O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


Hujjat bilan ta’minlash darajasi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə22/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Hujjat bilan ta’minlash darajasi. Reja hisob-kitoblari va rejalarni nazorat qilishni muvofiqlashtirish uchun ularning muhim tarkibiy qismlari yozma shaklda bajarilishi katta ahamiyatga ega. yaxshi reja hujjatlari yuqorida ko’rsatilgan vazifalarning bajarilishini osonlashtiradi va maqsadlarga erishishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Hujjatlarning yaxshi tizimi qimmat turishi mumkinligiga, lekin ushbu xarajatni amalga oshirishga to’g’ri kelishiga e’tiborni qaratamiz.
Uyushganlik darajasi. Uyushganlik darajasi deganda rejalashtirish tizimida o’rnatilgan tashkiliy rejimning qat’iyligini tushunish lozim. uyushmaganlik va improvizastiyalash qobiliyatining mavjud emasligi, albatta, rejalashtirish tizimining moslashuvchanligini pasaytiradi. Uyushganlikning oqilona darjasiga ega bo’lgan rejalashtirish tizimi tashqi muhitning o’zgaruvchan sharoitlariga optimal tarzda moslashadi.
Standartlashtirish darajasi. Rejalashtirishga nisbatan standartlashtirish rejalar, jarayonlar va rejalashtirish texnikasi, rejalashtirishdagi yordamchi vositalar va hokazolarning birxillashtirilishini anglatadi. Birxillashtirish unda turli shu’ba korxonalarida va bir korxonaning o’zida rejalashtirishning turli davrlarida yoki turli bo’linmalarda bir xil muammolar bir konsepsiyadan kelib chiqib hal etiladigan tartibni ta’minlaydi.
To’liqlik darajasi. Kompleks muammolarni shakllantirish alohida muammolarga bo’linadi va ular o’rtasidagi munosabatlar muammolar ierarxiyasini aniqlash uchun tahlil qilinishi kerak. Ushbu holatda rejalashtirish bilan, bir tomondan, faqat mazkur ierarxiyadagi eng ahamiyatli muammolarni aniqlash maqsadida, shug’ullanish mumkin, bunda qolgan muammoli sohalar ularga moslashtiriladi. Ikkinchi tomondan, rejalashtirish Funksional sohalar o’rtasidagi intensiv uchastkalarga yoki surunkali «tor joylarga» nisbatan qo’llanilishi mumkin. Rejalashtirishning hozirgacha muhokama etilayotgan ushbu turlari to’liqsiz hisoblanadi va «asosiy holatlarni rejalashtirish» sifatida belgilanadi. Va, aksincha, to’liq rejalashtiriladigan barcha muammolarni qamrab oluvchi rejalashtirish munosabati bilan «to’liq ko’lamli rejalashtirish» haqida gap ketadi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə