204
belgilanadi. Diqqat ancha yangi, qiziqarli, maroqli bo’lmagan
narsalarga qaratilmasdan, ansincha faoliyatning maqsadi bilan bog’liq
narsalarga, uni 204malgam oshirish uchun muhim va zarur bo’lgan
narsalarga jalb etilgan sharoitlarda ko’pincha irodaviy kuch-
g’ayratlarni ishga solish talab qilinadi.
Ixtiyoriy diqqat jarayonida shaxsning faolligi namoyon bo’ladiki,
bunday vaqtda qiziqishlar bilvosita xususiyat (bir faoliyat maqsadi va
natijasining extiyojlari) kasb etadi. Ixtiyoriy diqqatning asosiy vazifasi
psixik jarayonlarining kechishini faol boshqarib turishdan iboratdir.
Kishi aynan ana shu ixtiyoriy diqqatning mavjudligi tufayli xotiradan
o’zi uchun zarur ma’lumotlarni faol tarzda, tanlab «ajratib olish»ga,
muhim va jiddiy narsalarni alohida ajratib ko’rsatishga, to’g’ri qarorlar
qabul qilishga, faoliyat jarayonida paydo bo’ladigan vazifalarni
204malgam oshirishga layoqatli bo’ladi.
Ixtiyorsiz diqqat esa qo’zg’atuvchining kuchli ta’siri asosida
yuzaga keladi. Masalan, kuchli qo’zg’atuvchilar hisoblangan baland
ovoz, yorqin nur, bo’yoq, kuchli hid beixtiyor kishi diqqatini o’ziga jalb
etadi. Shuningdek, kishining extiyojlariga muvofiq keladigan uning
uchun ahamiyatga ega bo’lgan qo’zg’atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni
qo’zg’aydi.
Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya kattadir.
Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo’lsa, diqqatning uzoq
vaqt mobaynida to’planib turishini taqozo etadi.
Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo’nalganligina ham
bog’liqdir. Masalan, teatr bilan qiziqadigan kishi extimol futbol bo’yicha
bo’lajak musobaqa haqidagi e’longa e’tibor bermasdan, ayni chog’da
teatrga oid yangi e’lonni tezroq payqashi mumkin. Ixtiyorsiz diqqat
sub’yektning anglashilgan niyatlaridan mustasno tarzda, uning biron
bir irodaviy urinishlarisiz ro’y beradi. Ixtiyorsiz diqqatning asosiy
vazifasi muhitning doimiy ravishda o’zgarib turadigan sharoitlarida tez
va to’g’ri mo’ljal olishdan, uning mazkur paytda eng ko’p darajada
hayotiy mazmun kasb etishi mumkin bo’lgan ob’yektlarni alohida
ajratib ko’rsatishdan iboratdir.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida
turini-ixtiyoriydan so’nggi diqqatni alohida ko’rsatish mumkin. Bu
tushuncha psixologiyada N.F.Dobrinin tomonidan joriy
etilgandir.
Agar maqsadga yo’naltirilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning
ixtiyoriy to’planganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning
mazmuni va jarayonining o’zi qiziqarli va ahamiyatli bo’lsa, bu
ixtiyoriydan so’nggi diqqat to’g’risida mulohaza yuritishga asos beradi.
Bu holda faoliyat kishini shu qadar qiziqtirib yuboradiki, u diqqatni
ob’yektga qaratish uchun sezilarli irodaviy kuch-g’ayrat sarflamasa
ham bo’laveradi. Shunday qilib, ixtiyoriydan so’nggi diqqat ixtiyoriy
diqqatdan keyin namoyon bo’lgan holda shuning o’zidangina iborat deb
205
hisoblanishi mumkin emas. Bu diqqat anglanilgan holda ilgari surilgan
maqsad bilan bog’liq bo’lganligi sababli u ixtiyorsiz diqqatdangina
iborat qilib qo’yilishi ham mumkin emas. Masalan, yuqori sinf
o’quvchisi imtixonga tayyorlanayotib, qiyin kitobning qisqacha
mazmunini yozib chiqarkan, oldiniga o’zini diqqat-e’tiborli bo’lishga,
alahsimaslikka majbur qiladi. Lekin keyinchalik u ishga shunday
qiziqib ketadiki, oqibatda uni kitobdan chalg’itish qiyin bo’ladi.
Dastavval irodaviy kuch-g’ayratlar madadiga tayangan diqqat
ixtiyoriydan so’nggi diqqatga aylanadi. Ixtiyoriydan so’nggi diqqat biror
narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror qaratilishi bilan
belgilanadi, ko’proq yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatni,
barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli ravishda ana
shunday diqqat turi bilan bog’liq deb hisoblaydilar.
Diqqatni irodaviy kuch-g’ayratlar yordami bilan doimo bir
maromda saqlab turish o’ta zo’riqishni talab qiladi va kishini juda ham
toliqtirib qo’yadi. O’qitish jarayonida ixtiyoriydan so’nggi diqqatning
alohida ahamiyatga ega ekanligi xuddi shu holat bilan belgilanadi.
Dastavval u ixtiyoriy diqqat sifatida paydo bo’lishi munosabati bilan
faoliyatning, ishga «tortish» jarayonining ilk bosqichlarini puxta tashkil
etish shart. Ixtiyoriydan so’nggi diqqatga xos bo’lgan qiziqish
shaxsning faolligiga bog’liqdir. Bunday faollikning shakllanishi esa
faoliyatda ijodkorlik alomatlarining gavdalanganligiga borliq bo’ladi.
Diqqatning
fiziologik
mexanizmlarini
tushunib
yetishda
dominanta (nasldan-naslga o’tuvchi asosiy belgi) prinsipi alohida
ahamiyatga egadir. A.A.Uxtomskiyning fikriga ko’ra, miyada hamisha
qo’zg’alishning ustun hukmronlik qiluvchi markazi mavjud bo’ladi.
A.A.Uxtomskiy dominantani «yuksak darajadagi qo’zg’alish markazlari»
konstellyasiyasi deb ta’riflaydi. Dominantaning hukmronlik qiluvchi
sifatidagi xususiyati shundan iboratki, u qo’zg’alishning yangi hosil
bo’ladigan markazlarini faqat tiyib qo’ya qolmaydi, balki sust
qo’zg’alishlarni o’ziga jalb etishga va shu tufayli ularning hisobga
yanada kuchayishiga, ular ustidan yanada ko’proq darajada ustunlik
qilishga ham qodirdir. Dominanta qo’zg’alishning barqaror markazi
hisoblanadi. A.A.Uxtomskiy: ««Dominanta» degan nom zamirida yuksak
darajadagi qo’zg’alishning ko’proq yo ozroq barqaror markazi
tushuniladi», deb yozgan edi. A.A.Uxtomskiyning dominanta
to’g’risidagi
tasavvurlari
uzoq
vaqt
davomida
diqqatning
harakatlantiruvchi mexanizmini tushunish imkonini beradi.
Yuksak darajadagi qo’zg’alish markazlarida miyaning faoliyati
uchun yaratiladigan eng qulay shart-sharoitlar, shubhasiz, diqqatning
yo’naltirilgan
tarzda
jamlanganligi
holatida
barcha
bilish
jarayonlarining yuksak samarali bo’lishini belgilab beradi.
Diqqat turlicha sifat ko’rinishlari bilan ta’riflanadi. Diqqatning bu
ko’rinishlarini diqqatning sifati yoki xususiyatlari deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |