Ilmiy texnikaviy axborot va tizimli tahlil metodologiyasi Reja



Yüklə 133,34 Kb.
səhifə1/11
tarix22.03.2024
ölçüsü133,34 Kb.
#183347
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ilmiy


Ilmiy - texnikaviy axborot va tizimli tahlil metodologiyasi
Reja:

  1. Ilmiy - texnik axborot va uning darajasi. Axborotni yig’ish va tizimlashtirish

  2. Axborotni o'zlashtirish usullari. Axborot tizimlarining turlari va shakllari.

  3. Jarayonlarni o'rganishda tizimli tahlil.

1. Ilmiy-texnik axborot va uning darajasi (rangi). Axborotni yig’ish va


tizimlashtirish

Har qanday ilmiy tadqiqot tadqiqot o'tkazilishi mo'ljallanayotgan yo'nalishga bag’ishlangan ilmiy-texnikaviy axborotlarni izlashdan boshlanadi.
Ilmiy-texnikaviy axborotni o 'rganish va tahlil qilish - masalani mavzu bo 'yccha ahvolini yoritish, ilmiy-tadqiqot maqsadi va vazifasini isbotlash uchun asos bo ’lb xizmat qiladi.
Axborot «eskirish» xususiyatiga ega. Yangi ilmiy va ilmiy-texnikaviy ma'lumotlar jadal o'sib borishi munosabati bilan axborot "eskiradi".
Chet ellik tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko'ra, axborot qimmatining pasayish ("eskirish") jadalligi taxminan gazetalar uchun bir kunda 10%, jurnallar uchun bir oyda 10%, ilmiy-texnikaviy kitoblar uchun bir yilda 10% ni tashkil etadi.



    1. rasm. Axborotning “eskirish” tendensiyasi

  1. texnikaviy axborot varaqalari; 2- ekspress-axborot; 3- amaliy jurnal
    maqolalari; 4- nazariy jurnal maqolalari; 5- monografiyalar; 6- ixtirolar.


Ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida, kiritilgan tushunchalardan biri - axborotlar miqdorini har yili ortib borishidir. Bundan, tadqiqotchining o'ziga nisbatan cheklangan sohasi bo'yicha ham barcha adabiyotlarni kuzatib turishini qiyinligi yoki mumkin emasligi haqidagi xulosa chiqariladi. Buning isboti sifatida, ilm-fanni turli sohalarida chop etilayotgan materiallar yoki maqolalar soni keltiriladi. Bu ko'pchilik hollarda noto'g’ridir, chunki bunda "ilmiy axborot miqdori" bilan «maqoianing varaqlarining soni» aralashtirilib yuboriladi. Ma'lumki, maqolalar va boshqa manbalar o'zlarining ilmiy va amaliy qiymati jihatidan ekvivalent (teng) bo'la 43
olmaydilar. Shu sababli, axborot darajasi (rangi) degan tushuncha kiritilgan. Bunda qo'yidagi 10 darajadan foydalanish mumkin:

Yüklə 133,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə