8-ma’ruza mavzu: Jinsiy tizimi, baliqlarning rivojlanishi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix05.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#125354
1   2   3   4   5
IXTIOLOGIYA-026-027

Nazorat savollari: 
5.
Ayrish tizimi va uning tuzilishi qanday? 
6.
 
Buyraklarning tuzilishi va vazifasi qanday?.
 
7.
 
Jinsiy tizim, jinsiy bezlarning tuzilishi va vazifasi qanday?
 
8.
 
Baliqlarning urchishi, rivojlanish etaplari qanday?
 
 
 
 


10-AMALIY MASHG’ULOT 
 
Mavzu:
Baliqlarning jinsiy tizimi va ko‘payishi.
 
Kerakli materiallarva jihozlar: 
spirtda yoki formalinda fiksirlangan akula; vannachalar, 
pinset, skalpel, qaychi, doka ro’molcha, preparoval va oddiy to’g’nog’ich ninalar, lupa (4x6), 
paxta; akula va skatlarning tashqi, ichki tuzilishi aks ettirilgan rangli jadvallar. 
Mashg’ulotning maqsadi: 
tikanli akula misolida tog’ayli baliqlar sinfi vakillarining 
xaraktyerli belgilari bilan tanishish. Tikanli akulaning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish. 
Asosiy matn. Ayirish sistemasi
. Tana bo‘shlig‘ining yuqori qismida qizg‘ish-qo‘ng‘ir 
rangli lentasimon ikkita buyrak joylashgan. Buyraklar kapillarlarida qondagi moddalarning 
parchalanish mahsulotlari filtrlanadi. Ulardan siydik hosil bo‘ladi. Ikkita siydik yo‘li orqali u 
anal teshik orasidan tashqariga ochiladigan siydik pufagiga o‘tadi.
Moddalar almashinuvi
. Barcha tirik mavjudotlardagi singari baliqlar organizmida ham 
xilma-xil va murakkab jarayonlar sodir bo‘lib turadi. Bu jarayonlarning majmuyi moddalar 
almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi jarayonida tashqi muhitdan olingan oziq
moddalardan organizm uchun zarur bo‘lgan moddalar hosil bo‘ladi. Bu moddalar 
organizmning o‘sishi, nasl qoldirishi va barcha hayotiy jarayonlarini ta’minlashga sarf bo‘ladi. 
 
2.10-rasm. Baliqlarning ovqat hazm qilish va ayrish sistemasi. 
Jinsiy sistemasi. Yerkak akulaning urug’donlari bir juft. Ular uzunchoq tana shaklida 
bo’lib, qizilo’ngachning yon qismi, jigarning tagida joylashgan. Urug’donlardan oq ipga 
o’xshash ingichka urug’ chiqarish yo’llari boshlanadi (aniq ko’rish uchun urug’donni pinset 
bilan ko’tarish lozim). Urug’ chiqarish yo’llari buyrakning yuqorigi, odatda urug’don ortig’i 
vazifasini bajaruvchi uchiga ochiladi. Buyrakning bu bo’limidagi kanalchalar (yo’llar) birlashib, 
qorin yuzasining ichki qirg’oqlari bo’ylab o’tadigan urug’ yo’llariga aylanadi. Urug’ yo’llarining 
keyingi uchlari kengayib, yupqa devorli urug’ pufakchalarini hosil qiladi. Urug’ yo’llari siydik 
yo’llari bilan birgalikda siydik-tanosil so’rg’ichiga ochiladi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə