O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə27/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Nazorat va muhokama uchun savollar.

    1. ndikativ rejalashtirishni tashkil etishning tarkibiy unsurlari qanday ?

    2. ndikativ rejalashtirishda iqtisodchilarning vazifalari va Funksiyalari nimalardan iborat ?

  1. .Reja ko’rsatkichlarini tasdiqlash jarayoni qanday ?

  2. .Iqtisodiyot ko’rsatkichlarini indikativ rejalashtirishda axborot texnologiyalarining ustunliklari nimada ?

  1. .Rejalashtirishda yakuniy iste’molchining manfaatlari qanday

hisobga olinadi ?

  1. .Indikativ rejalashtirishda qo’llaniladigan axborot

texnologiyalarining dasturiy vositalarining ahamiyatini tushuntiring.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida.-T.: O’zbekiston, 1995.

  2. Basovskiy L.E. Prognozirovanie i planirovanie v usloviyax rinka. Uch.posob. M.: 2006.-260 s.

  3. Bezrukov V. Organizastiya gosudarstvennogo planirovaniya i regulirovaniya ekonomiki // Planovoe xozyaystve. 1990 g. № 3. – 69 s.

  4. Berkinov B.B., Ashurova D.S., Abdullaeva M.K., Zohidov G’.E. Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlash.-T.: TDIU,2010.- 216b.

  5. Jumaev X.N., Otaniyazov B., Yugay L.P., Jalilov A. Matematik programmalashtirish: darslik. T.:”Adabiyot jamg’armasi” nashriyoti, 2005. – 230b.

  6. Knish M.I., Perekatov B.A., Tyutikov Yu.P. Strategicheskoe planirovanie investistinnoy deyatelnosti: Ucheb. posobie. SPB.: Izd. dom “Bizness Pressa”, 1998. – 315s.

  7. O’zbekiston iqtisodiyoti. Axborot tahliliy sharh, 2007 y, 2008 y “O’zbekiston”, - Toshkent.; 2008, 2009.

6-bob.
INDIKATIV REJALASHTIRISH VA IQTISODIY
HODISALARNING TAMOYILLARI


    1. Indikativ rejalashtirish funksiyalari.

    2. Indikativ rejalashtirish metodologiyasining asosiy qoidalari.

    3. Iqtisodiy inqirozlar va rejalashtirish tajribalari.

    4. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot konsepsiyalari.

    1. Indikativ rejalashtirish Funksiyalari

Bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan davlat va nodavlat sektorlarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ongli ravishda boshqarish usuli sifatida indikativ rejalashtirish rivojlanadi.
Indikativ rejalashtirish bozorning mustaqil subyektlarini davlat bilan mutanosib asoslarda rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga jalb qilish usuli hisoblanadi. U tovar ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar va umuman bozorga ta’sir etishning iqtisodiy vositalaridan foydalanishga asoslanib, davlat va xususiy sarmoya manfaatlarini uyg’unlashtirish imkonini beradi.
Indikativ reja ikkita asosga tayanadi. Bir tomondan, u dasturlar yoki alohida ko’rsatkichlarni ishlab chiqish uchun yo’naltiruvchi axborot hisoblanadi. Bu borada u tavsiyaviy xususiyatga ega: ko’rsatkichlar strategiya yoki iqtisodiy harakat to’g’risida qarorlar qabul qilishda indikatorlar sifatida foydalaniladi. Indikativ reja qamrab olgan xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun uning ko’rsatkichlari majburiy hisoblanadi, chunki ularni bajarmaslik rejada qo’yilgan vazifalarning bajarilmasligiga olib keladi.
Indikativ rejalar ustuvor yo’nalishlarga asoslanadi, ularning ayrimlari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish siyosati bilan belgilansa, boshqalari rejalashtirish jarayonida aniqlanadi. Asoslangan ustuvor yo’nalishlar zamirida tegishli rag’batlantirish mexanizmlari ishlab chiqiladi; milliy ahamiyatga ega bo’lgan yirik loyihalar bo’yicha o’rta muddatli dasturlar doirasida davlat va xususiy sektorning birgalikdagi sa’y-harakatlari evaziga investistiya kelishuvlari tuziladi.
Indikativ rejalashtirishda korxonalar muvofiqlashtiruvchi organga (bu ijro etuvchi hokimiyat organi bo’lishi mumkin) o’zining mahsulotni sotish (etkazib berish) to’g’risidagi takliflarini yuboradi. Agar ular qabul qilinsa, bu ikkala tomon uchun ham tegishli majburiyatlarni yuklaydi: a) muvofiqlashtiruvchi organ hajmlarni amalga oshirish va rag’batlantirish tizimiga kiritadi; b) korxona olingan majburiyatni bajarishga majbur bo’ladi. Shunga o’xshash tartib direktiv rejalashtirishda ham yuqoridan va quyidan belgilangan rejalarni uyg’unlashtirish shaklida amal qilgan, farq faqat shundaki, endi reja korxonaga majburiy tartibda etkazilmaydi, balki u tomonidan ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlari sifatida iqtisodiyotning dinamikasi, tarkibi va samaradorligini; moliya-kredit siyosatining holatini; tovarlar va qimmatli qog’ozlar bozori, valyuta bozorining holatini; narxlar harakatini; aholining bandligi va turmush darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liq va muvazanatlashgan tizimi davlatning ta’siri choralari bilan to’ldiriladi, shu jumladan byudjet mablag’lari, amortizastiya me’yorlari, kredit uchun foiz, soliqlar, bojxona bojlari, listenziyalar va kvotalar, davlat buyurtmalari va boshqalardan foydalaniladi.
Indikativ rejalashtirish bozor iqtisodiyotining faoliyat ko’rsatishiga ta’sir etishning asosiy usuli hisoblanadi. U faqat bozor usullari bilan amalga oshirishning iloji bo’lmagan yoki qiyin bo’lgan ko’plab masalalarning hal etilishini ta’minlashga qaratilgan. Bu davlat boshqaruv organlari tizimi barcha bo’g’inlarining ham o’zaro, ham mintaqaviy organlar bilan o’zaro hamkorligi shaklidir.

    1. Indikativ rejalashtirish metodologiyasining asosiy qoidalari

Rejalashtirish mantig’i qator qonuniyatlarga (tamoyillarga) asoslanadi.
Rejalashtirish tamoyili rivojlanish qonunlarining umumiy harakatini ifodalovchi hamda dasturlar, loyihalar va rejalarning vazifalarini, yo’nalishlarini va bajarilish imkoniyatlarini belgilab beruvchi obyektiv kategoriya.
Birinchi tamoyil uzluksizlik rejalarning izchilligida, ichki va tashqi sharoitlar o’zgarishi munosabati bilan rejalarga tuzatishlar kiritishda ifodalanadi.
Ikkinchi tamoyil yagonalik rejalashtirishning tizimli xususiyatini nazarda tutadi va muvofiqlashtirish (boshqaruvning bir darajasining Funksional o’zaro hamkorligi) va integrastiya (rejalarni boshqaruv pog’onalari bo’yicha muvofiqlashtirish) orqali amalga oshiriladi.
Uchinchi tamoyil rejalashtirishning egiluvchanligi ichki va tashqi sharoitlarga qarab rejalar yo’nalishini o’zgartirish.
To’rtinchi tamoyil iqtisodiy siyosatning yagonaligi. Reja hujjatlari ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-texnik va siyosiy qarorlar sifatida ko’rib chiqiladi.
Beshinchi tamoyil markazlashuv va hududiy manfaatlar yagonaligi bunda davlat boshqaruvi organlari qarorlarining loyihalari qonunchilik doirasida xo’jalik faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshirishga qodir bo’lgan iqtisodiyot subyektlarining manfaatlarini hisobga oladi.
Oltinchi tamoyil strategik dasturlar va rejalarning ilmiy asoslanganligi va samaradorligi quyidagilarni anglatadi:

  • iqtisodiyotni, ishlab chiqarishni tarkibiy qayta qurish, uning ijtimoiy yo’naltirilishini, mehnat samaradorligining yuqori darajasini ta’minlash maqsadida rejalashtirishda fan-texnika taraqqiyoti

yutuqlaridan amalda foydalanish;

  • jamiyatning o’zgaruvchan ehtiyojlariga tezda moslashish;

  • strategik rejalarni tuzish va hisoblab chiqish uchun reja axborotining ishonchlilik darajasini oshirish;

  • rejalarni ishlab chiqish texnologiyasini takomillashtirish.

Bundan tashqari, indikativ rejalashtirish quyidagi uchta o’ziga xos yoki lokal tamoyilga tayanadi:

  1. etakchi bo’g’inlarni ajratish asosida optimal mutanosiblikni ta’minlash tamoyili;

  2. prognozlar, dasturlar va rejalarning yagonaligi va majmuiyligi tamoyili;

  3. dasturlar va rejalarni ishlab chiqish, ularning bajarilish imkoniyatini ta’minlash va bajarilishini tekshirish jarayonining yagonaligi tamoyili.

Strategik rejalashtirish tamoyillari ushbu guruhining tarkibiga quyidagilar kiradi:

  1. Etakchi bo’g’inlarni ajratish asosida optimal mutanosiblikni ta’minlash tamoyilining mohiyati optimallik mezonlari: a) strategik rejalashtirish muammolarini hal etish uchun zarur bo’lgan vaqt; b) reja qarorlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan kapital qo’yilmalar

hajmi, yoki moddiy resurslar hajmi; v) reja vazifasini hal etish uchun zarur bo’lgan xodimlar sonidan kelib chiqqan holda boshqaruvning tegishli subyektlari tomonidan boshqarilayotgan kichik tizimning tarkibiy unsurlari o’rtasida ulushlar va muvofiqliklarni shakllantirishdan iborat.
Etakchi bo’g’inlarni ajratish strategik rejalashtirishning ijtimoiy- iqtisodiy tizimlarda va uning obyektlaridagi muvazanat uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratish imkonini beruvchi muhim yo’nalishi. Etakchi bo’g’inlarni ajratishda shundan kelib chiqiladiki, jamiyatning ehtiyojlari hamma vaqt real ehtiyojlar va ideal ehtiyojlar majmuini o’z ichiga oladi. Ehtiyojlar o’z ahamiyatiga ko’ra indikativ rejalashtirish subyektlari va obyektlari uchun bir xil emas. Shuning uchun saflash asosida bir turdagi ehtiyojlarni boshqalaridan ko’ra afzal ko’rish zarurati tug’iladi.

  1. Prognozlar, dasturlar va rejalarning yagonaligi va kompleksligi tamoyili. Firma, mintaqa, mamlakat doirasida takror ishlab chiqarish jarayonining yagonaligi, yagona iqtisodiy makon, tegshli infratuzilmaga ega bo’lgan yagona bozorning mavjud bo’lishi ushbu tamoyilning asosini tashkil qiladi.

Turli reja hujjatlarining yagonaligi rasmana bo’lishi va yagona shakllar, ko’rsatkichlar, jadvallar va ko’rsatkichlarni hisoblab chiqish usullari bilan ta’minlanishi mumkin. U moddiy bo’lishi va topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo’lgan muayyan resurslarga tayanishi mumkin.

    1. Iqtisodiy inqirozlar va rejalashtirish tajribalari

Hech bir davlat iqtisodiy tizimning beqarorligi bilan bog’liq xatarlardan himoyalanmagan. Biroq o’tish va rivojlanayotgan iqtisodiyotlar bunday xatarlarga tez-tez duchor bo’ladi, chunki ularning bozorlari ochiq, lekin shu bilan birga moliyaviy beqarorlik paydo bo’lishi omillarining ta’sirini yumshatuvchi mexanizmlar shakllanmagan.
Iqtisodiy beqarorlikni mamlakat moliyaviy tizimidagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir ko’rsatuvchi muammolar sifatida ta’riflash mumkin. Ko’p sonli tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, tanglikdan oldin yuz beradigan moliyaviy beqarorlik davrlari umumiy asosiy unsurlarga ega bo’lishi mumkin. Moliyaviy inqirozlar natijasida iqtisodiyot ko’radigan katta miqdordagi xarajatlar tanglik oldidan yuz beradigan hodisalarning o’sishini bilish va iqtisodiy agentlarga ularga barham berish uchun vaqt berish imkonini beruvchi modellarni tuzishga undaydi. Shunday qilib,
tanglik avj olishining oldini olish uchun mamlakat iqtisodiyoti holatining monitoringini yuritish zarur.
Mamlakat iqtisodiyotidagi umumiy vaziyatni aks ettiruvchi asosiy makroiqtisodiy indikatorlar quyidagi tarzda guruhlanishi mumkin:
Iqtisodiy o’sish sur’atlari:

  • YalMning o’sish sur’atlari;

  • sanoat ishlab chiqarish dinamikasi.

  • To’lov balansi:

  • joriy hisobvaraq saldosi;

  • oltin-valyuta zahiralari;

  • tashqi qarz;

  • savdo shartlari (eksport narxlari);

  • import va eksport;

  • real samarali kurs;

  • sarmoyaning oqib chiqishi.

  • Foiz stavkalari:

  • real foiz stavkasi;

  • ichki foiz stavkasi bilan LIBOR stavkasi o’rtasidagi farq;

  • kreditlar bo’yicha stavkalarning depozitlar bo’yicha stavkalarga nisbati.

  • Pul indikatorlari:

  • ІРЦ;

  • real ifodadagi ichki kredit dinamikasi;

  • pul multiplikatori;

  • real ifodadagi depozitlarning o’sish sur’atlari;

  • pul massasining oltin-valyuta zahiralariga nisbati;

  • real ifodadagi pullarning «ortiqcha» taklif etilishi.

  • Valyuta bozoridagi bosim indeksi.

Iqtisodiy barqarorlik monitoringini yuritish uchun iqtisodiyot holati haqida oldindan xabar beruvchi indikatorlarni miqdoriy tahlil qilish metodologiyasi qo’llanilib, uning doirasida indikatorlarning chegara ko’rsatkichlari tuziladi, shuningdek keyingi davrda moliyaviy beqarorlikning baydo bo’lish ehtimolini baholash imkonini beruvchi moliyaviy barqarorlikning jamlama indeksi hisoblab chiqiladi.
6.4.Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot konsepsiyalari
Belgilangan tartibga muvofiq davlat prognozlari va ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish prognozlari demografik, ilmiy-texnikaviy, ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, shuningdek tarmoq, mintaqaviy va faoliyatning ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan boshqa sohalarini aks ettiradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlar makroiqtisodiy, tarmoq, idoraviy, hududiy xususiyatga ega bo’lib, ular umuman mamlakat bo’yicha, xalq xo’jaligi majmualari va iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha, mintaqalar bo’yicha ishlab chiqiladi. Iqtisodiyot davlat sektorining rivojlanishini prognoz qilish alohida ajratiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlari uzoq muddatli, o’rta muddatli va qisqa muddatli istiqbollar uchun bir necha variantlarda ishlab chiqiladi.
Uzoq muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozi 5-10 va undan ortiq yillar uchun ishlab chiqiladi. U birinchi navbatda qurilish ko’lamlaridagi, muddatlardagi, xarajatlarni qoplashdagi xatolar jamiyat uchun qimmatga tushadigan holatlarda yirik qimmatbaho loyihalarni amalga oshirishda zarur. Uzoq muddatli prognozning asosida fan, texnikaning rivojlanish tendenstiyalari, fan-texnika taraqqiyotida kutilayotgan yuksalishlar yotadi.
Uzoq muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlarining ma’lumotlaridan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini, o’rta muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlari va dasturlarini ishlab chiqishda foydalaniladi.
O’rta muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozi 3 yildan 5 yilgacha bo’lgan davrga ishlab chiqiladi va unga har yili tuzatishlar kiritiladi. O’rta muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi ushbu prognozni ishlab chiqish uchun boshlang’ich asos bo’ladi. O’rta muddatli istiqbol uchun ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish prognozi e’lon qilinishi lozim.
Qisqa muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozi har yili ishlab chiqiladi. Qisqa muddatli istiqbol uchun ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish prognozi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:

  • O’zbekiston Respublikasi va viloyatlar ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari;

  • Ijtimoiy rivojlanish;

  • Fanning rivoji;

  • Byudjetdan tashqari va maqsadli byudjet fondlarining mablag’larini shakllantirish va sarflash;

  • Xususiylashtirish;

  • To’lov balansi;

  • Fond bozorining rivojlanishi;

  • Birlashtirilgan byudjet;

  • Ishlab chiqarish va iste’mol dinamikasi.

Shuningdek, yilning choragi uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlari ham ishlab chiqiladi.
Davlat prognozlaridan O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyat organlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat sohasida muayyan tadbirlar qo’llanilishida foydalaniladi. Prognoz mavjud bo’lgan taqdirda qarorlar nafaqat joriy voqealar uchun munosabat bildirish sifatida, balki uning oqibatlari to’g’risida aniq tasavvurni hisobga olgan holda qabul qilinadi. Har qanday qaror uning muhmligi va prognozlarning aniqligiga qarab qabul qilinadi.
Prognozlar xulosalari belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarda rivojlanishning obyektiv tarzda mumkin bo’lgan variantlari sifatida dasturlar, konsepsiyalar va rejalarni ishlab chiqishda tavsiya sifatida ham zarur. Prognoz korxonalarga noxush natijalarni, masalan, bankrotlikni oldini olish choralarini oldindan ko’ra olish imkonini beradi.
Xulosalar
Bozor mexanizmlari bilan samarali boshqariladigan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish; hatto davlatning aralashuvi zarur bo’lgan holatlarda ham faqat bozor mexanizmlariga tayanish zarur. Prognozlashtirish va rejalashtirish rivojlanishning strategik yo’naltirilishini, tarkibiy qayta qurishlarning maqsadli xususiyatini, takror ishlab chiqarishning mutanosibligini, aholiga iqtisodiy va ijtimoiy kafolatlarni belgilab beradi.
Rejalashtirish davlat, boshqaruv organlari, xo’jalik yurituvchi subyektlarning mamlakat, mintaqalar, tarmoqlar, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyatidir.
Tayanch tushunchalar
Ishlab chiqarishning ijtimoiy xususiyati, bozor mexanizmlari, aholiga iqtisodiy va ijtimoiy kafolatlar, rivojlanishning strategik yo’naltirish, tarkibiy qayta qurishlar, prognoz vazifasi, demografik prognozlar, ijtimoiy prognozlar, ilmiy-texnikaviy prognozlar, tashqi iqtisodiy prognozlar, ekologik prognozlar, davlat sektori fondning qaytarilishi, material sig’imi, tovar mahsulotining o’sish sur’atlari, rejalashtirish tamoyili, iqtisodiy tangliklar.
Nazorat va muhokama uchun savollar.

  1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirishning zaruriyati nimada?

  2. Indikativ rejalashtirishning Funksiyalari qanday ?

  3. Indikativ rejalashtirish qanday tamoyillarga asoslanadi ?

  4. Iqtisodiy tangliklar oldini olishda rejalashtirishning ahamiyatini tushuntiring.

  5. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqarishning zaruriyati nimada ?

  6. Mamlakatda iqtisodiyot faoliyatini prognozlari va davlat dasturlarini ishlab chiqarishdan maqsad nimada ?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida.-T.: O’zbekiston, 1995.

  2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risidagi Qonun.

  3. Vaxabov A.V. Aktualnie problemi aktivizastii investistionnoy deyatelnosti kommercheskix bankov. Doklad na Forume ekonomistov Uzbekistana. -T.: IPMI,2010 (4str).

  4. Jumaev N.X., O.Q. Abduraxmonov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi: sabablari va uni bartaraf etish muammolari. T.: Akademnashr, 2010.—160b.

  5. Chepel S.V. Alternativnie ssenarii i strategii dolgosrochnogo razvitiya nastionalnoy ekonomiki. Doklad na Forume ekonomistov Uzbekistana.-T.: IPMI,2010 (17 str).

  6. Davlat byudjetining g’azna ijrosi. Normativ huquqiy hujjatlar to’plami. -T.: O’zR Moliya vazirligi, 2010.-271 b.

  7. O’zbekiston iqtisodiyoti. Axborot tahliliy sharh, 2007 y, 2008 y “O’zbekiston”, - Toshkent.; 2008, 2009.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə