O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə9/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Reja bu xo’jalik yuritish muhitining kon’yunkturali prognozi asosida barpo etilgan bo’lib, ijrochilar, vaqt va resurslar bilan ta’minlangan tadbirkorlik subyekti tomonidan oldinga qo’yilgan maqsadlarga erishish ishchi vositasidir.
Rejaning yuqorida keltirilgan ta’rifi quyidagi asosiy so’zlarni o’zida mujassam etgan:
"Vosita" bu reja maqsadning o’zi emas, balki maqsadga erishish vositasi ekanligini anglatadi. Maqsadga erishish vositalarining majmui iqtisodiy, ruhiy, tijorat, tashkiliy, kadrlar, texnologik va boshqa haraktlarni o’z ichiga oladi. Maqsadga erishish vositalari o’zgarishi mumkin va “ishchi vositasi” tushunchasining mazmuni ana shundan iborat. Bunday yondashuv rejani moslashtirishning uning barqarorligidan usunligini anglatadi;
"Oldinga qo’yilgan mahsadlarga erishish" xo’jalik yuritish obyekti xodimlarining shaxsiy va jamoaviy manfaatlarining qoniqishini belgilab beradi. Maqsad istalgan natija va rejadagi intilishlar markazi sifatida belgilangan muddatga aniq amalga oshirilishi lozim;
«Kon’yunktura prognozi asosida» bu shuni anglatadiki, reja ijrochilarining subyektiv harakatlari asosida ularning xo’jalik muhiti mavjud bo’lishining obyektiv qonuniyatlarini tushunishi va undan foydalanishi: bozor mexanizmini bilish va rejalashtirishning dastlabki qismi sifatida prognozni ishlab chiqish yotadi;
"Ijrochilar, vaqt va resurslar bilan ta’minlangan" shuni anglatadiki, harakatlar rejasi resurslar bilan ta’minlanishi shart, ya’ni ijro etish muddatlari bo’yicha moddiy, mehnat, moliyaviy va intellektual resurslar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Bunday ta’minotsiz reja hayolga aylanadi.
Rejaning yuqorida keltirilgan ta’rifi asosida rejalashtirishning asosiy maqsadi va asosiy vazifasini ta’riflash mumkin. Rejaning asosiy maqsadini amalga oshirilgan voqea tashkil etadi. Rejalashtirishning asosiy vazifasi ijrochilar, vaqt va resurslar bo’yicha muvazanatlashgan mavjud resurs cheklovlari sharoitida harakatlarni tanlashdan iborat.
Rejaning asosiy xususiyatlari:

  • kelajakka faol ta’sir ko’rsatish;

  • kelajak haqida subyektiv tasavvurni aks ettirish;

  • boshqaruv faoliyatining bir turi hisoblanadi;

  • istalgan maqsadga erishish uchun foydalanilishi mumkin;

  • kelgusi rivojlanishning son modelini o’zida namoyon qiladi;

  • kelajakni amalga oshirish uchun javobgarlikni nazarda tutadi;

  • xo’jalik yuritishning tashqi muhiti shart-sharoitlari, shu jumladan bozor kon’yunkturasining hisobga olinishini aks ettiradi;

  • xo’jalik yuritishning ichki muhiti imkoniyatlarini, shu jumladan mavjud resurslarni hisobga oladi;

  • real, ya’ni bajariladigan bo’lishi kerak;

  • faoliyat ko’rsatishning eng qulay sharoitlariga erishish uchun xatti- harakat tartibini belgilaydi;

  • kelajakdagi harakatlarning motivastiyalangan sxemasi hisoblanadi;

  • xodimni qiziqtirish va uning ishini baholashning bosh omili hisoblanadi;

  • fors-major holatlar uchun zahiralarga ega bo’lishi kerak;

  • ijrochilar uchun javobgarlik choralarini nazarda tutishi lozim;

  • firmaning barcha tarkibiy bo’linmalari manfaatlarini aks ettirishi kerak;

  • yozma ravishda hujjatli rasmiylashtiriladi;

  • firmaning ichki hujjati hisoblanadi;

  • sheriklar va sarmoyadorlar bilan alohalarni o’rnatish uchun foydalaniishi mumkin, buning uchun odatda rejaning qisqartirilgan variantidan foydalaniladi;

  • firma rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi;

  • vaqtga ko’ra ancha barqaror bo’lishi kerak;

  • ishning yangi sharoitlariga moslashish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə