O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 39,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/104
tarix26.09.2017
ölçüsü39,9 Kb.
#2123
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   104

 
204 
belgilanadi.  Diqqat  ancha  yangi,  qiziqarli,  maroqli  bo’lmagan 
narsalarga qaratilmasdan, ansincha faoliyatning maqsadi bilan bog’liq 
narsalarga,  uni  204malgam  oshirish  uchun  muhim  va  zarur  bo’lgan 
narsalarga  jalb  etilgan  sharoitlarda  ko’pincha  irodaviy  kuch-
g’ayratlarni ishga solish talab qilinadi. 
Ixtiyoriy  diqqat  jarayonida  shaxsning  faolligi  namoyon  bo’ladiki, 
bunday  vaqtda  qiziqishlar  bilvosita  xususiyat  (bir  faoliyat  maqsadi  va 
natijasining  extiyojlari)  kasb  etadi.  Ixtiyoriy  diqqatning  asosiy  vazifasi 
psixik  jarayonlarining  kechishini  faol  boshqarib  turishdan  iboratdir. 
Kishi  aynan  ana  shu  ixtiyoriy  diqqatning  mavjudligi  tufayli  xotiradan 
o’zi  uchun  zarur  ma’lumotlarni  faol  tarzda,  tanlab  «ajratib  olish»ga, 
muhim va jiddiy narsalarni alohida ajratib ko’rsatishga, to’g’ri qarorlar 
qabul  qilishga,  faoliyat  jarayonida  paydo  bo’ladigan  vazifalarni 
204malgam oshirishga layoqatli bo’ladi. 
Ixtiyorsiz  diqqat  esa  qo’zg’atuvchining  kuchli  ta’siri  asosida 
yuzaga  keladi.  Masalan,  kuchli  qo’zg’atuvchilar  hisoblangan  baland 
ovoz, yorqin nur, bo’yoq, kuchli hid beixtiyor kishi diqqatini o’ziga jalb 
etadi.  Shuningdek,  kishining  extiyojlariga  muvofiq  keladigan  uning 
uchun  ahamiyatga  ega  bo’lgan  qo’zg’atuvchilar  ixtiyorsiz  diqqatni 
qo’zg’aydi. 
Ixtiyorsiz  diqqatda  bevosita  qiziqishning  roli  benihoya  kattadir. 
Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo’lsa, diqqatning uzoq 
vaqt mobaynida to’planib turishini taqozo etadi. 
Ixtiyorsiz  diqqat  shaxsning  umumiy  yo’nalganligina  ham 
bog’liqdir. Masalan, teatr bilan qiziqadigan kishi extimol futbol bo’yicha 
bo’lajak  musobaqa  haqidagi  e’longa  e’tibor  bermasdan,  ayni  chog’da 
teatrga  oid  yangi  e’lonni  tezroq  payqashi  mumkin.  Ixtiyorsiz  diqqat 
sub’yektning  anglashilgan  niyatlaridan  mustasno  tarzda,  uning  biron 
bir  irodaviy  urinishlarisiz  ro’y  beradi.  Ixtiyorsiz  diqqatning  asosiy 
vazifasi muhitning doimiy ravishda o’zgarib turadigan sharoitlarida tez 
va  to’g’ri  mo’ljal  olishdan,  uning  mazkur  paytda  eng  ko’p  darajada 
hayotiy  mazmun  kasb  etishi  mumkin  bo’lgan  ob’yektlarni  alohida 
ajratib ko’rsatishdan iboratdir. 
Ixtiyoriy  va  ixtiyorsiz  diqqatdan  tashqari  uning  yana  bir  alohida 
turini-ixtiyoriydan  so’nggi  diqqatni  alohida  ko’rsatish  mumkin.  Bu 
tushuncha psixologiyada N.F.Dobrinin tomonidan joriy
 etilgandir. 
Agar  maqsadga  yo’naltirilgan  faoliyatda  shaxs  uchun  diqqatning 
ixtiyoriy  to’planganidagi  kabi  faqat  faoliyat  natijasi  emas,  balki  uning 
mazmuni  va  jarayonining  o’zi  qiziqarli  va  ahamiyatli  bo’lsa,  bu 
ixtiyoriydan so’nggi diqqat to’g’risida mulohaza yuritishga asos beradi. 
Bu  holda  faoliyat  kishini  shu  qadar  qiziqtirib  yuboradiki,  u  diqqatni 
ob’yektga  qaratish  uchun  sezilarli  irodaviy  kuch-g’ayrat  sarflamasa 
ham  bo’laveradi.  Shunday  qilib,  ixtiyoriydan  so’nggi  diqqat  ixtiyoriy 
diqqatdan keyin namoyon bo’lgan holda shuning o’zidangina iborat deb 


 
205 
hisoblanishi mumkin emas. Bu diqqat anglanilgan holda ilgari surilgan 
maqsad  bilan  bog’liq  bo’lganligi  sababli  u  ixtiyorsiz  diqqatdangina 
iborat  qilib  qo’yilishi  ham  mumkin  emas.  Masalan,  yuqori  sinf 
o’quvchisi  imtixonga  tayyorlanayotib,  qiyin  kitobning  qisqacha 
mazmunini  yozib  chiqarkan,  oldiniga  o’zini  diqqat-e’tiborli  bo’lishga, 
alahsimaslikka  majbur  qiladi.  Lekin  keyinchalik    u  ishga  shunday 
qiziqib  ketadiki,  oqibatda  uni  kitobdan  chalg’itish  qiyin  bo’ladi. 
Dastavval  irodaviy  kuch-g’ayratlar  madadiga  tayangan  diqqat 
ixtiyoriydan so’nggi diqqatga aylanadi. Ixtiyoriydan so’nggi diqqat biror 
narsaga  uzoq  vaqt  davomida  juda  ham  barqaror  qaratilishi  bilan 
belgilanadi, ko’proq yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatni, 
barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli ravishda ana 
shunday diqqat turi bilan bog’liq deb hisoblaydilar. 
Diqqatni  irodaviy  kuch-g’ayratlar  yordami  bilan  doimo  bir 
maromda saqlab turish o’ta zo’riqishni talab qiladi va kishini juda ham 
toliqtirib  qo’yadi.  O’qitish  jarayonida  ixtiyoriydan  so’nggi  diqqatning 
alohida  ahamiyatga  ega  ekanligi  xuddi  shu  holat  bilan  belgilanadi. 
Dastavval  u  ixtiyoriy  diqqat  sifatida  paydo  bo’lishi  munosabati  bilan 
faoliyatning, ishga «tortish» jarayonining ilk bosqichlarini puxta tashkil 
etish  shart.  Ixtiyoriydan  so’nggi  diqqatga  xos  bo’lgan  qiziqish 
shaxsning  faolligiga  bog’liqdir.  Bunday  faollikning  shakllanishi  esa 
faoliyatda ijodkorlik alomatlarining gavdalanganligiga borliq bo’ladi.  
Diqqatning 
fiziologik 
mexanizmlarini 
tushunib 
yetishda 
dominanta  (nasldan-naslga  o’tuvchi  asosiy  belgi)  prinsipi  alohida 
ahamiyatga  egadir.  A.A.Uxtomskiyning  fikriga  ko’ra,  miyada  hamisha 
qo’zg’alishning  ustun  hukmronlik  qiluvchi  markazi  mavjud  bo’ladi. 
A.A.Uxtomskiy dominantani «yuksak darajadagi qo’zg’alish markazlari» 
konstellyasiyasi  deb  ta’riflaydi.  Dominantaning  hukmronlik  qiluvchi 
sifatidagi  xususiyati  shundan  iboratki,  u  qo’zg’alishning  yangi  hosil 
bo’ladigan  markazlarini  faqat  tiyib  qo’ya  qolmaydi,  balki  sust 
qo’zg’alishlarni  o’ziga  jalb  etishga  va  shu  tufayli  ularning  hisobga 
yanada kuchayishiga, ular ustidan yanada ko’proq darajada  ustunlik 
qilishga  ham  qodirdir.  Dominanta  qo’zg’alishning  barqaror  markazi 
hisoblanadi. A.A.Uxtomskiy: ««Dominanta» degan nom zamirida yuksak 
darajadagi  qo’zg’alishning  ko’proq  yo  ozroq  barqaror  markazi 
tushuniladi»,  deb  yozgan  edi.  A.A.Uxtomskiyning  dominanta 
to’g’risidagi 
tasavvurlari 
uzoq 
vaqt 
davomida 
diqqatning 
harakatlantiruvchi mexanizmini tushunish imkonini beradi. 
Yuksak  darajadagi  qo’zg’alish  markazlarida  miyaning  faoliyati 
uchun yaratiladigan eng qulay shart-sharoitlar, shubhasiz, diqqatning 
yo’naltirilgan 
tarzda 
jamlanganligi 
holatida 
barcha 
bilish 
jarayonlarining yuksak samarali bo’lishini belgilab beradi. 
Diqqat turlicha sifat ko’rinishlari bilan ta’riflanadi. Diqqatning bu 
ko’rinishlarini diqqatning sifati yoki xususiyatlari deb ataladi.  


Yüklə 39,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə