|
![](/i/favi32.png) O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligiTIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023Fayl server modelida ilova ishchi stantsiyalarida bajariladi. Ilova MBBTni yadrosi va foydalanuvchi bilan, talab qilingan hisoblash mantiqini ta’minlovchi, muloqatni tashkil qilish modeliga ega bo’lib, ko’pincha fayl serverli modelida MBBTni yadrosi ilovani boshqa kompanentalari bilan bog’liq bo’lgan funksiyalar to’plamidan iborat. Fayl serverida faqat MB (indeksli ma’lumotfayli va boshqalar) va ba’zi bir texnologik fayllar (Overleyli fayllar, tartiblangan fayllar va boshqalar). MBBT murojaat qilish operatori, amaliy dastur ((AD – PP) prikladnaya programma) kiritilgan (kodlangan) bo’ladi. U MBBT yadrosi tomonidan ishchi stantsiyalarda qayta ishlanadi. MBni boshqarish tizimi operatorlar bajarish uchun, MB fayliga murojaat tashkil qiladi.
Tarmoq bo’yicha, MA’LUMOTLAR, indekslar, oraliq va natijaviy MA’LUMOTLAR, texnologik fayllarni bloklarini o’qish/yozish uchun so’rovlar jo’natiladi.
Fayl – server asosida hozirgi kunda FoxPro, Clipper, Paradox kabi MBBT ishlaydi. Bu sinf MBBT ancha arzon, ularni o’rnatish yengil, o’zlashtirish oson. Lekin ular bir qancha kamchiliklarga ega.
Bu MBBT asosida ishlab chiqarilgan tizimlar ishlab chiqarish past, chunki barcha oraliq ma’lumotlarpast tezlikka ega bo’lgan tarmoq shinalari bo’yicha o’zatiladi, amaliy dastur va MBBT yadrosi kam quvvatli ishchi stantsiyalarda bajariladi.
Bunday MBBT taqsimlangan qayta ishlashni ta’minlamaydi.
Ma’lumotbaza serveri modeli. Ma’lumotbaza serveri modelida, ilova ham asosan ishchi stantsiyalarda bajariladi. Ilovaga foydalanuvchi va biznes – qoida bilan muloqot tashkil qilish uchun model kiritilgan. MBBT yadrosi barcha ishchi stantsiyalar uchun umumiy bo’lib, u serverda ishlaydi. MBBT murojaat qilish operatori (SQL – operatorlar) AD – amaliy dasturga kodlanib kiritilgan bo’lsa ham, ishchi stantsiyada bajarilmaydi. U qayta ishlash uchun serverga jo’natiladi. MBBT yadrosi indekslar va boshqa qo’shimcha (oraliq) ma’lumotlarmurojaat qilib, so’rovni translyatsiya qiladi va uni bajaradi.
Ishchi stantsiyalarga faqat operatorlarga qayta ishlash natijalari jo’natiladi.
Zamonaviy MBBT serverda saqlanuvchi protseduralar va triggerlar ham ishga tuShurilishi mumkin. Saqlovchi protsedura va triggerlar MBBT yadrosi bilan birgalikda MBBT serverini tashkil qiladi. Saqlanuvchi protseduralarga ishchi stantsiyalardagi ilovalardan ham murojaat qilsa bo’ladi. Bu amaliy dastur kodi hajmini kamaytirishga imkon beradi va ishchi stantsiyalardan SQL – operatorlar oqimini kamaytirish imkonini beradi, bu esa kerakli SQL – operatorlar guruhini saqlovchi protseduralarda kodlash mumkin.
Trigger – bu MBBT yadro tomonidan barariladigan dasturlar bo’lib ular MB jadvallarini tiklashdan (UPDATE, INSERT, DELETE) oldin va keyin bajariladi. Ya’ni triggerlar ma’lumotbaza jadvallarini tiklashda (UPDATE, INSERT, DELETE) oldin va keyin, MBBT yadrosi tomonida bajariladigan dasturlardir. Ular MBni butunligini avtomatik ravishda ta’minlab beradi.
MB serveri modeli quyidagi MBBTlar ta’minlaydi. ORACLE, Sybase, Informix, Ingress, Progress va boshqalar. ORACLE, Sybase, Informix MBBT bozorini 80% egallagan.
MBBT bu sinfini afzalliklari:
Bu MBBT asosida yaratilgan tizimlar yuqori ishlab chiqarishga ega, chunki shinalar bo’yicha faqat SQL so’rovlari va bajarish natijalari o’zatiladi.
MBBT taqsimlangan qayta ishlashni ta’minlaydi
Bu MBBT doirasida juda ko’p server programmalar bo’lib, ular ilovalar yaratishni va taqsimlangan tizimlar yaratishni yengillashtiradi.
Kamchiligi:
Ular oldingi sinf MBBTga nisbatan qimmat, o’zlashtirish qiyin
Ularni samarali ishlashi uchun yuqori tezlikli (Shuning uchun qimmat) server va tarmoqlar talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|