O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


-bob. INDIKATIV REJALASHTIRISHNING TASHKILIY ASOSLARI



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə25/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

5-bob.
INDIKATIV REJALASHTIRISHNING TASHKILIY
ASOSLARI


    1. Indikativ rejalashtirishni tashkil etish.

    2. Indikativ rejalashtirishda iqtisodchilarning funksiyalari va majburiyatlari .

    3. Iqtisodiyot ko’rsatkichlarini indikativ

rejalashtirishda axborot texnologiyalarining ustunliklari.

    1. Indikativ rejalashtirishni tashkil etish

Indikativ rejalashtirishni tashkil etishda uning tarkibiy unsurlari sifatida quyidagilar ishtirok etadi:

  • rejani ishlab chiqish tartibi va izchilligi;

  • axborot tizimi;

  • ijrochilar.

Rejalashtirishni a) davlat (mamlakat, mintaqa, tarmoq) darajasida; 6) firma miqyosida tashkil etish turlari mavjud.
O’zbekiston rejalashtirish davlat tizimining vujudga kelishi va rivojlanishi ko’p jihatdan rejalashtirishni korxonalar darajasida tashkil etish amaliyoti bilan belgilanadi.
Korxona miqyosida rejalashtirish xo’jalik yuritish obyektini boshqarish tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Korxona iqtisodiyotning boshlang’ich bo’g’ini sifatida o’z rejalarini ishlab chiqishda to’liq mustaqildir. Biz yuqorida aytib o’tgan rejalashtirishni tashkil etish unsuri rejani ishlab chiqish tartibi va izchilligi bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi:

  1. faoliyat maqsadini asoslash;

  2. axborotni yig’ish;

  3. iqtisodiy tahlilni o’tkazish;

  4. prognozlarni tuzish;

  5. rejalarni tuzish;

  6. rejalarni tasdiqlash va ijrochilarga etkazish:

  7. ijrochilar tomonidan rejaning bajarilishi;

  8. reja monitoringi.

Rejani ishlab chiqishning yuqorida keltirilgan izchilligi taxminiy
hisoblanadi. Rejalashtirish rivojlanishdagi ustuvor yo’nalishlarni tanlashdan boshlanadi. Tanlov to’lig’icha kelajak uchun faoliyatning asosiy maqsadlarini belgilab beruvchi yuqori rahbariyatning qaroriga bog’liq.
Rejalashtirishda axborot yig’ish ishlari ko’p jihatdan prognozlashtirishni tashkil etishdagi huddi shunday bosqichga o’xshab ketadi. Bunda uning farqi ko’proq xo’jalik yuritish ichki muhitining axborotidan foydalanishdan iborat.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə