Ilmiy texnikaviy axborot va tizimli tahlil metodologiyasi Reja


U yoki bu menejerning ish hajmi va xususiyatiga qarab, axborot tizimlarining quyidagi turlari tafovut etiladi



Yüklə 133,34 Kb.
səhifə8/11
tarix22.03.2024
ölçüsü133,34 Kb.
#183347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ilmiy

U yoki bu menejerning ish hajmi va xususiyatiga qarab, axborot tizimlarining quyidagi turlari tafovut etiladi:
1) Ma'lumotlarni qayta ishlash xizmati; 2) Axborot markazi; 3) Mashinada hisoblash stantsiyasi; 4) Avtomatlashtirilgan axborot boshqaruv tizimi (AABT).
AABT - axborot tarmoqlarining oliy, eng samarali shakli, ijtimoiy boshqaruv jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish bo'lib, u axborot jarayonlarini tubdan o'zgartiradi, ularning oqimini bir tomondan mavjud boshqaruv vositalariga, ikkinchi tomondan esa - boshqariluvchi tizimda sodir bo'layotgan jarayonlar bilan muvofiqlashtiradi. Tizimning holati, uning normal faoliyatidagi nosozliklar haqida axborot tizimga avtomatik ta'sir ko'rsatadi, tizimning belgilangan maqsad sari muvofiq ravishda harakat qilishini ta'minlaydi. Inson - boshqaruvchi, operator, menejerning vazifasi bu holda qarorlarni tanlash va qabul qilish, dasturlar ishlab chiqish, butun tizimning hamda uning barcha bo'g’inlari va kichik tizimlarining normal ishlashini nazorat qilishdan iborat. Ishlab chiqiladigan dasturlar tizimning ish rejimini maqbullashtirish va tizimni o'zgarayotgan tashqi sharoitlarga moslashtirish, muqarrar sarf-xarajatlar va salbiy omillarni minimallashtirish imkonini berishi kerak. Bu erda axborotni qayta ishlash, tizimning holati haqida haqqoniy ma'lumotlar olish avtomatlashtiriladi va komp’yuterlashtiriladi. Qayta ishlangan axborotdan AABTning barcha bo'g’inlari o'z funktsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan hajmda foydalanadi. Axborotlashtirish va avtomatlashtirish tizimning barcha bo'g’inlariga, boshqaruvning barcha jarayonlariga kirib boradi. Mohiyat e'tibori bilan bu erda boshqaruv, menejment uchun zarur axborotni tizimli tayyorlash va bunday axborotdan foydalanish haqida gap borayotir. Mazkur tizimlarning afzal jihatlari shundaki, ular:

  • Tizim va uning qismlari uchun kim javobgarligi;

  • ijtimoiy boshqaruv ob 'ekli sifatida tizimning xususiyatlari, uning tarkibiga qanday kichik tizimlar kirishi;

  • mazkur tizimni boshqarishning yakuniy yoki oraliq natijasiga qachon erishilishi;

  • muammo va uning istalgan qismi qanday, qaysi usulda hal qilinishi;

  • natijaga qaerda erilishili;

  • natijaga erishish uchun qancha kuch va vositalar talab etilishi haqida istalgan payt axborot olish imkonini beradi.

Boshqaruv axborot tizimlari boshlang’ich axborot asosida yangi axborot olishda amalga oshiriladigan operatsiyalar, metodlar, protseduralar, yondashuvlar majmuidan tashkil topadi; bu boshqaruv uchun zarur axborotlar majmuidir; bu ma'lumotlarni qayta ishlaydigan vositalar va xizmatchilar majmuidir.
Inson, uning ijtimoiy jarayonlarni boshqarish vazifalarini hal qilishga yo'naltirilgan ijodi, irodasi, mehnati axborot tizimining negizini tashkil etadi.
Insonning mehnat va ijod predmeti - axborotga, komp’yuter va boshqa texnika vositalaridan foydalanib, axborotni qaror qabul qilish va samarali boshqarish uchun zarur shaklga solishga yo'naltirilgan maqsadga muvofiq, ijodiy mehnati axborot tizimining mohiyatidir.
Axborot tizimining bosh vazifasi boshlang’ich ma'lumotlar bazasi asosida qarorlar qabul qilishning negizi bo'lib xizmat qiladigan ijtimoiy muhim, qimmatli axborotni olishdan iborat. Boshlang’ich axborotni samarali, maqbul boshqarishni ta'minlash uchun axborot tizimini ishga solish vositasi bo'lib xizmat qiladi.
Axborot tizimi axborotni to'playdi, qayd etadi, qayta ishlaydi va saralaydi. U yuklangan dasturga muvofiq hisob-kitoblarni amalga oshiradi, boshqarilayotgan tizimda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli vaziyatlarni baholaydi, ma'lumotlarni taqqoslaydi, talqin qiladi, ularni interpolyatsiya va ekstrapolyatsiya qiladi.
Axborotni integratsiya qilish - axborot tizimining yana bir vazifasidir. Integratsiyaning mohiyati axborotdan kompleks, har tomonlama foydalanish, imkon qadar ko'p vazifalarni hal qilish uchun maksimum qimmatli axborot olishdadir. Axborot tizimi minimum birlamchi, boshlang’ich axborotdan qarorlar qabul qilish, jarayonlarni oqilona boshqarish uchun maksimum ikkilamchi, hosila, sintez qilingan axborot olish imkonini beradi. Integratsiyaning maqsadi - axborotni tizimning samarali ishlashi va rivojlanishini ta'minlaydigan boshqaruvni amalga oshirish imkonini beruvchi hajm, assortiment va shakllarda taqdim etishdan iborat.
Hozirgi zamon axborot jamiyatida axborot global va mintaqaviy, sohaviy va shu kabi ma'lumotlar banklarida ijtimoiy borliqning barcha sohalarida integratsiyalashadi.

Yüklə 133,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə