O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə16/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

xodimlarni qiziqtirish: rejani ishlab chiqish, shuningdek reja vazifalarini kelishish jarayonida hamkorlik qilish xodimlarning rejani bajarish bo’yicha ishlarini rag’batlantirish, ya’ni ishlab chiqarish va shaxsiy maqsadlarga erishishni rag’batlantirish imkonini beradi.

Rejalashtirishning yuqoridagi maqsadlaridan qator alohida vazifalar kelib chiqadi. Rejalashtirgan shaxs maqsadlar haqida, ya’ni: umuman qaysi maqsadlarni ko’zlash lozim, yuqori darajadagi maqsadlar qaysi kichik maqsadlardan tarkib topgan, alohida kichik maqsadlar o’rtasida qanaqa aloqalar mavjud, qaysi alohida kichik maqsadlar alohida afzal ko’rilishi kerak, maqsadlar qaysi davr uchun tanlanadi, tanlangan maqsadlar bilan qaysi imkoniyatlar va xatarlar bog’liqligi haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi lozim.
Rejalashtirgan shaxs o’zi, odatda, ularga ta’sir ko’rsata olmaydigan tashqi muhit parametrlarining qaysi ko’rsatkichlari (tabiiy hodisalar, qonunlar, bozor sharoitlari) uning harakatiga ta’sir ko’rsatishi
mumkinligini bilishi kerak. Ushbu ta’sir shundan iboratki, atrof muhit ma’lumotlari rejalashtiruvchi shaxsning ehtimoliy harakatlari doirasini cheklaydi.
Rejalashtirgan shaxs cheklovlarni va o’z korxonasini o’zgartirish mumkin emasligini ko’rsatuvchi barcha ichki ma’lumotlarni (korxonaning joylashgan o’rni, xodimlar, texnika, mashinalar va mexanizmlar quvvatlari, bozorning chegaralari, sotish tizimi), rejalashtirilayotigan davrda nimaga o’zgarmas ma’lumot sifatida qarash lozimligini bilishi kerak. Ularning ta’siri ham ehtimoliy harakatlar doirasini cheklashdan iborat.
Rejalashtirgan shaxs reja davri mobaynida o’zi tomonidan o’zgartirilishi mumkin bo’lgan parametrlar haqida keng axborotga ega bo’lishi lozim. Ushbu o’zgaruvchanlar qaror qabul qilishda uning faol harakatlarining markaziy kattaliklari hisoblanadi, ularni u tegishli qarorlar qabul qilish uchun mustaqil muqobil variantlar sifatida tasavvur etishi mumkin.
Rejalashtirgan shaxs ayrim muqobil qaror maqsadga erishish uchun qanchalik ta’sir etishi mumkinligi haqida asosli axborotga ega bo’lishi kerak. Faqatgina muqobil variantlar oldinga qo’yilgan asosiy va ikkinchi darajali maqsadlarga, quyi va yuqori darajali yoki boshlang’ich, oraliq va yakuniy maqsadlarning amalga oshirilishiga ko’maklashishi oydinlashganda, qaysi muqobil variant yoki muqobil variantlar zanjiri tanlanishi kerakligi haqida xulosaga kelish mumkin.
Rejalashtirgan shaxs qarorlarni qayta ko’rib chiqish imkoniyatlari to’g’risidagi axborotga muhtoj. Rejalashtiruvchi o’zi qabul qilgan qaysi qarorlar keyingi davrlarda qanday hajmda qayta ko’rib chiqilishi, modifikastiyalanishi va ularga aniqliklar kiritilishi mumkinligini bilishi lozim. Uzoq istiqbol uchun qabul qilingan va reja davrida qayta ko’rib chiqilmaydigan qarorlar muvaffaqiyatga erishish uchun xatarlar bilan bog’liq.
Maqsadlar, tashqi muhit ma’lumotlari, korxonaning ahvoli to’g’risidagi ichki ma’lumotlar, rejalashtirilayotgan o’zgarishlar, muayyan muqobil variantlarning maqsadlarga erishishga ta’siri, shuningdek rejani ehtimoliy qayta ko’rib chiqishlarning har tomonlama va muntazam tahlil qilinishi pirovardida xato qarorlarni qabul qilish xatarini pasaytiruvchi va ko’zlangan maqsadlarga erishish imkoniyatini oshiruvchi rejalarni ishlab chiqishga ko’maklashishi zarur.
Agar rejalashtirish jarayoni boshdan oxirigacha ko’rib chiqilsa, unda alohida davr (faza)larni ajratish mumkin. Har bir davr alohida
vazifalarning qo’yilishi bilan tavsiflanadi va boshqa davrlar bilan bajarilishning izchilligi va axborot almashish bilan tizimli bog’langan. Alohida davrlar vazifalarining mazmunini alohida vazifalardan chiqarish mumkin. Ularni turli darajada detallashtirilgan holda aniqlash mumkin. Birinchi yondashuvda shuni aytish mumkinki, rejalashtirish va boshqarish jarayonlari muammolarni shakllantirish, muammolarni hal etish, ijro, nazorat va qarorning bajarilishini ta’minlash bosqichlarini qamrab oladi. Agar ushbu bosqichlarni tabaqalashtiradigan bo’lsak, unga quyidagilar kiradigan qismlarga ega bo’lamiz:

  • maqsadlarni ishlab chiqish;

  • muammolarni qo’yish;

  • muqobil variantlarni topish;

  • prognozlashtirish;

  • qarorlarni baholash va qabul qilish;

  • ijro;

  • reja ko’rsatkichlarini aniqlash;

  • amaldagi ko’rsatkichlarni hisoblab chiqish;

  • amaldagi va reja ko’rsatkichlarini taqqoslash (rejaning faktdan

farq qilishini aniqlash);

  • farqlarni tahlil qilish, tuzatishlar kiritish choralarini ko’rish.

Maqsadlarni ishlab chiqish, muammolarni qo’yish, muqobil variantlarni topish, prognozlashtirish, qarorlarni baholash va qabul qilish bosqichlari rejalashtirish jarayoniga kiradi. Reja topshirig’i tanlanganidan keyin amalga oshiriladigan tadbirlar, ya’ni ijro, reja ko’rsatkichlarini aniqlash, amaldagi ko’rsatkichlarni hisoblab chiqish, amaldagi va reja ko’rsatkichlarini taqqoslash, farqlarni tahlil qilish, tuzatishlar kiritish choralarini ko’rish “ijroni boshqarish” yoki “tor ma’nodagi boshqaruv” nomi bilan umumlashtirilgan. Ijroni boshqarish, shu tariqa, rejalashtirish va yakuniy nazorat, umumiy nazorat o’rtasidagi ijroni, shuningdek qarorning ijrosini ta’minlashni qamrab oladi. Nazorat, shu tariqa, ijroni boshqarish davrlaridan birini hosil qiladi.
Agar dastlabki davr boshida nafaqat ushbu davrning muqobil variantlari bo’yicha, balki qarorlar daraxti muqobil variantlarining butun zanjiri bo’yicha majburiy qaror qabul qilinsa, u holda gap qat’iy rejalashtirish haqida boradi.
Agar korxonani umumiy rejalashtirish kelgusi rivojlanish haqidagi to’liq axborot mavjud bo’lgan holatda amalga oshirilsa, bunday yondashuv maqbul bo’ladi. Chunki axborot to’g’risidagi bunday taxmin haqiqatdan
juda yiroq bo’lganligi bois, amaliyotda qat’iy rejalashtirishning zaif nuqtasi mavjudligi, xususan, kutilayotgan vaziyatlar paydo bo’lmaganda barcha keyingi qarorlar qabul qilingan va boshqa mos qarorlarni qabul qilib bo’lmaydigan holat aniqlanadi. Alohida rejalar qat’iy rejalashtirishda optimallashtirish modellaridan birining yordamida yoki tajriba asosida aniqlanadi. Qat’iy rejalashtirishning ikkala holatida ham amalda rejalashtirilayotgan muammoning optimal tarzda hal etilishiga erishishni kutish amri mahol. Rejalashtirishning ushbu usuli predmetli muvofiqlashtirishni va alohida rejalar va butun tizimning amalga oshirilajakligini ta’minlaydi.

    1. Rejalashtirishning asosiy vazifalari va bosqichlari

Rejalashtirish vazifalarini yoritishda rejalashtirishning qator usullariga to’xtalib o’tiladi. Mazkur usullari ro’yxati va ularning rejalashtirish bosqichlariga mos kelishi 1-jadvalda keltirilgan.
Rejalashtirish jarayonining birinchi bosqichi maqsadlarni shakllantirishdan iborat.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə