O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


-bob. INDIKATIV REJALASHTIRISH USULLARI



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə28/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

7-bob.
INDIKATIV REJALASHTIRISH USULLARI

    1. Indikativ rejalashtirishda umumiy yondashuvlar.

    2. Indikativ rejalashtirishda tizimli yondashuv.

    1. Indikativ rejalashtirishda umumiy yondashuvlar

Har qanday fan metodologiyasi umumiy dunyoqarash, umumiy metodologik tamoyillar, bilishning umumiy ilmiy usullari va o’ziga xos, xususiy metodologiya birligini o’zida namoyon etadi. Metodologiya bu haqiqatni bilish va o’zgartirish maqsadida tadqiqot o’tkazish usullarining yig’indisidir. Rejalashtirish metodologiyasi indikativ rejalashtirishning ilmiy asosi hisoblanadi. Rejalashtirish metodologiyasi bu amaliy faoliyatda iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beruvchi qonunlardan foydalanish imkoniyatlarini o’rganish vositasidir; rejalashtirish muammolarini hal etish usullari va ularni amaliyotga joriy etish usullarini ishlab chiqish.
Metodologik yondashuv bu barja darajadagi prognozlar, dasturlar, rejalar va vaqt gorizontlarini ishlab chiqishda strategik rejalashtirish mantig’i, tamoyillari va usullaridan foydalanishning yaxlit yo’nalishi.
Indikativ rejalashtirish rejalashtirishga nisbatan umumiy metodologik yondashuvlardan foydalanishni inkor etmaydi, lekin bunda ularga rejalashtirishning o’ziga xos Funksiyalari bilan shartlangan tuzatishlarni kiritadi (tizimli yondashuv, rejalashtirishning o’zini o’zi rivojlantiruvchi interaktiv sxemasi, o’zi o’qib, o’rganuvchi konsepsiya va rejalashtirishning moslashuvchan tizimi).
Avvalgi tajribani hisobga olish va reja qarorlarining izchilligi reaktiv yondashuvning afzalligi hisoblanadi. Reaktiv rejalashtirishning kamchiliklari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
rejalashtirish tizimlarining tarkibiy unsurlari o’rtasida o’zaro hamkorlikning mavjud emasligi;
tashkilotlar xo’jalik faoliyati umumiy samaradorligining pasayishi;
boshqaruvning byurokratik tizimi.
Innovastiyalarning mavjud emasligi, muhit o’zgarishiga moslashishga qodir emaslik, xodimlar mustaqilligi va ijodiy
salohiyatining cheklanganligi rejalashtirishga nisbatan inaktiv yondashuvning asosiy kamchiligi hisoblanadi.
Rejalashtirish tashqi muhit va rejalashtirish subyektlari ichki faoliyatining kelgusi o’zgarishlarini prognoz qilishdan iboart. Bunda rejalashtirish tadbirlari “yuqoridan quyiga” qarab amalga oshiriladi. Rejalashtirishga nisbatan preaktiv yondashuvning kamchiligi to’plangan tajribadan to’liq foydalanmaslik, kelajakni tadqiq etish usullaridan foydalanishga haddan ziyod kirishib ketish.
Rejalashtirish metodologiyasi ko’ngildagi kelajakni “loyihalashtirishga” va uni tuzish yo’llarini o’zgartirishga asoslangan. Shu munosabat bilan rejalashtirishga nisbatan “moslashtiruvchi” yoki “vaziyatli” yondashuv keng tarqaldi. Ushbu metodologik yondashuv ichki va tashqi sharoitlarning o’zgarishini hisobga oluvchi va erishilgan samaradorlik darajasining pasayishiga yo’l qo’ymaydigan barqaror qarorlarni qabul qilish imkonini beradi.
Atrof muhitdagi barcha o’zgarishlarni hisobga oluvchi va ulardan foydalanuvchi rivojlanishning optimal rejasini tuzish uchun “optimallashtiruvchi yondashuv” qo’llaniladi. Rejalashtirishga nisbatan say-harakatlarni kamaytirishga emas, balki optimal qarorlarni qidirib topishga yo’naltirilgan optimallashtiruvchi yondashuv metodologiyasi preaktiv yondashuvga mos keluvchi yo’nalishlarga ega.
Metodologik yondashuvlardan foydalanish indikativ rejalashtirishni rejalashtirish xillarining umumiy qiyosiy sxemasiga va rejalashtirish tizimlarining tasnifiy (klassifikastion) tuzilishiga kiritish imkonini beradi.
Maqsadlar indikativ rejalashtirishda ideal holat yoki rejalashtirish obyektining ma’lum vaqt oralig’ida faoliyat ko’rsatish natijalari sifatida tushunladi.
Vazifa bu rejalashtirish davri doirasida ma’lum vaqt oralig’ida erishilishi ko’zda tutilgan maqsadlar. Vazifalar rejalashtirilayotgan davr mobaynida amalga oshirilishi lozim.
Ideal bu erishilib bo’lmaydigan, lekin unga cheksiz ravishda yaqinlashish mumkin bo’lgan maqsad.
Konsepsiya bu global maqsadlar va reja davrida ijtimoiy-iqtisodiy tizimning ustuvor yo’nalishlarini belgilashda o’z ifodasini topuvchi prognozlar, dasturlar loyihalari va rejalarning umumiy maqsadi hamda unga erishish yo’llari, shakllari va usullarini aniqlash.
Taktik rejalashtirish taktik vazifalarni tanlashni va ma’lum strategiya va ideal doirasida ularga erishish vositalarini tanlashni nazarda tutadi.
Tezkor rejalashtirish ko’zlangan maqsadlarga erishish vositalarini tanlashni nazarda tutadi.
Normativ rejalashtirish faoliyatni rejalashtirishda katta erkinlik bilan tavsiflanadi.

    1. Indikativ rejalashtirishda tizimli yondashuv

Tizimli yondashuv mohiyati tizimlar umumiy nazariyasi talablarini amalga oshirishdan iborat bo’lib, unga ko’ra har bir obyekt uni tadqiq etish jarayonida katta va murakkab tizim sifatida va bir vaqtning o’zida, umumiy tizim unsuri sifatida ko’rib chiqilishi lozim.

  1. Tizimli-majmuaviy yondashuv turli ijtimoiy tizimlar (majmualar) korxonalar, mintaqalar va jamiyatga nisbatan tizimli yondashuvni aniqlashtirish. Har bir majmua murakkab dinamik tizim sifatida va darajasi bo’yicha yanada yuqori tizimning unsuri sifatida ko’rib chiqiladi. Bunda unsuriy, tarkibiy, Funksional, maqsad, resurs, kommunikativ va tarixiy jihatlardan foydalaniladi.

  2. Tizimli-dasturiy (dasturiy-maqsadli) yondashuv strategik rejalashtirish obyektlarining yirik lokal ilmiy, texnik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa muammolarini hal etishga nisbatan tizimli yondashuvni aniqlashtirish. Tizimli-dasturiy yondashuvga xos belgilar: aniq maqsadga yo’naltirilganlik, tadbirlarning kompleksligi, amalga oshirish muddatlarining aniqligi va resurslar manbalarining ko’rsatilishi. Tizimli- dasturiy yondashuvni amaliyotga tatbiq etish jarayonida quyidagilarni ta’minlash zarur: 1) rejalashtirilayotgan tizimni rivojlantitrish maqsadini yoki uning uchun maqsadlar tizimini ilmiy jihatdan ta’riflash; 2) maqsadlarga erishishning muqobil variantlarini ishlab chiqish; 3) resurslar hajmi va tarkibini aniqlash; 4) rejalashtirilayotgan tizimning faoliyat ko’rsatish modelini ishlab chiqish; 5) muqobil varintlardan biznes-qarorlarni tanlash uchun mezonni qidirib topish.

  3. Tizimli-multiplikastion yondashuv (multiplikastiya ko’paytirish) samaralari paydo bo’lishi bilan bog’liq jarayonlarni tadqiq etishga nisbatan tizimli yondashuvni aniqlashtirish.

  4. Tizimli-me’yoriy yondashuv rejalashtirish subyektlarining talablarini indikativ rejalashtirishga, uning obyektlariga nisbatan (mehnat, moddiy va h.k.) resurslardan optimal tarzda foydalanish bo’yicha tizimli yondashuvni aniqlashtirish. Odatda u quyidagi uchta muhim yo’nalishda amalga oshiriladi: a) ijtimoiy yo’nalishlarni belgilash (dasturlar va rejalarda ijtimoiy tizim holatining muayyan darajasiga erishish uchun

maqsadlarni shakllantirish, masalan, ishsizlik darajasini mamlakat iqtisodiy faol aholisining 5 foizigacha kamaytirish); b) ishlab chiqarishni boshqarishda va boshqa sohalarda me’yorlar tizimidan foydalanish. Me’yor joriy va rejalashtirilayotgan davr sharoitida belgilangan sifatdagi mahsulot birligini tayyorlash (ishlarni bajarish) uchun resursning ijtimoiy zarur sarflarining ilmiy asoslangan o’lchovi; v) normativlar tizimini ishlab chiqish va foydalanish. Normativ me’yorning resursdan foydalanish darajasini yoki o’lchov birligi uchun uning solishtirma sarfini tavsiflovchi tarkibiy qismi, masalan, amortizastiya ajratmalari, soliq stavkalari, boshqaruv normativlari.

  1. Tizimli tejash rejimi yondashuvi faoliyatning barcha sohalarida tejash qonuni talablarining amalga oshirilishini ta’minlovchi tadbirlarni tadqiq etish, ishlab chiqish va asoslashga nisbatan tizimli yondashuvni aniqlashtirish. Indikativ rejalashtirish amaliyotida ushbu metodologik yondashuv tejash, tadbirlarini ishlab chiqish va bir resurslarni boshqasi bilan, eskirgan texnologiyalarni ilg’or texnologiyalar bilan samarali almashtirish bo’yicha topshiriqlarni belgilash. Xarajatlarning unda ular foydali samara birligiga kamayadigan tarzda qisqarishi (solishtirma xarajatlar) tejash rejimiga mos keladi. Mazkur yondashuvning asosiy yo’nalishlari asosiy va aylanma xarajatlarni kamaytirish, jonli mehnatni, tabiiy resurslarni tejash, tovarlar va noishlab chiqarish fondlarining muomalasi va iste’mol qilinishi jarayonida tejash.

  2. Tizimli-dinamik yondashuv indikativ rejalashtirish obyektlarini rivojlantirish, sifat xususiyatlarini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlarni tadqiq etiish, ishlab chiqish va asoslashga nisbatan tizimli yondashuvni aniqlashtirish.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlari sifatida iqtisodiyotning dinamikasi, tarkibi va samaradorligini; moliya-kredit siyosatining holatini; tovarlar va qimmatli qog’ozlar bozori, valyuta bozorining holatini; narxlar harakatini; aholining bandligi va turmush darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liq va muvazanatlashgan tizimi davlatning ta’siri choralari bilan to’ldiriladi, shu jumladan byudjet mablag’lari, amortizastiya me’yorlari, kredit uchun foiz, soliqlar, bojxona bojlari, listenziyalar va kvotalar, davlat buyurtmalari va boshqalardan foydalaniladi.
Xulosalar
Innovastiyalarning mavjud emasligi, muhit o’zgarishiga moslashishga qodir emaslik, xodimlar mustaqilligi va ijodiy
salohiyatining cheklanganligi rejalashtirishga nisbatan inaktiv yondashuvning asosiy kamchiligi hisoblanadi.
Shu munosabat bilan rejalashtirishga nisbatan “moslashtiruvchi” yoki “vaziyatli” yondashuv keng tarqaldi. Ushbu metodologik yondashuv ichki va tashqi sharoitlarning o’zgarishini hisobga oluvchi va erishilgan samaradorlik darajasining pasayishiga yo’l qo’ymaydigan barqaror qarorlarni qabul qilish imkonini beradi. Rejalashtirishga nisbatan say- harakatlarni kamaytirishga emas, balki optimal qarorlarni qidirib topishga yo’naltirilgan optimallashtiruvchi yondashuv metodologiyasi preaktiv yondashuvga mos keluvchi yo’nalishlarga ega.
Tizimli yondashuv mohiyati tizimlar umumiy nazariyasi talablarini amalga oshirishdan iborat bo’lib, unga ko’ra har bir obyekt uni tadqiq etish jarayonida katta va murakkab tizim sifatida va bir vaqtning o’zida, umumiy tizim unsuri sifatida ko’rib chiqilishi lozim. Mazkur yondashuvning asosiy yo’nalishlari asosiy va aylanma xarajatlarni kamaytirish, jonli mehnatni, tabiiy resurslarni tejash, tovarlar va noishlab chiqarish fondlarining muomalasi va iste’mol qilinishi jarayonida tejash. Ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liq va muvazanatlashgan tizimi davlatning ta’siri choralari bilan to’ldiriladi, shu jumladan byudjet mablag’lari, amortizastiya me’yorlari, kredit uchun foiz, soliqlar, bojxona bojlari, listenziyalar va kvotalar, davlat buyurtmalari va boshqalardan foydalaniladi.
Tayanch tushunchalar
Metodologiya, metodologik yondashuv, rejalashtirish
metodologiyasi, iqtisodiyotning rivojlanish, iinnovastiyalar salohiyatini optimallashtirish, ideal, konsepsiya, normativ rejalashtirish, tizimli- dasturiy, strategik rejalashtirish tadbirlarning kompleksligi, tizimli- multiplikastion yondashuv, aylanma xarajatlarni tizimli yondashuvi, to’lov balansi, depozitlar, ekspert balans ko’rsatkichlari, sintez predmetlari.
Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Indikativ rejalashtirish fani metodologik tamoyillari qanday.

  2. Indikativ rejalashtirishda iqtisodiyotni rivojlanish qonunlaridan qanday foydalaniladi.

  3. Indikativ rejalashtirishda qanday yondashuvlar mavjud.

  4. Indikativ rejalashtirishda tizimli yondashuv xususiyatlari nimadan iborat?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Berkinov B.B., Ashurova D.S., Abdullaeva M.K., Zohidov G’.E. Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlash.-T.: TDIU,2010.- 216b.

  2. Basovskiy L.E. Prognozirovanie i planirovanie v usloviyax rinka. Uch.posob. M.: 2006.-260 s.

  3. Xakimov Razrabotka makroekonomicheskoy modeli Uzbekistana dlya analiza i prognoza ustoychivosti razvitiya. Doklad na Forume ekonomistov Uzbekistana. -T.: IPMI,2010 (8 str).

  4. Ekonometrika: Uchebnik. Podred. Eliseevoy I.I. 2-e izd. –M.: Finansi i statistika, 2007. –576s.

  5. O’zbekiston iqtisodiyoti: erishilgan yutuqlar, muammolar va rivojlanish istiqbollari. Respublika ilmiy amaliy anjumani ma’ruzalar to’plami. T.: TDIU, 2008. –369b.

  6. O’zbekiston iqtisodiyoti. Axborot tahliliy sharh, 2007 y, 2008 y “O’zbekiston”, - Toshkent.; 2008, 2009.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə