O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə13/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Nazorat va muhokama uchun savollar.

  1. Iqtisodiyotda indiakativ rejalashtirishdan foydalanishning qulayligi va kamchiligining sababalari nimada?

  2. Indikativ rejalashtirish nazariyasi qaysi davrlarda, qanday sababalar ta’sirida shakllandi?

  3. Davlat tomonidan markazlashgan tarzda rejalashtirishning ijobiy va salbiy tomonilarini tushuntiring.

  4. Etakchi rivojlangan davlatlarda prognozlashtirishning qanday shakllari mavjud?

  5. O’zbekistonda prognozlashtirish va rejalashtirishning holati qanday?

  6. O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida indiaktiv

rejalashtirishning tashkiliy-huquqiy va uni joriy etishning holati qanday?
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida.-T.: O’zbekiston, 1995.

  2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risidagi

Qonun.

  1. O’zbekiston Respublikasining Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi Qonuni. 1993 yil 2 sentyabr, 915-XII-son.

  2. Jumaev N.X., O.Q. Abduraxmonov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi: sabablari va uni bartaraf etish muammolari. T.: Akademnashr, 2010.—160b.

  3. Knish M.I., Perekatov B.A., Tyutikov Yu.P. Strategicheskoe planirovanie investistinnoy deyatelnosti: Ucheb. posobie. SPB.: Izd. dom “Bizness Pressa”, 1998. – 315s.

  4. Xlinov V. Obshegosudarstvennoe planirovanie rinochnoy

ekonomiki / /Ekonomist. 1994 g. №4. -90 s.

  1. O’zbekiston iqtisodiyoti. Axborot tahliliy sharh, 2007 y, 2008 y “O’zbekiston”, - Toshkent.; 2008, 2009.

3-bob.
BOZOR XO’JALIGIDA REJALASHTIRISH METODOLOGIYASI
VA ULARNI TASHKIL ETISH


    1. Indikativ rejalashtirish metodologiyasining tizimi.

    2. Bozor sharoitida muvozanatlashgan rejalashtirishning zaruriyati.

    3. Dasturiy-maqsadli rejalashtirish.

    1. Indikativ rejalashtirish metodologiyasining tizimi

Indikativ rejalashtirish metodikasi indikativ rejalashtirish metodologiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Indikativ rejalashtirish metodikasi bu barcha darajadagi prognozlar, dasturlar, rejalar va reja ko’rsatkichlarini hisob-kitob qilish tizimining vaqt chegaralarini ishlab chiqish, asoslash va tahlil qilish usullarining yig’indisi. Indikativ rejalashtirish usuli deganda uning yordamida rejalashtirishning qandaydir muammosi hal etilib, prognozlar, dasturlar va reja ko’rsatkichlarining son qiymatlari hisoblab chiqiladigan muayyan usul, texnik yondashuv tushuniladi.
Indikativ rejalashtirish muammolarining tarkibida farqlar mavjudligi tufayli prognozlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqishning bir necha usullaridan foydalaniladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: ekspert (baholash) yoki evristik usullar; ijtimoiy-iqtisodiy tahlil usullari; to’g’ridan-to’g’ri muhandislik-iqtisodiy hisob-kitoblar usullari; balans usuli; iqtisodiy-matematik usullar va modellar; tizimli tahlil va sintez usullari.
Ekspert (baholash) yoki evristik usullar. Mazkur usullar bilvosita va to’liqsiz axborotdan, ekspert-mutaxassislar tajribasidan, ichki hissiyotdan foydalanishga asoslangan. Quyidagilar ulardan foydalanishning muayyan shakllari hisoblanadi:

  1. ommaviy baholash aholi alohida guruhlarining sostiologik tadqiqotlar jarayonida rejalashtirishning qandaydir muammosining mohiyati yuzasidan fikrlarini aniqlash;

  2. ekspertlarning muntazam ishlashini (qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlarining ekspert komissiyalari, institutlarning Ilmiy kengashlari va h.k.) tashkil etish.

Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil usullari. Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil ijtimoiy- iqtisodiy haqiqatni har tomonlama o’rganishni, ijtimoiy munosabatlar va ishlab chiqarishni rivojlantirishning ilg’or tendenstiyalarini va ularni takomillashtirish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida hodisalarning ichki aloqalari va bog’liqligini bilishni o’zida namoyon etadi.
Tahlil chog’ida taqqoslash, strategik rejalashtirish, guruhlash, yirik obyektlarining ishlarini tanlab o’rganish, balans ko’rsatkichlarini hisoblab chiqish, indekslarni hisoblab chiqish, regressiya va korrelyastiya koeffistientlarini hisob-kitob qilish kabi usullardan foydalaniladi.
To’g’ridan-to’g’ri muhandislik-iqtisodiy hisob-kitoblar usullari bozor ehtiyojlari uchun mahsulotning muayyan turini ishlab chiqarishni, shuningdek uni ishlab chiqarish imkoniyatlarini batafsil asoslashdan iborat. Sanoat korxonalarida bunday hisob-kitoblar ishlab chiqarish quvvatlari, xomshyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, mehnat resurslari (xodimlar)dan foydalanishni yaxshilash; mahsulot tannarxini pasaytirish va hokazolarni qamrab oladi.
Muhandislik-iqtisodiy hisob-kitoblar ichida ishlab chiqarish, investistiyalarning iqtisodiy samaradorligini, qimmatli qog’ozlar, foydalaniladigan kredit resurslarining daromadliligini hisoblab chiqish alohida o’rin tutadi.
Balans usuli. Balans usuli deganda o’zaro bog’liq ko’rsatkichlarning bog’lanishini va muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun foydalaniladigan usullar yig’indisi tushuniladi. Ushbu usullarning maqsadi ko’rsatkichlar o’rtasida muvazanatga erishishdan iborat.
Balans usuli milliy iqtisodiyotning rivojini tahlil va prognoz qilishning muhim vositasi hisoblanadi. Uning yordamida mamlakatda moddiy va moliyaviy oqimlar harakatining yo’nalishlarini aniqlash, iqtisodiyotda moddiy-ashyoviy va qiymat ulushini belgilash, ijtimoiy ehtiyojlar, bozorning moddiy ne’matlar va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishning moddiy asosini yaratish uchun ishlab chiqarish turli omillarining zarur o’sishini hisoblab chiqish mumkin.
Iqtisodiy-matematik usullar va modellar. Iqtisodiy-matematik usullar ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni, iqtisodiyotning muvozanatini tahlil qilish, iqtisodiy o’sishni prognoz qilishning o’ziga xos usullarini namoyon etadi. Quyidagilar muhim iqtisodiy-matematik modellar hisoblanadi: milliy hisoblar tizimi, balans jadvali, mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni taqsimlashning tarmoqlararo balansi, moliyaviy resurslar va xarajatlar balansi, tarmoq modellari va h.k.
Chiziqli va chiziqsiz matematik dasturlash usullaridan ham keng foydalaniladi. Chiziqli dasturlash yordamida ishlab chiqarishni rejalashtirish vazifalari muvaffaqiyatli hal etiladi: belgilangan mehnat va moddiy resurslar bilan mahsulot ishlab chiqarishning optimal dasturini tuzish, uskunalarni optimal darajada ish bilan ta’minlash.
Iqtisodiyotdagi bog’liqlarning aksariyat ko’pchiligi chiziqsiz xususiyatga ega. Shuning uchun dasturlashning chiziqsiz (parametrik), dinamik, stoxastik kabi boshqa turlari ham foydalanish mumkin.
Tizimli tahlil va sintez usuli. Strategik rejalashtirish usuli sifatida tahlil va sintezning o’ziga xosligi iqtisodiy tizimlar va ularda kechayotgan jarayonlarni ularning tarkibiy qismlariga ajratishdan iborat bo’lib, shu asosda istiqboldagi rivojlanishning muhim muammolari aniqlanadi.
Turli darajalardagi ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish bilan bog’liq yalpi muammolar istiqbolli yalpi tahlil orqali hal etiladi. Yalpi tahlil istiqboldagi rivojlanish oldida turgan muammolarni sintez qilishning ajralmas qismi hisoblanadi. Tahlil va sintez yagona metodologik yaxlitlikni o’zida namoyon etadi. Tizimli tahlil va sintez indikativ rejalashtirishning balans va ijtimoiy-iqtisodiy tahlil kabi barcha muammolarini hal etishda qo’llanilishi mumkin.
Rejalashtirish mantig’i indikativ rejalashtirish metodologiyasining asosini tashkil qiladi. Strategik rejalashtirish mantig’i bu strategik rejalashtirish muammolarini hal etish bilan bog’liq tartibotlarning tartibga keltirilgan izchilligi, asoslanganligi.
Indikativ rejalashtirish mantig’ining mazmunini quyidagi tarkibiy unsurlar ochib beradi:

  1. Rejalashtirish subyektining maqsadini yoki maqsadlar tizimini aniqlash va shakllantirish.

  2. Jamiyatning rejalashtirilayotgan davrdagi ehtiyojlarining hajmi va tarkibini aniqlash.

  3. Rejalashtirilayotgan davr boshida mavjud bo’lgan va rejalashtirilayotgan davrda yangidan barpo etilgan resurslar hajmi va tarkibini aniqlash..

  4. Ehtiyojlarni saflash va prognozlar, dasturlar va rejalar shaklidagi boshqaruv qarorlarini tayyorlash asosida vaqtinchalik ziddiyatlar, ular o’rtasidagi nomuvofiqliklarga barham berish yo’li bilan turli darajalardagi ijtimoiy-iqtisodiy kichik tizimlar ehtiyojlari va resurslarini muvofiqlashtirish, hamda muvazanatlashtirish.

Mantiqning birinchi unsuri rejalashtirish subyektlarining dasturlari va rejalarini tuzish jarayonida amalga oshiriladi.
Rejalashtirish mantig’ining ikkinchi unsuri (strategik rejalashtirish obyektining boshlang’ich darajasini tahlil qilish) xo’jalik yurituvchi subyektlar resurs salohiyatining holati va rejadan avvalgi davrda takror ishlab chiqarish omillarining ta’siri bilan tavsiflanadi. Mantiqning ushbu unsuri iqtisodiyotning rivojlanish darajasi va sur’atlarini rivojlangan mamlakatlarning ushbu ko’rsatkichlari bilan solishtirilgan holda baholash uchun mintaqalararo va davlatlararo ulushlarni, tarmoqlararo va tarmoq ichidagi o’zgarishlarni kompleks tarzda o’rganishni o’z ichiga oladi.
Jamiyatning ehtiyojlari bu murakkab, dinamik tizim bo’lib, u quyidagi kichik tizimlardan tarkib topgan: a) moddiy ne’matlarga bo’lgan ehtiyoj; b) nomoddiy ehtiyojlar.
Jamiyat mavjud bo’lishi va rivojlanishi uchun iqtisodiyot real sektori tarmoqlarining ehtiyojlari uning ehtiyojlarining zarur unsuri hisoblanadi (uning tarkibiga moddiy-ashyoviy shaklda ne’matlar ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi).
Joriy ishlab chiqarish ehtiyojlari “Resurslar va foydalanish” balansi asosida aniqlanadi. Ushbu balans ichki bozorda mahsulotdan foydalanishning to’liq hajmini aniqlash imkonini beradi. U mahsulotning muhim turlari va yoqilg’i resurslari zamirida natural ifodada tuziladi.
Ichki bozorda foydalaniladigan moddiy va yoqilg’i resurslarining umumiy hajmini hisoblab chiqish jarayonida (mahsulotning har bir turi bo’yicha) quyidagi formula qo’llaniladi:
Vr = P + I + Z1 E Z2, yoki Vr=R E Z2, (2.1)
bu erda:
Vr natural ifodada ichki bozorda foydalaniladigan resurslarning to’liq hajmi;
P mahsulot ishlab chiqarish hajmi;
I mahsulotni import qilish;
Z1 yil boshidagi zahiralar;
E mahsulotni eksport qilish;
Z2– yil yakunidagi zahiralar;
R mahsulot resurslarining umumiy hajmi.
Jamg’arish, zahiralarni va sug’urta fondlarini oshirish uchun ishlab chiqarish vositalari va iste’mol predmetlariga bo’lgan ehtiyojlar kapital qurilishning ehtimoliy hajmini hisoblab chiqish, moddiy resurslarning joriy va sug’urta fondlarini oshirish, ilgari foydalanilgan moddiy zahiralar qoplash asosida hisoblab chiqiladi.
Istiqbolga mo’ljallangan hisob-kitoblar uchun ixtiyoridagi real pul mablag’lari, jamg’armaning ehtimoliy dinamikasi, tirikchilik minimumi, iste’mol me’yorlari, talab qayishqoqligi koeffistientlarini hisoblab chiqish, oziq-ovqat resurslari balanslarining ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Ehtiyojlarni qondirish jamiyatda, xo’jalik yurituvchi subyektlarda tegishli resurslarning mavjud bo’lishini nazarda tutadi. Ular hajmini hisoblab chiqish strategik rejalashtirish mantig’i to’rtinchi unsurining mazmunini hosil qiladi.
Rejalashtirilayotgan davrda jamiyat, uning alohida kichik tizimlari va tarkibiy unsurlari ixtiyorida bo’lishi mumkin bo’lgan resurslar ikkita guruhdan tarkib topgan: a) naqd resurslar; b) reja davrida barpo etiladigan resurslar.
Rejalashtirish mantig’ining beshinchi unsuri resurslar va ehtiyojlarni muvofiqlashtirish, ularni o’zaro optimal muvofiqlikka keltirish.
3.2.Bozor sharoitida muvozanatlashgan rejalashtirishning zaruriyati
Rejalashtirish davlat, boshqaruv organlari, xo’jalik yurituvchi subyektlarning mamlakat, mintaqalar, tarmoqlar, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyati.
So’nggi o’ttiz yildan ortiq yil mobaynida iqtisodchilar reja va bozorni uyg’unlashtirish muammosi borasida baxs-munozaralar olib borishdi. Bozor munosabatlari haqiqatga aylangach, reja va bozor bu bir-biriga qarama-qarishi emas, balki iqtisodiy tizimning bir-birini to’ldiruvchi unsurlari ekanligi tushunib etildi. Muvazanatlashgan umumdavlat rejalarisiz pul-kredit, soliq, bojxona siyosati asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshqarish o’zini oqlamaydi.
Davlat tomonidan rejalashtirilishi lozim bo’lgan obyektlar doirasi ancha keng. Birinchi galda bu ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibi. Bozorning mavjud bo’lishi ulushlar va tarkibiy siljishlarga ta’sir ko’rsatishi mumkin va davlat ulushlarning qanday yuzaga kelishiga befarq emas. Ijtimoiy sohada esa, eng asosiysi iqtisodiyotning kelgusidgi rivoji aholining turli ijtimoiy guruhlari turmushiga qanday ta’sir ko’rsatishini oldindan ko’ra bilish, ushbu ta’sirning salbiy tomonlarini aniqlash va muhtojlarni himoyalash choralarini ko’rishdan iborat.
Jahonda rejalashtirishga bo’lgan qiziqish va e’tibor 1930-yillarga kelib kuchaydi. Bunda jahon iqtisodiy inqirozi va sobiq ittifoqda rejalashtirish tajribasining ta’siri katta bo’ldi. Makrodarajadagi dastlabki rejalar moliya-byudjet va pul-kredit sohasini qamrab oldi. Ular moliya vazirliklari tomonidan ishlab chiqiladigan milliy byudjetlarda o’z ifodasini topdi.
Belgilangan tartibga muvofiq davlat prognozlari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlari demografik, ilmiy-texnikaviy, ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, shuningdek tarmoq, mintaqaviy va faoliyatning ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan boshqa sohalarini aks ettiradi.
Ijtimoiy rivojlanishning tebranuvchanlik nazariyasiga muvofiq jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holatidagi o’zgarishlar ko’p jihatdan tabiiy rivojlanishga bog’liq bo’lib, tabiiy jarayonda yuz beradi. Lekin jamiyat ijtimoiy jarayonlarni uyg’unlashtirishga, taraqqiyotning moddiy va ma’naviy yo’qotishlarini kamaytirishga qodir, bu uzoq muddatli rejalashtirishda nazarda tutiladi.
Rejalashtirish direktiv, indikativ, shartnomaviy va tadbirkorlikni rejalashtirish kabi turlarga bo’linadi.
Direktiv rejalashtirish manzilli topshiriqlarni belgilash va ularni bajarish uchun zarur bo’lgan resurslarni reja ijrochilari o’rtasida taqsimlash orqali amalga oshiriladi. Asosiy ishlab chiqarish vositalariga nisbatan davlat mulkchiligi monopoliyasi sharoitida rejalashtirish jamiyat hayot faoliyatining barcha tomonlarini qamrab oladi. Byudjetdan moliyalash, kapital qo’yilmalar me’yorlari, moddiy-texnika resurslari fondlari, davlat buyurtmalari direktiv rejalashtirishning asosiy vositalari hisoblanadi.
Direktiv reja ko’rsatkichlarini ishlab chiqishda uning ijrochilari asosiy rolni o’ynamaydi. Rejaning asosiy ijodkorlari reja ko’rsatkichlari bajarilishining moddiy-texnika ta’minoti yuzasidan majburiyatlarni o’z zimmasiga olishadi. Ushbu holat direktiv rejalashtirishdagi eng zaif nuqta hisoblanadi, ko’pincha rejalar uchun zarur resurslar ajratilmaydi.
Mulkchilik shakllarining xilma-xilligi sharoitida direktiv rejalashtirish unsurlari davlat sektori va byudjetdan moliyalash doirasida davlat ehtiyojlari uchun mahsulot etkazib berish; iqtisodiyotning davlat sektorini rivojlantirish; davlat byudjetidan moliyalash uchun qabul qilingan davlat dasturlari; davlat byudjeti kabi reja hujjatlarida saqlanib qoladi.
Direktiv rejalashtirishdan uning boshqa shakllariga o’tish, birinchi galda, rejalar ishlab chiquvchilari va ijrochilari o’rtasidagi manfaatlar ziddiyatiga barham berilishini nazarda tutadi. Rejalar topshiriqlar ko’rinishida etkazilmaydi va o’z ijrochilari tomonidan ishlab chiqiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan davlat va nodavlat sektorlarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ongli ravishda boshqarish usuli sifatida indikativ rejalashtirish rivojlanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlari sifatida iqtisodiyotning dinamikasi, tarkibi va samaradorligini; moliya-kredit siyosatining holatini; tovarlar va qimmatli qog’ozlar bozori, valyuta bozorining holatini; narxlar harakatini; aholining bandligi va turmush darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liq va muvazanatlashgan tizimi davlatning ta’siri choralari bilan to’ldiriladi, shu jumladan byudjet mablag’lari, amortizastiya me’yorlari, kredit uchun foiz, soliqlar, bojxona bojlari, listenziyalar va kvotalar, davlat buyurtmalari va boshqalardan foydalaniladi.
Indikativ rejalashtirish bozor iqtisodiyotining faoliyat ko’rsatishiga ta’sir etishning asosiy usuli hisoblanadi. U faqat bozor usullari bilan amalga oshirishning iloji bo’lmagan yoki qiyin bo’lgan ko’plab masalalarning hal etilishini ta’minlashga qaratilgan. Bu davlat boshqaruv organlari tizimi barcha bo’g’inlarining ham o’zaro, ham mintaqaviy organlar bilan o’zaro hamkorligi shaklidir.
Indikativ rejalashtirish bozorning mustaqil subyektlarini davlat bilan mutanosib asoslarda rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga jalb qilish usuli hisoblanadi. U tovar ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar va umuman bozorga ta’sir etishning iqtisodiy vositalaridan foydalanishga asoslanib, davlat va xususiy sarmoya manfaatlarini uyg’unlashtirish imkonini beradi.
Indikativ reja ikkita asosga tayanadi. Bir tomondan, u dasturlar yoki alohida ko’rsatkichlarni ishlab chiqish uchun yo’naltiruvchi axborot hisoblanadi. Bu borada u tavsiyaviy xususiyatga ega: ko’rsatkichlar strategiya yoki iqtisodiy harakat to’g’risida qarorlar qabul qilishda indikatorlar sifatida foydalaniladi. Indikativ reja qamrab olgan xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun uning ko’rsatkichlari majburiy hisoblanadi, chunki ularni bajarmaslik rejada qo’yilgan vazifalarning bajarilmasligiga olib keladi.
Indikativ rejalar ustuvor yo’nalishlarga asoslanadi, ularning ayrimlari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish siyosati bilan belgilansa
(energetika, aviastiya, kosmik texnika), boshqalari rejalashtirish jarayonida aniqlanadi. Asoslangan ustuvor yo’nalishlar zamirida tegishli rag’batlantirish mexanizmlari ishlab chiqiladi; milliy ahamiyatga ega bo’lgan yirik loyihalar bo’yicha o’rta muddatli dasturlar doirasida davlat va xususiy sektorning birgalikdagi sa’y-harakatlari evaziga investistiya kelishuvlari tuziladi.
Indikativ rejalashtirishda korxonalar muvofiqlashtiruvchi organga (bu ijro etuvchi hokimiyat organi bo’lishi mumkin) o’zining mahsulotni sotish (etkazib berish) to’g’risidagi takliflarini yuboradi. Agar ular qabul qilinsa, bu ikkala tomon uchun ham tegishli majburiyatlarni yuklaydi: a) muvofiqlashtiruvchi organ hajmlarni amalga oshirish va rag’batlantirish tizimiga kiritadi; b) korxona olingan majburiyatni bajarishga majbur bo’ladi. Shunga o’xshash tartib direktiv rejalashtirishda ham yuqoridan va quyidan belgilangan rejalarni uyg’unlashtirish shaklida amal qildi, farq faqat shundaki, endi reja korxonaga majburiy tartibda etkazilmaydi, balki u tomonidan ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi.
Shartnomaviy rejalashtirish korxonalar, birlashmalar, banklar, hokimiyat va boshqaruv organlari o’rtasida ixtiyoriy va o’zaro foydali asosda quriladigan tijorat munosabatlarini tartibga soladi. Shartnomaviy munosabatlar barqaror ishlab chiqarish-iqtisodiy aloqalarni, o’zaro majburiyatlarni, ularni bajarish shartlarini shakllantiradi va bozor sharoitida rejaviylikni qo’llab-quvvatlashning kafolatlovchi xo’jalik mexanizmini yaratadi.
Shartnomaviy rejalar etkazib berish to’g’risidagi kelishuvlar, shartnomalar, ishtirok etish tizimi ko’rinishida va boshqa shakllarda amalga oshiriladi. Tegishli iqtisodiy va huquqiy asoslar: qonunchilik me’yorlari, mustaqil sud tizimi va boshqalar shartnomaviy rejalashtirishni ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Ma’danli xomashyoni qidirish, razvedka qilish, qazib chiqarish, ishlab chiqarilgan mahsulotni taqsimlash, uni tashish, ishlov berish, saqlash sotish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar mahsulotni bo’lish to’g’risidagi kelishuvlar bilan tartibga solinadi.
Investistiya kelishuvlari ma’danli xomashyo ishlab chiqarish tarmog’iga investistiyalarni jalb qilish maqsadida tuziladi. Iqtisodiyot vazirligi hamda qo’shma korxonaning ustav fondiga zarur ulush kiritgan va to’g’ridan-to’g’ri kapital qo’yilmalarni amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar investistiya kelishuvining tomonlari hisoblanadi. Iqtisodiyot vazirligi xorijiy sarmoyaorga investistiya kelishuvini amalga oshirish uchun ko’maklashadi.
Korxonalar, firmalar, ishlab chiqarish-xo’jalik va moliya faoliyati barcha subyektlarining samarali rivojlanish yo’llarini asoslashga va tanlashga yo’naltirilgan Funksiyasi tadbirkorlikni rejalashtirish hisoblanadi. Uning asosini firmaning turli muddatlarga mo’ljallangan tezkor, joriy va strategik vazifalarni hal etishga qaratilgan ichki rejalari tashkil qiladi.
Rejalashtirish mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning mazmunini aks ettiruvchi tegishli ko’rsatkichlarni ishlab chiqishdan iborat. Reja ko’rsatkichlari tasdiqlanadigan va hisob-kitob; miqdoriy va sifat; absolyut va nisbiy; natural va qiymat kabi turlarga bo’linadi. Ko’rsatkichlarning katta qismi hisob-kitob ko’rsatkichlaridir. Tasdiqlanadigan ko’rsatkichlar normativlar (fondlarni tashkil etish, to’lovlar, pul mablag’lari), me’yorlar (resurslarni iste’mol qilishning ruxsat etilgan yuqori hajmi va b.) va byudjetdan moliyalash hajmlari ko’rinishida ishtirok etadi.
Qiymat ko’rsatkichlari ijtimoiy ishlab chiqarishning o’sish sur’atlari, ulushi va tarkibini, yalpi ichki mahsulotni, milliy daromadni, tarmoqlar bo’yicha mahsulot hajmini, investistiyalarni, chakana tovar aylanishini, foyda, eksport, import va boshqalarni tavsiflaydi.
Resurslardan foydalanish samaradorligi mehnat unumdorligi, fondning qatarilishi, material sig’imi, ishlab chiqarish quvvatlarini o’zlashtirish, daromadlilik, tannarx, rentabellikning nisbiy ko’rsatkichlari yordamida rejalashtiriladi.
Korxonalarda rejalarda quyidagi asosiy ko’rsatkichlar ishlab chiqiladi:
tovar mahsulotining o’sish sur’atlari;
natural ifodadagi mahsuldotning asosiy turlarini, shu jumladan yangi texnika mahsulotlari va eksport uchun mahsulot;
mahsulotni sotish hajmi;
yangi texnikani ishlab chiqish, o’zlashtirish va joriy etish bo’yicha fan-texnika dasturlarining asosiy vazifalari;
ishlab chiqarishning umumiy hajmida oliy sifatli mahsulotning salmog’i;
mehnat unumdorligi;

  1. so’mlik mahsulot uchun xarajatlar;

foyda;
asosiy fondlarni ishga tushirish.
3.3. Dasturiy-maqsadli rejalashtirish
Maqsadli dasturlar rejalashtirishning muhim unsuri hisoblanadi. Davlat darajasidagi yig’ma maqsadli dasturlar hal etish uchun milliy iqtisodiyotni rivojlantirish muammolarini qamrab olgan dasturlar sifatida ishlab chiqiladi. Dasturiy-maqsadli usul yirik muammolarning hal etilishini markazlashgan tarzda boshqarishning samarali vositasi bo’lishi mumkin. U maqsadlar, ustuvor yo’nalishlarni ajratishni, reja ko’rsatkichlarida ifodalanadigan maqsad vazifalarini shakllantirishni, resurslarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashni, oldinga qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqishni o’z ichiga oladi.
Davlat dasturlari o’ta muhim davlat vazifalarining cheklangan doirasi bo’yicha prognozlardan kelib chiqib shakllanadi, ularni moliyalash esa davlat byudjetidan va byudjetdan tashqari fondlardan amalga oshirilishi kerak. Shartnomaga ko’ra ushbu dasturlarga korxonalarni, aholini, xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish mumkin. Dasturlarning moddiy-texnika ta’minoti davlat ehtiyojlari uchun davlat shartnoma tizimi orqali davlat buyurtmasi xili bo’yicha etkazib berishlar hisobidan amalga oshadi.
Loyihalashtirish. Loyihalashtirish rejalashtirishning barcha tartibotlarining yakunlovchi bosqichi. Uning maqsadi barcha darajalar va vaqt gorizontlari indikativ rejalarining loyihalarini ishlab chiqishdan iborat.
Reja loyihasi boshqaruv butkul obyektining holatini ilmiy jihatdan oldindan ko’ra bilishdan iborat bo’lgan boshqaruv subyektlari strategiyasini amalga oshirish yuzasidan boshqaruv qarorining loyihasini o’zida namoyon etadi. Indikativ reja bu uzoq muddatli istiqbolda boshqaruv butkul obyekti (korxona, mintaqa, mamlakat)ning holatini ilmiy jihatdan oldindan ko’ra bilish. Oldindan ko’ra bilish quyidagilarga asoslangan:

  1. iqtisodiyot obyektlarining rivojlanishini loyihalashtirish tizimi;

  2. muddatlar, resurslar, ijrochilar bo’yicha kelishilgan tadbirlar tizimi (strategik reja loyihasining dasturiy qismi);

  3. iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida quyidagi qoidaga amal qilinishi kerak: boshqariladigan tizimning darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, reja loyihalarida iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika, ekologik tashqi iqtisodiy rivojlanish prognozlari tizimi bo’lishi kerak.
Strategik rejalar boshqaruv subyektlarining siyosatini amalga oshirish vositasi sifatida qo’llanilishi; ularni rivojlantirish maqsadlari va yo’nalishlarini ochib berishi; umuman jamiyatni va uning alohida kichik tizimlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bosqichlarini belgilab berishi; jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining o’lchovi, mezoni sifatida ishtirok etishi ushbu rejalarning muhim o’ziga xos xusuiyati hisoblanadi.
Loyihalashtirish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish uchun tegishli boshqaruv obyektlarini rivojlantirishning turli variantlari ishlab chiqilishi kerak: a) ushbu xo’jalik vaziyatida optimal hisoblangan indikativ reja loyihasini tanlash; b) bozor kon’yunkturasi sharoitlariga mos keluvchi indikativ reja loyihasini ishlab chiqish.
Iqtisodiyotning o’tish davri sharoitida rejalarning ijtimoiy-iqtisodiy yo’naltirilishi o’zgarishi kerak:

  • rejalar ma’muriy bo’ysundirish qurolidan muvazanatlashgan rejalashtirish vositasiga aylanadi;

  • rejalarni loyihalashtirishning strategik xususiyati kuchayadi (makroiqtisodiy rejalashtirishda bozor xo’jaligi sharoitida asosiy e’tibor iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirishga qaratiladi);

  • strategik rejalar loyihalarining ilmiy jihatdan asoslanganlik darajasi ortadi.

Tayanch tushunchalar
Bozor xo’jaligida rejalashtirish metodologiyasi, fan usullari, ilmiy tafakkur tamoyillari, indukstiya, dedukstiya, tahlil, sintez, o’xshashlik, taqqoslash, eksperiment, dialektik mantiq qonunlaridan foydalanish, vaqt gorizontlari, tizimli yondashuv, direktiv rejalashtirish, shartnomaviy va tadbirkorlikni rejalashtirish, dasturiy-maqsadli rejalashtirish, loyihalashtirish, strategik rejalar,boshqaruv.
Xulosalar

  1. Indikativ rejalashtirish metodologiyasi bu amaliy faoliyatida iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beruvchi qonunlardan foydalanish imkoniyatini o’rganish, rejalashtirish muammolarini hal etish usullari va ularni amaliyotga tadbiq etish usullarini ishlab chiqish vositasidir.

  2. Indikativ rejalashtirish metodikasi bu barcha darajadagi prognozlar, dasturlar, rejalar va reja ko’rsatkichlarini hisob-kitob qilish tizimining vaqt chegaralarini ishlab chiqish, asoslash va tahlil qilish usullar yig’indisidan foydalaniladi.

  3. . Indikativ rejalashtirishning metodologik tamoyillari rivojlanish qonunlarining umumiy harakatini ifodalovchi hamda dasturlar, loyihalar

va rejalarning vazifalarini, yo’nalishlarini va bajarilish imkoniyatlarini belgilab beruvchi obyektiv kategoriyaga asoslanadi.

  1. Indikativ rejalashtirish - bozor iqtisodiyotining faoliyat ko’rsatishiga ta’sir etishning asosiy usuli hisoblanadi. U faqat bozor usullari bilan amalga oshirishning iloji bo’lmagan yoki qiyin bo’lgan ko’plab masalalarning hal etilishini va to’g’ri qarorlar qabul qilinishini ta’minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar beradi.

Nazorat va muhokama uchun savollar.

  1. Fanni o’rganishda qanday ilmiy tamoyillarga asoslanadi?

  2. Indikativ rejalashtirish mazmuni qanday tarkibiy unsurlardan tashkil topgan?

  3. Indikativ rejalashtirish qanday qonuniyatlarga asoslanadi?

  4. Prognozlash va rejalashtirishning zaruriyati nimada?

  5. Rejalashtirish qanday maqsadlarga yo’naltiriladi?

  6. Dasturiy maqsadli rejalashtirish qanday muammolarni hal etadi?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish

yo’lida.-T.: O’zbekiston, 1995.

  1. O’zbekiston Respublikasining Byudjet tizimi to’g’risidagi Qonuni.

  2. Basovskiy L.E. Prognozirovanie i planirovanie v usloviyax rinka.

Uch.posob. M.: 2006.-260 s.

  1. Evgrashin A. Iz praktiki franstuzskogo indikativnogo planirovaniya

// Rossiyskiy ekonomicheskiy jurnal. 1998 g. №2. – s. 84, 85.

  1. Kadirov A.M. Metodologicheskie podxodi k analizu strategii

sostialno-ekonomicheskogo razvitiya. Doklad na Forume ekonomistov Uzbekistana. -T.: IPMI,2010 (3 str).

  1. Xakimov Razrabotka makroekonomicheskoy modeli Uzbekistana

dlya analiza i prognoza ustoychivosti razvitiya. Doklad na Forume ekonomistov Uzbekistana. -T.: IPMI,2010 (8 str).

  1. Xlinov V. Obshegosudarstvennoe planirovanie rinochnoy ekonomiki

/ /Ekonomist. 1994 g. №4. -90 s.

  1. O’zbekiston iqtisodiyoti. Axborot tahliliy sharh, 2007 y, 2008 y

O’zbekiston”, - Toshkent.; 2008, 2009.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə