O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 39,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/104
tarix26.09.2017
ölçüsü39,9 Kb.
#2123
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104

 
202 
tutiladi.Psixik  hodisalar      ichida  psixik  jarayonlar  еtakchi  va  asosiy 
mazmunni kasb etadi.  
Psixik  jarayonlar  tashqi  olamni  ongda  aks  ettirish,  unga  javob 
rеaktsiyalarini bеrish bilan bog`liq jarayonlarning barchasini o`z ichiga 
oladi.  Psixik  jarayonlar  ongning  o`zida  paydo  bo`lib,  ongning  o`zida 
tugallanadi  dеgan  fikrni  Sеchеnov  mutlaqo  noto`g`ri  fikr  dеb 
hisoblagan  edi.  Psixik  hodisa  hali  yuzaga  kеlmagan  natijadan  ham 
darak bеradi. 
Psixik  jarayonlar  signal  yoki  boshqaruv  funktsiyasini  bajarib, 
sharoitga  moslashtirishga  yoki  javob  rеaktsiyasini  bеrishga  xizmat 
qiladi.  
Psixik  jarayon,  ma'lumki  o`zicha  sodir  bo`lmaydi,  balki,  miyaning 
mohiyati,  uning  tеgishli  bo`lmalari  funktsiyasi  sifatida  olam  haqidagi 
axborotlarning qayoqqa kеtishi, qaеrda saqlanishi va qayta ishlanishini 
ko`rsatuvchi javob rеaktsiyasining boshqaruvchisidir. 
Psixik  jarayonlar  o`z  navbatida  bilish  jarayonlari,  emotsional 
jarayonlar,  shaxsning  irodaviy  holatlari  va  shaxsning  individual 
xususiyatlari dеb nomlangan qismlarga bo`lib o`rganiladi.  
Psixik  hodisalar  -  bu  faoliyatning  hozir  ta'sir  etayotgan  (sеzgi, 
idrok) yoki qachonlardir, ya'ni turmush tajribasida (xotira) yuz bеrgan 
qo`zg`oluvchiga  javob  tarzida  ro`y  bеradigan,  ana  shu  ta'sirni 
umumlashtiradigan,  ular  pirovard  natijada  olib  kеladigan  natijalarni 
(tafakkur,  xayol)  oldindan  ko`ra  olishga  yordam  bеradigan,  bir  xil 
ta'sirlar  natijasida  faoliyatni  (his-tuyg`u,  iroda)  kuchaytiradigan  yoki 
susaytiradigan,  umuman  faollashtirib  yuboradigan  va  boshqa  xildagi 
ta'sirlar  oqibatida  uni  tormozlaydigan,  odamlar  xulq-atvoridagi 
(tеmpеramеnt,  xaraktеr  va  b.)  tafovutlarni  aniqlaydigan  doimiy 
boshqaruvchilaridir. 
Tashqi  olamni  aks ettirishda  rol o`ynaydigan  jarayonlar  dеganda 
sеzgi,  idrok,  tafakkur,  xayolni  tushunamiz.  Biroq  boshqa  psixik 
jarayonlar ham ta'sir ko`rsatadi. 
Psixik  jarayonlarda  birinchi  signallar  tizimi  bilan  bir  qatorda 
odam uchun xos bo`lgan ikkinchi signallar tizimi ham ahamiyatlidir.    
Xohlagan  psixik  jarayonning  sodir  bo`lishi  va  davom  etishi 
shunday  bir  ruhiy  hodisaga  bog`liqki  u  barcha  jarayonlarda  ishtirok 
etadi,  uning  samaradorligiga  ta'sir  o`tkazadi.  Bu  diqqatdir.  Diqqat 
ongning  bir  nuqtaga  qaratilishi  bo`lib,  shaxsning  faolligini  hamda 
uning ob'еktiv borliqdagi narsa va hodisalarga tanlovchi munosabatini 
ifodalaydi.  Diqqat  bo`lmasa,  aniq  maqsadga  qaratilgan  faoliyat  ham 
bo`lmaydi. 
Ta’lim olishda diqqatning rolini ta’kidlarkan, buyuk rus pedagogi 
K.D.Ushinskiy  «...diqqat  aynan  shunday  bir  eshikki,  tashqi  olamdan 
kishi  qalbiga  kirib  keladigan  jamiki  narsalarning  barchasi  shu  eshik 
orqali  kiradi»,-deb  yozgan  edi.  Demak,  diqqat  deb,  kishi  ongning 


 
203 
o’rganilayotgan 
yoki 
shug’ullanayotgan 
ob’yektiga 
yo’naltirilganligiga  aytiladi.  Yo’naltirilganlik  shaxsning  extiyojlariga, 
qiziqishlariga, faoliyat maqsadlariga bog’liq holda namoyon bo’ladi.  
Boshqa psixik jarayonlar kabi diqqat ham o’zining nerv fiziologik 
asoslariga  ega.  Mashhur  rus  fiziologi  I.P.Pavlov  diqqatning  fiziologik 
asosini  yangi  voqea,  hodisalarni  aks  ettirish  jarayonida  bosh  miya 
yarim  sharlarida  yuzaga  keladigan  «Bu  nima?»  refleksi  tashkil  etadi 
degan taxminni ilgari surdi. Shuningdek, yo’naltirilganlik sub’yektning 
extiyojlariga,  uning  faoliyati  maqsadlari  va  vazifalariga  mos  keladigan 
ob’yektlarning  tanlanganligida,  ixtiyoriy  va  ixtiyorsiz  tanlashda, 
ajratishda  namoyon  bo’ladi.  Diqqat-e’tiborning  bir  xil  ob’yektlarda 
to’planganligi  (konsentrasiyalanishi)  ayni  paytda  barcha  begona 
narsalardan  chalg’ishni,  boshqa  ob’yektlarning  vaqtincha  inkor 
etilishini  taqozo  qiladi.  Shu  tufayli  in’ikos  aniq-ravshan  bo’la  boradi, 
tasavvurlar  va  o’y-fikrlar  faoliyat  tugallanmagunga  qadar,  undan 
ko’zlangan  maqsadga  erishilmaguncha  ongda  saqlanib  qoladi.  Shu 
yo’sinda faoliyatning nazorat qilib va boshqarilib borilishi ta’minlanadi. 
Diqqat  sezgi,  xotira,  tafakkur  va  harakat  jarayonlarida  namoyon 
bo’lishi  mumkin.  Shu  sabbali  diqqatni  biror  narsaga  qaratish 
ob’yektiga  (idrok  etiladigan  buyum,  xotira,  tafakkur,  harakat 
tasavvurlari)  bog’liq  holda  diqqatning  namoyon  bo’lishining  quyidagi 
shakllarini:  sensor  (perseptiv),  aqliy,  harakatlantiruvchi  shakllarini 
ajratib ko’rsatadilar.  
Hozirgi  vaqtda  sensor  (ko’rish,  eshitish)  diqqati  ko’proq 
o’rganilgandir.  Diqqatga  ta’rif  beradigan  ma’lumotlarning  ko’pchiligi 
amalda  uni  tadqiq  etish  natijasida  qo’lga  kiritilgan.  Diqqat  bamisoli 
bilish (idrok, xotira, tafakkur) jarayonlari orasida namoyon bo’lib, ular 
samaradorligining  oshishiga  yordam  beradi.  Jumladan,  idrokning 
aniq-ravshanligi  va  to’laqonligi  diqqatga  bog’liq,  diqqatning  susayishi 
perseptiv  jarayonlarning  birmuncha  darajada  buzilishiga  va 
shakllanayotgan siymoning o’zgarib ketishiga olib borishi mumkin. 
Diqqatning bir nechta turlari mavjud: 
1.
 
ixtiyoriy diqqat; 
2.
 
ixtiyorsiz diqqat; 
3.
 
ixtiyoriydan so’nggi diqqat. 
Ixtiyoriy  diqqat  ongli  ravishda  ma’lum  maqsad  asosida  voqea 
hodisaga  nisbatan  diqqatni  yo’naltirishda  ifodalanadi.  Ixtiyoriy  diqqat 
kishidan  irodaviy  zo’r  berish  va  maxsus  203malgam203c  quvvatni  
talab  etadi.  Masalan,  ixtiyoriy  diqqatga  kitob  o’qish  uchun  ixtiyoriy 
diqqat zarur.  
Ixtiyoriy diqqat diqqatning 203mal turi sifatida mehnat jarayonida 
o’z  oldiga  ma’lum  bir  vazifa  qo’ygan  va  harakat  programmasini  ongli 
tarzda ishlab chiqqan bo’lsa yuz beradi. Uning diqqatini jalb etadigan 
ob’yektlarning  alohida  ajratib  ko’rsatilishi  ana  shu  hol  bilan 


Yüklə 39,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə