O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 39,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/104
tarix26.09.2017
ölçüsü39,9 Kb.
#2123
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104

 
218 
O`smirlar amalda ishlatib ko`rish mumkin bo`lgan narsalarni zo`r qiziqish 
bilan idrok qiladilar. Shu sababli ular tajribalar ko`rsatilishini juda yoqtiradilar.  
Yuqori sinf o`quvchilarining idroki maqsadga ko`proq yo`nalgan bo`ladi va 
ular idroklarini o`zlari idora qila biladilar.  
O`qituvchi  tomonidan  o`quvchilar  faoliyatiga  maqsad  ko`zlagan  holda 
rahbarlik  qilish  jarayonida  o`quvchilarning  idroki  rivojlanadi.  Shuning  uchun 
darsda, ekskursiyada idrok va kuzatishning to`g`ri uyushtirilishi katta ahamiyatga 
ega.  
Ta'lim  jarayonida  kuzatishlarni  aktivlashtirish  uchun  o`quvchining 
kuzatilgan  va  idrok  qilingan  narsalarni  kеyin  gapirib  bеrishi  lozimligi  to`g`risida 
ogohlantirishning ahamiyati kattadir. Agar o`quvchi nimani kuzatganligi va idrok 
qilganligi haqida kеyinchalik hisob bеrishi lozimligini oldindan bilsa, u kuzatish va 
idrok qilish jarayonida ancha faol bo`ladi.  
Darsda 
o`quvchilar 
bilimlarini 
avvalo 
o`qituvchining 
og`zaki 
tushuntirishlarini  idrok  qilish  orqali  o`zlashtiradilar.  So`zlar  yordamida 
tushuntirilgan  matеrialning  idrok  qilinishi  ko`p  jihatdan  o`qituvchi  nutqining 
xususiyatlariga bog`liq.  
Matеrialni muvaffaqiyatli idrok qilishning yana bir muhim sharti ko`rgazmali 
qurollardan foydalanishdir. Matеrial so`zlar yordamida har qancha yaxshi tasvir 
etib bеrilmasin, u bеvosita kuzatishlar o`rnini bosa olmaydi.  
 
 
                                    XOTIRA VA  HAYOL 
  
 
T a ya n ch     s o' z     v a     i b o r a l a r : 
 
Xotira,  assosiasiya,  esda  olib  qolish,  esda  saqlash,  esga 
tushurish,  unutish,  harakat,  emosional,  obrazli,  so'z-mantiq, 
ixtiyoriy,  ixtiyorsiz,  qisqa  muddatli,  uzoq  mudatli,  operativ, 
hayol,  fantaziya,  obraz,  tasavvur,  passiv  hayol,  ijodiy  hayol, 
shirin  hayol,  aktiv  hayol,  anatilik,  sintetik  agglyutinasiya, 
gipertolizasiya,  sxematizasiya,  katta  yarim  sharlar  po’stlog’I, 
nerv, orzu. 
 
Psixikaning  eng  muhim  xususiyati  shundan  iboratki,  individ 
tashqi 
ta'sirotlarning 
aks 
ettirilishidan 
o'zining 
keyingi 
hattiqharakatlarida doimo  foydalanadi. Individual  tajriba ortib borishi 
hisobiga xulq-atvor sekin-asta murakkablashdi. Agar tashqi dunyoning 
miya  qobig'ida  hosil  bo'ladigan  obrazlari  beiz  yo'qolib  ketaversa, 
tajribaning  shakllanishi  mutlaqo  mumkin  bo'lmay  qolar  edi.  Bu 
obrazlar  bir-biri  bilan  o'zaro  turli  xil  aloqalar  bog'lagan  holda 
mustahkamlanib,  saqlanib  qoladi  hamda  hayot  va  faoliyat  talablariga 
muvofiq tarzda yana boshqatdan namoyon bo'ladi. 


 
219 
Individning  o'z  tajribasini  esda  olib  qolishi,  esda  saqlashi  va 
keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi.  
Biz  sezgan,  idrok  qilgan  narsalar  iz  qoldirmasdan  yo'qolib 
ketmaydi,  balki  ma'lum  darajada  esda  saqlanib  qoladi  va  qulay 
sharoitda  yoki  kerak  bo'lganda  esimizga  tushadi.  Kunlik  tajribamiz 
shuni  ko'rsatadi,  esda  qolgan  narsalarning  hammasi  ham  esimizga 
tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unutish ham xotiraga oid 
hodisadir.  Esda  qolgan  narsa  xotira  materialini,  esda  saqlanib 
turadigan  va  esga  tushiriladigan  narsa  esa  xotiraning  mazmunini 
tashkil  qiladi.  Ongimiz  aks  ettirgan  narsalarni  mustahkamlash, 
saqlab  qolish  va  keyinchalik  tiklashdan  iborat  bo'lgan  aqliy 
faoliyat  xotira  deyiladi.  Xotira  bir  necha  ruhiy  jarayonni  o'z  ichiga 
oladi: 
1.
 
Esda olib qolish; 
2.
 
Esga tushirish; 
3.
 
Esda saqlash va unitish. 
Bu  jarayonlarning  har  biri  alohida  mustaqil  psixik  xususiyat 
hisoblanmaydi.  Ular  faoliyat  davomida  shakllanadi  va  o'sha  faoliyat 
bilan  belgilanadi.  Muayyan  bir  materialni  esda  olib  qolish  hayot 
faoliyati jarayonida individual tajriba orttirilishiga bog'liqdir. Esda olib 
qolingan  narsani  keyinchalik  bo'ladigan  faoliyatda  qo'llash  uchun  uni 
esga  tushirish  taqozo  etiladi.  Muayyan  bir  materialning  faoliyat 
doirasidan chiqib qolishi esa uning unitilishiga olib keladi. Materialni 
esda  saqlash  uning  shaxs  faoliyatidagi  ishtirokiga  bog'liq  bo'ladi. 
Chunki  har  bir  muayyan  paytda  kishining  xulq-atvori  uning  butun 
hayotiy tajribasi bilan belgilanadi. 
 
Xotira shaxs psixik hayotining eng muhim, belgilovchi xususiyati 
hisoblanadi.  Xotiraning  roli  «o'tmishda  yuz  bergan»  narsani  aks 
ettirish bilangina cheklanib qolishi mumkin emas. 
Xotira barcha psixik jarayonlarning eng muhim xarakteristikasi 
bo'lish bilan birga inson shaxsining birligi va yaxlitligini ta'minlaydi. 
Xotira  faoliyati  esda  olib  qolishdan  boshlanadi.  Biz  hamisha 
biror narsa yoki xodisani idrok qilamiz, biror narsa yoki hodisani esda 
olib  qolamiz.  Esda  olib  qolish  jarayoni  eng  avval  miya  po'stida  idrok 
qilinayotgan narsalar-buyum, surat, so'z, fikr va hokazolarning «izlari» 
hosil  bo'lishidan  va  ayni  vaqtda  esda  olib  qolinadigan  material  bilan 
kishida mavjud bilim va tajriba o'rtasida, esda qoladigan materialning 
ayrim qismlari yoki elementlari o'rtasida bog'lanish vujudga kelishidan 
iboratdir. 
Esda  olib  qolishning  ikki  turi  mavjud:  assosiativ  va  mantiqan 
esda  qoldirish.  Bir vaqtda va bir joyda birin-ketin idrok qilingan ikki 
yoki bir qancha narsa va hodisalarning obrazlari o'rtasida miyada hosil 
bo'ladigan  bog'lanish  assosiativ  bog'lanish  yoki  assosiasiya  deyiladi. 
Masalan,  birorta  ashulani  eshitib  turib,  ayni  zamonda  shu  ashulani 


Yüklə 39,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə