Sudralib yuruvchilarning tashqi va ichki tuzilishi



Yüklə 79,12 Kb.
səhifə2/5
tarix16.05.2023
ölçüsü79,12 Kb.
#110727
1   2   3   4   5
Sudralib yuruvchilarning tashqi va ichki tuzilishi

Tashqi tuzilishi.
Kaltakesaklarning gavdasi aniq bosh, bo‘yin, tana, dum va juft oldingi hamda orqa oyoqlarga
bo'linadi (61-rasm).


61-rasm. Ildam kaltakesakning tashqi ko'rinishi.
Kaltakesaklarning terisi (barcha sudralib yuruvchilardagi kabi) shox tangachalar bilan qoplangan bo‘lib, ular shakl jihatidan turli-tumandir, hatto bir hayvon gavdasining turli joy- larida tangachalar turlicha shaklda bo'ladi.
Kaltakesakning boshi ma’lum shaklga ega bo'lmagan mayda tangachali.
Biroq ba’zi bir kaltakesaklarning boshi qat’iy bir tartibdagi yirik yirik qalqonchalar bilan qoplangan.
Tumshuqning uchida bir juft tashqi burun teshiklari bor.
Ular tanglayning o'rta chizig'i yaqinidagi bir juft tirqishsimon ichki burun teshiklaf yoki xoanalar bilan og'iz bo'shlig'iga ochiladi (tashqi burun teshigiga nina yoki qil tiqib ko'rilsa, uning uchi og'iz bo'shlig'iga chiqadi).
Ko'zida xuddi baqada- gidek pastki va ustki qovoqlar hamda pirpiratuvchi parda bo'ladi. Nog'ora parda bilan qoplangan quloq teshiklari ko'zning orqasida joylashgan.
Kaltakesakdagi shox tangachalar qorin qismida qator yirik qalqonlar, tananing ustida esa birmuncha mayda tangachalar ko'rinishida bo'ladi. Kloakaning tashqi teshigi dum asosida o'rnashgan.
Shox tangachalar kaltakesak dumida halqa shaklida joylashgan. Barmoqlarida yaxshi taraqqiy etgan timoqlari bor.
Shilimshiq modda ishlovchi teri bezlari yo'q, shu munosabat bilan kaltakesakning gavdasi barcha sudralib yuruvchilaming gavdasi singari hamisha quruq. Quyuq, yog'simon sekret ajratuvchi maxsus teri bezlarining faoliyati hayvonning jinsiy faoliyati bilan bog'liq.
Ular kaltakesak gavdasining har xil qismida joylashgan (masalan, agamada qorinning keyingi qismi tan- gachalarini qoplab yotgan dog' holida bo'lib, bu ayniqsa erkak- larida aniq ko'rinadi).
Tirik kaltakesakni jonsizlantirib, yorib, ichki tuzilishini o'rganish.
1. Kaltakesakni ichiga mum quyilgan vannachaga qomini yuqoriga qilib (chalqanchasiga) yotqizilgandan so'ng, oyoqlarini to'g'nog'ich ninalar (bulavka) bilan vanna tubiga qadang.
2. Kloaka teshigidan to engak ostigacha terisini qaychi bilan bo'yiga kesib chiqing.
3. Oldingi va orqa oyoqlariga yaqin joyda terini ko'ndalang kesib, hosil bo'lgan teri parchalarini vanna tubiga qadang.
4. Teri qay tartibda kesilgan bo'lsa, qorinning muskul devorini ham xuddi shu tariqa bo'yiga va ko'ndalangiga kesing (kesish vaqtida ichki organlar shikastlanmasin).
5. Qorinning muskul devorini bo'yiga kesish vaqtida chanoq va yelka kamarlarini ham kesib, ikkiga ajrating.
6. Kesilgan muskul parchalarini ham teri singari vanna tubiga ninalar bilan qadang.
7. Kaltakesakning ichki organlari umumiy tuzilishi bilan tanishing va ayni bir vaqtda uning ichki bo'shliq devorini qop- lagan qora pigmentlashgan qorin pardasiga e’tibor bering.
8. Ichak ostidagi organlarni ko'rish uchun ichakni sekin- asta kaltakesak yon tomoniga surib qo'ying (bu ishni bajarish- da ichakni kesib yubormaslikka va ichakni ushlab turgan ichak tutgichning uzilib ketmasligiga harakat qiling).
9. Yurak oldi xaltasidan yurakni ajratish uchun xaltacha devorini pinset bilan ushlab, qaychida kesiladi.
10. Umurtqa pog'onasidan bosh skeletini ajratib olib, qay- chining bir uchini yon tomonidan ensa chuqurchasiga kiritib, bosh skeletining yon devori bo'ylab ko'zga qarab kesib boring.
Ikkinchi tomonini ham shunday kesing. So'ngra pinset bilan bosh skeletining qopqog'ini ajratib oling.
Qaychi bilan qobiqlarini qirqib oUb tashlang, preparatni suvga solib, miya bo'limlarini toping.
Endi ma’lum tartibda navbatma-navbat har bir ichki organ- ning tuzilishi bilan tanishib chiqing.

Yüklə 79,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə