Pedagogik kompetentlik o‘qituvchilik faoliyatini sifatli tashkil etilishini ta’minlovchi omil sifatida haraladi. Bugunda o‘qituvchining kompetentligi qaysi mezonlar bilan belgilanishin o‘rganish muxim bo‘lmoqda



Yüklə 30,98 Kb.
səhifə1/3
tarix07.10.2023
ölçüsü30,98 Kb.
#126268
  1   2   3
2. amaliy


2. Pedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish funksiyalari
Zamonaviy jamiyat ta’lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan, raqobatbardosh, tashabbuskor, ma’naviy va jismoniy soqlom shaxslarni tarbiyalab berish talabini qo‘ymoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida "yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy pedagogik kadrlar zaqirasini yaratish" vazifasi belgilandi. Kompetentli pedagog - u kim? Uning shakllanish jarayoni qanday kechadi kabi savollar tug’iladi. Shu nuqtai nazardan "kompetentlik" va "kompetensiya" tushunchalar mazmun mohiyatini aniqlashimiz muhimdir. Har qanday o‘qituvchi ham "kompetentlik" nimani anglatishini va u "kompetensiya"dan nimasi bilan farq qilishini bilavermaydi. "Kompetentlik" tushunchasi pedagogning ma’lumoti, ko‘nikmasi, qobiliyati va tajribasini o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, uning ma’lum bir ish turini bajarish qobiliyati hisoblanadi. Aslida, ikkala atama o‘xshashdir. Kompetensiya bilimlarning umumiyligi va ularning odamlarda mavjudligini anglatsa, kompetentlik - bu bilimlarni ish jarayonida ishlatish darajasini anglatadi.
Pedagogik kompetentlik o‘qituvchilik faoliyatini sifatli tashkil etilishini ta’minlovchi omil sifatida haraladi. Bugunda o‘qituvchining kompetentligi qaysi mezonlar bilan belgilanishin o‘rganish muxim bo‘lmoqda. Maqolada kompetensiya va kompetentlik tushunchalari, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar ko‘rsatib berilgan. Kasbiy pedagogik kompetensiyalarning turlari izoqlangan. Pedagogik kompetentlik shakllanish bosqichlari tavsiflab berilgan.
Kompetensiyalar ta’rifiga bir qancha yondashuvlar mavjud: - Amerikancha yondashuvda kompetensiyalar xodimlarning xulq-atvori namunasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Agar xodim zarur ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lsa, yaxshi natijalarni namoyish etadi. - Yevropacha yondashuvda kompetensiyalar ish vazifalari va kutilgan ish natijalarining tavsifi, ya’ni qabul qilingan standartlarga muvofiq harakat qilish qobiliyati sifatida ko‘riladi[3]. Vazirlar Maqkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son harori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’limning Davlat Ta’lim Standartida kompetensiya tushunchasiga mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati sifatida ta’riflangan. Funksiyalarni to‘g’ri bajarish uchun pedagog kompetentlik va kompetensiya tushunchasini bilishi, har tomonlama rivojlanib, kasbiy o‘sishi uchun qaysi yo‘nalishda harakatlanishini bilishi kerak.
Professionallik va kompetentlik bir-biriga o‘hshash bo‘lsada, har xil ma’noga ega bo‘lgan atamalardir. Professionallik deganda nafaqat ma’lum bilimlar, balki mehnatga bo‘lgan munosabat, ishning o‘ziga xos xususiyatlari tushuniladi. Rivojlangan kompetensiyalar darhol seziladi, chunki professional pedagog o‘z ko‘nikmalarini rivojlantirishga harakat qiladi, muayyan maqsad va natijalarga erishishga intiladi, ishchan qadriyatlar ishlab chiharadi va bular odatda ish jarayonining standartiga mos keladi. Kompetentlik esa biroz murakkab mazmunga ega, sababi, nafaqat bilimlarning mavjudligini, balki shu bilan birga ularni qo‘llash qobiliyatini ham taqozo etadi. Kompetentlik faqat keng qamrovli baholash va kuzatish paytida aniqlanishi mumkin.
Professionallik va kompetentlik tushunchalari umumiy xususiyatlarga ega. Shuni ta’kidlash kerakki, har doim ham belgilangan talablar va standartlarga to‘liq mos keladigan odamlar chinakam professionallar bo‘lavermaydi, sabab, ba’zilari bilimlarni amalda qanday qo‘llashni bilishmaydi, demak, bunday pedagogik faoliyat samarasiz bo‘lib qolaveradi. Kasbiy pedagogik kompetensiyalarni alohida turlarga ajratish maqsadga muvoqdir: - Maxsus pedagogik kompetensiya - pedagogik faoliyatni zarur darajada amalga oshirish uchun yetarli ma’lumotga ega bo‘lish. Bundan tashqari, pedagogning o‘z kasbiy darajasini munosib baholay olishi va mutaxassis sifatida o‘z rivojlanishini belgilash qobiliyati ushbu turga bog’liq. - Ijtimoiy pedagogik kompetensiya - ijtimoiy vakolat darajasi pedagogning hamkasblari bilan munosabatlarni samarali qurishi, birgalikdagi harakatlarni rejalashtirish qobiliyatini belgilaydi. Samarali aloqa ko‘nikmalari, pedagogik madaniyat va ish natijalari uchun javobgarlik - bularning barchasi ijtimoiy pedagogik kompetensiya tushunchasiga kiritilgan. - Shaxsiy pedagogik kompetensiya - bu pedagogik ishni oqilona tashkil etish qobiliyati bo‘lib, vaqtni boshqarish, shaxsiy o‘sishga intilish uning asosiy tarkibiy qismlaridir. Shaxsiy pedagogik kompetensiyaning yuqori darajasi ega bo‘lgan ishchilar charchashga kamroq moyil, vaqt bosimida ishlashga qodir. Kompetensiyaning har bir turi ko‘nikmalar, bilimlar, ko‘nikmalar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Pedagoglarda ular turli darajalarda namoyon bo‘ladi. Xizmat vazifalarini bajarishda uning xatti-harakatlari ko‘rsatkichlariga e’tibor berib, u yoki boshqa kompetensiyalar qanday rivojlanganligini aniqlash mumkin. Kompetentlik qanday shakllanadi? O‘qituvchining kompetentligini shakllantirish uchun asosiy narsa bu maxsus kasbiy ta’limdir. Kelajakda amaliyotda olingan bilim va ko‘nikmalar boshlang’ich kompetensiya darajasini to‘ldiradi.
Bularning barchasi formula shaklida taqdim etilishi mumkin: Kompetentlik = Bilaman + Qila olaman + Istayman + Men qilaman. Kasbiy kompetensiyani shakllantirish bosqichma-bosqich va doimiy tarzda amalga oshiriladigan jarayondir. Uni quyidagi bosqichlarga bo‘lishimiz mumkin: 1. Maxsus ma’lumot olish. 2. Amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish. 3. Malaka oshirish, maxsus kurs va treninglardan o‘tish. 4. Kasbiy tajribaga ega bo‘lish. 5. O‘z sohasida professionallikka erishish. 6. Tajriba to‘plash, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash bilan pedagogning kompetentligi yaxshilanadi. Jarayonning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan pedagogning shaxsiy xususiyatlariga bog’liq. Pedagog yaxshi ishlashini qanday qilib tez va mustaqil ravishda tekshirish mumkin? Muvofiqlikni qanday baholash kerak? Pedagoglarning kompetentligini baholash quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan tizimdir: - pedagoglarning malaka darajasi - baholash uchun etalonga mos mezonlar ishlatiladi; - mehnat unumdorligi va ish sifati; - shaxsiy xususiyatlarning ta’lim yo‘nalishiga muvofiqligi; - qo‘shimcha ko‘nikmalar mavjudligi; - shaxsiy o‘sish va kasbiy rivojlanish istagi. Pedagoglarning kompetentligini baholashda xatti-harakatlarning ko‘rsatkichlariga tayanib ish tutish samaralidir. Aynan shu narsa kompetensiya va kompetentlik orasidagi farqlar nimani anglatishini aniq ko‘rsatib beradi. Mutaxassislarning malakasini baholash muntazam, mustaqil, maqsadli, shaffof, aniq mezonlarga ega bo‘lishi kerak. Kompetentlik nima ekanligini tushungandan so‘ng, uning darajalarini aniqlash qiyinchilik tug’dirmaydi. Kompetenlik modelini yaratish bo‘yicha quyidagi algoritmni taklif etishimiz mumkin: 1 bosqich – lavozim yo‘riknomasini ishlab chiqish. Ushbu bosqichda lavozim uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalar turlarini aniq ko‘rsatish muhimdir. 2 bosqich – tekshirish sur’atini aniqlash. Bu ta’lim muassasasining o‘ziga xos xususiyatlariga va kadrlar almashinuviga bog’liq. 3 bosqich – har bir o‘rin uchun taqqoslash asosida sinov yoki imtihonni o‘tkazish tartibini tasdiqlash. 4 bosqich – sinov yoki imtihondan o‘tish. 5 bosqich – ma’lumotlarni tahlil qilish va ularni tizimga keltirish.
6 bosqich – baholash natijalari to‘g’risida qaror qabul qilish: qo‘shimcha o‘qishga yuborish, boshqa lavozimga o‘tish, ishdan bo‘shatish. 7 bosqich – hisobot davrida ta’lim muassasasining vakolati va ishini baholash samaradorligini yakuniy tahlilini qilish. 8 bosqich – xavf-xatar va to‘siqlar bo‘yicha ish namunasini to‘liq ishlab chiqish. Xususiy yoki asosiy kompetensiyalarga ega bo‘lish uchun qanday vakolatlarga ega bo‘lish har qanday ishda qo‘llanilishi kerak. Ular ta’lim muassasaning qadriyatlariga bog’liq: strategiya, axloq kodeksi. Shaxsiy samaradorlik kompetensiyalari pedagogning shaxsiy fazilatlari bilan birga o‘z ichiga quyidagilarni oladi: - yetuklik, o‘sishga intilish, masalan, kasbiy qadriyatlarni izlash, ijodiy qobiliyat; - yetarli darajada o‘zini o‘zi anglash va o‘ziga ishonch; - moslashuvchanlik, o‘zgartirish istagi; - ish etiketini bilish; - stressga qarshi o‘z-o‘zini boshqarish; - imidj. Pedagoglarning boshqaruv kompetentligi sifatida jamoaviy ish, rahbarlik, hamkorlik, murabbiylik, rasmiy vakolatlardan foydalanish kabi mezonlar ko‘rsatadi. Taklifimiz, kompetentlik talablariga javob bermaydigan har bir pedagogni qo‘shimcha mashg’ulotlarga yuborib, ta’lim muassasasi faoliyatiga asoslangan treninglar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir, ya’ni pedagoglarni rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi.
Xulosa shuki, kompetentlikni shakllantirish bosqichma-bosqich va uzluksiz jarayondir. U oliy ta’lim muassasasida boshlanadi va ish joyida tajribali ustozlar nazorati ostida davom etadi. Shuni unutmaslik kerakki, yuqori kasbiy kompetentlik nafaqat bilim darajasi, balki xodimning amaliy ko‘nikmalari, tajribasi va shaxsiy fazilatlari hamdir.

Yüklə 30,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə