Yaqin Sharq
sivilizatsiyasi
Hind va Xitoy
sivilizatsiyalari
Uchinchi bo‘lim.
Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
93
Xitoy sivilizatsiyasi Hindistondagidan farqli holda o‘zining
ko‘pgina yozma tarixiy va arxeologik manbalariga ega. Muayyan
yo‘nalishda bo‘lishiga qaramay Xitoyda ham sivilizatsiya daryo
bo‘ylarida kelib chiqqan. Donli o‘simliklar bilan birga yovvoyi
hayvonlar xonakilashtirilgan. Nafis hunarmandchilik buyumlari
yasalgan. Har bir harfi — iyeroglifi bir so‘zni anglatadigan alifbo
ham shu davrda yaratilgan. Mutaxassislar Xitoyga chet sivilizatsiyasining,
jumladan, Yaqin Sharq mintaqasining ta’siri borligini
ta’kidlaydilar.
Dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyatining rivojlanishi
ilmiy bilimlarga ehtiyojni yuzaga keltirdi. Ma’naviy madaniyatning
qator tarmoqlari paydo bo‘ldi. Bular ichida din fenomenining
o‘rni alohidadir.
Sharqda ham, keyinroq boshqa mintaqalarda paydo bo‘lgan
sivilizatsiyalarda ham shaharlar diniy-ilohiy muassasa — ibodatxonalar
yonlarida qurilgan. Dastlabki ilohlar hayvonlarga (masalan,
Qadimgi Misrda), ba’zan kishilarga (Shumerda) o‘xshatib
yasalgan. Xudolar shaharlarda avval-boshda ko‘pchilikni tashkil
etgan holda, keyinroq ulardan bittasi boshliq holida ajratilib
ko‘rsatilgan. Kohinlar xudolar nomidan ish yuritiruvchi bo‘lib
ko‘ringan. Ular boshqaruvni kasb qilib olgan kishilar sifatida suv
va urug‘ni taqsimlash, ekin ekish va hosilni yig‘ishtirib olish
vaqtlarini belgilash, zaxira, dollarni sarflash va boshqa juda
muhim bo‘lgan vazifalarni bajarishgan.
Neolit inqilobi Sharq sivilizatsiyasining
iqtisodiyot sohasida quyidagi o‘ziga
xosliklarga ega bo‘lgan:
Birinchidan, xo‘jalik yurgizish
tajribaviy yo‘l bilan o‘zlashtirilgan texnologiya asosida va mavjud ishlab
chiqarish masalalari bilan an’anaviy amalga oshirilgan, tovar
munosabatlari kam rivojlangan.
Ikkinchidan, qo‘l mehnati va, umuman, muskul kuchi bilan
harakatlantiradigan ishlab chiqarish qurollaridan foydalanilgan.
Uchinchidan, ziroatchilik va unga asoslangan jamoaning alohida
mavqega egaligi oqsoqollar tomonidan boshqarilgan jamoatning yerga
egalik qilishi va davlatga renta-soliq to‘lashi tartibi paydo bo‘lgan.
To‘rtinchidan, ishlab chiqarishdan orttirilgan jamg‘armaning
unchalik katta emasligi va ularning ham noishlab chiqarish sohalarda
sarflanishi kuzatilgan.
Beshinchidan, davlatning hokimiyatga, uning qolgan barcha
ko‘rinishlarida ega bo‘lganlarning qo‘lida mulkning to‘planishi
oqibatida xususiy mulk ikkinchi darajali ahamiyat kasb etgan.
Qadimgi Sharqda
xo‘jalik yuritilishi
II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini
94
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining
ma’naviy sohasi quyidagi tavsiflarni
o‘z ichiga olgan:
Birinchidan, ma’naviy sohada
kishilar hayotining konservativligi tufayli dastlab politeistik, so‘ngra
monoteistik dinlar belgilovchi o‘rin tutadi.
Ikkinchidan, afsonalarga notanqidiy yondashish, dogmatizm,
ekzaltatsiya (yunoncha: cheksiz shodlik, yoki boshqa xursandlik holati,
qattiq hayajonlanish) va mistitsizmga berilish mavjud.
Uchinchidan, ilmiy bilimlarning aksariyat hollarda hunar sifatida
kishilar faoliyatining mavjud shakllari uchun qolip, andoza shaklida
tushunilishi tufayli fan to‘la shakllana olmagan.
To‘rtinchidan, barqaror stereotiplar sifatida avlodlar tajribasi
muhim qadriyatlar sanalib, avlodlarning to‘liq o‘zaro birdamligi
mavjud bo‘ladi.
Ijtimoiy-siyosiy hayot ham Qadimgi Sharq sivilizatsiyalariga
mansub jamiyatlarda qator o‘ziga xosliklar bilan ajralib turadi:
birinchidan, ijtimoiy tarkibda aholi turli qatlamlarining o‘zaro
hokim-tobe munosabatda ekanligi — (masalan, Hindistonda
kastachilik), ijtimoiy faollikning cheklanganligi, jamoaviylikning
shaxsiylikdan ustunligi, inson turmush faoliyati barcha
jihatlarini, ijtimoiy adolat tamoyillarini belgilash va nazorat
qilish;
ikkinchidan, davlat va jamoat boshqaruvida ko‘pincha mustabidlik
mavjud bo‘lib, bunda davlatning jamiyatdan mutlaq ustunligi,
uning barcha insoniy munosabatlarni boshqarib borishi ijtimoiy
ideal va ishtiyoqni shakllantiradi;
uchinchidan, Qadimgi Sharq sivilizatsiyalarida insonga muayyan
jamoaning a’zosi sifatida qaralib, uning o‘z shaxsiy hayotini erkin
belgilashi iloji bo‘lmagan.
Sharq sivilizatsiyasi to‘g‘risida fanda
xilma-xil qarashlar mavjud. Bularning
hammasiga xos umumiylik
shundaki, uning G‘arb sivilizatsiyasidan
jiddiy farqli tomonlariga ega ekanligidir. Masalan, Qadimgi
Yunoniston va Rimdan farqli o‘laroq Sharqda tipik quldorchilik
bo‘lmagan. Yevropada feodalizm deb atash qabul qilingan tartibotlar
Sharqda tipik ifodasini topmagan.
Yer yuzining bu qismida kishilar ilk jamoachiligidan boshlangan
an’analar qariyb o‘zgarishsiz holda qadimda bo‘lganidek, o‘rta
asrlarda ham, birmuncha yangi jihatlar kasb etgan holda yangi
zamonda ham davom etib keldi.
Ma’lumki, qadimda jamoaga birlashgan kishilarning hayot
Ma’naviy va
ijtimoiy-siyosiy hayot
Sharq sivilizatsiyasidagi
betakror jihatlar
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
95
faoliyati quyidagi jihatlarga asoslangan: Birinchidan, jamoa a’zolari
majburiy ravishda bajariladigan o‘zaro almashuv tamoyillari va
mexanizmlariga amal qilishi kerak edi: har bir a’zo umumiy
qozonga topganining hammasini qo‘shgani holda, undan faqat
o‘ziga tegishli qisminigina olgan. Bular o‘rtasidagi farq esa jamoa
yoki urug‘ boshlig‘iga tegishli bo‘lib, uning nufuzini anglatgan.
Ikkinchidan, katta oila boshlig‘i, urug‘ oqsoqoli yoki urug‘
kengashi a’zosi obro‘-e’tibor va hokimiyatga egalik qiluvchi sifatida
jamoaning barcha mulkini qayta taqsimlaydi, shu bilan jamoa
mulkining ham egasi ekanligini ko‘rsatadi.
Dehqonchilik bilan shug‘ullanish sharoitida boshliq jamoani
jins, yosh, avlod, oiladagi mavqega ko‘ra boshqargan. Albatta,
bunda amalga saylangan oqsollar boy va omadli bo‘lishlaridan
tashqari obro‘-e’tiborli, boshqalarning unga bog‘liqligi ham muhim
hisoblangan. Yana shuni aytish kerakki, odatda asta-sekin bir nechta
qo‘shni jamoalarning nufuzlisi atrofida birlashish hodisasi yuz
berishi ham mumkin. Nufuzli jamoa markazidagi ilk shaharlarda
ibodatxona, saroy, xazina, omborlar qurilgan. Natijada oqsoqollarning
eng kuchlisi yuqoridagi tarzda shakllanayotgan ilk davlatning
sardori bo‘lgan.
Sharqda dastlab nomajburiy ijtimoiy hokimiyat, so‘ngra
majburiylikka asoslangan davlat hokimiyati vujudga kelgan. Bunda
boshqaruvchilarning o‘rni va ahamiyati tobora oshib borgan. Oldinroq
aytib o‘tilganidek, boshqaruvchilar dastavval yetishtirilgan
mahsulotlarni taqsimlashda jiddiy mavqega ega bo‘lganlar. Ularning
bu holati nufuz, obro‘-e’tibor orqali hokimiyat bilan bog‘langani
tufayli yanada kengayib borgan, otadan farzandlarga meros bo‘lib
o‘tadigan va sakral xarakter kasb etadigan hokimiyat institutini
maydonga keltirgan.
Buning natijasi o‘laroq kim hokimiyatga aloqador bo‘lsa, uning
boshqa sohalarda ham ahvoli tegishli tarzda belgilangan. Hokimiyat
egasi qo‘lida boylik va mulk bo‘lgan. Shunga ko‘ra kim hokimiyatga
ega bo‘lsa, barcha narsalarga, jumladan mulkka ham ega bo‘lgan.
Qadimgi Sharq mamlakatlari sivilizatsiyalarida hokimiyat-mulk
tamoyili amalda bo‘lgan. Oddiyroq qilib aytilsa, bunday tamoyilda
hokimiyat mulkni tug‘dirgan, hokimiyatdan mahrum bo‘lish esa
barcha mulkdan ajralishgacha olib borgan.
Asosiy tushunchalar
oe Qorishiqlik yoki sinkretizm — Sharq sivilizatsiyasida ijtimoiymadaniy
olamning ko‘p jihatlari o‘zaro birlashib ketganligini
ifodalaydigan tushuncha.
II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini
96
oe Hokimiyat-mulk — Sharq sivilizatsiyasida hokimiyatning o‘rni,
hukmdorning mulkka ega bo‘lishi bilan qo‘shilayotganligi
tushuniladi.
oe Intuitivlik (qarash, ko‘rish) va ratsionallik (aql) — Sharq
sivilizatsiyasida inson ruhiyati bu ikki salohiyatni o‘zaro birbiri
bilan (dinda) to‘ldiradi.
Takrorlash uchun savollar
1. «Sharq» tushunchasining geografik ma’nosidan tashqari
yana qanday tavsiflari bor?
2. Hind sivilizatsiyasining noyobligi nimada?
3. Xitoy sivilizatsiyasi qanday shakllangan?
4. Sharq sivilizatsiyasining kishilik hayoti sohalaridagi xos
jihatlari nimada ko‘rinadi?
5. Sharq sivilizatsiyasida qanday o‘ziga xos iqtisodiy jihatlar
mavjud?
25-§. G‘arb mamlakatlarining sivilizatsiyaviy rivojlanishi
Antik so‘zi lotinchada «qadimgi»
degan ma’noni anglatsa-da, bu
atamada Qadimgi Yunoniston va
Qadimgi Rimni tushunish qabul
qilingan. Lekin bunga Qadimgi Sharq mamlakatlari bilan Antik
Yunoniston va Rimni (garchi bular «G‘arb»ga tegishli bo‘lgani
holda) o‘zaro qarama-qarshi qo‘yish noto‘g‘ri bo‘lur edi. «G‘arb»
atamasi dastlab Yevropada XV—XVII asrlarda qaror topgan
sivilizatsiyaviy va madaniy rivojlanishni ifodalash uchun qo‘llangan
bo‘lsa, hozirgi vaqtda ratsionalizm nasroniylik an’analari,
ma’rifatchilik, vakolatli demokratiya, individuallikning jamoaviylikdan
ustunligi, ilmiy-texnikaviy ravnaq va hokazo ma’naviy
qadriyatlar ma’nosida tushuniladi. «G‘arb»chilikning ildizi antik
davrga, xususan Rimning rivojlanib jahoniy mavqega ega bo‘lish
davriga borib taqaladi.
Yunonlardagi ravnaqda tashqi omilning o‘rni katta bo‘lgan. Ular
finikatsiyaliklardan yozuvni, suryoniylardan qumdan oyna
tayyorlashni, dengiz hayvonlaridan bo‘yoq olishni o‘rganganlar,
Antik dunyo
sivilizatsiyasi
II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini
108
misrliklar va bobilliklardan aniq bilimlar yutuqlarini o‘zlashtirganlar.
Albatta, Sharqning yunonlarga ta’siri bu bilan tugamaydi. O‘rta
Yer dengizida kemachilikning rivojlanishi va savdo aloqalarining
kengayishi bularning eng samarali natijalaridan edi.
Antik sivilizatsiya tarixi miloddan oldingi IX—VIII asrlardan
boshlangan deb hisoblanadi va uning tarixi uch — arxaik (IX—
VII asrlar), mumtoz (VI—V asrlar) va inqiroz (yangi eraning IV
asri) bosqichlariga bo‘linadi.
Arxaik bosqichda polis tuzilmalari (shahar davlatlari) tashkil
topgan va yunon etnosining o‘z-o‘zini anglash jarayoni yuz bergan.
Yaratilgan antik sivilizatsiyaning mazmunini qullar mehnatidan
foydalanib ustun darajada bozorga yo‘naltirilgan, xususiy tovar
ishlab chiqarishga asoslangan xo‘jalik yurgizish talqin etgan. Bunga
jamoalar, shahar-davlatlarning o‘z-o‘zini boshqarishi amalda
bo‘lishida markazlashgan hokimiyatning nisbatan kuchsizligi
sharoitida erishilgan.
Mumtoz bosqich yunon sivilizatsiyasining eng gullab-yashnagan
davridir. Afina hokimi Solon tashabbusi bilan qabul qilingan
qonunlar kuchga kirishi bilan Yunonistonda xususiy mulkchilikka
asoslangan shunday tuzilma maydonga keldiki, bunday institut
dunyoning biron boshqa joyida bo‘lmagan edi. Gap bu yerda xususiy
mulkchilikning ehtiyojlariga javob beradigan siyosiy-huquqiy tizim —
demokratik o‘z-o‘zini boshqarish to‘g‘risida boradi. Afinada aholining
turli qatlamlaridan bo‘lgan demos bilan aslzodalar o‘rtasidagi
kurashda urug‘ aslzodalari mag‘lub bo‘lgandan so‘ng hukmdorlarning
yakka diktaturasi barham topgan edi.
Bu o‘rinda polis a’zolari teng huquqli fuqarolar sifatida
o‘zlarining zarur majburiyatlariga muvofiq jamoat ishlarida va polisni
boshqarishda ishtirok etishi mumkin edi.
Bu quldorlik tuzumi demokratiyasi fuqarolarga (qullarga emas)
ular manfaatlarini himoyalashning xususiy huquqiy kafolatlarini
ham bergan ediki, natijada insonning ijodiy salohiyatini o‘stirishga,
uning quvvati, tashabbuskorligi va ishbilarmonligini oshirishga xizmat
qiladigan ijtimoiy-madaniy tamoyillar tizimi yaratilgan edi. Bular
oxir-oqibatda antik dunyoda hozirgi zamon tili bilan aytganda fuqarolik
jamiyati muayyan asoslari yo‘lga qo‘yilganligini bildirar edi.
Uchinchi bosqichda polislik tamoyillar (fuqarolik, avtarkiya,
avtonomiya) tovar-pul munosabatlari rivojlanishiga xalaqit bera
boshlagan edi. Yunon sotsiumi, Aflotun aytganidek, «bir-biriga
dushman bo‘lgan ikki — kambag‘alllar va boylar davlatiga bo‘linib
ketadi». Polis axloqini shaxsiyatparastlik, yangi qudratlar —
«kumush va oltin» va ichki urushlar egallab, Yunonistonning
siyosiy mustaqilligini yo‘qotib, sivilizatsiya sifatidagi ahamiyatini
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
109
bahram topishiga olib keldi. Albatta, bu sivilizatsiya mutlaqo o‘chib
ketmadi, balki o‘zidan keyingi ellin davri uchun hal qiluvchi
zamin tayyorladi.
Ellin davri (miloddan avvalgi IV—II asrlar) sivilizatsiyasi
o‘zining qator belgilariga ega edi: sharq despotizmi bilan yunon
polisi qo‘shilishidan hosil bo‘lgan ellinistik monarxiya; quldorlar,
qullar, o‘rta qatlam; mayda mulkdorlar — quyi qatlam; qishloq va
shaharlar kambag‘allaridan iborat bo‘lgan ijtimoiy tarkib; ta’lim
tizimi, me’morchilik, fan, falsafa, san’at va dindagi yunon tamoyillarini
ifodalaydigan madaniyat.
Ellinizm o‘rniga kelgan Rim sivilizatsiyasining asosiy qadriyatlari
vatanparvarlik, tez-tez urushlar olib borish, fuqarolarning Vatan
oldidagi burchlarini ifodalash uchun mardlik, chidamlilik,
to‘g‘rilik, vafodorlik ko‘rsatishlari, intizom va qonunga bo‘ysunuvchi,
xudoga itoat etuvchiligi bo‘lgan. Rimning gullab-yashnashi eng
yuksakka ko‘tarilgan, rivojlangan respublika davrida shahar va
fuqarolarning mustaqilligi, erkinligi, xalqning oliy hokimiyati
jamiyatning asosi bo‘lib xizmat qilgan. Fuqarolik tushunchasi keng
ma’no kasb etgan, ilgari yerga egalik qilishdagi jamoaviylikdan
xususiylik kuchaygan, Rim O‘rta Yer dengizi imperiyasining tashkil
topishi xalq majlisining barham topishiga olib kelgan va uning
o‘rnini davlat hokimiyatiga tayanadigan tamoyillar egallagan edi.
Iso payg‘ambar dini bo‘lgan nasroniylik
Rim saltanatida to‘la hukmron
bo‘lgunigacha yangi eraning bir necha
asri o‘tgan. 476-yil G‘arbiy Rim saltanatining so‘nggi nuqtasi
bo‘ldi. Shimoldan kelgan «varvarlar» Rimning so‘nggi imperatorini
qulatgan edi. Deyarli, barcha shaharlar yondirildi, hunarmandchilik,
savdo-sotiq to‘xtadi, portlar va yo‘llar huvillab qoldi. Rim
shahrining ko‘rkam maydonlari o‘rniga g‘alla ekilib, mol boqiladigan
bo‘ldi. Rim saltanati o‘rnida avvalgi ko‘rinishida quldorchilik barham
topib, asosan aholi dehqonlardan iborat bo‘lib qoldi. Ijtimoiymadaniy
jarayonning yangi shakli qaror topdi.
Sharqiy Rimda — Vizantiyada esa o‘tmish sivilizatsiyasining asosiy
jihatlari saqlanib qolgan bo‘lsa-da, kishilar hayotini tashkil etishning
feodal shakli asta-sekin belgilovchi mavqega ega bo‘la bordi.
Sivilizatsiyaviy tasodifga ko‘ra bu o‘zgarishlarning ma’naviy asosi
nasora dini hisoblandi. Uning jamiyat hayotiga ta’sirini, ayniqsa,
sakkiz marta amalga oshirilgan salb yurishlarda ko‘rish mumkin.
Shuningdek, mavjud davlat tuzilmalari ham din instituti qo‘llabquvvatlanishi
bilan amalda bo‘lgan. Natijada garchi papa va shoh
bir davlat doirasida farqlansada, ammo, diniy hokimiyat bilan
dunyoviy hokimiyat o‘rtasidagi farqni ko‘rish qiyin bo‘lgan.
Nasroniy sivilizatsiya
II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini
110
Bunday sharoitlarda antik davr sivilizatsiyasidan farqli holda
fan bilimlariga katta zaruriyat bo‘lmagan, mavjud bilimlar ham
cherkov ta’sirida bo‘lgan. Dunyoviy fan olimlari tevarak-atrofni
obyektiv o‘rganishga intilishgan. Diniy ulamolar esa ruh va axloq,
e’tiqod va Xudo yagonaligi atrofida fikr yuritishgan.
Yevropaliklar ancha vaqt davomida
Yer yuzining ko‘pgina qismlari
to‘g‘risida hech qanday obyektiv—
haqqoniy tasavvurga ega bo‘lmagan.
Faqat keyinroq hunarmandchilik, savdo hamda dengiz sayohatlari
ehtiyojlari fanga bo‘lgan talabni oshirgan.
Yevropada birinchi universitetlar paydo bo‘la boshladi. XV asrda
bu yerda 60 tacha universitet bor edi. Ular orasida Parij, Bolone,
Oksford, Praga oliy o‘quv yurtlari mashhur bo‘lgan.
Yevropa sivilizatsiyasi doirasida XI asrdanoq hukmron doiralar
qadimgi Rim me’morchiligi yo‘lida, ya’ni Roman usulida binolar
barpo eta boshlagan. Keyinroq gotik usulda imoratlar paydo bo‘lgan.
Binolar haykallar va turli rasmlar bilan bezatilgan, shuningdek,
bu davrda ritsarlik, shaharlar badiiy adabiyoti ham rivojlanib,
kitob bosish ixtirosini tezlashtirdi. Moddiy texnika taraqqiyotiga
ehtiyoj tug‘ilib, suv dvigatellari, metallurgiya alohida soha sifatida
maydonga keldi.
Amerika va Avstraliyaning kashf etilishi, Osiyo Sharqu
Janubining o‘rganilishi, o‘zlashtirilishi mamlakatlar va xalqlar
taqdirida chuqur iz qoldirdi: Qit’alararo savdo aloqalari paydo
bo‘ldi. Ikkinchidan, yangi hududlarni o‘zlashtirishda foydalanish
uchun qulchilik muayyan ma’noda yana yo‘lga qo‘yildi. Yevropa
jamiyati zaminida boshlangan kapitalistik munosabatlarning
rivojlanishiga imkoniyatlar kengaydi.
Tug‘ilib kelayotgan burjuaziya uchun o‘qimishli kishilar maxsus
tayyorlanishi lozim edi. Tayyorgarlik o‘z ichiga kishilarning tabiatga
qiziqishini, o‘tmishini o‘rganishini, feodal tartiblar va dinga tanqidiy
munosabatni va hokazolarni keltirib chiqarmasligi mumkin emas
edi. Bu jarayon markazida inson fenomeni turgan. Shunga ko‘ra
insonparvarlik (gumanizm) g‘oyasi alohida mavqe egallagan.
Gumanistlar o‘tmish, xususan, arab-islom sivilizatsiyasi orqali
saqlab qolingan va rivojlantirilgan antik dunyo madaniyatini kashf
qildilar va buni uyg‘onish (renesans) deb atadilar. O‘z navbatida
renesans fan va madaniyatda katta o‘zgarishlar qildi. Lekin bu
jarayonlar G‘arbiy Yevropa hayotida belgilovchi ta’sirga ega bo‘lgan
katolik cherkovining islohoti (reformatsiya)siz poyoniga yetmagan
bo‘lur edi.
Umuman olganda insoniyatning antik dunyo yemirilishidan
Ma’naviy o‘zgarishlar va
geografik kashfiyotlar
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
111
boshlangan va renesans bilan tugagan xiyla uzoq tarixi o‘tmishga
qaraganda ancha ko‘p moddiy va ma’naviy qadriyatlarni vujudga
keltirdi.
Inson ratsional tafakkuri renesans
va reformatsiya ta’sirida O‘rta asrlarni
tanqid ostiga olib undan chiqish
yo‘lini izlay boshladi.
Ma’lumki, XIV asr o‘rtalariga qadar Yevropa rivojlanishi ko‘p
jihatlardan Sharq sivilizatsiyasi ta’sirida bo‘ldi. Yevropaliklarning
arab-musulmon sivilizatsiyaisidan o‘zlashtirgan jihatlari sezirarli
bo‘lgan. Abbosiy xalifalar Yevropaga harbiy xavf tug‘dirmaganlar,
aksincha u yoqdan bo‘lib turgan salb yurishlari ular uchun jiddiy
muammolarni keltirib chiqardi.
So‘nggi o‘rta asrchilikda Yevropada mutlaqlik (absolyutizm)
maqomida qaror topgan milliy davlatlar mavjud feodal tarqoqliklarga,
mayda-mayda mulklarning kuch huquqiga tayanuvchi egalari
jilovini xiyla tortgan. Absolyutizm hukmdorlari Rim papasi bilan
raqobatda dunyoviylikka moyil edi va bu o‘z natijalarini ko‘rsatdi.
Ularni aholining uchinchi tabaqasi, byurgerlar va klerikalizmga
qarshi kuchlar qo‘llab-quvvatladilar.
Reformatsiya ana shular bilan kengayib, yangi ijtimoiy
harakatchilikning — ma’rifatparvarlikning maydonga kelishiga turtki
bo‘ldi. Ma’rifatparvarlar aql-idrokning tantanasi uchun kurashdilar.
Ular dunyoni bilishning, kishilar hayotini takomillashtirishning
vositasi sifatida diniy fatalizmdan xoli bo‘lgan «aqlning tabiiy
nuri»ni ko‘rdilar. Erkin va faol insonning davlat va cherkov
tomonidan bo‘ladigan majbur etish shakllari bilan hech qanday
cheklanmagan barcha intilishlarni va ehtiyojlarni aql-idrokka muvofiq
deb hisobladilar. Tabiat tomonidan berilgan haq-huquqlari uchun
kurashayotgan insonni «tabiiy inson» deb tushunganlar. «Erkinlik»,
«tenglik», «birodarlik» shiorlari «tabiiy inson» huquqlari o‘rtasidagi
belbog‘ bo‘lish lozim, deb hisoblangan.
Yevropa mamlakatlarida ma’rifatparvarlik harakati turlicha bo‘lgan.
Alohida olingan mamlakatlar ma’rifatparvarlari o‘rtasida ham, turli
mamlakatlararo ma’rifatparvarlik harakatlari o‘rtasida ham farqlar,
keskin kelishmovchiliklar mavjud edi. Lekin ma’rifatparvarlarning
keng qamrovliligi, ong-bilim darajasi, tabiat, kishilik dunyosi,
davlatchilik to‘g‘risida qarashlaridagi umumiylik belgilovchi
hisoblanadi. Angliyada ma’rifatparvarlik XVII asrda boshlanib, asosan
diniy va siyosiy xarakterda bo‘lgan. Uning yirik vakili ingliz faylasufi,
ruhshunosi va pedagogi Jon Lokk (1632—1704) xalq suvereniteti
asosida tuzilgan konstitutsiyaviy hukumat tarafdori bo‘lib, davlat
faoliyatini zaruriy cheklashni yoqlagan. Xudo haqida cherkovga emas,
Ma’rifatparvarlik va
Yevropada yangi
sivilizatsiyaning boshlanishi
II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini
112
balki aql-idrokka quloq tutish zarurligini ta’kidlagan Lokk tabiiy
huquqni insonning mohiyatida namoyon bo‘ladi, deb hisoblagan.
Fransiyada ma’rifatparvarlik qat’iy ma’noda mumtoz va barkamol
tarzda namoyon bo‘ldi. U XVIII asr boshlarida vujudga kelib,
absolyut siyosiy hokimiyatning inqirozi sharoitlarida rivojlandi. 1789-
yilgi inqilob, qirollikning yiqilishi va yakobinchilar diktaturasi
davrigacha davom etdi. Uning yirik vakillari faylasuf va yozuvchilar
F.M.A.Volter (1694—1778), J.J.Russo (1712—1778), faylasuf,
tarixchi va huquqshunos Sh.Monteskye (1689—1755) va boshqalar
bo‘lgan. Bular safiga keyinroq yirik mutafakkir qomuschilar D.Didro
(1773—1784), J.Lametri (1709—1751) va boshqalar qo‘shilgan
edilar. Bu mutafakkirlar uchun aql-idrok inson barcha muammolarini
hal etishga qodir bo‘lgan so‘nggi bosqich ekanligi ta’kidlangan.
Ular hurfikrlilik, demokratizm, antiklerikalizm, siyosiy radikalizm
g‘oya-larini ilgari surishgan. Russoning «Ijtimoiy shartnoma
to‘g‘risida» (1762) asari «inson erkin bo‘lib tug‘ilsa-da, u hamma
joyda arosatdadir», degan so‘zlar bilan boshlanadi. Bu so‘zlar
keyingi yuz yilliklar davomida aks sado berdi.
Germaniyada G.E.Lessing (1729—1791), I.V.Gyote (1794—
1832), F.Shiller (1759—1805), I.G.Gerder (1794—1803) va
boshqalarning yozuvchilik va faylasuflik ijodida namoyon bo‘lgan
ma’rifatparvarlik bu mamlakatda Immanuil Kantdan (1724—1804)
boshlab rivojlangan, mumtoz falsafa ravnaqiga jiddiy turtki bo‘lgan
edi. Nemis ma’rifatparvarligida radikal siymolardan tortib, eng
mo‘tadil siymolargacha bo‘lishgan. Ularga xoslik dastavval shunda
ko‘ringanki, bu ma’rifatparvarlarning barchasi uchun nemis xalqining
milliy birligi g‘oyasi, uning o‘z madaniyati erkin rivojlanishi
huquqi masalalari edi. Bular keyinroq yagona german davlatlarining
tashkil topishiga ko‘mak berdi.
Ma’rifatparvarlikning alohida iz qoldirgan ko‘rinishlaridan biri
— bu Shimoliy Amerikalik olim va davlat arbobi, AQSH
mustaqilligi deklaratsiyasi va Konstitutsiyasi mualliflaridan biri
B.Franklin (1706—1790), faylasuf, «Sog‘lom aql» pamfletining
muallifi T.Peyn (1737—1809), AQSHning uchinchi prezidenti,
«AQSH mustaqilligi Deklaratsiyasi» mualliflaridan biri T.Jeffersonning
(1743—1826) falsafiy, siyosiy-huquqiy faoliyatlari natijalari
bo‘lgan edi. Ular AQSHning birinchi prezidenti etib saylangan
J.Vashington (1732—1799) bilan birgalikda inson huquqlari
muammosiga fundamental tus berib, bularni fuqaroviy jamiyatda
barcha erkinlik va huquqlarning siyosiy, axloqiy va huquqiy asoslari
tarzida qaradilar. Albatta, inson huquqlari zarur darajada ta’minlanmasa
huquqiy davlatning shakllanishi amalga oshmaydi, — deb
ta’kidlangan edi. Amerikalik ma’rifatparvarlar, Amerika inqilobi
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
113
o‘zining original kechishidan tashqari Yevropada ma’rifatchilar
ilgari surgan g‘oyalarni birinchi bo‘lib hayotga tadbiq etdi. Jumladan,
Monteskyening hokimiyat bo‘linishi g‘oyasi dastlab AQSHning
tashkil etilishidayoq hayotga tadbiq qilingan edi. Bu yerda inson
huquqlarini ustun qilib belgilash tamoyiliga asos solindi.
Yuqorida fransuz mutafakkirlarining
o‘rni alohida bo‘lganligi aytilgan edi.
Ularning aql-idroki kuchi bilan mamlakatda
ma’naviy jihatdan tayyorlangan
va birinchi chuqur inqilob deb baholangan ijtimoiy to‘ntarish
garchi Niderlandiya va Angliyada amalga oshirilgan inqiloblardan
so‘ng yuz bergan bo‘lsa-da, o‘rta asrchilikni tubdan
bartaraf etib, Fransiya jamiyatini butunlay yangiladi. Inqilob
natijasi o‘laroq qabul qilingan inson va fuqaro huquqlari
deklaratsiyasi va Napoleon kodekslarida (1804) o‘z davri uchun
eng demokratik huquqlar ilgari surilgan edi. Amerika inqilobida
esa bunday jihatlar o‘rtacha darajada aks etgan bo‘lib, bu yerda
qulchilik saqlab qolingan.
Yevropa ma’rifatparvarligi o‘zining makoni va davri e’tibori
bilan cheklangan, tabiatan murakkab, ko‘pqirrali hodisa sifatida
katolik dini doirasida ham zarur o‘zgarishlarga jiddiy turtki berdi.
Odatda uning ta’sirini tog‘ qoyasidan pastga dumalatib yuborilgan
tosh bo‘lagi harakatiga o‘xshatishdi. Tosh bo‘lagi o‘z yo‘lidagi
barcha toshlarni dumalatib shiddatli ko‘chki hosil etganidek,
Renesans reformatsiyani tug‘dirdi.
XVIII—XIX asrlar insoniyat dunyosi
keyingi holatining shakllanishida
belgilovchi davr bo‘lgan. Bunda fan
inson hayotining barcha tomonlariga ta’sir ko‘rsatib, moddiy qadriyatlar
yaratish vositalarida yuz berayotgan sanoat inqilobi talablariga
muvofiq rivojlangan. Nazariy bilimlar ravnaqi, XVII asrda
(dastlab matematika, astronomiya, tibbiyotshunoslik, keyinroq
kimyo, issiqlik va elektr fizikasi) ustunlik, sanoatdagi texnik
o‘zgarishlar, kapitalning iqtisodiy va siyosiy hukmronligi o‘zaro
bog‘liqlikda Angliya, Niderlandiya va Shimoliy Fransiyada yuz berdi.
Sanoat inqilobi to‘qimachilik sohasida boshlanib, paxtani ko‘plab
yetishtirishni taqozo etdi. Angliyada gazmol to‘qish juda tez oshgan.
Uning narxi kamaygan. 1785-yilda mexanikaviy tikuv stanogining
ixtiro qilinishi temirni qayta ishlash va kimyo sanoati rivojlanishiga
olib keldi. Ishlab chiqarish zaruriyati toshko‘mir qazib chiqarish
va cho‘yan eritishni ko‘paytirdi. Og‘ir sanoat inqilobning ikkinchi
bosqichini ifodalab, mashinalarni mashinalar yordamida ishlab
chiqarishni bildirgan.
Ma’rifatparvarlikning
cheklanganligi
Fan va sanoat
inqiloblari
II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini
114
Mashinasozlik yutuqlari qishloq xo‘jaligida ham inqilobiy
o‘zgarishlarga yo‘l ochdi.
XVII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning boshlarida sanoat
revolyutsiyasi dastlab Angliyani, so‘ngra Yevropa qit’asining g‘arbi
va markazini hamda Shimoliy Afrikani qamrab oldi. Bu hududlarda
fan va sanoatdagi chuqur o‘zgarishlar kishilar hayotining boshqa
sohalarida ham tegishli ravishda o‘sishni ta’minlab, sanoat jamiyatini
yuzaga keltirdi.
Asosiy tushunchalar
oe Arxaizm (yunoncha) — o‘tmishning qoldig‘i, eskilik degani.
oe Polis (yunoncha) — Qadimgi Yunonistonda oqsuyaklar
(aristokratlar) hokimiyati bekor qilingandan yuzaga kelgan
davlat tuzilishining fuqaroviy-demokratik shakli va fuqarolarning
tabiiy mansub bo‘lgan siyosiy birligi.
oe Ellin va ellinistik davr — Yunonistonning yunon tilida atalishi
va Sharqiy O‘rta dengiz atrofi mamlakatlari tarixining
miloddan avvalgi 323—30-yillar davri.
oe Reformatsiya (lotincha: tuzatish, qayta o‘zgartirish) —
XVI—XVII asrlarda Yevropa markazi va g‘arbdagi ko‘pgina
mamlakatlarni qamrab olgan diniy-mafkuraviy va siyosiy
harakatchilik bo‘lib, oxir-oqibat burjua inqiloblariga g‘oyaviy
zamin tayyorlangan.
oe Sanoat inqilobi — Yevropaning turli mamlakatlarida XVIII
asrning ikkinchi yarmidan XIX asrning shu davrigacha
mafkuradan mashinalashgan ishlab chiqarishga o‘tish
jarayoni.
Takrorlash uchun savollar
1. Antik dunyo sivilizatsiyasining xos xususiyatlari nimalardan
iborat?
2. Qaysi jihatlar o‘rta asrlar sivilizatsiyasini ifodalaydi?
3. Nega ma’rifatparvarlikni jahon sivilizatsiyasi rivojlanishining
qonuniy bosqichi deyish mumkin?
4. Fan va sanoat sohalaridagi inqiloblarning o‘zaro aloqasi
nimalardan iborat?
5. Industrial jamiyat sivilizatsiyasining qanday xos jihatlari
farqlanadi?
6. Yevropadagi ma’rifatparvarlik g‘oyalar haqida fikrlaringiz?
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
115
Ma’ruza va referatlar uchun mavzular
1. «Sharq» tushunchasining ilmiy maqomi.
2. Sharqda kelib chiqqan sivilizatsiyalar tasnifi.
3. Sharq — jahoniy dinlar vatani.
4. Qadimgi Yaqin Sharq sivilizatsiyalari.
5. Hind sivilizatsiyasi.
6. Xitoy sivilizatsiyasi.
7. Yunon sivilizatsiyasi.
8. Arab-musulmon sivilizatsiyasi.
9. Qadimgi Yunon-Rim sivilizatsiyasi.
10. Tasavvufning sivilizatsiyaviy maqomi.
11. Yevropada uyg‘onish va reformatsiya davrlari.
12. Yevropa ma’rifatparvarligi.
13. Yevropa sivilizatsiyasining fan komponenti.
14. Yevropa sivilizatsiyasining sanoat komponenti.
15. Fan inqilobi.
16. Sanoat inqilobi.
17. Ma’rifatparvarlik ratsionalizmi.
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
167
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan
keyin dolzarb muammolardan
biri — yangi tarixiy sharoitlarda
o‘zgarayotgan jamiyatga munosib har
tomonlama yetuk va barkamol kishilarni tarbiyalash edi. Bu o‘z
navbatida bir necha o‘n yillar mobaynida xalqdan begonalashtirib
kelingan ma’naviy mulk va madaniy merosni sinfiy-partiyaviy
mafkura tomonidan taqiqlangan madaniy boyliklarni unga qaytarish
hamda qadriyatlarning yanada kamol topishi uchun keng
imkoniyatlar ochish vazifalaridan iborat edi. O‘zbekiston Prezidenti
I.A.Karimov o‘zining «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot
yo‘li» kitobida «O‘zbekistonning milliy-madaniy jihatdan g‘oyat
rang-barangligi, milliy o‘zligini anglash va ma’naviy qayta
tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni
yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil
bo‘lib xizmat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga
qo‘shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi», deb
ko‘rsatgan edi.
Darhaqiqat, ijtimoiy-siyosiy hayotda amalga oshirilgan yalpi
ma’naviy yangilanishlar komil inson shaxsini tarkib toptirish uchun
zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirdi va istiqlol yo‘lini har
tomonlama mustahkamlash uchun xalqni yalpi safarbar qila olish
imkonini berdi. Shuning uchun ham mamlakat rahbari I.A.Karimovning
istiqlolning dastlabki paytidanoq bu borada zarur choralar
ko‘rilishining tashabbuskori va sobitqadam amaliyotchisi sifatida
nechog‘li katta mas’uliyatlar yuki ostida faoliyat ko‘rsatib kelganligi,
millat ozodligi yo‘lida yuksak fidoiylik va siyosiy jasorat namoyon
etganligi ravshanlashadi.
Qadriyatlar ma’lum bir xalqning ko‘p mingyillik tarixiymadaniy
tajribasi sifatida shakllangan turmush tarzi, tafakkuri
mahsuli bo‘lib dunyoga keladi. Xalqimizning azaliy udumlari, urfodatlari,
an’analari insoniy va milliy mansublik ifodasidir.
Qadriyatlar muayyan millat va xalqlarning shonli va musibatli
o‘tmishi, tarixiy-madaniy tajribalari, saboqlari, surur va baxtiyor
damlarining ifodasi sifatida namoyon bo‘lsa, urf-odatlar, rasmrusum
va marosimlar turmush tarzining shakliy ko‘rinishlari sifatida
xalq hayotining ma’naviy-axloqiy negizlarini tashkil etadi.
Qadriyatlar hamisha muayyan faoliyatlar tarzida namoyon
bo‘lib, kishilarning voqelikka bo‘lgan munosabatlari mazmunini
ifoda etadi hamda ularning fe’l-atvorlari, sa’y-harakatlari yo‘nalishlarini
belgilaydi.
Ko‘pqirrali islohotlar davrida, jamiyat mentaliteti tubdan o‘zgarayotgan,
tuzum yangi mazmun va tartibotlarga kirayotgan bir
Jamiyatga munosib shaxsni
tarbiyalash
IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich
168
paytda aholi ma’naviy-ruhiy ehtiyojlariga mos keluvchi, xalqni
istiqbolga yetaklovchi hayotbaxsh intilishlar ifodasi bo‘lgan g‘oyalar
va maqsadlar bilan qurollantirish katta ahamiyatga egadir.
Shunday ekan, islohotlar samarasi xalq dunyoqarashi, madaniy
va ma’naviy qadriyatlariga ongli munosabati bilan bevosita bog‘liq
hodisadir. Agar yangilanishlar odamlar ongi va dunyoqarashi,
qalbi va ruhiyati orqali o‘zini namoyon etsa, u yashovchan va
samarali bo‘ladi. Shuning uchun ham O‘zbekistonda davlatning
yangilanishlar strategiyasi sifat jihatidan o‘zgarayotgan jamiyat,
yangicha tafakkur asosida vujudga kelayotgan ijtimoiy guruhlarning
qadriyat mo‘ljallari bilan uyg‘unlashib ketgan.
Madaniyat va ma’rifatning ustuvor hodisa sifatida talqin etilishi
ma’naviy voqelik sifatidagi takomillashuv jarayonining chin
insoniylik mohiyatini belgilaydi. Inson ayni ana shu qadriyatlar
orqali kamolotga yetadi, hayotda, jamiyatda o‘z mavqeyiga, o‘rniga,
nufuziga ega bo‘ladi. Inson faoliyatlari mahsuli ayni ana shu
ma’naviyat va ma’rifat orqali qadriyatga aylanadi.
Prezident I.A.Karimovning qadriyatlar ustuvorligi konsepsiyasi
xuddi ana shu jihatlar tufayli ham qimmatli. U ma’naviyatni,
ma’rifatni jamiyatning yo‘naltiruvchi kuchi deb biladi. Ana shu
nuqtayi nazardan ham «Men ma’rifatli jamiyat qurmoqchiman»
deydi. Ma’rifatli jamiyatda esa inson, ma’naviyat, axloq, tafakkur
mezonlari hal qiluvchi mazmun kasb etadi. Shuning uchun ham
I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq «Ma’naviy
sog‘lom, kuchli jamiyatgina islohotlarga tayyor bo‘ladi» degan edi.
Mamlakatimiz Prezidenti mamlakat istiqboliga doir tadbirlar
tizimini belgilar ekan, uning eng avvalo yuksak ma’rifat va
madaniyat mamlakati bo‘lishi, shu asosda barcha islohotlarning
ma’rifiy negizini yaratish nuqtayi nazaridan ish tutadi. Yurtboshimiz
iqtisodga, huquqiy va siyosiy islohotlarga, shuningdek jahon
muammolarini hal etish, tinchlikni ta’minlash masalalariga ham
ma’rifiy ko‘z bilan qaraydi, yuksak madaniy va umuminsoniy
qadriyatlar talablari asosida yondashishga da’vat etadi. Ana shu
jihatlarni hisobga olgan I.A.Karimov «Ilmiy va madaniy sohadagi
mavjud imkoniyatlarni saqlab qolish, qayta tiklash, ko‘paytirish
maqsadida bundan buyon fundamental fanning, madaniyat va san’at
muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va
mustahkamlashga, aqliy va ijodiy mehnat xodimlarining obro‘yini
oshirishga davlat tomonidan zarur mablag‘lar ajratilaveradi»,
degan edi. O‘tish davrida iqtisodiy jihatdan birmuncha qiyinchiliklar
sezilayotgan bir paytda ma’naviy hayotimizga davlat e’tiborining
ustuvor mavqe kasb etishi insoniy g‘amxo‘rlikning yorqin ko‘rinishidir.
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
169
Tarixiy tafakkur va tarix falsafasi
ma’rifatli jamiyat qurishning muhim
omili bo‘lib xizmat qiladi. Zotan,
o‘tmishni anglash, uni to‘g‘ri tushunish
orqali kishilar ongi va ruhiyatida jiddiy o‘zgarishlar yasashga,
shu orqali hayotni, turmush tarzini, oxir-oqibatda esa jamiyatni
ma’naviy isloh qilishga erishiladi. Buni nimalarda ko‘rish mumkin?
Birinchidan, tarixni anglash orqali hayotni anglash, insonning
insonligini anglash qobiliyati shakllanadi.
Ikkinchidan, tarixiy tafakkur va tarix falsafasi orqali bugungi
hayot mazmuni chuqurroq tushuniladi va istiqbolni ko‘rish falsafasi
dunyoga keladi. Bu har bir insonning o‘ziga xos tafakkur tarzini
shakllantirish orqali shaxs sifatidagi fenomenini vujudga keltirishga,
fe’l-atvorining shakllanishiga xizmat qiladi.
Uchinchidan, tarixni o‘rganish orqali mustamlakachilik ta’sirida
va kommunistik zo‘ravonlik mafkurasi natijasida o‘zligini yo‘qotgan,
o‘z qadr-u qimmatini butkul unutgan fuqaroni uyg‘onishga,
o‘zligini anglashga, o‘z haq-huquqini himoya qila oladigan barkamol
shaxs sifatida shakllanishga da’vat etadi.
To‘rtinchidan, ajdodlari buyuk bo‘lgan, jahon sivilizatsiyasi va
insoniyat taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shgan madaniyatga daxldor
fuqaro qalbida o‘tmishini o‘rganish orqali milliy g‘ururining
uyg‘onishi mamlakat mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlagan bir paytda
katta ijtimoiy-ma’naviy qudrat va ulkan siyosiy iroda kuchi bo‘lib
xizmat qiladi. Ana shu anglash jarayoni insonning o‘zini-o‘zi
yangilashiga, o‘zini-o‘zi ma’naviy tozalashiga, o‘zini-o‘zi isloh
qilishiga olib keladi.
Beshinchidan, har bir fuqaroni ma’naviy-ruhiy va axloqiy
jihatdan yangilash orqali jamiyatni yangilash, turmush tarzini
yangilash kabi g‘oyatda chuqur, keng miqyosli islohot amalga
oshiriladi. Bu bugungi islohotlar davrida qilinayotgan ko‘p qirrali
o‘zgartishlarning asosiy omili sifatida qadriyatga aylanadi.
O‘zlikni anglash, eng avvalo, o‘tmishni o‘rganishdan, tarixni
bilishga ehtiyoj sezishdan boshlanadi. Darhaqiqat, o‘zini anglayotgan,
o‘zini tushunayotgan har bir odam qanday oilada dunyoga
kelgani, o‘z ajdodlari kimlar bo‘lgani, ota-bobolari nimalar bilan
shug‘ullanishgani va qanday umr kechirishganini bilib olishga intiladi.
Ularning fazilatlari va meroslari bilan faxrlanib yashaydi.
O‘z nasl-u nasabini bilish, kelib chiqishini o‘rganish kishining
hayotda omonatligini va ayni chog‘da tasodifiy emasligini tushunishga
imkon beradi. Shu bilan birga atrof-muhit, uni o‘rab turgan olam
xususida o‘ylashga undaydi.
Tarixiy
tafakkurga tayanish
IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich
170
Darhaqiqat, olamni tadqiq etish tafakkurimizni boyitishning,
dunyoqarashimizni kengaytirishning muhim yo‘llaridan biridir.
Olamni anglash hissi insonning o‘zligini anglashga, o‘zligini
tushunishga, olam va odam haqida o‘ylashga doimiy tarzda da’vat
etib turadi. U jami insonlarga xos bo‘lgan idrok va irodani
uyg‘otadigan mo‘jizaviy kuch hamdir. Biz olamni qanchalik keng
va chuqur anglasak, inson va insoniyat olamini shunchalik ko‘proq
tushunishga, mohiyatini anglashga, inson va hayot, insoniyat va
mavjudod o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganishga, xullaski,
insoniyat tarixi bilan qiziqishga harakat qilamiz.
Aslini olganda tarix faqat o‘tmish haqidagi ma’lumotlar yoki
tushunchalarni ifodalash bilan cheklanmaydi. Uning buyuk qudrati,
tarbiyaviy kuchi, murabbiylik mohiyati o‘tmishni o‘rganish, tadqiq
etish orqali bugunni baholash, bugunni anglash, bugungi odamlarni
tushunish va ularni yo‘lga solish borasidagi fikrlarni, g‘oyalarni
o‘zida mujassam etganida namoyon bo‘ladi. Prezident I.Karimov
tarixga ana shu nuqtayi nazardan qaraydi va uning barcha
imkoniyatlarini inson ma’naviyatiga to‘la safarbar etish zarurligini
asoslab beradi. Yuqoridagi xulosalar va mushohadalarni hisobga
olib, tarixshunoslikni Yurtboshimiz tom ma’nodagi insonshunoslik
sifatida talqin etib, uni komil inson shaxsini tarkib toptirish ishiga
yo‘naltiradi.
Gegel ta’biriga ko‘ra tarix davlatchilikdan boshlanadi. «Xalq
davlat qurilishisiz hech qanday tarixga ega emas» — deydi alloma.
Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda, milliy davlatchilik tariximizning
qariyb uch mingyilligini nishonlash arafasida turgan
xalqimiz o‘z taqdirini butun insoniyat taqdiri, kishilik tarixi taqdiri
bilan bog‘liq holda ko‘radi. Ayni ana shu taqdirdoshlik, ayni ana
shu insoniyat tarixining ibtidosi bilan bog‘liqlik bugun butunlay
yangi jamiyat qurayotgan xalqimiz qiyofasini ko‘rsatmoqda. O‘zining
qadimiy milliy davlatchilik an’analari bilan jahon davlatchiligi
ilg‘or tajribalarini uyg‘unlashtirib, sintezlashtirgan holda «o‘zbek
modeli»ni dunyoga taqdim etmoqda.
O‘zbek xalqi tarixi, uning kechmishi bevosita tarix falsafasi va
tarixiy tafakkur orqali bugun odamlarni uyg‘otmoqda, ular
diqqatini o‘ziga tortmoqda. Zamondoshlarimiz ongi, qalbi orqali
butun o‘tmish o‘z yutuqlari va nuqsonlari bilan yaxlit holda
jonlanmoqda. Shu asosda xalqimizning ma’naviy qudratiga, ruhiy
tayanchiga aylanmoqda, olis istiqbolni belgilashda o‘ta muhim omil
sifatida xizmat qilmoqda.
Masalaning yana ham muhimroq tomoni shundaki, inson
tafakkuri va ongini yangilash jarayoniga davlatning o‘zi homiylik
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
171
qilmoqda. Unga sharoit yaratib bermoqda. Istiqlol davrida inson,
nihoyat, tarixga ma’naviyat mezoni, milliy uyg‘onish omili sifatida
qaramoqda.
Jamiyatni bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tkazish, mavjud
turmush tarzini sindirib tashlab, butunlay yangicha sharoitni vujudga
keltirish eng avvalo ong va tafakkur bilan bog‘liqligini alohida
uqtirar ekan, Prezident I.A.Karimov «Jamiyat taraqqiyotining
asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch —
ma’rifatdir» degan edi. Ana shu konsepsiya I.A.Karimov siyosatining
va bosh islohotchilik vazifasini bajarayotgan davlatimiz strategiyasining
asosini belgilaydi.
Taraqqiyot mantig‘i, sivilizatsiya ehtiyojlari shunday. Biz
o‘tmishda yashamasligimiz, uni takrorlamasligimiz, aksincha, uni
o‘rganishimiz, tadqiq etishimiz va aniq xulosalarga kelib yashashimiz
kerak. Ayni ana shu xulosalar asosida istiqbolimizni belgilashimiz,
o‘zimizni ham, jamiyatni ham ma’naviy jihatdan kamolotga
yetkazishimiz darkor. Biz o‘tmishni tiklash, tarix haqiqatini o‘z
o‘rniga qo‘yish orqali tafakkurimizni boyitamiz, tushunchalarimizni
kengaytiramiz, hayot falsafasi orqali islohotlar falsafasini, islohotlar
mohiyatini chuqurroq anglay boshlaymiz. Natijada o‘z-o‘zimizni
isloh qilamiz, o‘z-o‘zimizni yangilaymiz, hayotni yangilaymiz. Uning
mazmunini boyitamiz. Zotan, milliy istiqlol mafkurasining,
davlatimiz olib borayotgan keng miqyosli islohotlarning ilmiynazariy,
siyosiy va amaliy ahamiyati ana shundadir.
Asosiy tushunchalar
oe Sharqona ma’naviyat — an’anaviy jamiyatlarda axloq-odob,
urf-odatlar, diniy qadriyatlar va hokazolarning alohida o‘rin
tutishini ifodalaydigan tushuncha.
oe Milliy o‘zlikni anglash — millat tomonidan o‘zining o‘tmishini,
hozirgi holatini, umuman, hayotning barcha jihatlarini
bilib olishi.
Takrorlash uchun savollar
1. Jamiyatni harakatga keltiruvchi kuch Yevropa allomalari
ta’limotida qanday shaklda namoyon bo‘ladi?
2. I.Karimov ta’limotida ijtimoiy taraqqiyotni belgilovchi omil
sifatida nima asosiy o‘rin tutadi?
3. Jamiyatni yangilashda qadriyatlarning o‘rni haqida gapiring.
4. I.Karimovning «Ma’naviy sog‘lom, kuchli jamiyatgina
islohotlarga tayyor bo‘ladi» degan g‘oyasini izohlang.
IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich
172
5. Tarixiy anglashning ahamiyati nimada?
6. Ma’rifat faqat jaholatga qarshi qaratilganmi?
36-§. Milliy xavfsizlik va mudofaa
Istiqlol yillarida mamlakatda davlat
mustaqilligini mustahkamlash,
Vatanimizning hududiy yaxlitligi,
daxlsizligi va osoyishtaligini ta’minlash
asosiy vazifa sifatida hamisha davlatning diqqat-e’tiborida bo‘ldi.
Shu davr mobaynida O‘zbekistonda milliy xavfsizlikning keng
qamrovli konsepsiyasi ishlab chiqildi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligining tarixan juda qisqa davrida jahon
siyosatining uzviy bo‘g‘ini sifatida jarayonlar oqimiga sezilarli ta’sir
o‘tkaza boshladi. Jahon siyosati yo‘nalishlarida uning o‘ziga xos
tamoyillari, yondashish usuli, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borishini
yo‘naltirib turishdagi uslubiga e’tibor kuchaydi.
1990-yillarning birinchi yarmida bir qator mustaqil davlatlarda
demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish asnosida voqealar rivojini
yo‘naltirishning uddasidan chiqa olmaslik holatlari ko‘zga tashlanib
keldi. Natijada mustaqillikni mustahkamlash, umumxalq va
umumdavlat manfaatlari yo‘lida birlashib kurashish o‘rniga
hokimiyatda shaxsiy ta’sirni kuchaytirish, guruhbozlikka yo‘l ochib
berildi. Bir qator mamlakatlarda esa hatto ichki etnik va konfessional
ziddiyatlar kuchayib ketdi. Turli guruhlarning manfaatparastligi va
jaholati mamlakat manfaatlaridan g‘olib keldi. Natijada fuqarolar
urushlari kelib chiqdi.
O‘zbekistonda esa bosiq mulohazakorlik, vazminlik, aql-idrok
asosida ish tutilib, siyosiy, iqtisodiy qiyinchiliklarni sabot, matonat
bilan yengib o‘tishga kirishildi. Xalq va mamlakat manfaatiga zid
bo‘lgan har qanday siyosiy «o‘yin»larga, tadbirbozlik va ortiqcha
shov-shuvlarga chek qo‘yildi.
Mustaqillikni qo‘lga kiritgan bir qator mamlakatlarda iqtisodiy
tanglikdan va siyosiy siquvlardan talvasaga tushish hollari yuz
berdi. Natijada ular joriy masalalar, kundalik yumushlarni bajarish
girdobidan chiqa olishmadi. Uzoqni ko‘zlovchi istiqbol rejalari
tuzilmadi. O‘zbekistonda esa istiqbol rejalaridan og‘ishmaslik va aholi
umumiy ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy ehtiyojlarini tezkorlik
bilan hal etib borish negizlarida islohotlarga keng yo‘l ochib berildi.
Uzoqni ko‘zlagan, hayot haqiqati mantiqlariga hamda xalqaro
islohotlar tajribalariga tayangan dasturlar asosida ish olib borildi.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston hukumati
nomidan turli mustaqil davlatlarning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy
Davlat mustaqilligini
mustahkamlash sharti
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
173
jihatdan manfaatdorligini nazarda tutib, yangicha sharoitlarda,
yangicha shakl va mazmundagi davlatlararo ijtimoiy hamkorlikni
vujudga keltirish tashabbusi bilan chiqdi. Bu Mustaqil Davlatlar
Hamdo‘stligi, Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligi singari
ko‘p tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlar asosida qurilgan
tashkilotlar shaklida vujudga keldi.
O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga
o‘ziga xos va o‘ziga mos munosabatlar
bilan kirib bordi. Dunyo taqdiri va
insoniyat taraqqiyotini belgilaydigan
xavfsizlikni ta’minlashning o‘zbekona shakli, «o‘zbek modeli»
vujudga keldi. «O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi
tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari ushbu sof insonparvar
g‘oyalarning huquqiy asosi sifatida dunyoga keldi.
Prezident I.A.Karimov tomonidan nazariy asoslab berilgan
milliy xavfsizlik konsepsiyasining ikki muhim jihatiga alohida
to‘xtalamiz.
Birinchisi — tashqi xavf:
— mamlakatimizga tahdid solayotgan tashqi xavf manbalarini
bartaraf etishning donishmandona yechimlari tavsiya etildi va
amaliyotda sinovdan o‘tkazildi. Ular quyidagicha tasnif etiladi:
— nizolarni bartaraf qilishning bosqichma-bosqichligi;
— barcha manfaatdor tomonlarning muzokara jarayonida ishtirok
etishi;
— tomonlarning bir-biriga yon berish va murosa yo‘li bilan birbiri
tomon yaqinlashuvi;
— terrorizm, narkobiznes va ekstremizga qarshi xalqaro tashkilotlar
tuzish zaruratini asoslash va bu borada amaliy sa’y-harakatlarni
faollashtirish;
— bu jarayonda BMT, YXHT, IHT va boshqa xalqaro
tashkilotlarning faol ishtirok etishi va homiylik qilishi;
— har bir mamlakat hududiy yaxlitligining saqlanishi;
— qay shaklda bo‘lmasin, tashqaridan ta’sir o‘tkazish va
aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik;
— mahalliy mojarolar zonalariga qurol yetkazib berishni qat’iyan
taqiqlab qo‘yish.
Ayni paytda I.A.Karimov g‘oyalari nafaqat mustaqillik, balki
yangi davrning tub mohiyati, mantiqiy tafakkur tarzining mahsuli
sifatida ham vujudga keldi. Jumladan, buni terrorizm va
islom, islomning siyosiylashuvi, islom niqobidagi nayranglar
xususidagi xulosalarida yaqqol ko‘ramiz: «So‘nggi yillarda voqelar
Milliy xavfsizlik
konsepsiyasi
IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich
174
fojiali tus olganligining yana bir sababi shundaki, afg‘on
mojarolariga ma’lum etnik nizolardan tashqari yana diniy tus
ham berildi. Islomning keskin siyosiylashuv jarayoni sodir
bo‘lmoqda. U o‘ta radikal tus oldi — hokimiyat tepasiga
chiqishga da’vogarlik qilish va barcha dindoshlarni madadga
chaqirgan holda bunga qurolli yo‘l bilan erishishga ochiqdan
ochiq urinish yuz bermoqda. Dinimizning insonparvarlik g‘oyalari
va asoslariga hech bir aloqasi bo‘lmagan ana shu jarayon tog‘li
Badaxshondan tortib to Kaspiygacha bo‘lgan juda katta hududdagi
ijtimoiy-siyosiy vaziyatga bevosita yoki bilvosita salbiy ta’sir
ko‘rsatdi. Mintaqadagi davlatlarda afg‘on ssenariysini o‘z xalqlariga
zo‘rlab qabul qildirishga tayyor turgan ekstremistik kayfiyatdagi
unsurlar topilib qoldi. Afg‘oniston voqealari esa fojiali
oqibatlarga olib kelganligiga hali biz ham baho beramiz, kelgusi
avlodlarimiz ham baho beradi».
Prezident I.A.Karimov mintaqaviy mojarolar xususida va
terrorizmning rivojlanishiga imkon beradigan omillar haqida
gapirar ekan, yana bir muhim holatga alohida to‘xtaladi va uni
e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan nihoyatda katta potensial xavfxatar,
deb ataydi. Mojarolar, kelishmovchiliklar va ziddiyatlarning
kelib chiqish omili sifatida chegaralar orqali bo‘lib yuborilgan
xalqlar taqdiriga tahdid solish, ularning o‘zaro munosabatlariga
putur yetkazish, azaldan qondosh-jondosh, bir millat vakili
bo‘lib kelgan, qarindosh-urug‘ bo‘lib ketgan aholini chegaralar
tufayli bir-biriga qarshi qo‘yish hollari ham mavjudligini uqtirib
o‘tadi.
Ikkinchisi — ichki xavf:
Bu bevosita olomonchilik kayfiyati, ichki birdamlikning yo‘qligi,
parokandalik va o‘zaro nizolarning avj olishi mumkinligidan iborat
ijtimoiy-siyosiy xavfli jarayonlardir. Prezident I.A.Karimovning
istiqlol yo‘lining dastlabki yillaridagi soxta demokratlarning ehtirosli
chiqishlariga bergan javoblari, Toshkentda talabalar shaharchasidagi
voqealarga o‘z vaqtida baho berganligi, millatlararo nizolarning
oldini olish misollari uning ichki xavflarning oldini olish borasida
nechog‘li hushyorligi, siyosiy tiyrakligi, oqil yo‘lboshchiligidan
yaqqol dalolat beradi.
Qarindosh-urug‘chilik kayfiyati beqarorlikni
keltirib chiqaradigan omillardan
biri. Shuning uchun ham
Prezident I.A.Karimov qarindoshurug‘
chilik va mahalliychilik hodisasiga
alohida e’tibor bilan qaraydi. Buni u quyidagi ikki muhim jihatning
xususiyatlaridan kelib chiqib izohlaydi.
Mahalliychilik va urug‘-
aymoqchilikning millat va
jamiyat rivojiga xavfi
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
175
Birinchidan, urug‘-aymoqchilikning xudbinlik, shaxsiy manfaat,
alohida guruhlarning mol-dunyoga ruju qo‘yishi bilan bog‘liq
bo‘lgan jihatlaridir. Urug‘-aymoqchilik mamlakat taraqqiyotiga,
milliy tiklanish va yuksalish jarayonlariga tahdid soladigan kuchli
ijtimoiy xavfdir.
Ikkinchidan, qarindoshchilik, urug‘-aymoqchilik manfaatlari
doirasi kengaygan sari u endi bir sulola doirasidan chiqib,
korporativ mohiyat kasb eta boradi. Qarindosh-urug‘chilik asosidagi
korporativ birlashuvlar jamiyatning ichki birligini tanazzulga olib
keladi. Bunday separatizm ijtimoiy xavfliligi jihatidan mahalliychilik
illati bilan hamohangdir.
I.A.Karimov mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik xususida fikr
yuritar ekan, «qarindosh-urug‘chilik, hududiy yoki etnik prinsiplar
asosida davlat tuzilmalarida yoki boshqa tuzilmalarda tor
guruhchilik manfaatlari bilan ish ko‘radigan, aynan shu manfaatlarni
birinchi o‘ringa qo‘yadigan uyushmalar (ko‘pincha norasmiy
uyushmalar) umumiy ishga, umumdavlat, umumxalq manfaatlariga
zarar keltirgan holda shakllanib, o‘z maqsadlariga erishish uchun
a’zolarini mavjud davlat, hokimiyat va boshqa pog‘onalarda yuqori
ko‘tarishga harakat qilar ekan, bu hol xavfli bo‘lib qoladi. Ana
shunda jamiyatning barqarorligi va xavfsizligiga real tahdid soluvchi
mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik haqida gapirishga to‘g‘ri
keladi», deydi.
Mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik insoniyat tarixida mash’um
illat sifatida alohida o‘rin tutadi. U turli mintaqalarda turli xalqlar
hayotini bir-biriga o‘xshamagan, ammo mazmunan bir xil bo‘lgan
fojialarga olib kelgan. Urug‘-aymoqchilik rivojlangan mamlakatlarda
ham, endigina taraqqiyot yo‘liga chiqib olgan davlatlarda ham
o‘zining tahdid va tahlikasi bilan alohida mavqega ega bo‘lgan.
Darhaqiqat, urug‘-aymoqchilik milliy ravnaq dushmani sifatida
hamisha taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lgan.
Prezident I.A.Karimov mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik
illatlarini milliy ravnaqqa tahdid soluvchi xavfli ijtimoiy-axloqiy
omil ekanligi va uning davlat hamda ijtimoiy boshqaruv tizimlarini
muvozanatdan chiqarish xavfi xususida alohida to‘xtaladi.
Yurtboshimiz bu illatning millatni ich-ichidan kemiradigan, zil
ketkazadigan va asta-sekinlik bilan butun mamlakatni ham, xalqni
ham xonavayron qiladigan hodisa ekanligini nazariy asoslab, chuqur
mantiq kuchi bilan sug‘orilgan umumlashmalarni jamoatchilik
e’tiboriga qo‘ydi.
Dunyoda millatning o‘zini-o‘zi kemirishidan, o‘zini-o‘zi xonavayron
qilishidan ko‘ra og‘irroq tahdid yo‘q. Millatning o‘z-o‘zini
qurbon qilishi kabi fojiali tahlikaga hech narsa teng kelmaydi.
IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich
176
Buni bir qator mamlakatlar misolida, jumladan, Afg‘oniston,
ayrim Afrika mamlakatlari — Sudan, Somali, Zambiya, Zimbabve,
hamdo‘stlik mamlakatlaridan Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi
singari mamlakatlarda ayrim guruhlar manfaatlarining davlat
miqyosiga chiqib olganligi, umumiy mamlakat siyosiy va iqtisodiy
imkoniyatlarining bir guruh odamlar uchun qurbon qilinayotganligi
fikrimizning yorqin dalilidir.
O‘zbekistonda mudofaa va barqarorlik masalasi mustaqil davlat
hududiy yaxlitligini ta’minlash, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni
saqlash manfaatlari bilan uyg‘un holda olib borildi. «O‘zbekiston
Respublikasining harbiy doktrinasi to‘g‘risida»gi Oliy Majlis qarori,
O‘zbekiston Respublikasining «Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi,
«Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy
xizmat to‘g‘risida»gi qonunlari qabul qilindi. Bu hujjatlar
mamlakatda harbiy siyosatni, mudofaa va barqarorlik konsepsiyasini
amalga oshirishning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Ular
davlat tomonidan tashkil qilingan va ta’minlangan bo‘lib, urush
va boshqa harbiy mojarolarning oldini olish, O‘zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini,
aholining tinch hayot kechirishini va xavfsizligini ta’minlashga
qaratilgan.
Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash
sohasidagi yirik amaliy tadbirlardan
biri Davlatlararo Kengashning Birlashgan
Millatlar Tashkiloti rahnamoligida tinchlikni o‘rnatish
mashqlarida qatnashishga mo‘ljallangan Qozog‘iston, Qirg‘iziston
va O‘zbekiston Respublikalarining tinchlik o‘rnatuvchi bataloni
(Sentrazbat) tashkil etish, moddiy-texnik jihatdan ta’minlash va
uning faoliyatiga doir maxsus Nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi
qarori bo‘ldi.
Tinchlik o‘rnatuvchi batalonni (Sentrazbat) tashkiliy jihatdan
mustahkamlash maqsadida Davlatlararo Kengashning qaroriga ko‘ra
ushbu batalonni «Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik» dasturi doirasida
Amerika va Yevropa qit’alarida o‘tkaziladigan tinchlikni o‘rnatish
mashqlariga tayyorlash va ishtirok etish hamda BMT rahnamoligida
ko‘p millatli kuchlarni jalb etgan holda Markaziy Osiyoda mashqlar
o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganining dastlabki
kunlaridanoq Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar
bilan harbiy sohada hamkorlikka muhim ahamiyat bera boshladi.
«O‘zbekiston, deydi I.A.Karimov, — ayni shu sababli mintaqada
va sobiq Ittifoq hududida kollektiv xavfsizlik tizimini barpo etish
tashabbuskorlaridan biri bo‘ldi. MDH mamlakatlari o‘rtasida
Mintaqaviy xavfsizlik
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
177
tuzilgan kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomalarning dastlabkilaridan
biri 1992-yil may oyida aynan Toshkentda imzolangani
ham tasodif emas.
O‘zbekistonning mudofaa va barqarorlik konsepsiyasi mamlakatni,
mustaqillikni himoya qilish, davlatning hududiy yaxlitligini
ta’minlash singari tamoyillar bilan dunyoda tinchlikni saqlashda,
dunyo mojarolarini hal etishda o‘ziga xos yondashuvi borligini
ko‘rsatdi.
Asosiy tushunchalar
oe Tahdid — davlat mustaqilligiga bo‘lgan xavf-xatarni ifodalaydigan
tushuncha.
oe Milliy xavfsizlik — millatning hayotiy manfaatlariga, uning
davlatchiligi asoslariga bo‘lgan tahdidni hisobga olish.
Takrorlash uchun savollar
1. O‘zbekiston xavfsizligiga bo‘lgan tashqi tahdidlar nimalardan
iborat?
2. Ichki xavf nimalardan tashkil topadi?
3. Milliy xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar bilan
qilinadigan aloqalar qanday ahamiyatga ega?
4. O‘zbekiston mudofaa doktrinasi qanday tamoyillarga
asoslanadi?
5. I.Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari
» kitobidagi g‘oyalarni sharhlang.
6. Vatanparvarlik nima?
37-§. Milliy istiqlol g‘oyasi: murosa va tolerantlik
Kishilar aqlini tanibdiki, tobora
takomillashib, rivojlanib boradigan
muayyan e’tiqodlar majmuasi bilan
ish ko‘radi. Odatda bu e’tiqodlar
muayyan ijtimoiy ta’limotda ifodalanadi. O‘z navbatida bundan
ijtimoiy guruhlar, mavjud hukumat, ba’zan esa butun sotsium
manfaatdor bo‘lishi yoki aksincha bo‘lmasligi mumkin. Har holda
muayyan ijtimoiy ta’limotlar bilan ish ko‘rmaydigan biron-bir
kishilik jamiyati yo‘q. Shunga ko‘ra bunday ta’limotlar mag‘zini
ifodalovchi aniq fikrlarni, g‘oyalarni va ularning majmuasini mafkura
deb atash qabul qilingan.
Milliy mafkura
zaruriyati
IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich
178
Prezident I.Karimov «Tafakkur» jurnali Bosh muharriri savollariga
javob berib, bu xususda shunday deydi: «Mafkura har qanday
jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa, odam, jamiyat, davlat
o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar... Ikkinchidan, qayerdaki mafkuraviy
bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura hukmronlik
qilishi tayin. Buning isboti uchun xoh tarixdan, xoh zamonamizdan
ko‘plab misollar keltirish qiyin emas».
Mafkura haqida turli davrlarda turli fikrlar o‘rtaga tashlangan.
Uning safarbarlik, yo‘naltiruvchilik, da’vatkorlik jihatlari insoniyat
tarixida har xil shakllarda ko‘zga tashlanadi. Tarixda mafkurani
haddan tashqari va bir yoqlama bo‘rttirib yuborish, unga olomonlarcha,
ko‘r-ko‘rona ergashish kabi salbiy hodisalar mafkuraviy
aqidaparastlikka olib kelganligi ham sir emas.
Har qanday mafkuraning safarbarlik kuchi, ta’sirchanligi,
insonparvarligi va hayotiyligi mavjud voqelikni qay darajada o‘ziga
mujassam etganligi, asrlar mobaynida shakllangan turmush tarzi,
an’analar, urf-odatlar, aqidalar asosida dunyoga kelgan ma’naviyaxloqiy
mezon va ruhiy kechinmalar inobatga olinganligi bilan
bog‘liq.
Mafkura har doim o‘zining sohibiga ega. Hech kimniki
bo‘lmagan hech qanday mafkura yo‘q. Ravshanki, gap bu yerda
mafkuraning dastavval milliyligi to‘g‘risidadir. Milliy mafkuraning
o‘zagini milliy g‘oya tashkil etadi. Unda millatni uyg‘otuvchi kuch
yashiringan bo‘ladi. Vatanparvarlik o‘zlikni anglab yetish va bunda
tarixiy xotiraga tayanish milliy g‘oyaning muhim sifat ko‘rinishlaridandir.
Demak, milliy g‘oyada dunyoqarash muammolari o‘z
aksini topadi. Modomiki, dunyoqarash insonning tevarak-atrofga
munosabatidan boshqa narsa emas ekan, unda dastavval o‘zining
makoni diqqat markazida turadi. Binobarin, o‘zbek dunyoqarashi
markazida O‘zbekiston turadi.
Davlat mustaqilligi sharoitida milliy uyg‘onish jarayoni yuz
berayotgan, o‘zbek millati o‘zligini anglay boshlagan bir davrda
mafkura quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
— insonning hayotda tutgan o‘rni va rolini belgilashi;
— asrlar mobaynida shakllangan dunyoqarashlar, milliy
an’analar asosida ulug‘ ajdodlarimizning buyuk merosi, g‘oyalari
asosida yangi, zamonaviy, ilg‘or g‘oyani vujudga keltirishi;
— inson faoliyati va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni
chuqurlashtirishi;
— jamiyat hayotini tashkil etishga, aholiga ta’sir o‘tkazishga va
uni safarbarlikka da’vat etishi;
— insoniyat taraqqiyoti tarixiy tajribalari bilan milliy uyg‘onish
manfaatlarini uyg‘unlashtiradigan omilga aylanmog‘i kerak.
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
179
Mafkura hech qachon tarqoq va uzuq-yuluq bo‘lmay, jamiyat
taraqqiyotini to‘laligicha qamrab olgan uzluksiz, tadrijiy, o‘zinio‘
zi to‘ldirib boradigan, doimiy harakatdagi tizimga aylanishi darkor.
Jamiyat yangilanayotgan, kishilar o‘zgarayotgan bir paytda milliy
taraqqiyot omili bo‘lib xizmat qilish uchun eski mafkuraviy
andozalardan voz kechish, yangi ijtimoiy jarayonlarning butun
mohiyatini ifodalab beradigan yangi mafkurani vujudga keltirish kerak.
Albatta, mustaqillikning o‘tgan davri bugun ongimiz va tafakkurimizni
ancha-muncha yangiladi. Jumladan, hayotga munosabatlarimiz
o‘zgardi, kelajakka ishonchimiz oshdi va mamlakatimizning
kelajagi buyuk bo‘lishiga qat’iy imon keltiryapmiz.
Mustaqil taraqqiyot jahon hamjamiyatida munosib o‘ringa ega
bo‘lish, o‘z so‘zi, o‘z nuqtayi nazari, o‘z ne’matlari bilan tenglarning
tengi sifatida muloqotlarga kirishish mas’uliyatini ham xalqimiz
gardaniga qo‘ydi. Vatan o‘z gardaniga dadil olgan bu og‘ir yuk —
o‘z xalqi taqdiri va uning istiqbolini belgilashdek katta mas’uliyatni
ham sharaf bilan uddalamoqda. Erkin va ozod bo‘lgach, o‘zligimizni
anglash zarurati, o‘z qadr-u qimmatimiz, insonlik mohiyati xususida
ham, oliy maqomlari haqida ham o‘ylay boshladik.
Inson ruh va tafakkur egasi bo‘lgan mavjudod sifatida o‘zining
tengsiz qobiliyatini, cheksiz imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish
uchun sharoit yaratildi. Endi har bir fuqaro o‘zini ozod his etish,
erkin faoliyat ko‘rsatish orqali yaratuvchilik qobiliyatini shakllantirishga,
tom ma’noda o‘zining taqdirini o‘zi belgilash orqali
jamiyat taqdirini belgilashga daxldor ekanligini anglay boshladi.
Har bir kishida jamiyat hayotiga daxldorlik, millat va mamlakat
taqdiriga befarq bo‘lmaslik hissi shakllana boshladi.
Prezident I.A.Karimov istiqlol yo‘lining pirovard maqsadi
ma’rifatli jamiyat qurishdir, — degan edi. Ma’rifatli xalq o‘z
hayotini aql-idrok bilan quradi, o‘z hayot yo‘lini aql bilan tanlaydi.
Xalqni katta aql, katta tafakkur orqali tanlagan yo‘lidan ozdirish
uchun unga teng keladigan va hatto, undan ham kuchliroq bo‘lgan
aql-idrok kerak bo‘ladi. Shuning uchun ma’rifatli jamiyat, ma’rifatli
xalq hamisha o‘z ahdiga sodiqlik, tanlagan yo‘liga sobitlik,
istiqboliga esa katta ishonch bilan yashaydi.
Milliy g‘oya, milliy ong milliy an’-
analar, urf-odatlar va turmush tarzi
asosida shakllanadi. Odamlar umuminsoniy
qadriyat darajasiga ko‘tarilgan milliy manfaat atrofida
ongli ravishda, aql-idrok yo‘rig‘i bilan jipslashadilar. Natijada
ushbu intilishlar majmuyi milliy istiqlol g‘oyasi orqali millionmillion
kishilarni o‘z ortidan ergashtiradi.
Milliy g‘oya
IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich
180
Davrlar o‘taveradi, zamonlar o‘zgaraveradi. Biroq xalq dunyoqarashi,
millatning ma’naviy-ruhiy qiyofasi, mohiyat va mazmuni
avloddan avlodga ko‘chib, yangi bo‘yoqlar, yangi mo‘ljallar kasb
etgan holda davom etaveradi. Prezident I.A.Karimov milliy istiqlol
g‘oyasi xalq ma’naviyatini millat madaniy rivojidagi shu
davomiylik, vorisiylik va uzviylikni inobatga olsagina, unga
tayansagina, milliy ruhiyat va milliy kayfiyatni o‘zida mujassam
etsagina yashovchan va ta’sirchan bo‘lishini alohida uqtiradi. Milliy
davlat masalalari jamiyat maqsadlariga, jamiyat belgilagan
mo‘ljallar oddiy insonlar orzu-o‘ylariga aylangan holdagina ijtimoiysiyosiy
jarayonlar ortga qaytmas xususiyat kasb etadi.
Shu boisdan ham mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov milliy
ong, milliy o‘ziga xoslik millatga mansublikni yuqori darajada
anglashdan kelib chiqishi masalasiga alohida urg‘u beradi. Zero,
qachonki, xalq o‘z tarixiy taraqqiyoti davrida millat bo‘lib
shakllanib, unga mansublikni oriyat, qadr-qimmat va qadriyat
darajasida anglasa, uni himoya qilishga, asrab-avaylashga intiladi.
Natijada har bir fuqaroning umumiy maqsadlar va manfaatlar
yo‘lida birlashib yashashiga, birlashib kurashishiga imkon yaratiladi.
Ana shunda boshqa har qanday begona g‘oyalar yo‘li to‘siladi.
Odamlar soxta jaholat va g‘animlik yoyuvchi mafkuraviy tazyiqlar
va turli johiliy da’vatlarga ishonmay qo‘yadilar.
Turli g‘oyaviy xurujlar avj olayotgan va bizning eng muqaddas
g‘oyalarimizga va maqsadlarimizga
tahdid solayotgan bir paytda fojialar
sodir bo‘lmasidan ilgariroq uning
oldini olishning eng to‘g‘ri va yagona yo‘li ham begona va soxta
g‘oyalarga qarshi keng ijtimoiy makonda g‘oyaviy immunitetni
kuchaytirishdir.
Prezident I.A.Karimov «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga
javoblarida xuddi ana shu masalani dolzarb qilib ko‘taradi va begona
g‘oyalar o‘z ta’sirini o‘tkazolmaydigan, unga qarshi kurasha oladigan
immunitet zarurligi g‘oyasini O‘zbekiston geosiyosiy makoniga
muvofiqlashtirgan holda asoslab beradi. Jumladan, u «Har qanday
kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga
qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida
ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga
sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning
mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur», — deydi.
Ayni mafkuraviy immunitet jamiyat hayotining eng nozik
jihatlaridan, fuqarolarning his-tuyg‘ularidan, maqsad va intilishlaridan,
ma’naviy-ma’rifiy va ruhiy-axloqiy darajasidan kelib chiqadi.
Agar milliy istiqlol g‘oyasi insonlik sha’ni bilan bog‘liq bo‘lgan
Mafkuraviy immunitet
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
181
hissiyotdan, ma’naviy intellektual salohiyatlardan kelib chiqsagina
insonni boshqaradi, yo‘lga soladi.
XX asr sivilizatsiyasi dunyoni aql-idrok bilan zabt etish
tamoyilini hozirgi zamon taraqqiyotining o‘ziga xos tendensiyasiga,
geopolitik mavqelarga ega bo‘lishning ustivor xususiyatiga aylantirdi.
Shuning uchun ham bugun davlatlar qudrati, mamlakatlar
salohiyati yadroviy poligonlar bilan emas, g‘oyaviy, mafkuraviy
poligonlardagi salohiyat bilan o‘lchanadi.
O‘tish davrida ko‘p millatli mamlakatda
millatlararo murosa muhitini
yaratish katta ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga
ega. Ayniqsa O‘zbekistonday 130 dan ortiq millat va elatga
mansub turli dunyoqarash va turmush tarziga ega bo‘lgan aholi
yashaydigan, 10 dan ortiq diniy konfessiyalar faoliyat ko‘rsatayotgan
mamlakatda ijtimoiy murosa muhitini yaratish favqulodda
muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur muammo mustaqillikning
dastlabki kunlaridanoq hal etilishi dolzarb masala sifatida davlat
siyosati darajasiga ko‘tarildi. Prezident I.A.Karimov mamlakatda
yurt tinchligini ta’minlash va barqaror muhitni yaratish, millatlararo
munosabatlarni muvofiqlashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqib uning
nazariy asoslarini ishlab chiqdi va amaliyotda faollik bilan joriy eta
boshladi. Natijada mamlakatimizda ijtimoiy murosa — muvozanat
konsepsiyasi dunyoga keldi.
Jamiyatda muayyan ijtimoiy me’yorlarga ega bo‘lish, turli diniy va
g‘oyaviy qarashdagi aholi tabaqalari
intilishlarini uyg‘unlashtirish, ularni
mamlakat taraqqiyotini belgilaydigan
g‘oya atrofida birlashtirib yo‘naltirish
favqulodda katta salohiyat taqozo
etishi ravshan. Ayni chog‘da umumiy fikrlarga kelish har bir inson
erkinligi, shaxsiy talablari va rag‘batini bo‘g‘ish hisobidan
bo‘lmasligi ham zarur. Zero, inson ilohiy va tabiiy qismatiga
ko‘ra mutlaq betakror hodisadir. Abu Mansur al-Moturidiy mazkur
masalaga alohida urg‘u berib insonga berilgan muqaddas huquqlardan
biri ixtiyoriy tanlov, me’yoriy muvozanatga intilish va haqni o‘z
rag‘batiga ko‘ra topa bilish salohiyati ekanligini ta’kidlaydi va
«...barcha amallarni, xususan, me’yorlar, e’tiqodlar, qoidalar,
faoliyatlarni Alloh yaratadi, ammo ularning barchasini inson
tanlaydi va o‘z ixtiyori bilan amalga oshiradi. Tanlash va ixtiyor
qilish jarayonlarida insonning mas’uliyati, e’tiqodiy javobgarligi
namoyon bo‘ladi»,— deydi.
Inson manfaatlarini himoya qilishni umumjahon me’yorlariga
tenglashtirish, uning huquqlarini standartlashtirish va dunyoning
Inson manfaatlarini
umumjahon me’yorlariga
yetkazish yo‘li
IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich
Millatlararo murosa
182
eng ilg‘or o‘lchamlari bilan muvofiqlashtirish O‘zbekistonda davlat
islohotchilik siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biriga aylantirildi.
Jumladan, O‘zbekiston «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi
», «Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya», «Xotin-qizlarga
nisbatan kamsitishlarning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi
konvensiya», «Xalqlarning tinchlikka doir huquqlari to‘g‘risidagi
konvensiya», «Din va e’tiqod asosidagi murosasizlik va kamsitishlarning
barcha shakllarini tugatish to‘g‘risida deklaratsiya», «Irqiy
kamsitishlarning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi xalqaro
konvensiya» va boshqa xalqaro hujjatlarga qo‘shildi. Bu O‘zbekistonda
jamiyatni barqarorlashtirish va ijtimoiy murosa konsepsiyasini amalga
oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish o‘tish davri
uchun ustivor vazifa bo‘lib, etnik muammolarni hal etishda davlat
faqat adolatga tayansagina, uning siyosatida milliy, irqiy, diniy
mansubligidan qat’iy nazar yaxlit mamlakat fuqarosi taqdiri
qamrab olinsagina milliy totuvlik hodisasi umuminsoniy qadriyatga
aylanadi.
Millatlararo munosabatlar odamlarning turmush tarzi,
dunyoqarashi, ongi, fikrlash tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab
voqelikdir. O‘tish davrida ijtimoiy-siyosiy hodisalar mohiyatini
to‘g‘ri va teran anglash, undagi o‘zgarishlar jarayonini o‘z vaqtida
baholash, mantiqiy yondoshuvlarni amalga oshirib borish muhim
ahamiyatga ega. Agar jamiyat a’zolari umumiy maqsad yo‘lidagi
g‘oyalarni bevosita o‘z taqdiri bilan bog‘liq holda anglasalar, har
bir fuqaro o‘z taqdirini jamiyat taqdiri, o‘zi yashayotgan mamlakat
taqdiri bilan bog‘liq holda tushunsa, mamlakat aholisi o‘rtasida
yaxlit ijtimoiy birlik vujudga keladi. Ana shunday ma’naviy-ruhiy
yakdillik holati esa jamiyatda umumiy ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni
ta’minlashning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy qadriyatlar insonning inson sifatida o‘zini anglashi,
o‘z-o‘zini himoya qila olishi, erishgan zafar yo‘li va mag‘lubiyatlari,
sitamli damlarining yodnomalaridir.
Hozirgi zamon shaxsi jamiyat erishgan
ma’naviy mulk, boyliklar zaxiralaridan
nechog‘li samara bilan
foydalanishiga ko‘ra baholanadi. Shu boisdan ham mamlakat
fuqarosi o‘z ongli ehtiyojlari, intilishlari, xohish-istagiga qarab
jamiyatdan o‘zining ma’naviy mo‘ljallari doirasida manfaatlar
olishi tabiiy jarayondir. Bu jarayon quyidagi yo‘nalishlarda o‘z
ifodasini topadi:
Siyosiy sohada bu fuqarodan siyosiy faollik, o‘z xohishirodasini,
maqsad va intilishlarini umumjamiyat va umumxalq
Ma’naviy mo‘ljallar
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
183
manfaatlari bilan mushtarak holda hamda ana shu uyg‘unlik
mas’uliyatini chuqur anglagan tarzda siyosiy yo‘llar bilan amalga
oshirishni, yuksak siyosiy saviyani talab qiladi. Bu esa, o‘z
navbatida, yangilanishlar mohiyatini chuqur anglashni taqozo
etadi. Shaxsning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi hissasi jamiyat
hayotida faolligi bilan belgilanadi.
Axloqiy sohada bu fuqarolarning ma’naviy-axloqiy mezonlari,
xatti-harakatlari, hayotga munosabatlarida ko‘zga tashlanadi.
Fuqarolarning ma’naviy-axloqiy yetuklik darajasi millatlararo
munosabatlar orqali, turli millat vakillarining umumiy maqsad
yo‘lidagi birlashuvi bilan bog‘liqdir. Prezident I.A.Karimovning
«Vatan yagonadir, Vatan bittadir», «Shu aziz Vatan barchamizniki
», «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir», «Bizdan ozod va obod
Vatan qolsin», «Savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni
har kun qilish kerak» degan purhikmat da’vatlari ana shu maqsadni
ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Ushbu g‘oya zamirida millati va
elatidan qat’iy nazar umumiy xonadon — O‘zbekiston taqdiri
uchun javobgarlik tuyg‘usi har bir fuqaroning siyosiy mas’ullik va
ma’naviy daxldorlik hissi bilan bevosita bog‘liq.
Diniy sohada. Prezident I.A.Karimov «Alloh qalbimizda,
yuragimizda» deb turli diniy e’tiqodlar va maslaklardagi fuqarolarning
Alloh yagonaligi orqali Vatan yagonaligi, makon yagonaligi,
ilohiy va dunyoviy qarashlarning mushtarakligi xususidagi ilmiy
qarashni ilgari suradi. Zero, inson va ma’naviyat, odam va olam,
makon va zamon o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirish
zamirida butun jamiyatni barqarorlashtirish imkoniyatlari mujassamdir.
Hozirgi kunga kelib respublikamizda 1800 dan ortiq diniy
tashkilot mavjud. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi, Rus Pravoslav
cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo Yeparxiyasi, Yevangeliye, Xristian
Baptistlari cherkovlari Ittifoqi, Rim-katolik cherkovi, To‘liq Injil
xristianlar Markazi, O‘zbekiston Bibliya jamiyati shular jumlasidandir.
Mamlakatimizda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahririni hayotga tadbiq etilmoqda.
Estetik sohada bu madaniyatlar o‘rtasidagi munosabatlarni
o‘z ichiga oladi. Bugun mamlakatimizda milliy madaniyat jahon
madaniyati bilan uyg‘unlashib bormoqda.
Bu turli millat vakillari milliy an’analari, urf-odatlarining o‘zaro
ta’siri, ularning o‘zaro yaqinlashuvi natijasida ijtimoiy muvozanatni
barqarorlashtirish demakdir. Bugun mamlakatda faoliyat
ko‘rsatayotgan 80 dan ortiq milliy-madaniy markazlarning faoliyati
xuddi ana shu maqsadga yo‘naltirilgan.
IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich
184
O‘zbek xalqining bag‘rikengligi
millat mentalitetiga xos fazilatdir.
Xalqimizning hayotga katta ishtiyoq
bilan yondashuvi, tabiat va jamiyatga
xos barcha qadriyatlarga chuqur hurmat bilan munosabatda
bo‘lishi turli el va elatlar vakillari, maslagi va xarakteri,
g‘oyaviy qarashlari rang-barang bo‘lgan fuqarolar bilan muloqotlarga
kirisha olishi hamda bu munosabatlarni mustahkamlay
bilishi milliy fazilatga aylangan. Prezident I.A.Karimov tomonidan
nazariy asoslangan tolerantlik konsepsiyasi xalqimizning asl
tabiati, fe’l-atvori, milliy mentaliteti mohiyatidan kelib chiqadi.
Ko‘p mingyillik tajribamizdan ma’lumki, milliy tolerantlik,
xalqimizning metindek mustahkam sabr-bardoshi, bag‘rikengligi
og‘ir vaziyatlarni yengib chiqishda ayniqsa asqotib keldi. Shu boisdan
ham millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirishdagi eng qiyin
sharoitlarda ham umumiy xonadon — butun mamlakat taqdiri
har bir fuqaro taqdiri bilan bog‘liq holda tushunildi va masalaga
ana shu nuqtayi nazardan yondashildi.
Xalqimiz tolerantligi O‘zbekistonda milliy hamjihatlik ruhini
tarkib toptirdi. Turli millat vakillari O‘zbekistonni o‘z vatani deb
his eta boshlab, milliy madaniyati, san’ati, diniy munosabatlari va
e’tiqodini namoyish etishda keng imkoniyatlarga ega bo‘ldilar.
O‘zbekistonda ish yuritayotgan 80 dan ortiq milliy-madaniy
markazlar va ularning faoliyatlari ana shundan dalolat beradi.
Mamlakatimizda turli milliy madaniyatlarning rivojlanishi nafaqat
turli xalqlarni etnik o‘ziga xosligini saqlab, uni takomillashtirish
imkonini beradi, balki ularning vatan yagonaligi, jamiyatning
ichki bir butunligini qalbdan his etishlariga ma’naviy shartsharoitlar
barpo etadi.
Xalqaro ijtimoiy munosabatlar doiralarida tobora faolroq ishtirok
etayotgan O‘zbekiston davlatlararo ijtimoiy hamkorlik munosabatlarida
o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘ldan bormoqda.
Ijtimoiy hamkorlik jarayonlari nafaqat davlatlararo darajada,
balki mintaqalararo hamda jamoalararo ko‘lamlarda ham faol
amal qilib keladi. Hozirgi zamon ijtimoiy jarayonlari tahliliga
tizimiy yondoshsak, unda davlatlararo muloqotlardan ko‘ra
tashkilotlararo munosabatlar ko‘lamlari tarkibining izchil taraqqiy
etayotganligiga amin bo‘lamiz. Muayyan mamlakatlar hududlarida
ildiz otib, bugun yuksak sur’atlardagi rivojlanish bosqichiga o‘tgan
qator xalqaro tashkilotlar, yirik banklar, konsernlar, korporatsiyalar
o‘z iqtisodiy, moliyaviy hamda ma’naviy-intellektual
salohiyatlari darajalariga ko‘ra, ba’zi mamlakatlarning umumiy
Turmush tarzidagi
bag‘rikenglik
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
185
ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan ham bir necha barobar ustun
mavqelarga ega bo‘lib bormoqdalar. Hozirgi zamon jamiyati uchun
xos xususiyatlardan biri ham, ijtimoiy hamkorliklar negiziga
qurilgan yirik xalqaro tashkilotlar maqeyining ortib borishi,
davlatlar esa olib borilayotgan tashqi va ichki siyosatning,
nodavlat tashkilotlar, firmalar yuritayotgan faoliyat yo‘nalishlari
bilan muvofiqlashtirilib borishi tendensiyalaridan iboratdir. Shu
boisdan ham ijtimoiy hamkorlik hodisasi nafaqat muayyan
iqtisodiy-ijtimoiy aloqalar, muloqotlar manbayi, balki har
qanday ijtimoiy tizimlar, tuzilmalar yuzaga kelishining debochasi,
negizi hamdir.
Ijtimoiy hamkorlik jarayonlarining muayyan mamlakat doirasida
amal qilishiga:
a) davlat tuzilmalari;
b) siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari;
v) ommaviy axborot vositalari, radio, televideniye;
g) diniy oqimlar va ularning tashkilotlari;
d) huquq-tartibot idoralari, armiya;
e) norasmiy tashkilotlar;
j) kasaba uyushmalari va boshqalar faol ta’sir o‘tkazib keladi.
Hozirgi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, millatlararo munosabatlarning
evolyutsiyasi, tadrijiy rivojlanish bosqichlari O‘zbekistonda
yaxlit milliy-ma’naviy muhit shakllanayotganligidan, millati va
elatidan qat’iy nazar har bir fuqaro ana shu muhitdan manfaatdor
bo‘layotganidan dalolat bermoqda. Manfaatdorlik tuyg‘usi esa o‘zaro
hurmat, yuksak madaniyat, yetuklik va komillikka intilish orqali
mazmunan boyib bormoqda.
Asosiy tushunchalar
oe Mafkura (arabcha) — mavjud tuzumni himoya qiladigan
yoki unga qarshi kurashadigan kuchlar qarashlarining tartibga
solingan tarzi. Bu ma’noda mafkura turli-tuman ko‘rinishlarda
bo‘ladi.
oe Milliy g‘oya — millatning tub, asosiy maqsadini ifodalaydigan,
milliy mafkura markazini tashkil etib, unga yo‘nalish
beradigan ta’limot.
oe Tolerantlik (yunoncha) — demokratiya ko‘rsatkichlaridan
sanalib, turli dinlarga bo‘lgan munosabatlardagi bag‘rikenglik,
toqatli bo‘lish.
oe Ijtimoiy hamkorlik — turli maslak va maqsaddagi kuchlarning
hayotiy muhim masalalarda obyektiv, o‘zaro manfaatli aloqada
bo‘lishi.
IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich
186
Takrorlash uchun savollar
1. Milliy mafkuraning dolzarblik kasb etishi sabablari nimada?
2. Milliy g‘oyasiz milliy davlat barpo etish mumkinmi?
3. G‘oyaviy immunitet nima?
4. Ijtimoiy hamkorlik majburiyliksiz amalga oshishi mumkinmi?
5. Diniy bag‘rikenglik milliy mentalitet bilan bog‘liqmi?
6. Ijtimoiy hamkorlikka ta’sir etuvchi omillar haqida fikringiz?
Dostları ilə paylaş: |