6
Tushunish va tafakkur qilishning ijtimoiy mohiyati. Tafakkur. Fikrlash jarayonlarining tabiati. Insayt
– oydinlashuv.
Tafakkurning turlari. Nazariy tafakkur. Amaliy tafakkur. Ko‟rgazmali – harakat tafakkuri.
Ko‟rgazmali-obrazli tafakkur. Mantiqiy tafakkur. Reproduktiv, produktiv yoki ijodiy tafakkur.
Konvergent fikrlash. Divergent tafakkur. Kreaktivlik sifati. Predikativ tafakkur. Sun‟iy intellekt yoki
tafakkur. Intuitiv tiplilar. Fikrlovchi tiplar.
Tafakkur mahsullari va operatsiyalari. Forobiyning fikr yuritish, tafakkur xususiyatlari
haqidagi
fikrlari. Abu Ali ibn Sinoning psixologik qarashlari. Tushunchalar. Hukmlar. Xulosalar. Fikrlash
jarayonini ta‟minlovchi operatsiyalar klassifikatsiyasi.
Mustaqil fikrlash – sog‟lom ma‟naviyat va tafakkurning alohida xossasi sifatida. Z.Nishonova hamda
E.Usmanovalarning tafakkur xususidagi qarashlari. Mustaqil fikrlashning zamonaviy ta‟rifi. Jahon
inqirozi sharoitidaTafakkurni rivojlantirish va mustaqil fikrlash muammosi.
Mustaqil fikrlash – ijtimoiy-psixologik hodisa. Mustaqil fikrlash. «Subekt-obyekt» va «subyekt-
subyekt» munosabatlari mazmuni. Ta‟lim muassasasi va uning imkoniyatlari. M.Davletshin,
E.G‟oziyev, Z.Nishonova, R.Sunnatova, R.Tojiboyeva, E.Usmonovalar tafakkur jarayoni bo‟yicha
olib borayotgan izlanishlari. Tafakkur mustaqilligi. Mustaqil fikr rivojlanganligining mezonlari.
Talabalar tafakkurida inqiroz tushunchasining talqin qilinishi.
6-MAVZU. SHAXSNING INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI VA ULARNI DIAGNOSTIKA
QILISH.
Individual-tipologik xususiyatlar klassifikatsiyasi. «Individ» va «individuallik» tushunchalari.
Individuallikni izohlovchi xususiyatlar majmuasi. Temperament. Xarakter. Irodaviy sifatlar.
Emotsiya (hissiyot)lar va motivatsiya. Ijtimoiy ustanovka.
Shaxs iqtidori va qobiliyatlari diagnostikasi. Intellekt va uning ta‟riflari. Qobiliyatlardagi tug‟ma va
orttirilgan sifatlar. Shaxs intellektual salohiyatini shakllanganlik darajalari. Qobiliyatlarning
psixologik strukturasi. Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi.
Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari. Temperament. I.Pavlovning temperament
xususiyatlarini belgilab beruvchi uch oliy nerv tizimi xossalari. Nerv jarayonlari va temperament
tiplari o‟rtasidagi o‟zaro bog‟liqlik.
Xarakter va shaxs. Xarakter. V.S.Merlinning xarakter xususidagi qarashlari. S.L.Rubinshteyn
bo‟yicha shaxsning o‟ziga xosligligini ifodalovchi xarakterologik tizim.
Faoliyatga nisbatan
yondashuvlarga xos xarakter tizimlari. Nutqining xususiyatlari. Tashqi qiyofa. Fizionomika.
Xiromantiya. Konstitusion nazariyalar.
Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining individual xususiyatlarga bog‟liq tarzda talqin qilinishi
7-MAVZU. SHAXS TARAQQIYOTINING YOSHGA BOG‟LIQ XUSUSIYATLARI
Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar. Yosh davrlari psixologiyasi. Genetik, tug‟ma
yoki orttirilgan ijtimoiy omillar.
Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‟lish. Davrlarga bo‟lishga qaratilgan klassifikatsiyalar. J.Piaje
bo‟yicha intellektni rivojlanish bosqichlari. 1965 yili XFAning maxsus
simpoziumida qabul qilingan
yosh davrlari sxemasi. E.Eriksonning shaxs «Men»ini rivojlanish bosqichlariga tayangan
klassifikatsiyasi.
Bolalik – ilk yoshlik davri. 1 yoshdan keyingi taraqqiyot. 3 yoshgacha bo‟lgan taraqqiyot.
Maktabgacha tarbiya yoshi davri. Bolalikning maktab davri.
O‟smirlik va o‟spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o‟ziga xos xususiyatlari. O‟smirlik davri
va uning o‟ziga xos psixologik talqini. O‟spirinlik davri xos qonuniyatlar. Professional o‟z-o‟zini
anglash bosqichlari. Yoshlardagi attraksiya va emosional munosabatlar. Do‟stlik. Sevgi.
Yetuklik davri psixologiyasi – Akmeologiya. Levinson tasnifi bo‟yicha yetuklik
davrining
bosqichlari. Akmeologiya va uning lug‟aviy ma‟nosi. Akmeologiya fanining asosiy vazifasi.
7
8-mavzu
Shaxs insoniy munosabatlar tizimida.Muomala texnikasi va strategiyasi.Psixologiyada ijtimoiy ta'sir
masalasi.Samarali ta'sir sirlari
Insoniy munosabatlar tizimi – shaxs dunyoqarashini shakllantiruvchi birlamchi omil sifatida.
Shaxslararo insoniy munosabatlarning va sharqona muomalaning shaxs
taraqqiyotidagi ahamiyati va
o„rni. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari va shart-sharoitlari. Ijtimoiylashuv
institutlarining bu jarayondagi o„rni: “Oila-bog„cha-mahalla-maktab-maxsus va oliy ta'lim
muassasalari – mehnat jamoalari” tizimida uzluksiz ta'lim va tarbiya mexanizmlari orqali
sotsializatsiya jarayonini takomillashtirish.Muloqot texnikasi – verbal
va noverbal vositalar va
ulardan o„rinli foydalanishga o„rgatish muammosi. Muloqot strategiyasi: guruhlarda va shaxslararo
munosabatlarda monolog, dialog va poliloglarning o„rni. Muloqotga o„rgatish masalasi – sotsial-
psixologik trening.
Ijtimoiy ta'sirning turlari: ta'sirlanish, ishontirish, taqlid qilish va e'tiqodni shakllantirish.
Yoshlarda
sog„lom e'tiqod va ma'naviyatni shakllantirishning ob'ektiv va sub'ektiv shartlari. Katta guruhlar bilan
ishlaganda ta'sirning o„ziga xosligi va uni tarbiya jarayonida hisobga olish.
Shaxslararo muloqotning interaktiv xususiyatlari. Shaxslararo ta'sir zaruriyati va imkoniyatlari.
Ijtimoiy rollar va ularning ijtimoiy kutishlarga boqliqligi. Alohida shaxsning o„zgalarga ta'sir
ko„rsatish
imkoniyatlari; guruhiy va guruhlararo ta'sir masalalari. Ijtimoiy muloqot jarayonida
mijozlar va hamkorlikdagi shaxslarga ta'sir o„tkazish yo„llari. Samarali ta'sir sirlari. Ta'sir ko„rsatish
psixologiyasi.
MA‟RUZA VA AMALIY MASHG‟ULOTLARDA O‟QITISH
TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI
O‟zbekiston o‟z istiqlol va taraqqiyot yo‟lidan rivojlanib, xalqaro maydonda o‟zining munosib
o‟rnini topmoqda. Davlatimizning mustaqil taraqqiyot yo‟lini ta‟minlash uchun ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, madaniy va ma‟rifiy sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat va inson
manfaatiga qaratilgan bu islohotlarning samarasi bevosita ta‟lim tizimida tayyorlanayotgan
mutaxassis kadrlarning salohiyatiga bog‟liqdir.
Shu bois mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab sifatli kadrlar tayyorlashga qodir milliy asosga
qurilgan va jahondagi ilg‟or davlatlar ta‟limi taraqqiyoti tajribalariga tayanadigan kadrlar tayyorlash
tizimini yaratish asosiy vazifalaridan biriga aylandi. 1997 yilda qabul qilingan O‟zbekiston
Respublikasining “Ta‟lim to‟g‟risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” milliy ta‟lim
taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini belgilovchi hujjat sifatida bu sohadagi
ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga zamin yaratdi.
O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati jahon andozalariga mos keladigan kadrlar
tayyorlash masalalariga e‟tiborni qaratib kelmoqda. Dars jarayonini boshqarish va tashkillashtirishda
professor-o‟qituvchining bilimi, tajribasi, ko‟nikmasi, ilmiy-pedagogik salohiyati, mahorati,
qobiliyati asosiy omil hisoblanadi. Shunga ko‟ra, jumladan ma‟ruzani oddiydan murakkabga qarab
rivojlantirib qo‟llaniladigan o‟quv qo‟llanmalar va vositalar tayyorlanadi. O‟quv xonasi dars uchun
tayyorlab qo‟yiladi.
O‟qituvchi ma‟ruza qila turib quyidagilarga e‟tibor qaratadi: