O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə21/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Kuzatuv kengashi
Boshqaruv


1-rasm. «Folksvagen» AJda umumiy rejalashtirishni tashkil
etish

O’rta muddatli rejalashtirish vazifalari uzoq muddatli rejalashtirish dasturlarini amalga oshirish uchun moliyaviy, iqtisodiy va texnik nuqtai nazardan zamin hozirlashdan iborat. Uning vaqt oralig’i besh yilga yaqin bo’lib, u birinchi galda, ayniqsa, uskunalar va xonalarni tayyorlash, maxsus vositani ishlab chiqarish va hokazolarga kapital qo’yilmalar kiritish uchun zarur vaqtga bo’lgan ehtiyojlar bilan belgilanadi. Besh yillik muddat investistiyalar bo’yicha qaror qabul qilish uchun ham, kuzatuv kengashi tomonidan nazoratning amalga oshirilishi
uchun ham etarli. O’rta muddatli rejalashtirish markazlashmagan rejalashtirish ko’rinishida bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Byudjetni rejalashtirish yo’li bilan detallar bo’yicha aniq loyiha ishlab chiqiladi va unga uzoq va o’rta muddatli maqsadlarni bajarish rejasi sifatida qaraladi. Birinchi navbatda daromadlar va xarajatlar o’rtasidagi muosabatlar yoki quvvatlarni ishga tushirishning yuqori darajasi yo’naltiruvchi maqsadlar bo’lib xizmat qiladi. Byudjetdan «Management by Exception» nuqtai nazaridan boshqaruv vositasi sifatida foydalaniladi, shuning uchun ushbu turdagi rejalashtirish muddati bir oydan bir chorakkachani tashkil qiladi. Paydo bo’lgan farqlarni aniqlash va tahlil qilish «Controller-check-lists» usuli bo’yicha “reja xarajatlarini qayishqoq hisoblab chiqish” yordamida amalga oshiriladi.
O’zgarib turuvchi qisqa muddatli rejalashtirish oylik va choraklik rejalarga bo’lingan 21 oylik vaqt oralig’ini qamrab oladi. Rejalarni ishlab chiqish nazoratchilar tomonidan oylik yoki choraklik uchun amalga oshiriladi. "Qisqa muddatli rejalashtirish maqsadi bir oy mobaynida biznesning rivojlanishini nazarda tutish, ishlar natijalari rejalardan chetga chiqishining butun reja gorizontini rejalashtirishga ta’sirini hisoblab chiqish va ushbu rivojlanishni ixcham boshqarishdan iborat. Joriy operastiyalarni texnik va iqtisodiy moslashtirish, shu tariqa, ushbu rejalashtirishning markazida turadi. Bir vaqtning o’zida u byudjet, o’rta va uzoq muddatli rejalashtirishni o’zgartirish kiritishning doimiy vositasiga aylanadi.
Rejalashtirish jarayonining amalda bajarilishi, biroq, ayrim masalalarga aniqliklar kiritilishini talab qiladi: rejalashtirishning alohida bosqichlarida usullar, modellar va texnik usullarni tanlash; rejalashtirish vositalarini tanlash; rejalashtirish jarayonida yuridik normalarni hisobga olish; reja hujjatlarini ishlab chiqish va b. Amalda, rejalashtirishning istalgan davrida ta’sir etish kattaliklari, rejalashtirish shakllarining belgilari va uning oqibatlari o’rtasida aloqalarning kompleks tarzda shakllanishi ishtirok etadi.
Rejalashtirish tizimlarining xususiyatlari. Kompleks tarzda rejalashtirish tizimining barpo etilishi va qo’llanilishi munosabati bilan paydo bo’ladigan korxona iqtisodiyotining markazi masalasi bu rejalashtirish tizimining ustunliklari to’g’risidagi masala. Boshqacha aytganda, rejalashtirish tizimi korxona maqsadiga erishishga qanday ulush qo’shini aniqlash muhim ahamiyat kazb etadi. Ushbu masalani maqsadga erishish ko’rsakichlari, ya’ni natijalar boshqaruvning alohida unsurlari bo’yicha faqat kardinal shkala bo’yicha o’lchanishi va ushbu
unsurlar bilan shartli ravishda muvofiqlashtirilishi mumkinligiga qaramasdan qo’yish lozim. Biroq rejalashtirish tizimi va alohida reja ular bo’yicha baholanadigan belgilar rejalashtirishning qaysi tizimi muayyan sharoit uchun mos kelishi haqida mulohaza yuritish uchun zarur. Rejalashtirish tizimlarining quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini aytish mumkin:

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə