O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


-§.MBBT dasturiy ta’minotlari (Oracle, MySQL,…)



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə135/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

9.6-§.MBBT dasturiy ta’minotlari (Oracle, MySQL,…)


Oracle MBBT – katta hajmdagi ma’lumotboshqarish, ulardan kerakli ma’lumotso’rov orqali istalgan ko’rinishda chiqarib olish, MA’LUMOTLARning zahira nusxalarini olish, katta xajmdagi ma’lumotsiqish, qulay interfeysda baza ustidan nazorat o’rnatish, ma’lumotlarasosida hisobotlar hosil qilish va bulardan boshqa ma’lumotlarustida juda katta ko’lamdagi ishlarni amalga oshiradigan dasturiy kompleksdir. Oracle dasturini server va klient ko’rinishida o’rnatish mumkin va berilgan ruxsat doirasida ishlatish mumkin. Bu dastur asosan katta xajmdagi ma’lumotlarbilin ishlaganligi uchun , asosan yirik korxonalarda ishlatiladi. Bu dasturning asosini ma’lumotlarbazasi tushunchasi tashkil etadi.
Bazada saqlanayotgan ma’lumotxafsizligini saqlash maqsadida Oracle(MBBT) da juda ko’p ishlar amalga oshirilgan, biz ularni keyingi maqolalarda ko’ramiz. Ma’lumotlarbazasini tashkil etgan fayllarni: ma’lumotlarbazasi fayllari va ma’lumotlarbazasiga tegishli bo’lmagan fayllar ko’rinishida ajratishimiz mumkin. Ma’lumotlarbazasi fayllarida ma’lumotlarsaqlanadi, maxlumotlar bazasiga tugishli bo’lmagan fayllarda har xil protokollar, sozlashlar kabi qo’shimcha ma’lumotlarsaqlanadi. Bu ma’lumotlarbilan Oracle administratorlari ruxsat bergan foydalanuvchilargina ishlay oladi.
Oracle ning juda ko’p utilitlari(Rman, Oracle Data Guard, Oracle Data Grid,… ) mavjud bo’lib, ular ham ma’lumotfoydalanuvchi uchun qulay ko’rinishda taqdim etish(boshqarish, nazorat qilish) uchun ishlatiladi. Misol tariqasida Rman utilitasini oladigan bo’lsak, bu utilita bazani to’liq yoki qisman zahira nushalarini juda katta xajmga kamaytirib(siqib) hosil qiladi va saqlash uchun o’zi chunarli bo’lgan kodlarga aylantiradi. Bazaga shikast yetganda Shu zahira nusha orqali bazani qayta tiklash mumkin bo’ladi.
Oracle SQL kodlari orqali buyruqlarni qabul qiladi. Bu so’rov tili ma’lumotlarbazasini yuklash, uni to’xtatish, montirovka qilish, jadvallar yaratish, o’chirish, o’zgartirish, ma’lumotlarichidan kerakligini chiqarib olish va boshqa vazifalar uchun ishlatiladi. Bu til juda ko’p MBBTlari uchun umumiy hisoblanadi. SQL kodlari bir yoki bir necha jadvallar ustida so’rovlarni amalga oshira oladi.
Ma’lumotboshqarishda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Oracle dasturi yaratuvchilari Oracle Enterprise Manager deb nomlangan veb sahifa yaratishgan bo’lib, bu sahifa orqali butun Oracle ni boshqarish mumkin bo’ladi. SQL kodlarini bilmaydigan foydalanuvchilar ham bu veb sahifa orqali barcha vazifalarni bajarishi mumkin, faqatgina kerakli “ссылка” larni bosish kifoya. Har bir ma’lumotlarbazasi uchun alohida-alohida Enterprise Manager sahifasi bo’ladi, har bir sahifa portlar orqali ajratiladi. Barcha brao’zerlarda bu sahifa yaxshi namoyon bo’ladi va bazani xafsizligiga portlarni boshqarish yo’li bilan erishish mumkindir.
MySQL - bu eng mashhur va juda ko’p foydalaniladigan ma’lumotlarbazasini boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta ma’lumotlarbilan ishlash uchun yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta tezlikda ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy ishlash doirasi, saytlar hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko’p sayt va bloklarning MA’LUMOTLARi aynan Shu MBBT saqlanadi.
Ho’sh, saytlarning nimalari bazada saqlanishi mumkin? Dastlab, ma’lumotlarsaqlash uchun dasturchilar fayllardan foydalanishgan, ya’ni fayl ochilib kerakli ma’lumotlaru yerga saqlanib, kerakli paytda chaqirib ishlatilgan. Keyinchalik fayllardan voz kechilib(noqulayliklar yo’zaga kelgan, ya’ni faylni ochish, o’qish, yopish,.. ko’p vaqtni olib qo’ygan, u yerdan qidirish, xullas juda ko’p), ma’lumotlarbazasiga o’tilgan. Bazada saytdagi maqolalar, sayt foydalanuvchilari haqidagi MA’LUMOTLAR, sayt kontentlari, qoldirilgan kommentariyalar, savol-javoblar, hisoblagich natijalari va Shunga o’xshash juda ko’p ma’lumotlarsaqlanadi. MySQL Shunday ma’lumoto’zida saqlaydi.
MySQL - juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda ishlash juda sodda va uni o’rganish qiyinchilik tug’dirmaydi.
MySQL tizimi tcx kompaniyasi tomonidan, ma’lumottez qayta ishlash uchun korxona miqyosida ishlatishga yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida yoyildi.
So’rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion ma’lumotlarbaza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan tashkil topgandir.
MySQL MBBTi 2 xil turdagi litsenziyaga ega. Birinchisi tekin, ya’ni MYSQLni ko’chirib olish va ishlatish hech qanday harajat talab qilmaydi va GPL(GNU Public Licenseb, GNU) litsenziyasiga asoslanadi. Ikkinchi turi, GPL shartiga ko’ra, agar siz MySQL kodlarini biror dasto’ringizda ishlatsangiz, bu dasto’ringiz ham GPL(tekin) bo’lishi kerak. Bu esa dasturchiga to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun, bu dasto’ringizni pullik qilishingiz uchun MySQL pullik litsenziyasini sotib olishingiz kerak.
MySQL logotipi delfin hisoblanadi. Bu delfinni ismi "Saqila"dir. Bu logotipni OpenSource to’zuvchilaridan biri Ambrose Twebaze ga tegishlidir.
MySQL juda ko’p operatsion tizimlar bilan ishlay oladi. Bularni yozadigan bo’lsam:AIX, BSDi, FreeBSD, HP-UX, Linux, Mac OS X, NetBSD, OpenBSD, OS/2 Warp, SGI IRIX, Solaris, SunOS, UnixWare, Windows 95, Windows 98, Windows NT, Windows 2000, Windows XP, Windows Server 2000, Windows Vista, Windows 7,...
MySQL shved korxonasi MySQl AB ga tegishli bo’lgan, keyinchalik SUN firmasi MySQL ni o’ziniki qilib olgan. Bir necha yil oldin esa, gigant korxonalardan biri Oracle, SUN firmasini sotib oldi va hozirda MySQL Oracle firmasi mahsuloti sifatida chiqib kelmoqda. Bu bir hisobda Microsoft SQL Server ga katta raqobatdosh ekanligini anglatadi.
MySQL bir necha serverlarning bir qismi hisoblanadi. Misol uchun, WAMP, AppServ, LAMP, Denwer,.. Klientlar MySQL serveriga ma’lum bir kutubxonalar orqali ulanadi. MySQL ga quyidagi dasturlash tillari ulanib ishlashi mumkin:Delphi, C, C++, Java, Perl, Php, Python, Ruby va boshqalar.
MySQL krossplatformali dastur hisoblanadi, ya’ni bir hil tipga ega bo’lgan(ishlash texnologiyasi bir hil), lekin o’rnatiluvchi fayllari biroz boshqachadir. Hozirda mysql Oracle firmasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda, oldin Sun firmasiga tegishli bo’lgan. Shuning uchun MySQL 4 versiyasi MySQL 5 versiyasidan farq qiladi. Hozirda(maqola yozilishida) eng so’ngi versiyasi 5.6.14 dir. Har bir dastur, ma’lum bir sonlar asosida versiyalarga ajratiladi. Dastur ismi o’zgarmaydi, faqat sonlar o’zgarib, dasturning yangi yoki eskiligini ajratib turadi. Yangi yoki eskiligi, dasturning darajasini belgilaydi, ya’ni yangi dastur eskisiga qaraganda yangi qirralari mavjudligini anglatadi. MySQL dasturi ham hamma dasturlar kabi o’z versiyasiga ega(5.6.14). Demak birinchi raqam asosiy raqam deyiladi. Bizning holatda bu 5 raqami. Bu raqam kamdan kam o’zgaradi, faqatgina dasturning asosi o’zgarsa o’zgaradi. Keyingi raqam 6, bu raqam asosiy raqamga yordamchi raqam hisoblanadi va asosiy raqamga qaraganda tezroq o’zgaradi. Buning o’zgarishi, dasturning ishlash texnologiyasi biroz o’zgarishi natijasida sodir bo’ladi. Keyingi raqam build deyiladi. Bizning holatda bu 14 raqam. Dastur ishlashida biror nuqson(bug) paydo bo’lsa, dasturchilar darrov Shu nuqson(bug)ni yo’qotishadi va raqamni keyingisiga o’zgartirib qo’yishadi. Bundan ko’rinib turibdiki bu raqam tez o’zgaradi. Bu o’zgartirish dasturchilar tilida Patch deyiladi.
MySQL asosan 2 turga bo’linadi. Birinchisi, pullik versiya bo’lib, MySQL Enterprise Server deyiladi. Bu turidan foydalanganda, har yil ma’lum bir mablag’ to’lash talab etiladi. Ikkinchisi, MySQL Community Server deb nomlanib, bepul hisoblanadi.

Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə