O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


-bob. INDIKATIV REJALASHTIRISHDA IJTIMOIY



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə29/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

8-bob.
INDIKATIV REJALASHTIRISHDA IJTIMOIY IQTISODIY RIVOJLANISHNING SSENARIY SHARTLARINI ANIQLASH

    1. Siyosiy qarorlar variantlarining ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar rivojlanishiga ta'siri.

    2. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini tarkibi.

    1. Siyosiy qarorlar variantlarining ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar
      rivojlanishiga ta’siri


Ssenariy shartlarini ishlab chiqish, odatda, ikkita variantda amalga oshiriladi:
1-variant bazoviy prognoz qilinayotgan davrda iqtisodiyotni rivojlantirish tendenstiyalari hamda tashqi va ichki shartlarini saqlab qolgan holda inerstion rivojlanish varianti.
2-variant asosiy prognoz qilinayotgan davrda mintaqaviy darajada boshqaruvchi ta’sirlar tizimini qo’llash varianti.
Ssenariylarning ushbu variantlari bo’yicha prognoz qilinayotgan davr uchun hisob-kitoblarni taqqoslash amalga oshirilishi ko’zda tutilayotgan davlat hokimiyati organlari siyosatining samaradorligini ko’rsatadi.
Ssenariy shartlarini ishlab chiqishda quyidagi vazifalarni hal etishga e’tiborni qaratish zarur:

  • aholining turmush darajasini oshirishga yo’naltirilgan davlat ta’siri chora-tadbirlarining majmuini ishlab chiqish va asoslash;

  • davlat byudjeti va mintaqaviy byudjetlarning barqaror to’ldirilishini ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish;

  • ishlab chiqarish va infratuzilmani yangilash maqsadida investistiya faoliyatini rag’batlantirish;

  • kichik tadbirkorlikni rivojlantirish;

  • korxonalarning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish, kreditorlik qarzlarining miqdorini pasaytirish, korxonalarning asosiy va aylanma sarmoyasini moliyalashga jalb etiladigan kredit resurslarining hajmini oshirish chora-tadbirlari majmuini amalga oshirish;

  • real byudjetlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat mablag’larini tejagan holda soliq va soliqdan tashqari to’lovlarni to’liq safarbar etish, byudjet taqchilligini qisqartirish;

  • aholining kam ta’minlangan qismiga yordam ko’rsatishni takomillashtirgan holda uy-joy kommunal xo’jaligini moliyalash tizimini va uni boshqarish tuzilmasini isloh qilish;

  • ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish;

  • mahsulot sotish jahon va milliy bozorlarining ahvolini va rivojlanish istiqbollarini baholash.

Investistiyalarni shakllantirishning barcha manbalarini: korxonalar mablag’lari; ko’chmas mulk muomalasi; aholi jamg’armalari; xorijiy investistiyalar; davlat va mintaqaviy byudjetlar mablag’lari va boshqa manbalarini safarbar etish muhim vazifa hisoblanadi.

    1. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini
      tarkibi


Iqtisodiyotni davlat yo’li bilan tartibga solish vazifasi va uning asosida yotuvchi iqtisodiy siyosat konsepsiyasi bu mavjud tuzum doirasida eng yuqori farovonlikka erishish maqsadida ko’p sonli va turli manfaatlar o’rtasida kelishiladigan murosa.
Davlat iqtisodiy siyosatining tizimli tarzda amalga oshirilishi mamlakatda ayni damda mavjud bo’lgan real imkoniyatlar va maqsadlarga mos keluvchi iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqishni talab qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqishda mamlakat aholisining farovonligini oshirish, hayot kechirish va mehnat faoliyatini yuritish uchun qulay muhitni shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi. Bu aholi turmush darajasi va farovonligi ko’rsatkichlarida o’z aksini topadi.
Shuningdek, umumiy iqtisodiy muvazanat tamoyillariga amal qilgan holda yanada iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash ham ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishning muhim maqsadlaridan yana biri hisoblanadi.
Bir tomondan, gap tovarlar va xizmatlarning umumiy talabi va umumiy taklifi, ikkinchi tomondan, ishlab chiqarish omillari (cheklangan ishlab chiqarish resurslari)ni takror ishlab chiqarishda bozor tamoyillariga amal qilinishi haqida borayapti, bunga mahsulotni yakuniy foydalanish yo’nalishlari (ishlab chiqarish omillari) bo’yicha taqsimlash ushbu
omilning ishlab chiqarilgan mahsulotning o’sishiga qo’shgan hissasiga muvofiq amalga oshirilgan taqdirda erishiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish bosqichlari. Davlat iqtisodiy siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish quyidagi unsurlarga asoslanadi:


  1. Yüklə 0,98 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə