Ilmiy texnikaviy axborot va tizimli tahlil metodologiyasi Reja


Axborotni o'zlashtirish usullari. Axborot tizimlarining turlari va shakllari



Yüklə 133,34 Kb.
səhifə6/11
tarix22.03.2024
ölçüsü133,34 Kb.
#183347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ilmiy

Axborotni o'zlashtirish usullari. Axborot tizimlarining turlari va
shakllari.


Ilmiy materiallar tanlab olingandan so'ng, ulardan yuqori darajadagi axborotlar ajratib olinadi va o'zlashtiriladi. O'zlashtirish - materialni qayta ishlash jarayoni bo'lib, natijada u to'la tushunarli bo'ladi, ya'ni tadqiqotchining "o'ziniki" bo'lib qoladi.
Ilmiy maqolalarning mazmunini o'zlashtirish quyidagi uch holat bilan qiyinlashadi:

  1. tekstni qisqartirish bo'yicha redaktsiyaning talabi;

  2. muallifda ifodalash mantiqini etishmasligi;

  3. mualliflarni, ayniqsa yangi boshlovchilarni, formal holatlarga, yuqori ilmiy ko'rinishda ifodalashga urinishlari.

Tadqiqotchi uchun bunda asosiy yo'l - axborotni o'qish orqali o'zlashtirishdir, bu jarayon juda chuqur individuallashgan bo'lib, psixologik jihatdan keng o'rganilmagan.
Tajribali tadqiqotchilar bunda quyidagilarni tavsiya etadilar:

  1. Materialni o'rganishdan oldin, uning darajasini tushunib olish va shunga mos ravishda ko'proq yoki ozroq vaqt ajratish kerak.

  2. Birinchi o'qishdagi tushunarsiz joylarga katta e'tibor bermaslik, ya'ni ularning ilmiy mazmunini tezda fikrlashga harakat qilmaslik lozim. Tushuntirishlar keyingi qatorlarda bo'lishi mumkin. Shuning uchun materialni o'zlashtirishdan oldin, butun tekst bilan umumiy holda tanishib chiqish maqsadga muvofiq bo'lib, tushunilmagan joylarga maxsus belgilar qo'yib boriladi.

  3. Materialni haqiqiy o'zlashtirish, o'rganilayotgan tekstni qayta, ba'zida esa bir necha marta qaytalab o'qish bilan boshlanadi. Materialni tushunishning formallashgan ko'rsatkichlari yo'q. Tushinish - oldin olingan bilimlar, solishtirishni bilish, gipoteza va taxminlarni ilgari surish, umuman mantiqiy fikrlashga asoslangan.

  4. Yangi, qiyin ifodalangan natijalarni o'rganishda rahbarga yoki tajribali tadqiqotchiga murojat qilishi mumkin. Ammo bu holatdan me'yorida foydalanish zarurdir, chunki bunda ishning ushbu bosqichda vaqt tejalsa ham, mustaqil fikrlashni rivojlanishiga yo'l qo'yilmaydi.

  5. Materialni o'rganishni faqat qo'lda qalam va toza varaq bilan amalga oshirish kerak. Qog’ozda yozib qoldirish nafaqat tushunishga, balki esda saqlab qolishga ham foydali bo'ladi.

  6. Ko'p o'zgaruvchilarga ega murakkab tenglamalarni va ularning xossalarini tushunish va esda saqlab qolish, odatda 1-2 o'zgaruvchilar orqali amalga oshirilib, qolganlarini vaqtincha o'zgarmas deb qabul qilinadi.

  7. Yangi olingan axborotni oldin ma'lum bo'lganiga keltirishga intilish kerak. Chunki yangi axborot oldin ma'lum bo'lganining umumlashtirilgan yoki xususiy holdagisi bo'lishi mumkin.

  8. O'zlashtirishda nafaqat mantiqiy ketma-ketlikga va isbotlarga ahamiyat beribgina qolmasdan, balki axborotni oddiy misollar orqali ham ko'rib chiqish kerak bo'ladi.

  9. Yangi material o'rganilayotganda, quyidagi shior ostida ishlash zarur: «G’oyalar (ideyalar) har qachon oddiydir, faqat ularning ifodalanishi murakkab bo'lishi mumkin».


Yüklə 133,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə