O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi



Yüklə 109,66 Kb.
səhifə9/17
tarix31.03.2023
ölçüsü109,66 Kb.
#103870
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Abidova Moxidil Adiljonovna

Muammoli o‘qitishning maqsadlari

  • Ta’lim oluvchilarning mazmunli va izchil bilim olishini ta’minlash;

  • Muammo yechimlarini topish va uning boshqa yechimlari bo'yicha ham istiqbolli hal etish yo'Ilarim ishlab chiqish;

  • Ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga bo'linib, muammoli vaziyatlardan chiqib ketishga o'rgatish;

  • O'quvchi, talabalarda shaxsiy mas’uliyat tuyg'usini uyg'otish va mustahkamlash.

Muammoli o'qitishning to'rt bosqichdan iborat mantiqiy sxe-masi quyidagicha.

  1. Muammoning qo'yilishi.

  2. Uni yechish yo'llarini aniqlash.

  3. Muammoni yechishning eng ma’qul yo'lini aniqlash.

  4. Muammoni yechish.


1.3. Mustaqil ishlash metodlari
Borgan sari ortib boradigan mustaqil tayyorlanish vaqtini samarali bo‘lishini ta’minlashda ikki narsaga e’tibor qaratish kerak:
Birinchidan amal qilish kerak O‘quvchilarning faollik ko‘rsatmasligi, faqat o‘qituvchining ma’ruzasini tinglashi va topshiriqlarni bajarishi, ularning mustaqil ish – o‘qishning, aqliy mehnatning alohida turi.
Ikkinchidan so‘rash, mustahkamlash, baholash tartibiga amal qilinadi.
Bugungi kunda quyidagilar an’anaviy ta’limning kamchiliklari sifatida
e’tirof etilmoqda:
 ta’lim jarayonida o‘qituvchining ko‘proq faollik ko‘rsatishi,
faqat tushuntirish, buyruq berish, o‘z so‘zini o‘tkazishga harakat qilish;
 ta’lim jarayonida o‘quvchilarga asosan nazariy bilim (ma’lumotlar) berilishi;
 ta’limda majburiylik, nasihatgo‘ylik, qattiqqo‘llik, avtoritarizm tamoyillarga mustaqil fikr yuritishga, tashabbuskorlikka o‘rgatilmasligi;
 ta’limning o‘rtacha darajada bilim oluvchi o‘quvchilar uchun mo‘ljallanganligi.
Bugungi kunda ta’lim tizimida o‘qitishning interfaol usullari keng qo‘llanilmoqda. Bu usullar o‘quvchilarda mustaqil ta’lim olish malakasini shakllantirishni taqozo
etadi.
O‘qitishning interfaol usullari afzalliklarini quyidagilarda ko‘rish mumkin
 o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida teng hamkorlik o‘rnatiladi;
 dars jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchining ichki motivatsiyasiga tayaniladi: majburlab o‘qitilmaydi, (lekin dunyoda kerak degan so‘z bor, inson o‘zini majbur qilishi kerakki, gohida unga ko‘ra hayot mamot masalasi hal bo‘ladi, buni ham unutmaslik zarur) o‘quvchi-talabalar tabaqalashtirilib o‘qitiladi;
 ta’lim berishda o‘quvchi-talabalar aqliy rivojlanganlik darajasi, qobiliyati e’tiborga olinadi;
 o‘quvchi talabalar ko‘proq mustaqil ta’lim oladilar;
 ta’lim jarayonining ob’ekti o‘qituvchi emas, o‘quvchi hisoblanadi;
Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning interfaol usullari qo‘llash o‘qituvchining ijodkorlik mahoratini, qolaversa, mas’uliyatini yanada oshiradi. Bundan kelib chiqadiki, yangi pedagogik texnologiyaning maqsadi o‘qitish emas, balki ularni mustaqil o‘qishga o‘rgatishdir. Demak, ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarda mustaqil ta’lim olish malakasini shakllantirishda, muhim omil hisoblanadi.
Talaba mustaqil ishlash ko‘nikmasini egallamasa, zamon talabi darajasidagi mutaxassis bo‘lib etisha olmaydi, chunki talabaning o‘qish yillari davomida olgan bilimlarning ko‘p kismi u faoliyat boshlagunga qadar eskiradi, ko‘pgina bilimlar esa unutiladi. Bilimning eskirishi tez, axborot oqimi nihoyatda katta bo‘lgan hozirgi davrda mustaqil o‘qishga, o‘z ustida tinmay ishlash, izlanishga o‘rganish har bir mutaxassis uchun nihoyatda zarur.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida» qonun qabul qilishdan maqsad raqobatbardosh mutaxassis va talabga javob beradigan yuksak darajadagi kasbiy mahoratga ega bo‘lgan mutaxassis tayyorlashdir. Bu maqsadni amalga oshirishda talabalarni o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy faoliyati, mustakil ishlash vaqt byudjeti, tadqiqot ob’ekti alohida ahamiyatga ega.
Ta’limning reyting tizimi, ayniqsa o‘qish jarayoniga kirib kelayotgan yangiliklar,axborot hajmining kattaligi talabalardan mustaqil ishlash va vaqtdan to‘g‘ri foydalanishni, uni tejash zaruriyatini keltirib chiqaradi.Har qanday talaba, bo‘lg‘usi mutaxassis. Tahlil kilish, baholash, har qanday vaziyatda to‘g‘ri yo‘l tanlay bilish ko‘n jihatdan uning olgan bilimiga bogliq. Mukammal bilim esa dars, mashg‘ulotlarda qatnashishdan tashqari mustaqil mutolaa qilish, vaqtdan samarali foydalanish orqali vujudga keladi.
Bilim olish, mahsus malakaga ega bo‘lish, talabalarni dunyo qarashini shakllantirishda auditoriyada o‘tiladigan darslardan tashqari talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ishlar katta rol o‘ynaydi. Ayniqsa hozirgi axborot asrida borgan sari, bir tomondan axborot miqdori, yangiliklar ortib borsa, ikkinchi tomondan axborot olish manbalari rang-baranglashib boradi.
Ularning ahamiyati ortib boradi. Demak talabalarni o‘z ustilarida mustaqil ishlashlarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning asosiy va birinchi tamoyili uning sistematik tarzda, ya’ni doimiy uzluksiz ravishda amalga oshirishdir. Ma’lumki, o‘quv jarayonini tashkil etishda qat’iy ketma-ketlik, uzviylikni muntazam olib borish talab qilinadi. Talaba auditoriyada olgan bilimini mustahkamlash, shu bilan birga navbatdagi yangi mavzuni puxta o‘zlashtirish uchun doimo har kuni mustaqil ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak.
Bugungi o‘tiladigan mavzuni yaxshi tushunishi va o‘zlashtirishi uchun o‘tilganlarni o‘z qobiliyati va olgan bilimi darajasini yanada chuqurlashtirishga intilishi, mustaqil takrorlashi, o‘rganishi zarur. Chunki ma’ruzada talabaga yo‘llanma beriladi. Dars davomida mavzuga tegishli, barcha asosiy savollarni muhokama qilib bo‘lmaydi. Uning iloji yo‘q, ma’ruzada o‘tilgan, muhokama qilingan masalalarni psixologlarni tadqiqotiga atigi 5% talabalar yodida qolar ekan.
O‘zi o‘qib o‘rgangani, o‘rganganlarini boshkalarga o‘rgatishi esa bir necha baravar ko‘p yodida qolar ekan. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, talabaning o‘zini mustaqil tayyorlanib o‘qishi fanni o‘rganishda, uni asosiy mazmunini tushunish va o‘zlashtirishida, tahlil qilishi, o‘z fikrini ifodalashida muhim rol o‘ynaydi.
Talabaning mustaqil ishini asosiy maqsadi o‘qituvchining rahbarligi va nazorati asosida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdir. Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
 yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
 kerakli ma’lumotlarni izlab topish, ularni qulay usullari va vositalarini aniqlash;
 axborot manbaalaridan samarali foydalanish;
 an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;
 elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
 internet tarmog‘idan samarali foydalanish;
 berilgan topshiriqni muntazam va me’yorida bajarish;
 ma’lumotlar bazasini tahlili etish;
 topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;
 natijalarni muhokamaga tayyorlash va ko‘rsatilgan kamchiliklarni qayta ishlash;
ishlab chiqilgan echim, loyiha yoki g‘oyani asoslash, mutaxassislar jamoasida himoya qilish va boshqalar.
Talabalar mustaqil ishini tashkil qilish shakllari turlicha bo‘lib, ularni bir qismi o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan bo‘lib, uni har bir talaba bajarishi shart bo‘lsa, ikkinchi qismi ixtiyoriy, ya’ni talabalar o‘z hohishi bilan mustaqil bajarishlari mumkin.
Mustaqil ishni tashkil etishning eng muhim xususiyati shundaki, uni
talabaning o‘zi mustaqil ravishda tashkil qiladi. Shuning uun talabaga uni rejalashtirish, vaqtini ratsional taqsimlashga yordam lozim. Mustaqil ishni tashkil etishning muhim xususiyatlaridan yana biri mustaqil ishni bajarish uchun talaba o‘zini-o‘zi majbur qilish kerak. bunda ham sub’ektiv omil asosiy o‘rinda turadi. Talabalarni mustaqil ishini takshil etishda o‘qishni boshqa shakllariga o‘xshab umumiy printsiplar mavjud.
Mustaqil ishni ular asosida tashkil qilish kerak. mustaqil ishni tashkil etishda eng avvalo, oddiy narsaga ahamiyat berish lozim. Bunday qaraganda uni hamma biladi, lekin ko‘pchilik unga amal qilmaydi. Shuning uchun mustaqil ishni tashkil etishni oddiy elementa printsiplarini o‘zlashtirish birinchi darajalai ahamiyatga ega ana shu murakkab jarayonni to‘laligicha qamrab oladi.
Har bir talaba o‘zining mustaqil ishini tashkil etishni nimadan boshlashi kerak? Qanday maqsad qo‘yiladi? Ish qancha davom etadi? Uni bajarishda qanday usullardan foydalaniladi, aniq ko‘z oldiga keltira olishlari kerak. Yana shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, mustaqil ishlarni tashkil qilish qoidalari ishlab chiqildi degani, bu ishni tashkil etildi degani emas.
O‘z mustaqil ishini qanday bajarishni har bir talabaning o‘zi tashkil etadi. Muvaffaqiyatga erishish uchun talabaning o‘zi sabr-toqat bilan, mashaqqatlardan qo‘rqmay o‘z ustida ishlashi kerak. buni esa talabani o‘zi rejalashtiradi va amalga oshiradi.
Mustaqil ishni bajarishni tashkil qilishning asosiy printsipini uning
muntazamligidir. O‘quv jarayonida qat’iy izchillik va ketma-ketlik mavjud. Auditoriyada seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriyada olgan bilimini puxta bo‘lishi uchun doimo ularga tayyorlanishi kerak. bugungi ma’ruzani yaxshi tushunish va o‘zlashtirish uchun, avvalgi mavzu ustida ishlash kerak. masalani nazariy jihatdan chuqur o‘zlashtirmay turib masala echish, amalda uni qanday namoyon bo‘lishini tushunish qiyin. Har qanday predmetni uni muntazam ravishda o‘zlashtirish mumkin. Yaxshi o‘qish, mustaqil ijodkor mutaxassis bo‘lish uchun talaba har kuni muntazam o‘z ustida ishlashi kerak.
O‘z ustida muntazam ishlash ko‘nikmasini hosil qilish uchun mustaqil ishlarni qanday, qay tartibda bajarishni har qanday mehnatni, vaqtni rejalashtirganday rejalashtirish kerak.
Har bir talaba individual tarzda umumiy vaqtini fanlar bo‘yicha tabaqalashtirgan holda rejalashtirishi kerak. fanlar bo‘yicha ajratilgan vaqt talabani darsga tayyorlanishi, o‘quv rejasi bo‘yicha fanni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga etarli bo‘lishini ko‘zda tutadi. Undan kelib chiqib har bir talaba o‘z haftalik rejasini kunlar bo‘yicha tuzadi. Mustaqil ishlarni rejalashtirish yuzaki qaraganda talabaga hech narsa bermayotgandan. Hech qanaqa yordami yo‘qday tuyuladi. Lekin tajriba shuni ko‘rsatadiki, a’lochi talabalar o‘z vaqtlarini aniq rejalashtiradilar va uni bajarishga harakat qiladilar.
O‘zlashtirish bo‘yicha hatto butun fakultet muvaffaqiyatini ham ko‘p jihatdan talabalarni o‘z vaqtlarini to‘g‘ri rejalashtirish, uni bajarish bilan bog‘lash mumkin.
Mustaqil ishlarni bajarish muddati jihatidan hohlagancha davom etishi mumkin emas. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, 17-25 yosh darajasida mehnatni ratsional tashkil etganda bir sutkada 9 soat unumli ishlash mumkin ekan. Haddan tashqari uzoq o‘tiradigan bo‘lsa, mehnat unum pasayadi, odam charchaydi, keyingi kunlari charchog‘i yozilishi qiyin bo‘lgani sababli, avvalgiday ishlay olmaydi. Shuning uchun mustaqil ishni rejalashtirganda auditoriyada o‘tkazgan vaqtini hisobga olishi kerak. agar, aulitoriyada dars soatlari 6 soat bo‘ladigan bo‘lsa, mustaqil ishlash 3 soat, auditoriyada dars undan kam bo‘lsa 3 soatdan ko‘proq, agarda ko‘p bo‘lsa kamroq tarda rejalashtirish kerak. Shunday qilib, haftalik mustaqil ish bajarish vaqti 22-24 soat atrofida bo‘ladi. Albatta bu vaqt talabani normal tarzda diqqat-e’tibor, g‘ayrat qilib ishlashini mo‘ljallangan belgilanadi. Lekin real hayotida turlicha bo‘lishi mumkin.
Bir talab o‘zini zo‘rlab dars tayyorlasa, ikkinchi qiziqib, vaqtini qanday o‘tganini ham unutib, predmetni o‘rganishga ilhom bilan ijodiy yondashib kirishib ketadi. Uchinchisi esa umuman dars tayyorlagisi kelmaydi. Bunga qator ob’ektiv va sub’ektiv sabablarni keltirish mumkin. Mustaqil ishni tashkil qilishni ish tartibini belgilash katta ahamiyatga ega. Mustaqil ishlarni bajarish uchun vaqtni semestr davomida kunlar bo‘yicha taqsimlash, uni ratsional tashkil qilishning muhim printsipi, qoidasi hisoblanadi.
Goh umuman dars tayyorlamay, goh haddan tashqari shoshib, shiddat bilan, ayniqsa semestr yakuniga, oraliq nazorat yakuniga yaqin qoldirgan, bajarmagan ishlarni tezda bajarishga harakat qilish ijobiy natija berishi qiyin. Bu talabaning mehnati samaradorligini, qilgan ishidan qoniqish hissini pasaytiradi. Odatda talabaning dars jadvali belgilaydi. Lekin ko‘p narsa talabaning o‘ziga ham bog‘liq.Masalan doklad, referat, nazorat ishi, seminar darsiga tayyorlanishga har hafatada ma’lum vaqt ajratilib, muntazam ravishda olib borilmasa, kutilgan natija bermaydi. Referat yoki doklad yozish kerak bo‘lsa, uni orqaga surmay tezda kirishish kerak. bunda o‘qituvchi talabaga, ayniqsa birinchi kurs talabalariga referat nima, doklad nima,uni qanday yozish, qanday tarzda adabiyot tanlash kerakligini tushuntirish zarur.

Yüklə 109,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə