O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 39,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/104
tarix26.09.2017
ölçüsü39,9 Kb.
#2123
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104

 
222 
Har  kimning  o'ziga  xos  xotira  xususiyatlari  bor.  Xar  kimning 
xotirasidagi  farq  xotiraning  kuchida  ifodalanadi.  Ma'lumki,  xotirasi 
kuchli  va  xotirasi  zaif  odamlar  bor.  Xotiraning  kuchli-kuchsiz  bo'lishi 
esda olib qolish va esdan chiqarish tezlik darajasiga qarab belgilanadi. 
Tez  esga  olib  sekin,  bora-bora  unutish  kuchli  xotiraning  xarakterli 
xususiyati  bo'lsa,  sekin esda olib  qolish  va  tez esdan  chiqarib  qo'yish 
kusiz xotira belgilaridandir. 
Hayol  yoki  fantaziya  tafakkur  kabi  yuksak  bilish 
jarayonlari  qatoriga  kirib,  kishining  o’ziga  xos  insoniy 
xarakterga  ega  bo’lgan  faoliyatlariga  namoyon  bo’ladi. 
Mehnatning  tayyor  natijasini  hayolga  keltirmay  turib  ishga 
kirishib  bo’lmaydi.  Fantaziya  yordami  bilan  kutilayotgan 
natijani  tasavvur  qilish-inson  mehnatining  hayvonlar 
instinktiv  faoliyatidan  tub  farqidir.  Istalgan  mehnat  jarayoni 
zarur tarzda hayolni o’z ichiga qamrab oladi.  
Hayol  inson  ijodiy  faoliyatining  zarur  elementi  bo’lib 
mehnatning oxirgi va oraliq mahsulotlarida o’z ifodasini topadi, 
shuningdek  muammoli  vaziyat  noaniqliq  ko’rsatgan  hollarda 
xulq-atvor  programmasini  tuzishni  ta’minlaydi.  Shuning  bilan 
birga  hayol  faol  faoliyatni  programmalashtiruvchi  emas,  balki  uning 
o’rnini  almashtiruvchi  timsollar  hosil  qilish  vositasi  sifatida  yuzaga 
chiqadi. 
 
Hayolning  psixik  jarayon  sifatida  birinchi  va  muhim  vazifasi 
shundan iboratki, u mehnatni boshlamasdan oldin uning natijasini 
tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Hayol mehnatning faqat so’nggi 
natijasinigina emas, balki mehnatning oralik mahsulotlarini tasavvur 
qilish imkonini beradi.  
 
Hayol tafakkur bilan mahkam bog’langandir. Hayol ham tafakkur 
singari kelajakni oldindan ko’rish imkoniyatini beradi. Hayol tafakkur 
singari muammoli vaziyatda, ya’ni masala yechishning yangi usullarini 
qidirib  topishda  yuzaga  keladi.  Tafakkur  singari,  hayol  shaxsning 
extiyojlariga  asoslanadi.  Extiyojlarni  qondirishning    real  jarayonidan 
oldin  extiyojlarni  qondirishning  soxta,  hayoliy  jarayoni  sodir  bo’ladi, 
ya’ni  bu  extiyojlarning  qondirilishi  mumkin  bo’lgan  vaziyatni  jonli, 
yorqin  tasavvur  qilish  mumkin.  Hayol  jarayonlarida  amalga 
oshiriladigan voqelikni oldindan aks ettirish yorqin tasavvurlar tarzida 
va  konkret-obraz  shaklida    sodir  bo’ladi.  Shuning  bilan  bir  paytda 
tafakkur  jarayonlarida  oldindan  aks  ettirish  olamni  umumlashtirib, 
vositali tarzda bilish imkonini beruvchi tushunchalar bilan ishlashda 
sodir bo’ladi. 


 
223 
 
Hayolning  qimmati  shunday  iboratki,  u  hatto  tafakkur  uchun 
kerak bo’lgan to’la va zarur bilimlar bo’lmagan joyda ham biror qarorga 
kelish  hamda  muammoli  vaziyatdan  chiqish  imkonini  beradi. 
Fantaziya  tafakkurning  qandaydir  bosqichlaridan  «sakrab  o’tish»  va 
har  holda  so’nggi  natijani  tasavvur  qilish  imkonini  beradi.  Ammo 
muammoni  yechish  yo’lining  kuchsiz  tomoni  ham  xuddi  mana 
shundadir. Masala yechishning fantaziya tomonidan belgilangan yo’li 
ko’pincha  yetarli  darajada  aniq  va  qat’iy  bo’lmaydi.  Biroq  muhitda 
yetarli bo’lmagan ma’lumotlar bilan yashash va harakat qilish zarurati 
kishida  hayol  apparatining  paydo  bo’lishiga  olib  keldi.  Vaholanki, 
atrofimizni  o’rab  olgan  olamda  o’rganilmagan  sohalar  hamisha  qolar 
ekan, bu hayol apparati hamma vaqt foydali bo’ladi. 
 
Hayol  o’zining  faolligi  bilan  xarakterlanadi.  Shuning  bilan  birga 
hayol  apparati  faqat  atrofdagi  olamni  o’zgartirishga  qaratilgan  shaxs 
ijodiy  faoliyatining  sharti  sifatida  foydalanilishi  mumkin  va 
foydalaniladi.  Ayrim  hollarda  odam  o’ziga  hal  qilib  bo’lmaydigandek 
ko’rinadigan  masalalardan,  turmushning  og’ir  sharoitlaridan,  o’z 
xatolarining  ta’kibidan  va  shu  kabilardan  yashirinish  uchun  real 
tasavvurlardan uzoq bo’lgan fantastika olamiga vaqtincha kirib ketadi. 
Bu  yerda  fantaziya  hayotda  gavdalanmaydigan  obrazlarni  yaratadi, 
amalga oshmaydigan va ko’pincha amalga oshirib bo’lmaydigan ish-
harakat programmalarini belgilaydi. Hayolning bunday formasi passiv 
hayol deb ataladi. 
 
Kishi  passiv  hayolni  oldindan  o’ylab  yuzaga  keltirishi  mumkin: 
jo’rttaga yuzaga keltirilgan iroda bilan bog’liq bo’lmagan, lekin hayotda 
gavdalantirishga qaratilgan hayolning mana shunday obrazlari shirin 
hayol  deb  ataladi.  Qandaydir  quvonchli,  ёqimli,  qiziqarli  narsalara 
haqida shirin hayol surish hamma odamlarga xosdir. Mana shunday 
shirin  hayollarda  fantaziya  mahsulotlari  bilan  ehtiyojlar  o’rtasidagi 
aloqa yengil namoyon bo’ladi. Ammo inson hayoliy jarayonlarida shirin 
hayol  kechirish  hollari  ko’proq  bo’lsa,  bu  shaxsning  passivligidan 
dalolat beruvchi nuqson hisoblanadi.  
 
Passiv  hayol  o’ylab  qo’yilmagan  tarzda  ham  yuzaga  kelishi 
mumkin.  Bu  asosan  ong  faoliyatining,  ikkinchi  signal  sistemasining 
susayishida,  kishining  vaqtincha  harakatsizlik  holatida,  uyqusirash 
holatida,  uyquda  (tush  ko’rishda),  ongning  kasallikka  uchrab 
buzilishida (gallyusinasiyada) va shu kabilarda sodir bo’ladi. 


 
224 
 
Agar  passiv  hayolni  oldindan  o’ylab  va  o’ylamasdan  qilingan 
turlariga bo’lish mumkin bo’lsa, aktiv hayolni ijodiy va qayta tiklovchi 
hayol turlariga bo’lish mumkin bo’ladi.  
 
O’z  asosida  tasviriga  muvofiq  keladigan  obrazlar  sistemasini 
yaratuvchi hayol qayta tiklovchi hayol deb ataladi. Xoh darslarni, xoh 
badiiy  adabiyotni  o’qishda,  geogrofik  kartani  va  tarixiy  tasvirlarni 
o’rganishda hayol yordami bilan bu kitoblarda, xaritalar va hikoyalarda 
aks ettirilgan narsalarni qayta tiklashga to’g’ri keladi. 
 
Ijodiy hayol kayta tiklovchi hayoldan farq qilgan holda, original va 
qimmatli  moddiy  mahsulotlarda  amalga  oshiriladigan  yangi 
obrazlarning yaratilishini taqozo qiladi. Mehnatda paydo bo’lgan ijodiy 
hayol  ehtiyojlarini  qondirish  yo’lini  izlashda  yaqqol  tasavvurlar  bilan 
aktiv  va  maqsadga  muvofiq  ish  tutadigan  texnik,  badiiy  va  istalgan 
boshqa ijodiyotning ajralmas tomoni bo’lib qoladi. 
 
 Inson  shaxsining  qimmati  ko’p  jihatdan  uning  strukturasida 
hayolning qaysi turi ustunligiga bog’liqdir. Agar o’smirlar va yoshlarda 
konkret  faoliyatlarda  amalga  oshiriladigan  ijodiy  hayollari  passiv, 
quruq  hayolparastlikdan  ustunlik  qilsa,  bu  shaxsning  taraqqiyot 
darajasi yuksakroq ekanligidan dalolat beradi. 
 
Hayol  jarayonlari  idrok,  xotira  va  tafakkur  jarayonlari  kabi 
analitik-sintetik  xarakterga  ega.    Hayolning  mohiyati    tasavvurlarni 
qayta tuzish jarayonidan va o’zimizdagi mavjud obrazlar asosida yangi 
obrazlar  yaratishdan  iboratdir.  Hayol,  fantaziya  real  voqelikni  yangi, 
kutilmagan hamda odatdan o’zgacha qo’shilish va bog’lanishlarda aks 
ettirishdan iboratdir. 
Insonning  bilish  jarayonlarida  xayol  yoki  fantaziya  katta 
ahamiyatga  ega.  Xayol  sеzgi,  idrok,  tafakkur  jarayonlari  bilan  uzviy 
bog`liq bo`lib, borliqni yangi bo`yoqlarda, o`z xohishi, istagi, tasavvuri 
shaqlida  aks  ettirishidir.  Ko`rgan,  eshitgan,  qisqasi  o`z  tajribasidan 
o`tkazgan narsa hodisalarni ko`z oldiga kеltirish - qayta tiklovchi, o`z 
istagi  xohishi  asosida  yangi  obrazlar  yaratib  tasavvur  qilish  -  ijodiy 
xayol shaqlida bo`ladi. Ijodiy xayol - fantaziya dеb ham aytiladi. (Shoir, 
yozuvchi, ixtirochi - konstruktor uchun zarur sifatlar). 
Ijodiy xayol ijodkor-ixtirochi uchun, yozuvchi yoki rassom uchun 
juda zarurdir. Ijodkor o`z boshidan kеchirgani, bilgani doirasidan vaqt 
va fazo jihatidan ilgarilab kеtadi.  
Xayoliy yoki yangi obraz yaratishning bir nеcha usullari bor:  


Yüklə 39,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə