Ilmiy texnikaviy axborot va tizimli tahlil metodologiyasi Reja



Yüklə 133,34 Kb.
səhifə2/11
tarix22.03.2024
ölçüsü133,34 Kb.
#183347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ilmiy

Birinchi daraja: Chop etilgan materialda, yangi fizik hodisalar va effektlarning olinganligi to'g’risida xabar beriladi.
Ikkinchi daraja: Oldindan ma'lum fizik effektni qandaydir ko'rsatkichlari bo'yicha tadqiqotlar o'tkaziladi (tashqi jarayonlar o'zgarganda va uning barqarorligi, inertsialiligi, chiziqli yoki nochiziqlilik turi va boshqalar).
Uchinchi daraja: Tadqiqotning yangi ob'ekti yoki yangi matematik model tavsiya qilinadi.
To'rtinchi daraja: Yangi vazifalarni shakl jihatdan qo'yish masalalari tavsiya qilinadi (shu qatorda o'zgaruvchilarni o'lchovlarini aniqlash ham).
Beshinchi daraja: Tenglamalar tizimini oldin noma'lum bo'lgan yechimlari ko'rsatiladi.
Oltinchi daraja: Oldin yechilgan masalalarni, boshqa xususiy yechish usullari tavsiya etiladi.
Ettinchi daraja: Konstruktorlik, texnologik va boshqa turdagi yutuqlar haqida, ularga erishish yo'llari ko'rsatilmagan holda, xabar beriladi.
Sakkizinchi daraja: Oldin ma'lum bo'lgan masalalarning turlarini konkret sonli natijalari haqida ma'lumot ko'rsatilib o'tiladi.
To'qqizinchi daraja: Ma'lum vazifalarni qo'yishda va yechishda paydo bo' Igan ba'zi bir o'zgarishlar to' g’risida xabar beriladi (hisobga olgan yoki olmagan, aniqlash, ko'rsatkichlarni o'zgarishi va boshqalar).
O'ninchi daraja: Oldin ma'lum bo'lgan vazifalar yangi terminlarda izohlanadi.
Agar tasodifiy holda yuzta (N=100) maqolalar tanlab olinsa, ular darajalari bo'yicha tarqatilsa, i-darajasiga mos keluvchi Ni son topilsa, va f (i) = Ni / N diagrammasi qurilsa, unda asosiy ko'pchilik axbarotlar 7, 8, 9, 10 darajalarga to'g’ri kelishi kuzatiladi. Bu darajadagi axborotlarni o'rganmasdan o'tkazib yuborish, uncha katta zarar keltirmaydi.
Shunday qilib, juda ko'payib ketayotgan axborotni kuzatib turish uchun quyidagi sxemani taklif qilish mumkin:

  • axborot darajasi aniqlanadi;

  • har bir materialga darajasiga nisbatan teskari proportsional vaqt ajratiladi;

  • kichik darajali axborotlar umumlashtirish yo'li bilan o'rganiladi.

Axborot darajasi odatda chop etilgan materialni kirish va xulosalar qismini o'qib chiqish orqali aniqlanadi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, ushbu qismlar bo'yicha darajani aniqlash imkoniyati bo'lmasa, bu materialning darajasi pastligi to'g’risidagi holatni to'g’ri baholaydi va ularni juda sinchiklab o'rganish zarurligi yo'qoladi. Axborot miqdorini kamaytirishning eng effektiv printsiplaridan biri - bilimlarni umumlashtirishdir. Umumlashtirish - bu tashqaridan turib turli ko'rinishdagi axborotlarga yagona nuqtai-nazarni topishdir.
Hozirgi paytda, ilmiy xodimlar uchun, o'ziga yangi bo'lgan bilim sohasini o'zlashtirishdagi ma'lum bir qiyinchiliklar axborot manbalarining yetishmasligida emas, balki ularning ortig’i bilan ta'minlanganligidadir. Bunda, qisqa yo'l bilan to'la axborot beruvchi manbalarni tanlash muammosi paydo bo'ladi.
Nashr qilinadigan axborot materiallari quyidagilardir: monografiya shaklidagi kitoblar va o'quv qo'llanmalari, respublika va xorijiy davlatlarning davriy nashrlari, ilmiy to 'plamlar, ekspress - axborotlar va referativ jurnallar.

Yüklə 133,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə