etilgan) Amir Nasrulloning hokimiyat uchun kurashini 
tasvirlab, o‘sha paytda Buxoroda ko‘p qon to‘kilganligini yozadi. Mirzo SHams 
Buxoriyning fikricha, Buxoro shahrini egallash va Umarxonni hokimiyatdan 
ag‘darib tashlash jarayonida 7 – 8 ming kishi halok bo‘lgan. Bupdan tashqari, 
Amir Nasrullo o‘z hukmronligining dastlabki vaqtlarida har kuni 50 – 100 kishini 
qatl qilib turgan, natijada ko‘plab insonlar SHahrisabz va boshqa joylarga qochib 
ketgan. Mirzo SHams Buxoriyning o‘zi ham bu paytda muayyan muddat Amir 
1
Ражабов Қ. Насруллоҳхон. – Т.: Абу матбуот-консалт, 2011. – Б. 12.


48 
Nasrullo xizmatida bo‘lganligi, biroq keyinchalik SHahrisabzga borib, u erda 11 
oy yashagach, so‘ngra Qo‘qonga badarg‘alikda yurgan sobiq amir Umarxon 
huzuriga borgan. 
Amir Nasrullo hokimiyat tepasiga kelgach o‘z mavqeini saqlab qolish uchun 
o‘ziga raqib hisoblangan barcha siyosiy kuch-larni mahv etishga intiladi. Bu yo‘lda 
u hatto o‘zining yaqin qarindosh-urug‘lari (otasi, aka-ukalari, farzandlari, amaki-
tog‘alari, jiyanlari va h.k.), do‘stlari va vasiylarini ham ayab o‘tirmaydi. Amir 
Nasrullo hokimiyatni egallagach, Buxoro darvozalarini u kelgan vaqtda berkitib 
urush qilgan Ismatullohbiy qalmoq va uning o‘g‘lini, qo‘shin boshliqlarini qatl 
etishga buyurdi. Tarixchi va davlat arbobi Mirzo Salimbek o‘zining “Tavorixi 
muttaqadimin va muttaaxirin” nomli asarida keltirib o‘tishicha, Amir Nasrullo 
o‘zining tirik qolgan to‘rt ukasi: Mir Zabir, Mir Hamza, Mir Safar va eng kichik 
ukasini surgun qilib yuboradi. Boshqa manbalar (A. Byorns va G. Vamberining 
asarlari)da yozilishicha, Amudaryo sohilidagi mulklarning biriga yuborilgan uch 
birodarini Amir Nasrullo maxfiy tarzda o‘ldirtirib yuborgan. Keyinchalik yashab 
o‘tgan Qo‘qon tarixnavislik maktabining namoyandasi Mirzo Olim Maxdum Hoji 
o‘zining “Tarixi Turkiston” asarida yoziishcha, Amir Nasrullo ularni CHorjo‘y 
tarafiga yuborib, nobud qilgan. Zobir To‘ra va Jahongir To‘raning volidalari 
Jo‘yboriy xojalardan bo‘lgan
1

Amir Nasrullo o‘zining o‘ttiz uch yarim yillik Buxoro amirligidagi hukmronligi 
davrida (u mang‘it amirlari o‘rtasida eng ko‘p saltanat so‘ragan hukmdor 
hisoblanadi) davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urug‘ va qavm 
boshliqlari bo‘lgan ko‘plab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va 
g‘ayratli kishilar bilan almashtirdi. Ahmad Donishning ta’kidlashicha, u ko‘proq 
tojiklar va ajnabiylarni eng muhim lavozimlar va mansablarga tayiilagan. O‘z 
manfaatini davlat va xalq manfaatidan ustun qo‘ygan amaldorlar va akobirlarni 
egallab turgan lavozimlaridan chetlashtirdi, ularga nisbatan qat’iy jazo choralarini 
ko‘rdi. Masalan, o‘z davrida Nasrulloga amirlik taxtini egallash uchun katta 
yordam bergan Muhammad Hakimbiy Qo‘shbegining tasir doirasi amirlikda tobora 
1
Мулла Алим Маҳдум Ҳожи. Тарихи Туркистон. – Қарши: Насаф, 1992. – Б.116-118.


49 
kuchayib boradi. U Amir Haydar davridan boshlab o‘tgan to‘rtta mang‘it 
amirlarining qo‘shbegisi lavozimida roppa-rosa 40 yil turgan. Hakimbiy o‘z 
hokimiyatini shu darajada kuchaytiradiki, amirlikiing eng asosiy lavozimlariga o‘z 
o‘g‘illari va qarindosh-urug‘larini tayinlaydi. Xullas, Hakimbiyning klani 
Buxoroda juda chuqur ildiz otib ketgan edi. 1831 – 1833 yillarda Buxoroga 
sayohat qilgan A.Byornsning yozishicha, u Buxoroda bo‘'lgan paytda Hakimbiy 
Qo‘shbeginiig ikkita birodari ikkita viloyatga, 13 ta o‘g‘li esa turli viloyatlar va 
tumanlarga hokim bo‘lgan. Hatto Hakimbiy Qo‘shbegi o‘g‘illaridan birining o‘z 
o‘rniga keyinchalik qo‘shbegi bo‘lishi to‘g‘risida doimo gapirib yurgan. 
Hakimbiyning o‘zi ham qo‘shbegi lavozimini o‘z otasidan meros qilib olgan edi. 
O‘zbeklarning mang‘it urug‘idan bo‘lgan Hakimbiy Qo‘shbegining yoshi bu 
paytda tahminan 60 lar atrofida bo‘lib, u o‘zini aqliy qobiliyati va udda-buronligi 
bilan alohida ajralib turgan. Sayohatchi G.Vamberining yozishicha, Hakimbiy 
Qo‘shbegining katta miqdordagi mulklarida minglab qullar mehnat qilgan. Uning 
son-sanoqsiz chorvasi (ot va tuyalari) mavjud bo‘lib, qo‘shbegining savdo 
karvonlari Rossiya va boshqa davlatlarga muntazam qatnab turgan. Birinchidan, 
Hakimbiy Qo‘shbegi mavqeining ortib borishi, uning ko‘p sonli qarindosh-
urug‘lari va oila a’zolarining amirlikdagi turli nufuzli
 
lavozimlarni egallab 
olganligi, ya’ni, hokimiyat ichida o‘ziga xos hokimiyat vujudga kelganligi, 
ikkinchidan, Hakimbiy Qo‘shbegi va yaqinlarining xalq va davlat mulkini talon-
toroj qilishlari, katta miqdordagi davlat g‘aznasining o‘zlashtirilishi, uchinchidan, 
Hakimbiy Qo‘shbegi xonadoni qo‘lida to‘plangan ulkan miqdordagi boylikka 
egalik qilish ishtiyoqi oxir-oqibatda Amir Nasrulloning sabr-kosasini to‘ldirdi. 
Hakimbiy shariat sudi (qozixona) ixtiyoriga topshirildi. U davlat g‘aznasini 
o‘zlashtirganlik va fuqaroga jabr-zulm qilganlikda ayblandi hamda o‘z 
lavozimidan olib tashlanib, avval Qarshiga, so‘ngra Nurotaga badarg‘a qilindi. 
Hakimbiy o‘rniga Rahmonberdi turkman qo‘shbegi lavozimiga tayinlandi. Oradan 
ko‘p o‘tmay Hakimbiy Qo‘shbegi bilan birgalikda uning keksa qaynotasi Ayozbiy 
ham zindonga tashlandi va ularning har ikkisi 1840 yilning bahorida qatl qilindi
1

1
 
Мулла Олим Махдум Хожи. Тарихи Туркистон. – Қарши: Насаф, 1992. – Б. 116, 120-122. 


50 
Qatl qilingan Hakimbiy Qo‘shbegi, Ayozbiy, Ismatullohbek va boshqa 
amaldorlarning aksariyati Amir Haydar davrida ham katta lavozimlarda ishlashgan 
edi. Biroq Nasrulloxon bu amaldorlarning oila a’zolarini jazolanmagan
2
.
Tarixchi olim Hakimxon To‘ra
 
o‘zining «Muntpaxab atp-tavorix»
 
(“Yilnomalar 
to‘plami”) tarixiy asarida Hakimbiy Qo‘shbegi faoliyati va shaxsiyatiga 
quyidagicha ta’rif bergan: “Hakimbiy Qo‘shbegi (Vazorat panoh), Ayozbiy 
(Karshi hokimi), SHukurbiy (Samarhand hokimi) kabi amoratpanohlarni bir erga 
jam kilib, bandi zindonga hukm kildi, hamma mol-mulklarini zabt qilib oldi. Bu 
bechoralarni xotun va farzandlari falakka bosh indurmas edilar, hovli-haramlaridan 
ixroj bo‘lub, bosh yalang, oyoq yalang Buxoro ko‘chalarida yurur erdilar, hech 
kim hovlisiga yo‘l
 
bermas erdi. So‘ngra, SHukurbiyni bandi zindondan chiqarib, ul 
ikki amoratpanohlarni qamag‘on joyida halok qildi. Hakimbiy Qo‘shbegi to‘rt 
podshohni davri saltanatida qirq yil vazirlik masnadida o‘lturub erdi, muddati umri 
oltmshi olti yil erdi. Hakimbiy Qo‘shbegidek ahli davlat orasida dono va hushyor 
va xushxuy va qadrshunos yo‘q erdi”. 
Xulosa sifatida shuni qayd etish mumkinki, 1839 – 1840 yillardan boshlab 
Amir Nasrulloxon o‘z ichki siyosatida qattiqqo‘llik bilan mamlakatda tartib 
o‘rnatishga intildi. Uning keskin siyosatiga qarshi chiqqan mansabdorlarni esa 
ayovsiz jazoladi. SHuning uchun ham XX asr boshlarida mahalliy tarixchi Mirzo 
Olim Maxdum Hoji tomonidan yozilgan “Tarixi Turkiston” kitobida quyidagi 
fikrlar mavjud: “Amir Nasrullo shul darajada qahru g‘azablik edikim, hech bir 
vazir rubarusiga kelib ishning noma’qulini aytolmas edi”
1


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə