O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 39,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/104
tarix26.09.2017
ölçüsü39,9 Kb.
#2123
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   104

 
212 
mumkin. Jumladan, P.P.Lazerev (1878-1942) teri ultrabinafsha nurlari 
bilan  nurlanishi  natijasida  ko'rish  sezuvchanligi  susayib  ketishini 
aniqlagan. 
 
 
                                             I  D  R  O  K 
T a ya n ch     s o' z     v a     i b o r a l a r : 
 
Idrok,  predmetlilik,  yaxlitlik,  strukturalilik,  barqarorlik, 
N.M.Sechenov,  konstantlik,  appersepsiya,  I.P.Pavlov,  reflektor, 
analizatorlar,  shakl,  hajm,  akkomadasiya,  konvergensiya, 
illyuziyalar. 
Narsalar  yoki  hodisalarning  sezgi  a'zolariga  bevosita  ta'sir  qilish 
jarayonida  kishi  ongida  aks  etishiga  sezgilarning  tartibga  solishi 
hamda  narsalar  va  voqea-hodisalarning  yaxlit  obrazlariga  birlashuvi 
yuz  beradi.Idrokning  sеzgidan  farqi,  narsalarni  umumlashgan  holda, 
uning  hamma  xususiyatlari  bilan  birgalikda  aks  ettirilishidir. 
Idrokning  muhim  xususiyatlari  uning  prеdmеtliligi,  yaxlitligi, 
strukturaliligi,  doimiyligi  (konstantligi)  va  anglashilganligidir.  Idrok 
narsalarni  umuman,  uning  hamma  xususiyatlari  bilan  birgalikda  aks 
ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig'indisidan iborat tarzda emas, 
balki  hissiy  bilishning  o'ziga  xos  xususiyatlari  bilan  sifat  jihatidan 
yuqori  bosqichi  sifatida  tasavvur  qilinadi.  Idrokning  ancha  muhim 
xususiyatlari  predmetlilik,  yaxlitlik,  strukturalilik,  barqarorlik  va 
anglanilganlikdan iborat. 
Idrokning  predmetliligi  ob'yektivlashtirish  hodisasi  deb  atalmish 
hodisada, ya'ni tashqi dunyodan olinadigan axborotning o'sha dunyoga 
mansubligida  ifoda  etadi.  Bu  xildagi  mansublik  bo'lmasa,  idrok 
kishining amaliy faoliyatida o'zining mo'ljal oldirish va  yo'naltirishdan 
iborat vazifasini bajara olmaydi. Idrokning predmetliligi tug'ma xislatga 
kirmaydi.  Predmetlilik  idrokning  belgisi  sifatida  hatti-harakatni 
boshqarishda alohida rol o'ynaydi.  
Idrokning  yana  bir  xususiyati  uning  yaxlitligidir.  Sezgi  a'zolariga 
ta'sir  qiladigan  narsaning  ayrim  xususiyatlarini  aks  ettiradigan 
sezgilardan farqli o'laroq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblnadi. O'z-
o'zidan  ravshanki,  bu  yaxlit  obraz  narsaning  ayrim  xususiyatlari  va 
belgilari  haqida  turli  xil  sezgilar  tarzida  olinadigan  bilimlarni 
umumlashtirish negizida tarkib topadi. 
Idrokning yaxlitligi uning strukturaliligi bilan bog'langandir. Idrok 
ma'lum darajada bizning bir lahzalik sezgilarimizga javob bermaydi va 
ularning shunchaki oddiy yig'indisi ham emas. Biz ana shu sezgilardan 
amalda mavhumlashgan va birmuncha vaqt davomida shakllanadigan 
umumlashgan  strukturani  idrok  etamiz.  Agar  kishi  birorta  kuyni 
tinglayotgan  bo'lsa,  oldinroq  eshitgan  ohangi  yangisi  eshittira 


 
213 
boshlangandan  keyin  ham  uning  qulog'iga  chalinayotganday 
tuyulaveradi.  
Idrokning  yaxlitligi    va  strukturaliligi  manbalari,  bir  tomondan, 
aks ettiriladigan ob'yektlarning  o'ziga  xos  xususiyatlarida  va,  ikkinchi 
tomondan,  insonning  aniq  faoliyatida  gavdalanadi.  I.M.Sechenov 
ta'kidlaganidek,  idrokning  yaxlitligi  va  strukturaliligi  analizatorlarning 
reflektor faoliyatining natijasidir. 
Narsalarning shaqli, katta kichikligi, rangini doimo bir xilda idrok 
qilish  amaliy  jihatdan  nihoyatda  katta  ahamiyatga  egadir.  Idrokning 
konstantliligi  tеvarak  atrofdagi  narsalarni  aslida  qanday  bo`lsa 
shundayligicha ob'еktiv ravishda bilishga imkon bеradi.  
Pеrtsеptiv 
sistеmaning 
faol 
ta'sir 
ko`rsatishi 
idrok 
konstantliligining  haqiqiy  manbaidir.  Bir  narsaning  bir  nеcha 
ko`rinishda bo`lishi uning invariantliligi dеb, ya'ni obraz invariantliligi, 
xilma xilligi dеb aytiladi.  
Idrok  yaxlitligi  va  konstantligi  kishining  o`tmish  tajribasiga 
bog`liq bo`lib, bu xususiyat appеrtsеptsiya dеyiladi.  
Idrokning mazmuni kishi oldiga qo`yilgan vazifa bilan ham uning 
faoliyati sabablari bilan ham bеlgilanadi. 
Sub'еktning  ustanovkasi  (yo`l-yo`rig`i)  ham,  his-hayajonlari  ham 
idrok mazmuniga ta'sir etadi.  
Idrok  ham  sezgi  kabi  reflektor  jarayondir.  I.P.Pavlov  idrokning 
negizini tevarak-atrofimizdagi narsalar va hodisalar reseptorlarga ta'sir 
etishi  natijasida  bosh  miyaning  katta  yarim  sharlari  qobig'ida  hosil 
bo'ladigan  shartli  reflekslar,  muvaqqat  nerv  boshlanishlari  tashkil 
etishini  ko'rsatib  bergan  edi.  Idrok  sezgilarga  qaraganda  miyaning 
ancha  yuksak  darajadagi  tahlil  qilish-umumlashtirish  faoliyati 
hisoblanadi.  Tahlil  qilmasdan  turib  idrokning  anglangan  bo'lishi 
mumkin emas. Idrokning negizi nerv bog'lanishlarining ikkita turidan-
bitta  analizator  doirasida  hosil  bo'ladigan  bog'lanishlardan  va 
analizatorlararo bog'lanishlardan tarkib topadi.  
Idrok-sezgi  a'zolarimizga  ta'sir  qilib  turgan  narsalarning  ongda 
bevosita  aks  etishidir.  Biz  narsa  va  hodisalarni  yaxlit  holicha  idrok 
qilamiz,  narsalarning  ayrim  xossalarini  esa  sezamiz.  Masalan, 
quyoshni  biz  idrok  qilamiz,  uning  yorug'ini  esa  sezamiz,  og'zimizdagi 
qandni idrok qilamiz, uning shirinligini esa sezamiz.  
Kishining  idroki  uning  tafakkuri  bilan  narsaning  mohiyatini 
tushunib  yetishi  bilan  chambarchas  bog'liqdir.  Narsani  ongli  idrok 
etish-unga fikran nom berish, ya'ni idrok etilgan narsani narsalarning 
muayyan guruhiga, sinfiga kiritish, uni so'z vositasida umumlashtirish 
demakdir.  Idrok  shunchaki  sezgi  a'zolariga  ta'sir  qiladigan 
qo'zg'atuvchilarning  oddiy  yig'indisi  bilan  belgilanmaydi,  balki  mavjud 
ma'lumotlarni yaxshilab talqin qilish, izohlab berish yo'llarini  


Yüklə 39,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə