8-ma’ruza mavzu: Jinsiy tizimi, baliqlarning rivojlanishi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix05.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#125354
  1   2   3   4   5
IXTIOLOGIYA-026-027



8-MA’RUZA 
Mavzu: Jinsiy tizimi, baliqlarning rivojlanishi
Reja: 
1. Jinsiy tizim, jinsiy bezlarning tuzilishi va vazifasi.
 
2. Baliqlarning urchishi, rivojlanish etaplari
 
Tayanch iboralar:
buyrak, siydik yo’li, siydik so’rg’ichi, tuxumdon, tuxum yo’li, 
voronka, qobiq bezi, bachadon, tuxum yo’li teshigi, jigar, kloaka bo’shlig’i. 
Ayirish organi. Barcha tuban umurtqalilarnikiga o’xshash akulalarda ham birlamchi 
buyrak — mezonefros bo’ladi. U ikkita uzunchoq tanacha shaklida bo’lib, umurtqa 
pog’onasining ikki yonida tana bo’shlig’ining deyarli ko’krak suzgichlari atrofidan to 
kloakasigacha cho’ziladi. Har buyrakdan bittadan ingichka siydik yo’li chiqadi. Siydik yo’llari 
urg’ochilarida siydik so’rg’ichining va yerkaklarida siydik-jinsiy so’rg’ichining tepasidan o’tib 
kloakaga ochiladi
Jinsiy sistemasi.
Yerkak akulaning urug’donlari 4 bir juft. Ular uzunchoq tana shaklida 
bo’lib, qizilo’ngachning yon qismi, jigarning tagida joylashgan. Urug’donlardan oq ipga 
o’xshash ingichka urug’ chiqarish yo’llari boshlanadi (aniq ko’rish uchun urug’donni pinset 
bilan ko’tarish lozim). Urug’ chiqarish yo’llari buyrakning yuqorigi, odatda urug’don ortig’i 
vazifasini bajaruvchi uchiga ochiladi. Buyrakning bu bo’limidagi kanalchalar (yo’llar) birlashib, 
qorin yu-zasining ichki qirg’oqlari bo’ylab o’tadigan urug’ yo’llariga aylanadi. Urug’ 
yo’Harming keyingi uchlari kengayib, yupqa devorli urug’ pufakchalarini hosil qiladi. Urug’ 
yo’llari siydik yo’llari bilan birgalikda siydik-tanosil so’rg’ichiga ochiladi. 
1.8-rasm. Yerkak akulaning siydik-tanosil sistemasi sxemasi:
l-buyrak, 2-siydik yo’li, 3-siydik-tanosil so’rg’ichi, 4-chap urug’don (o’ng urug’don 
ko’rsatilmagan), 5-urug’ chiqaruvchi kanallar, 6-urug’ yo’li, 7-urug’ pufagi, 8-qizilo’ngach, 9-
jigar, 10-qorin juft suzgichiniug kopulyativ o’sig’i, 11-kloaka bo’shlig’i. 
Yerkaklik jinsiy hujayralari urug’donning kanallarida shakllanadi. Hali yetilmagan 
spyermatozoid urug’ chiqarish yo’li orqali buyrakning oldingi qismidagi urug’don ortig’iga 
tushadi va bu yyerda ular to’liq yetilgach, urug’ pufagiga yig’iladi. Otalantirish vaqtida urug’ 


pufakchalarining devorlari qisqarib, spyermatozoidlarni kloakaga tushiradi, so’ngra bu yyerdan 
kopulyativ organ orqali urg’ochisining kloakasiga to’kiladi. 
1.9-rasm. Urg’ochi akulaning siydik-tanosil sistemasi sxemasi:l-buyrak, 2-siydik yo’li, 3-siydik 
so’rg’ichi, 4-chap tuxumdon (o’ng tuxumdon ko’rsatilmagan), 5-tuxum yo’li, 6-har ikJki tuxum 
yo’li uchun umumiy voronka,7-qobiq bezi, 8-bachadon, 9-tuxum yo’li teshigi, 10-qizilo’ngach, 
11-jigar, 12-kloaka bo’shlig’i. 
Urg’ochilarining juft tuxumdoni ham qizilo’ngachning ikki yonboshida joylashgan. Juft 
tuxum yo’llari (myullyerov kanallari) esa qorin (ventral) qismida yotadi. Tuxum yo’llarining 
oldingi uchi jigar atrofidan o’tib, jigarning qorin (ventral) tomonidagi markaziy pallada joy-
lashgan umumiy voronkaga qo’shiladi. Tuxum yo’llarining yuqori uchidan bir oz pastroqda 
bittadan yumaloq bo’rtma bo’lib (sekreti tuxum qobig’ini shakllantiradi), qobiq bezi ana shu 
bo’rtmaning ichiga o’rnashgan. 
Tuxum yo’llarining pastidagi ancha kengaygan qismi bachadon deb ataladi. U kloakaga 
mustaqil teshik bilan siydik so’rg’ichining yonida ochiladi. Yetilgan iuxumlar tuxumdon 
devorini yorib, tana bo’shlig’i orqali tuxum yo’lining voronkasiga tushadi. Shunday qilib, 
urg’ochi akulaning tuxum yo’llari tuxumdon bilan qo’shilmasdan, to’g’ridan-to’g’ri tana 
bo’shlig’iga ochiladi. Tuxum yo’llarining devori qisqarib turishi tufayli ichidagi tuxumlar 
bachadon tomonga qarab harakat qiladi. Ichki otalanish akulasimon baliqlarga xos, bunda 
spyermatozoid bilan tuxum hujayra tuxum yo’lining yuqori bo’limida qo’shiladi. Tirik tug’uvchi 
vakillarida embrion to’liq shakllangunga qadar tuxum yo’lining bachadon bo’limida saqlanib 
turadi. Tuxum qo’yib ko’payadigan turlarida esa qalin pardaga o’ralgan tuxumlar tashqariga 
chiqariladi. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə