O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 39,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/104
tarix26.09.2017
ölçüsü39,9 Kb.
#2123
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104

 
220 
aytayotgan  odamning  o'zini  ham  ko'rsak,  shu  ashulani  idrok  qilish 
o'rtasida yondosh assosiasiya hosil bo'ladi. Assosiasiyaning yondoshlik 
assosiasiyasidan  tashqari  o'xshashlik,  qarama-qarshilik  turlari  ham 
mavjud. 
Ma'nosiga  tushunib  yoki  mantiqan  esda  olib  qolish  jarayonida 
asosiy  o'rinda  fikrlash  jarayonlari  turadi.  Esda  qoldirilayotgan 
materialning  ayrim  qismlari  va  elementlari  o'rtasidagi  ma'no  va 
mantiqiy  bog'lanishlarni  fikr  yuritish  yo'li  bilan  ochiladi.  Ma'no 
bog'lanishlarni ochish birorta narsaning obrazini oddiy esda olib qolish 
emas,  balki  narsa  va  xodisalarga  xos  bo'lgan  eng  muhim  va  zaruriy 
bog'lanishlarni  ochish  demakdir,  bir  guruh  doirasiga  kirgan  narsa  va 
hodisalarning  umumiy  va  muhim  belgilari,  ular  o'rtasidagi  sabab  va 
natija bog'lanishlarini aniqlash demakdir. 
O'tmishda  idrok  qilingan  narsalarning  hisqtuyg'u,  fikr  va  ish 
harakatlarning  ongimizga  qaytadan  tiklanishi  esga  tushirish  deyiladi. 
Esga tushirishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po'stida ilgari hosil 
bo'lgan nerv bog'lanishlarning qo'zg'alishidir. 
Idrok  qilingan  narsalar  miyamizda  o'rnashib  qolishi,  esimizda 
turishi  tufayli,  ular  turli  usulda  esimizga  tushishi  mumkin.  Esda 
saqlash  deyilganda  ilgari  tug'ilgan  taasurot,  fikr,  his-tuyg'u  va  ish 
harakatlarning jonlanib, takrorlanib turishga moyillik paydo qilishi va 
mustahkamlanishini  tushunamiz.  Ana  shunday  moyillikning  hosil 
bo'lishi  va  mustahkamlanib  qolishi  nerv  sistemasining  plastiklik  deb 
ataluvchi alohida xususiyatga ega bo'lishi bilan bog'liq. Shuning uchun 
ham  nerv  sistemasi  ilgari  bo'lib  o'tgan  tassurotlarni  takrorlashga 
tayyor  turadi.  Unutish-ilgarilari  esga  olib  qolingan  narsalarning 
ongimizdan  tamomila  yo'qolishi,  ya'ni  uni  esda  tutishga  batamom 
qarama-qarshi  jarayon  deb  tushunamiz.  Bu  xato  fikrdir.  Esdan 
chiqarish  xotirani  ko'pgina  keraksiz  detallardan  holi  qilish  va  eslab 
qolinganini  umumlashtirish,  shu  orqali  esa  uning  saqlanib  qolishiga 
yordam  beradi.  Esdan  chiqarishning  o'ziga  xos  xususiyati  uning  bir 
tekisda  bo'lmasligidir.  Esdan  chiqarishning  oldini  olish  uchun  u 
materialni  shunday,  biroq  o'z  vaqtida  takrorlash  kifoyadir,  chunki 
esdan  chiqarilgan  narsani  qayta  tiklash  uchun  anchagina  mehnat 
talab qilinadi. 
Xotiraning 
mexanizmlari 
haqidagi 
fiziologik 
nazariyalar 
I.P.Pavlovning  oliy  nerv  faoliyati  qonuniyatlari  haqidagi  ta'limotining 
eng  muhim  qoidalari  bilan  chambarchas  bog'liqdir.  Muvaqqat  shartli 
bog'lanishlarning  hosil  bo'lishi  haqidagi  ta'limot-bu  sub'yektning 
individual tajribasi tarkib topishi mexanizmlari haqidagi ta'limot, ya'ni 
aslida «fiziologik darajada esda olib qolish» nazariyasidir.  
Xotira  kishi  hayoti  va  faoliyatining  barcha  jabhalarida  ishtirok 
etishi  sababli  uning  namoyon  bo'lishi  shakllari  ham  benihoya  rang-
barangdir. Xotiraning turlarga bo'linishi, eng avvalo, esda olib qolish va 


 
221 
yana  qayta  eyaga  tushirish  jarayonlari  o'rin  olgan  faoliyatning  aynan 
o'ziga xos xususiyatlar bilan bog'liq bo'lishi kerak. Bu xotiraning u yoki 
bu  turi  kishida  uning  psixik  tuzilishiga  xos  xususiyat  sifatida 
gavdalangan  hollar  uchun  ham  to'g'ridir.  Muayyan  psixik  xususiyat 
faoliyatda gavdalanmasidan oldin unda shakllanadi. 
Xotira  ta'riflarining  esda  olib  qolish  va  qayta  esga  tushirish 
jarayonlari  sodir  bo'ladigan  faoliyatning  xususiyatlariga  bog'liqligi 
xotiraning  har xil  turlarini  ajratish  uchun  umumiy asos  bo'lib xizmat 
qiladi.  Bunda  xotiraning  ayrim  turlari  uchta  asosiy  mezonga  muvofiq 
tarzda bo'linadi:  
1)  faoliyatda  ko'proq  sezilib  turadigan  psixik  faollikning 
xususiyatiga  qarab  xotira  harakat,  emosional,  obrazli  va  so'z-
mantiqli turlariga bo'linadi; 
2)  faoliyatning  maqsadlari  xususiyatlariga  ko'ra  ixtiyoriy  va 
ixtiyorsiz xotira turlariga bo'linadi 
3)  materialni  qancha  vaqt  esda  olib  qolish  va  esda  saqlash 
muddatiga  ko'ra  (uning  faoliyatdagi  roli  va  tutgan  o'rniga  bog'liq 
ravishda) qisqa muddatli, uzoq muddatli xotira turlariga bo'linadi. 
Harakat  xotirasi-turli  xildagi  ish  harakatlari  va  ularning 
sistemasini  esda  olib  qolish,  esda  saqlash  va  yana  qayta  esga 
tushirishdan iboratdir.  
Emosional  xotira-his-tuyg'uga  xos  xotiradir.  His-tuyg'ular 
hamisha 
bizga 
ehtiyojlarimiz 
va 
qiziqishlarimiz 
qanday 
qondirilayotgani,  bizning  tevarak-atrofdagi  olamga  munosabatimiz 
qanday  yo'lga  qo'yilganligi  haqida  xabar  berib  turadi.  Shuning  uchun 
ham  hissiy  xotira  har  bir  kishining  hayoti  va  faoliyatida  juda  muhim 
ahamiyatga egadir. 
Obraz  xotirasi  tasavvurlarni,  tabiat  va  hayot  manzaralarini, 
shuningdek, tovushlarni, hidlarni, ta'mlarni esda olib qolishdan iborat 
xotira  hisoblanadi.  U  ko'rish,  eshitish,  hid  bilish,  ta'm  bilishga  oid 
xotiradir. 
Bizning  o'y-fikrlarimiz  so'z-mantiq  xotiraning  mazmunini 
tashkil etadi. O'y-fikrlar nutqsiz mavjud bo'la olmaydi, shuning uchun 
ham  ularga oid xotira  ham  shunchaki  mantiqiy deb emas,  balki  so'z-
mantiq  xotira  deb  ataladi.  O'y-fikrlar  turli  xildagi  til  shakllarida 
mujassamlashgan  bo'lishi  mumkinligi  vajidan  ularning  aks  ettirilishi 
materialning  yo  faqat  asosiy  mohiyatini  yetkazishga,  yoxud  uning 
aynan so'z bilan ifoda etilishiga qaratilgan bo'lishi mumkin. 
Biron  narsani  esda  olib  qolish  yoki  eslash  uchun  maxsus 
maqsad bo'lmagan holda esda olib qolish va yana qayta esga tushirish 
ixtiyorsiz xotira deb ataladi. 
Oldimizga  bironta  maqsad  qo'yib  esda  olib  qolganimizda 
ixtiyoriy xotira haqida gap boradi. 


Yüklə 39,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə