Sudralib yuruvchilarning tashqi va ichki tuzilishi



Yüklə 79,12 Kb.
səhifə1/5
tarix16.05.2023
ölçüsü79,12 Kb.
#110727
  1   2   3   4   5
Sudralib yuruvchilarning tashqi va ichki tuzilishi


SUDRALIB YURUVCHILARNING TASHQI VA ICHKI TUZILISHI
Mundarija:


I.Kirish.
II.Asosiy qism:
II.1. Tashqi tuzilishi.
II.2. Sudralib yuruvchilar qon aylanish sistemasi
sxemasi va yuragining tuzilishi:
II.3. Kaltakesakning ichki tuzilishi:
II.4. Erkak kaltakesakning siydik- tanosil sistemasi:
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kerakli materiallar va jihozlar:
Kaltakesak, suv iloni yoki toshbaqa (iloji bo'lsa mashg'ulot oldidan endigina o'ldirilgan kaltakesak), vannachalar, skalpel, qaychi, pinset, preparo-val ninalar, to'g'nog'ich ninalar, paxta, doka ro'molcha, qo'l lupasi.
Tayyor fiksatsiya qilingan ho'l va quruq materiallar (kaltakesak, suv iloni va toshbaqaning tashqi ko'rinishi va ichi yorilgan holdagilari), sudralib yuruvchilar turli vakillarining tulumlari hamda ulaming tashqi ko'rinishi, ichki tuzilishi, qon aylanish sistemasi sxemasi va siydik-tanosil sistemasi aks ettirilgan jadvallar.
Mashg'ulotning maqsadi: ildam kaltakesak misolida sudra-lib yuruvchilar sinfi vakillarining tashqi va ichki tuzilishini o'rganish.
Ishning mazmuni: dars o'tish uchun ilova qilingan ildam kaltakesak bo'lmagan taqdirda kaltakesaklaming boshqa turlaridan ham foydalanish mumkin.
Kaltakesakni jonsizlantirish uchun usti mahkam yopiladi- gan shisha idish solib, ichiga efir yoki xloroformda ho'llangan paxta bo'lagi tashlanadi.
15—20 minut ichida shisha idishdagi kaltakesak jonsizlanadi va o'rganishga tayyor bo'ladi.
Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning birinchi sinfi hisoblanadi. Ular quruqlikda yashashga moslashgan bir qator progressiv belgilari va xususiyatlari borligi bilan suvda ham quruqlikda yashovchilardan farq qiladi.
Amfibiyalarga nisbatan sudralib yuruvchilarda markaziy nerv sistemasi, ayniqsa bosh miyasi va sezgi organlari yaxshi rivojlangan.
Bosh miya yarim sharlari nisbatan katta bo'lib, kulrang miya moddasidan iborat po'stlog'i bor. Shuning uchun ham reptiliyalarda nerv-reflektor faoliyati ancha murakkablashgan.
Sudralib yuruvchilaming progressiv xususiyatlari ulaming skeleti tuzilishi va rivojlanishida ham ko'rinadi.
Yer ustida harakat qilishi tufayli ulaming tanasi amfibiyalarnikiga nisbatan qismlarga aniq bo'lingan. Boshining ancha harakatchanligini va sezgi organlaridan ko'proq foydalanish imkoniyatini beruvchi bo'yin umurtqalarining ko'payishi va ayniqsa birinchi bo'yin umurtqasi — atlant, ikkinchi bo'yin umurtqasi — epistrofeyning yaxshi rivojlanganligini alohida ko'rsatib o'tish lozim.
Ulaming ko'p- chiligida ko'krak qafasi hosil bo'lgan.
Bu esa reptiliyalar nafas olishining ancha takomillashganligidan dalolat beradi.
Sudralib yuruvchilar faqat o'pka orqali nafas oladi, yaxshi rivojlangan traxeyasi va ikkiga bo'lingan bronxlari bor. Ulaming terisi quruq, teri bezlari bo‘lmaydi, leiisi muguz tangachalar yoki qalqonlar bilan qoplangan.
Sudralib yuruvchilaming yuragi am- fibiyalamikiga o'xshab uch kamerali bo'lsada, lekin ular-ning yurak bo'lmalari orasida to'siq va yurak qorinchasida chala to'siq paydo bo'lgan.
Shuningdek, reptiliyalaming arterial oqimi yurak qorinchasining turli joylaridan chiquvchi uchta mustaqil qon tomirga bo'lingan.
Sudralib yuruvchilaming ayirish organlari ham ancha ta- komillashgan, ularda chanoq buyragi (metanefros) rivojlangan.
Amfibiyalardan farq qilib, sudralib yuruvchilaming barchasida otalanish ichki.
Ular asosan pergament yoki ohak moddadan iborat, qattiq po‘st bilan qoplangan yirik tuxumlarini quruqlik- ka qo‘yadi.
Tuxumda sariqlik moddasi ko‘p bo'ladi.
Shuning uchun ham ulaming rivojlanishi o'zgarishsiz boradi, ya’ni tu- xumdan chiqqan bolasi voyaga yetgan ota-onasiga o'xshaydi.
Ayrim turlarigina suvda yoki quruqlikda tirik tug adi. Yuqori umurtqali hayvonlardagi (qushlar va sutemizuvchilar) kabi sudralib yuruvchilarda ham embrional rivojlanishida alohida holat — murtak pardasi hosil bo'ladi.
Murtak pardalarining biri — am- niotik qavat nomiga qarab yuqori umurtqalilar (sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar) amniotalar deb ataladi, embrional rivojlanish davrida murtak pardasini hosil qilmay- digan tuban umurtqalilar (to'garak og'izlilar, baliqlar va suvda ham quruqlikda yashovchilar) esa anamniyalar deb ataladi.
Laboratoriya mashg'ulotida o'rganish uchun tayyorlangan kaltakesakni yorib, ichki tuzilishini kuzatishdan oldin tashqi tuzilishi bilan tanishib, gavdasining bo'limlarga bo'linishiga, ya’ni bosh, bo'yin, tana, dum va oldingi hamda orqa oyoqla- riga e’tibor bering.
Terisini tekshirganda unga xarakterli belgi- laridan bo'lgan muguz tangachalarini ko'zdan kechiring. Boshida ko'zlarini joylashishi, ularni tashqi tuzilishiga hamda burun va quloq teshiklarining joylashishiga e’tibor bering.
Pinset bilan kaltakesakning og'zini ochib, tishlari, uchi ikkiga ajralgan yupqa tilini qarab o'rganing. Kaltakesak tilini pinset bilan oldingi tomonga cho'zib torting va uning tubidagi nafas teshigi — xoanalarni, hiqildoqni, orqarog'ida esa qizilo'ngach teshigini toping.
Gavdasi bilan dum qismlarining chegarasida joylashgan kloaka teshigini toping. Kaltakesakning oyoqlarini ko'zdan kechiring va uning oyog'i quruqlikda yashovchi boshqa umurtqali hayvonlar oyog'i singari tuzilganligiga, barmoqlari uchida tirnoqlari borligiga e’tibor bering.
Son qismining ostki tomonidagi shoxsimon bo'rtmachalarga o'rnashgan qator teshik- chalarni qorin tomondan izlab toping, bu teshiklar — son teshiklaridir.



Yüklə 79,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə