O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi



Yüklə 109,66 Kb.
səhifə2/17
tarix31.03.2023
ölçüsü109,66 Kb.
#103870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Abidova Moxidil Adiljonovna

ANNOTATION
Decades of research show that traditional teaching remains one of the unique models of education. A traditional lesson is a time-frame learning model in which the learning process is more teacher-centered, with introductory, reinforcing and closing stages. Although the curriculum is new and more complex, traditional teaching is often the only teaching method.
This means that today the use of non-traditional teaching methods in teaching is becoming increasingly important. In this study, the importance of these techniques was analyzed on a sample basis.


АННОТАЦИЯ
Десятилетия исследований показывают, что традиционное обучение остается одной из уникальных моделей образования. Традиционный урок - это модель обучения на определенный период времени, в которой процесс обучения больше ориентирован на учителя, с вводной, подкрепляющей и заключительной стадиями. Хотя учебная программа является новой и более сложной, традиционное обучение часто является единственным методом учебного процесса.
Это означает, что сегодня все большее значение приобретает использование нетрадиционных методов обучения в обучении. В этом исследовании важность этих методов была проанализирована на основе выборки.

Farg’ona davlat universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi Tarix yo’nalishi tinglovchisi: Abidova Moxidil Adiljonovnaning


O`zbekisto parlamenti yangi bosqichda” mavzusini o’rganishda noan'anaviy usullardan foydalanish mavzusidagi malaka ishiga
TAQRIZ
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, davlatimiz tomonidan ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratild, o’qitishda zamonaviy, ilg’or pedogogik texnologiyalardan foydalanish yo’lga qo’yildi. Tinglovchi Abidova Moxidil Adiljonovnaning “O`zbekisto parlamenti yangi bosqichda” mavzusini o’rganishda noan'anaviy usullardan foydalanish mavzusidagi bitiruv malakaviy ishida tarix darslarida uzviylikni ta’minlash, yondosh fanlar bilan bog’lab o’tish, kompetensiyaga e’tibor berish ilmiy –amaliy ahamiyatga ega ekanligi, mavzuning dolzarbligi, tadqiqot ob’yekti, predmeti, vazifalari, metodlari talab darajasida yoritilgan. Malakaviy ishi 2-bob, 6-reja, kirish va xulosa qismlaridan iborat.
Kirish Malaka ishining dolzarbligi, maqsadi va vazifalar, birinchi bobida dars berish metodikasining predmeti, metodika va uning vazifasi, tarix fanini o’qitishda zampnaviy padogogkik metodlar, ikkinchi bobida, ta’lim tizimiga yondashuvlar va dars o’tish metodlari, dars o’tish metodlarini tanlash mezonlari, dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish kabi mavzular yoritib berilgan.
Tinglovchi ishni yozish jarayonida internet ma’lumotlariga doir adabiyotlarni keng ko’lamda tahlil qila olgan. Shu jihatdan ishni sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. O’z o’rnida shuni qayd etish lozimki, mazkur bitiruv ishi ayrim uzviy kamchiliklardan holi emas. Masalan, ishni yoritishda xorijiy tillardagi adabiyotlardan keng foydalanilganda ishning sifati yanada oshgan bo’lar edi. Lekin bitiruv ishini umumiy saviyasiga salbiy ta’sir ko’rsatmaganligi inobatga olgan holda mazkur bitiruv ishini ijobiy baholab, himoyaga tavsiya etaman.
Taqrizchi: FarDU t.f.d. ______ B.Usmonov


KIRISH
“O’tkankunlar” romani muallifi Abdulla Qodiriy ham ,,Moziyga qaytib ish ko’rish, xayrlidir” deb bejizga aytmaganlar. Shuning uchun ham biz yosh avlodni fanlarga bo’lgan qiziqishini oshirishda -o’qituvchi-pedagog kadrlar oldida katta vazifalar qo’yilgan. Bu jarayonda o’qituvchidan- pedagogik, psixologik yondashuv ham talab qilinmoqda.
Har bir fan yuzasidan ko’pgina metodik tavsiyalar ishlab chiqilmoqda va buni dars jarayonlarida qo’llash bilim samaradorligining oshishiga yordam bermoqda. Masalan, buni tarix darslarida ham ko’rish mumkin. O’quvchilar Vatanimiz va dunyo tarixini darslar davomida o’zlashtirish jarayonida qiyinchiliklarga, to’siqlarga, turli davrlarni taqqoslashda xatoliklarga yo’l qo’ymasliklari uchun davrni to’g’ri anglab, uni hozirgi zamon bilan solishtirib bilishida ayniqsa, didaktik o’yinlarni qo’llash, guruhlar o’rtasida musobaqalar o’tkazish o’quvchining fikrlash qobiliyatini oshiradi. Buning uchun tarixiy davrning mavzularini o’zlashtirishda: mavzuni qismlarga bo’lgan holda, taqqoslash va solishtirish, davrlarning xususiyatlarini analiz-sintez qilish va kombinatsiya qilish, ijobiy va salbiy xususiyatlarini keltirish, hozirgi zamon bilan o’xshash, farql ijarayonlarini qo’llash fanni o’zlashtirish imkonini beradi.Tarix ta’limida sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda darslarni o’tish, har bir darsning mavzusidan kelib chiqib metod, usuldan foydalanishga bog’liq bo’lib, bu o’quvchilarning qiziqishi, bilimi, ko’nikma, malakalari hamda tafakkurining o’sib borishida namoyon bo’ladi.
Darsning sifatli samaradorligiga erishish uchun qisqa takrorlash darslarini qo’shimcha tarzda kiritib borish, mavzularni puxta egallanilishini ta’minlaydi. Yurtimizda pedagogik texnologiyalarini qo’llash XX asrning 90-yillarida boshlandi. Pedagogik faoliyatda innovatsiya va interaktiv usullar, ,,klaster”, ,,baliqskleti”, ,,estafeta tayoqchasi”, ,,beshinchisi ortiqcha”, ,,tezkor blits so’rovlari”, ,,zig-zag” usullarini qo’llash orqali o’quvchilar birgalikda, hamjihatlikda yoki yakka-individual ishlab darslarda qatnashadi.
O’quvchilarda bilim olishga intilish va bilim olish ehtiyoji paydo bo’ladi. Bu faoliyat asosan ,,o’qituvchi-o’quvchi”, ,,o’quvchi-o’qituvchi”, ,,o’quvchi-o’quvchi” ta’sirida dars samaradorligiga erishishni ta’minlaydi.
Tarix o’qitishda o’quvchilarning ko’z o’ngida o’tmishdagi ijtimoiy hayotning yaxshi manzaralarini shakllantirishda jonli va yorqin obrazlardan foydalanishning ahamiyati kattadir. Mavzuga oid qiziqarli ma’lumotlar qo’llash, o’quvchilarning qiziqishini oshiradi, qiziqarli tarixiy ma’lumotni ,,intervyu”, yoki ,,telefon” (ma’lumotlar aytilib bir-biri bilan fikr almashish) metod va usullaridan foydalanish –noan’anaviy metod usullaridan biridir.

Yüklə 109,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə